Shaxsiy gigiyena qoidasi. Assalomu aleykum



Yüklə 19,69 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü19,69 Kb.
#33360

Shaxsiy gigiyena qoidasi.

Assalomu aleykum

Ochilgan gul – lolalar

Assalomu aleykum

Zukko , dono bolalar

Hamma quvnoq sog`lommi

Bugun darsga tayyormi?

O`quvchilar.

Bizlar quvnoq sog`lommiz

Bugun darsga tayyormiz.

Sinfda kim navbatchi

Bir kunlik nazoratchi.

Sinfada men navbatchi Bir kunlik nazoratchi. Hozir 2017 – yil aprel oyining Muborak kunida turibmiz. Sinfdagi 26 ta o`rtog`imni, aziz ustozimni va yana aziz mehmonlarni ko`rib turganimdan benihoyat hursandman.

Hozir o`lkamizda qaysi fasl? Bahor. Bahor fasliga oid she`r bilasizmi? Qani kim aytadi?

Zamin uzra qor yog`sa har gal

Qorlar erib ketaveradi

Qalbimizga zavq berib go`zal

Bahor qaytib kelaveradi.

Goh armonga darga to`ldirib

Sirli kunlar o`taveradi

Bir yoshligingni ortda qoldirib

Bahor qaytib kelaveradi

Kimga cheksiz quvonch ulashib

Orzu umid beraveradi

Ayoz bilan amal tolashib

Bahor qaytib kelaveradi

Sog`intirib hasta ko`ngilni

Baxtli kunlari o`taveradi

Orzularga to`ldirib dilni

Bahor qaytib kelaveradi

Demak 2017 – yil Bahor faslining aprel oyida turibmiz. 2017 – yilni Prezidentimiz qanday yil deb nomladi?

Yurtboshimiz yillarni

Birma – bir saraladi

“Xalq bilan muloqot

Va inson manfatlari”yili deb

Yilimizni nomladi

Andijonda qanday yil deb e`lon qildi?

Prezidentimiz 2017 – yil Andijonda Z.M . Bobur yili deb nomladi.

Bahor faslining qaysi oyida turibmiz?

Aprel


Aprel oyida qanday bayram yoki muhim sanalarni nishonlaymiz?

1-Aprel kulgi kuni

9- Aprel Amur Temur tavalludi kuni

26- Aprel Muhammad Yusuf tavalludi kuni.

Bolalar hozir darsimiz tarbiyaviy soat. Biz avvalgi tarbiyaviy soat darsida qaysi mavzuni o`rgangan edik.

“Mehnat mehnatning tagi rohat ” mavzusi bilan tanishgandik.

Kattalar : Mehnat qilib totganing

Qand – u asal totganing

Deb bejizga aytishmagan.

Mehnat qilgan kishi hech qachon hor bo`lmaydi. Mehnat qilgan kishi sog`lom bo`ladi. Doimo salomat bo`lishni istasak shaxsiy gigena qoidalariga amal qilishimiz kerak.

Bugun sizlar bilan: “Shaxsiy gigiyena qoidalari”ni o`rganamiz.

Shaxsiy gigiyena - ta`lim va tarbiyaning asosiy masalalaridan biridir. Siz eng avvalo o`z tanangizni toza tutishga va ozoda kiyinishga , o`zingizga nisbatan talabchan bo`lishga o`rganishingiz kerak.

Tabobat bilimdoni Abu Ali Ibn Sino “Odam o`zini o`rag turgan muhit bilan o`zaro muloqotni buzmasligi salomatlikni saqloashda muhim omildir”degan edi.

Demak tozalikka rioya qilish, ozoda bo`lib yurish insonga ham farz ham qarzdir. Har bir kishining sog`ligi o`ziga bog`liq.Shunday ekan har birimiz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz zarur.

“Shaxsiy gigiyena talablari”


  • Tana va kiyimlarni toza tutish

  • Tirnoqlarni har haftada olib tirish

  • Yuzni kunda ikki mahal sovunlab yuvib turish

  • Qo`llarni sovunlab yuvish

  • Sochlarni vaqtida parvarish qilish

  • Tishlarni kuniga ikki mahal pasta yordamida yuvish

  • Haftada bir dush qabul qilish

  • Ichki kiyimlarni ozoda saqlash

  • Kitob, daftarlarni toza tutish

  • Badan tarbiya bilan muntazam shug`ullanish

  • Partada to`g`ti o`tirish

Bularning hammasi shaxsiy gigiyena talablariga kiradi.

Shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinsa inson tanasi va ruhiyati sog`lom bo`ladi.

Ozoda yursangiz badanda modda almashinuvi , qon aylanishi, nafas olish a`zolari yaxshi ishlaydi, ovqat hazm bo`lishi yaxshilanadi.

Demak.


  • Tozalikka e`tabor bermaslik natijasida turli kasalliklar kelib chiqadi.

  • Inson doim toza yursa , u jismoniy va aqliy jihatdan yaxshi rivojlanadi, ozoda yurgan insonning kayfiyati yaxshi bo`ladi.

Gigiyenik tadbirlar kundalik turmushga singib , ovqatlanish kabi odat tusiga aylanishi lozim.

  • Ozodalik – tana gigiyenasining birinchi qoidasidir.

  • Organizmni toza tutish va chiniqtirish har xil kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Bugun hozir sizlarga “Tish gigiyenasi bo`yicha ” to`xtalib tushintirib bersam.


Tishning vazifalari



maydalaydi



Chaynashga xizmat qiladi

Ovqatni hazm qiladi

Muammoli izlanish.



  1. Og`zingizdagi tishlar qanday vazifani bajaradi?

  2. Siz ovqatni nima yordamida maydalaysiz?

  3. Sizning birinchi tishlaringiz qachon chiqganligini bilasizmi?

  4. Og`zingizda nechta tish bor?

Tish – odamga butun umri davomida hizmat qiladi. Ovqatni hazm qilishda tishlarning o`rni katta. Tish yordamida ovqat mydalanadi va chaynaladi.

Katta yoshdagi odamda 32 ta tish bo`ladi. Bolalarda esa 6 oyga to`ligandan so`ng sut tishlar chiqa boshlaydi. 6 yoshdan boshlab sut tishlari tushib , doimiy tishlar chiqadi.



  • Tishlaringizni bir sutkada 2 marta yuving

  • Har doim ovqatdan so`ng tishlaringizni iliq suv bilan chaying

  • Endi chiqayotgan tishga tilingizni tekkizmang

  • Tishda danak chaqmang

  • Suyak tozalamang

  • Tish chirishining oldini oling

  • Shirani kamroq iste`mol qiling

  • Ho`l meva va sabzavotlarni ko`proq tanavul qiling

Dam olish daqiqasi. Ingilizcha qo`shiq.

Bugungi mavzumizga oid maqol va topishmoqlar bilasizlarmi?



Juda yaxshi maqollarni bilasizlar ekan.

  • Ustoz bugungi mavzuyimizga oid bir rivoyat aytib bersam maylimi?

  • Ho`p mayli

Qadimda bir qashshoq yigit bir donishmand cholning oldiga kelibdi.

  • Assalomu aleykum bobojon!

  • Va alaykum assalom

  • Bobojon menga yordam bering! Yeyishga ham kiyishga ham hech narsam yo`q. Uyda bolalarim ham och o`tirishibdi.

  • Ho`p mayli kel unda men senga pul beraman. Bir qo`lingni menga sot.

  • Yo`q sotolmayman

  • Kel unda o`ng ko`zingni sot

  • Yo`q hech narsamni sotolmayman hamma narsam o`zimga kerak.

  • Iyi butun tanag sog`lom bo`lsa turmushingdan nolib nima qilasan? Kishining sog`ligi bu – boyligi – ku ,axir sog` tanda sog`lom aql deb bejizga aytishmagan. Sog` bo`lsang hamma ish qo`lingdan keladi. Sen undan ko`ra aqlingni ishlatib, o`z yo`lingni top . Shunda hayoting yaxshi bo`ladi.



  • Bugungi darsimiz hammaga tushinarlimi ?

  • Ha

  • Unday bo`lsa bugungi darsimizdan qanday hulosaga keldingiz? Nimalarni bilib oldingiz?

  • Tishimni ehtiyot qilishni o`rgandim

  • Tishlarimni doimo yuvib yurishni o`rgandim

  • Ovqatlanganimdan so`ng meva yoki sabzavotlar yeyish zarurligini bilib oldim.

  • Tish pasta vas ho`yka bilan do`st bo`lishni o`rgandim

  • Tanamdagi barcha a`zolarim men uchun azizligini bilib oldim.

  • Hech qachon tishlarimda danak va yong`oq chaqmaslikga odatlandim.

  • Tishlar bizning rizqimiz

Toza saqlash burchimiz

Qo`lni qo`lga beramiz

Ahil – inoq bo`lamiz

Tish pasta va sho`tka bilan

Chin do`st bo`lib qolamiz

Tishimizni toza saqlab

Tanamizni chiniqtirib

Sog`lom go`zal bo`lamiz

Shu vatanga munosib

O`g`il – qizlar bo`lamiz.




Yüklə 19,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə