Shaxsning individual-psixologik sifati



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#135041
1   2   3   4   5   6   7
Boshqaruv psixologiya asoslari

Individuallik - bu - hulq-atvorning о‘ziga xosligini va muayyan faoliyat turiga muvofiqlikni belgilovchi shaxsning xususiyati. Bu shaxsning bioijtimoiy о‘ziga xosligi, uning takrorlanmasligi.
Ayni shu turli individual xususiyat (jо‘shqinlik)ga ega shaxslar bilan rahbarning ishlashiga tо‘g‘ri keladi. Jо‘shqinlik turini bilish unga muayyan shaxsga u yoki bu faoliyat talabi bilan tо‘g‘ri yondashishga, muomalaning ayni bо‘lgan shakl va usullarini tanlash, jamoani uyushtirishga imkon beradi.
Jо‘shqinlikni quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi: sangvinik, flegmatik, xolerik, melanxolik.
Sangvinik: odamlar bilan tezda chiqishib ketadi va ular bilan faol aloqaga kirishadi; bir taxliddagi ishlarni yoqtirmaydi va bir tur faoliyatni boshqa tur faoliyatga oson almashtiradi; serzavq, о‘z hissiyotlarini oson boshqaradi va yangi sharoitga tezda moslashadi. Baland ovozda, tez va dona-dona qilib gapiradi, nutqiga ifodaviy xatti-harakat va imo-ishoralarni qо‘shib yuboradi. О‘z aqliy qobiliyatiga nisbatan mulozamatlarga farqsiz emas.
Flegmatik: xatti-harakati bir tekis va unga salmoqlab kо‘rilmagan, shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilish begona, bir faoliyatdan boshqasiga kо‘chishi sust, yangi sharoitlarga uzoq vaqt mobaynida moslashadi va kam xafsala. Uni biror nima qilishga qо‘zg‘atish uchun tashqi kuchli turtki kerak. Chidamlilik va о‘zini tuta bilishlilik о‘ziga xosdir. Hotirjam sо‘zlaydi, hissiyotlarini keskin namoyish qilmaydi.
Xolerik: nihoyatda ishchanligi bilan ajralib turadi, juda faol va kuchini qayerga qо‘yishni bilmaydigan bо‘ladi; "bosh kо‘tarmay" ishlashi mumkin va qiyinchiliklarni kо‘tarinki ruxda yengadi. Kо‘pincha faolligi kuchaygandan sо‘ng tushkunlik davri boshlanadi va toliqish yuz beradi, ayniqsa, bu hol faol qilingan harakat muvaffaqiyat keltirmasa, shunday vaziyat yuz beradi. Xolerikning kayfiyati barqaror emas (mayda-chuyda narsalar ham unga ta’sir etishi mumkin), u qiziqqon, о‘ziga bino qо‘ygan va bir tomonlama fikrlaydi. Tutilinqirab tez sо‘zlaydi.

Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə