Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti. Operatsion tizimlar, utilitlar, drayverlar



Yüklə 29,86 Kb.
səhifə1/3
tarix24.06.2022
ölçüsü29,86 Kb.
#90063
  1   2   3
Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti. Operatsion tizimlar, utilitlar, drayverlar.

Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti. Operatsion tizimlar, utilitlar, drayverlar.




Reja:

1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


2. Kompyuterlarning operatsion tizimi, uning vazifasi, turlari va xususiyatlari
3. Utilitlar va drayverlar.


Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo`lishi unda qanday dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturiy ta‘minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo`lishi uning qaysi soxada faoliyat ko`rsatishi bilan aniqlanadi.
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EHM-larni qo`llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo`ljallangan dasturlar sistemasidan iborat.
Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining to`plami quyidagi guruxlarga ajraladi:
1. Tizimli dasturlar
2. Amaliy dasturlar
3. Dasturlashtirish muhiti
Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o`zi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruqlarimizni va ko’rsatmalarimizni bajaradi.
Buyruqlar va ko’rsatmalar ketma ketligi esa dastur deb nomlanadi. Dasturlar 3 turga bo`linadi:
1) Tizimli (tizim) dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, o`chirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish), diskni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash (tashki qurilmalar ishini boshqarish).
Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.
2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki o`zgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma‘lumotlarni ko`rib chiqish va taxrirlash.
Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va hokazo).
Rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint va hokazo). Musiqa va video muharrirlari, musiqa va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va hokazo).
Jadvallar muharriri (Lotus, Excel va hokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va hokazo).
O`yin dasturlari, o`rgatuvchi dasturlar, buxgalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.
3) Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar). Instrumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar tizimlari.
Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar tizimlar o’ziga bir nechta dasturni jamlagan bo’lib bular: dasturlash tili muhariri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar.
Bundan tashqari hamma dasturlar pulli, bepul va qisman pulli bo’lishi mumkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki qisman pulli bo’ladi.
Mashxur bo`lmagan firmalar dasturlari ham bepul yoki qisman pulli bo’ladi. Taniqli firmaning maxsuloti esa pulli.
Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari qisqartirilgan holda bo’ladi. Oxirgi paytlar o’g’rilangan nusxa dasturlar ham juda ko’p tarqalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bo`lish ham mumkin.
Pirat dasturi original dasturga qaraganda juda arzon bo’ladi, lekin bu dasturlarga xech qanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari faqat original dasturlardan foydalanadi.
Har bitta dastur o`zining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar bilan qo`yiladi va oxirgi paytlarda, dastur chiqqan yili bo’yicha qo`yiladi.
Masalan Windows 95 yeki Windows 98 yoki Windows 2000.
Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko’p bo’lgani bilan yoki kompyuterga talablari o’zgargani bilan farqlanadi.



Yüklə 29,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə