|
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi annotatsiyashaxsning-rivojlanishi-tarbiyasi-va-ijtimoiylashuviwww.scientificprogress.uz
Page 315
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME
3
ǀ
ISSUE 4
ǀ
202
2
ISSN: 2181
-
1601
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib
bo‘lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri davomida
o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib,
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni
rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda
shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun
o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora
tadbirlar yig`indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi.
Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina
bir avloddan boshqasiga oʻtadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor
maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini
shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida
faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar
yig`indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum,
uning yetakchi g`oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham
oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va
maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi,
maʼnaviy axloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni
anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga
oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har
qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim
va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-
maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ijtimoiylashuv uzoq davom
etadigan murakkab jaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va
Uzbekistan
Dostları ilə paylaş: |
|
|