Shaxs og`ishgan xulqining psixologik mexanizmlari



Yüklə 51,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü51,89 Kb.
#157318
  1   2
641c23ca04abc UZ AKADEMIYA JURNAL11-2



SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI 
Jurayev Haydarjonn Odilboyevich 
Namangan davlat universiteti 
psixologiya faoliyat turlari bo`yicha 
birinchi bosqich magistranti 
 
 
Аннотация:
В данной статье рассматривается роль и аксиома 
психоаналитических механизмов в психике личности со склонностью к 
девиантному поведению практическое применение данной теории. 
Abstract: 
This article lists a person with deviant behavioral predisposition in 
his psyche, the role and Achaemenid psychoanalytic mechanisms are covered 
by the practical implementation of this theory.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada og`ishgan xulq atvorga moyilligi bo`lgan 
shaxsning psixikasida ruxiy psixoanalitik mexanizmlarning o`rni va axamiyati 
ushbu nazariyaning amaliy tadbiqi yoritilgan. 
Kalit so`zlar: 
Psixika, shaxs, psixodinamika, psixoanaliz, deviand, destruktiv
 
 
 
 
KIRISH 
Bugungi kunda shaxs va uning og`ishgan xulq-atvorini o`rganish borasida 
ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda jumladan uning kelib chiqishiga sabab 
bo`lgan psixologik mexanizmlar shaxsda Og`ishgan xulqning
 
psixodinamik 
jihatlari.
 
Shaxsning og’ishgan xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish 
maqsadga muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda, 
shuningdek, aniq bir odamda uning mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash 
zaruratida yordam bersin.
1. Shaxsning og’ishgan xulqi - bu umumqabul qilingan yoki rasman 
o’rnatilgan ijtimoy me`yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu 
harakat mavjud qonunlar, qoidalar, ana’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos 
tushmaydi. Deviant axloqni me`yordan og’ishgan axloq sifatida aniqlaganda shuni 
esda tutish kerakki, ijtimoiy me`yorlar o’zgaradi. Bu, o’z navbatida, og’ishgan 
xulqqa tarixan o’tkinchi xarakterni beradi. Shubhasiz, deviant axloq - bu har 
qanday me`yor emas, balki ushbu jamiyat uchun shu vaqtda bir muncha muxim 
bo’lgan ijtimoiy me`yorning buzilishidir.
Volume 2. Issue 1 (16), May 2021


2. Shaxs va deviant axloq, uning namoyon bo’lishi boshqa odamlar tomonidan 
salbiy baholanadi, salbiy baho jamoatchilik muhokamasi yoki ijtimoiy 
sanksiya, shu jumladan, jinoiy jazo shakliga ega bo’lishi mumkin. Dastavval, 
sanksiyalar istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi. Biroq boshqa 
tomondan ular shaxs stigmatizatsiyasi -unga tamg’a bosish kabi salbiy ko’rinishga 
olib keladi. Masalan, jazo muddatini o’tab, "me`yoriy" hayotga qaytgan odamning 
moslashuvdagi qiyinchiliklari yaxshi ma’lum. Insonning yangi hayot boshlashga 
intilishi ko’pincha atrofdagi odamlarning ishonmasligi va ularni rad etish natijasida 
barbod bo’ladi. Deviant (giyohvand, jinoyatchi, o’z joniga qasd qiluvchi va h.k.) 
tamg’asi sekin-asta deviant barobarlikni (o’z~o’zini his qilish) shakllantiradi. 
Shunday qilib, axmoqona shuhrat xavfli yakkalanishni kuchaytiradi, ijobiy 
o’zgarishlarga to’sqinlik qiladi va deviant axloqning takrorlanishini keltirib 
chiqaradi.
3. Og’ishgan xulqning xususiyatlari shaxsning o’zi yoki atrofdagilarga 
ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi. 
Bu mavjud tartibning noturg’unligi, ma’naviy va moddiy zarar keltirish, jismoniy 
zo’rlik va dard-alam yetkazish, sog’ligining yomonlashishi bo’lishi mumkin. 
Deviant axloq o’zining eng keyingi ko’rinishlarida hayot uchun bevosita xavf 
tug’diradi, masalan, suitsidal axloq, zo’ravonlik jinoyatlari, "og’ir" giyohvand 
moddalar iste’mol qilish. Zararning psixologik markeri o’sha odamning o’zi yoki 
uning atrofidagilarning aziyat chekishidir. Ushbu belgi shaklidan - destruktiv yoki 
autodestruktiv bo’lishidan qat’i nazar og’ishgan xulqning parchalovchi ekanini 
bildiradi. Bizning nazarimizda radikallik, kreativlik va orginallik kabi yaqin 
ijtimoiy ko’rinishlar og’ishgan xulq bo’la olmaydi va ushbu belgini qoniqtirmaydi. 
Garchi ular ham umumqabul qilingan me`yorlardan cheklanib, aholining 
konservativ holatga mayli bo’lgan qismida g’ashlik uyg’otsa-da, bu fenomenlar 
jamiyat uchun xatardan ko’ra foydaliroqdir. Xullas, radikal moyil bo’lgan shaxslar 
jamiyatni tubdan yangilashni maqsad qiladilar, bu esa ularda istiqbolli 
o’zgarishlarga sabab bo’ladi. 
Kreatorlar nostandartligi bilan farqlanib, tadqiqotchilar va ilk kashfiyotchilar 
sifatida chiqadilar. Marganallar ijtimoiy me`yorlarning chegaralarini kengaytirgan 
holda o’zlarini ko’pchilikka qarshi qo’yadilar. Sanab o’tilgan fenomenlar 
uyg’unlashishi mumkin. Masalan, ko’chada o’smirlar axloqi barcha uchta 
tendensiyani o’zida aks ettiradi. Pirsing, tatuirovka yoki hatto chandiq bilan tajriba 
o’tkazgan o’smirni, albatta, deviantlar guruhiga kiritish mumkin emas. Biroq 
geroin, psixotrop dori vositalarini iste’mol qiluvchi o’smir hayot uchun yuqori 
xatarli og’ishgan xulqni yaqqol namoyish qiladi. Shunday qilib, og’ishgan xulq o’z 
mohiyati bo’yicha destruktivdir.
Volume 2. Issue 1 (16), May 2021


4. 
Ko’rib chiqilayotgan axloqni muhim takrorlanuvchi (ko’p marotaba yoki 
uzoq muddatli) deb xarakterlash mumkim. 
Agar etti yoshli bola ota-onasidan so’ramay shirinliklar uchun uncha katta 
bo’lmagan mablag’ni olgan bo’lsa, kelgusida ijtimoiy tartibni buzmasa, ushbu 
axloqni og’ishgan sifatada ta’riflash odobdan bo’lmaydi. Aksincha, o’smir 
tomonidan sistemali tarzda anglangan holda pul o’g’irligi sodir etilsa - bu 
og’ishgan xulq shakllaridan biri hisoblanadi. Boshqa tarqalgan misol: hodisalar 
qatorida spirtli ichimlik iste’mol qilish to’liq yo’l qo’yilgan yoki hatto foydali deb 
tan olinadi. Ushbu qoida istisnoga ega. Masalan, hatto bir martalik suitsidal urinish 
jiddiy xavf tug’diradi va shaxsning og’ishgan xulqi sifatida baholanishi mumkin. 
5. 
Axloqni og’ishgan deb kvaliffikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy 
yo’nalganligi bilan muvofiqlashishi zarur. Bunda axloq nostandart vaziyatlar 
oqibati (masalan, jarohatdan keyingi sindrom doirasidagi axloq), krizisli vaziyat 
oqibati (masalan, yaqin odamining o’limi tufayli birinchi oy davomidagi qayg’u 
reaksiyasi) yoki o’z-o’zini muhofazalash oqibati (masalan, hayot uchun real 
xavfning mavjudligida) bo’lmasligi lozim. 
6. 
Og’ishgan xulqning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u tibbiy 
me`yorlar chegarasida ko’rib chiqshadi. U garchi patologik holat bilan 
uyg’unlashsa-da, psixik kasalliklar yoki patologik holat bilan tenglashtirilmasligi
darkor. Psixik parokandalik holida psixik kasal odamning patologik axloqiga o’rin 
bor. Patologik axloq tibbiy me`yorlardan og’ishadi, birinchi darajasi tibbiy 
aralashuvni talab qiladi va psixiatriyada, masalan, psixik kasallarning deviant 
axloqi sifatada o’rganiladi. Patologik axloq kasallik holati ta’siri ostida shaxsning 
o’z harakatlarini anglash va nazorat qilish qobiliyati ahamiyatli tarzda pasayishini 
nazarda tutadi. Ayni damda muayyan sharoitlarda og’ishgan xulq patologik 
kasallikka o’tishi mumkin. Masalan, muhtoj bo’lib qolgan axloq tizimli kasallikka 
o’sib o’tishi mumkin - piyonistalik, giyohvandlik. Shunday qilib, og’ishgan xulqli 
shaxs "sog’liq - kasallik oldi -kasallik" psixopatologik o’g’ishida istalgan joyni 
egallashi mumkin. 
7. 
Og’ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u ijtimoiy moslashganlikning 
turlicha ko’rinishlari bilan birga boradi. Ushbu axloq kasallik yoki o’limga olib 
kelishi shart emas, biroq u tabiiy sur’atda ijtimoiy moslashmaganlik holatani 
uyg’otadi yoki kuchaytiradi. Moslashmaganlik holati, o’z navbatida, shaxsning 
og’ishgan xulqining sababi bo’lishi mumkin. 
8. 
Og’ishgan xulqning oxirgi belgisi sifatida uning ifodalangan individual va 
yoshga xos xususiyatlarining o’ziga xosligini ta’kidlash mumkin. Og’ishgan xulq 
dastavval, shaxsning jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U "ichki" jihatdan 
o’ta turli-tuman bo’lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil 
odamlarda turli yoshda turlicha ko’zga tashlanadi. Odamlarning individual
Volume 2. Issue 1 (16), May 2021


farqlanishi axloq sabablari, ko’rinish, dinamika shakllari, ifodalanganlik tezligi 
va darajasiga daxl qiladi.
Masalan, deviatsiya shakli va uning ifodalanganlik 
darajasi shaxsning og’ishgan xulqini bir muncha yaqqol tavsiflash hisoblanadi. 
Ular to’la beozor ko’rinishdan shaxsning hayotiy faoliyatini total buzilishigacha 
o’zgartirishi mumkin. 
Boshqa muhim individual xususiyat odamning og’ishgan xulqni qanday- o’zi 
uchun begona, istalmagan xulq sifatidami, vaqtinchalik qoniqtiruvchi yoki oddiy 
va maftunkor xulq sifatida qarashiga taalluqli. Shaxsning og’ishgan xulqqa 
munosabati (shaxsiy nuqtai nazari) ko’p holda uning taqdirini belgilaydi. 
Deviant axloqning yosh va jinsiy farqlanishi garchi asosiy mavzularni ko’rib 
chiqishda inobatga olinsa-da, bizning ta’limotimiz predmeti hisoblanadi. Shuni 
ta’kidlash zarurki, "og’ishgan xulq" atamasini 5 yoshdan kichik bo’lmagan 
bolalarga nisbatan qo’llash mumkin emas. Asosan"og’ishgan xulq" atamasi qat’iy 
ma’noda esa 9 yoshdan keyin qo’llanishi mumkin. 5 yoshdan oldin bolaning 
ongida ijtimoiy me`yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo’lmaydi, o’z-o’zini 
nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina 
bolada ijtimoiy me`yorlarga 
mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi 
haqida gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo’lgan bolalarda axloqi yosh 
me`yoridan ahamiyatli tarzda og’ishsa, bunda uni yetilmaganlikning, asabiy 
reaksiya yoki psixik rivojlanish buzilishining bir ko’rinishi sifatida ko’rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir.
Barcha yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, og’ishgan (deviant) xulqqa 
quyidagicha ta’rif berish mumkin - bu shaxsning bir muncha muhim ijtimoiy 
me`yorlardan
og’uvchi, jamiyat 
yoki uning o’ziga real zarar
yetkazuvchi, 
shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi turg’un 
axloqi.
Ushbu ta’rif deskriptiv (tasviriy) xarakterga ega va dastavval og’ishgan xulqi 
mavjud bo’lgan odamlar bilan amaliy ishlashga mo’ljallangan. Bu ta’rif aniq
holatlarda og’ishgan xulqni tashxis qilish, professional ta’sirni loyihalash, shaxs 
axloqining 
dinamikasini 
va 

bilan ishlash 
samaradorligini
baholash 
kabi professional maqsadlarni amalga oshirishda yordam berishi 
mumkin. Bundan tashqari, u boshqa axloqiy fenomenlarda deviant axloqni 
differensiyalash imkonini beradi. 
Deviant axloqni ko’rib chiqayotib, biz yaqqol salbiy assotsiatsiyani uyg’otuvchi 
so’zni qo’llashga majburmiz: deviant, addikt, noijtimoiy va ijtimoiy xulqqa qarshi, 
tarbiyasi og’ir va boshqalar. Shu bilan birgalikda, aniq shaxs bilan ishlashda biz
Volume 2. Issue 1 (16), May 2021


ongli ravishda kamsituvchi ohangli atamalardan foydalanishdan, shuningdek, 
tamg’a bosishdan tiyilmog’imiz kerak. Shuni esda tutish lozimki, birinchidan, 
axloqiy muammolar o’ta keng tarqalgan. Ikkinchidan, og’ishgan xulq chegaralarini 
aniqlash ko’pincha murakkab.

Yüklə 51,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə