Shlang’ich



Yüklə 15,77 Mb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü15,77 Mb.
#159855
1   2   3   4   5   6   7   8
Interfaol usullardan foydalanib dars o'tishda:

O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
Guruhlarga bo'lishda o'quvchilarga "tazyiq" ko'rsatmang.

Har qanday sharoitda ham guruhlar bilan iliq munosabatda bo'ling. guruh

25
a'zolarini kuzating.

Jamoa bo'lib o'rganish yoki muhokama vaqtidagi shovqinga ko'nikish uchun tayyorgarlik ko'ring. Baholash va mukofotlash tizimingiz guruhlar ishlariga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida o'ylab ko'ring. Muvaffaqiyatli guruh ish uchun guruhga mukofat tayyorlang (imkon darajasida). Guruhlar uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa guruhlarda nisbatan vazifasini ertaroq bergan guruhni band qilish yo'llarini o'ylab ko'rig. Mustaqil fikr va g'oyni olqishlang.
Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi: o'quvchilarda hozirjavoblik, hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga «Asoslangan tafakkur tarzini shakllantirishdan iboratdir. Hozirda keng qo'llanib kelayotgan, metodlardan biri bu "Klaster" metodi ham o'quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bunda o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Masalan doskaga Ozbekiston sozi yoziladi va doira ichiga olinadi. Bolalar turli fikrlar bildiradi va doira atrofiga yozishadi

Kim qayerda usuli barcha fanlarda qollanilishi mumkin. Bunda oquvchilar

30 40 nafarni tashkil etsa otirgan joylarida 20 25 nafarni tashkil qilsa doska

oldida doira shaklida turib olib bajarsa ham boladi. Buning uchun hamma

oquvchilar kozlarini yumib turadilar, oqituvchi oquvchilarning har birini orqasiga malum bir sozni aks ettiruvchi doirach yoki tortburchak shaldagi qizil, kok ranglardagi qogozlar yopishtirib qoyadi. Ushbu ranglar asosida oquvchilar sozlar hosil qiladilar sozlarni aks ettiruvchi rasmlar devorlariga ilib qoyiladi. Kozlarini ochishga ruhsat berilgandan song, gapirish taqiqlanadi. Ana endi oquvchilar gapirmasdan, ozlarining orqalariga qanday yozuv ilinganligini bilmasdan xonaning qaysidir tomonidan oziga joy topishi kerak boladi. Oquvchilar gapirmasdan bir biriga yordam berib joylarini topishadi.
Quyidagicha misol keltirishimiz mumkin:
1 sinf yozuv darslarida tovushlardan soz tuzish quyidagicha o'tkazish mumkin:

26
Buning uchun doiracha va tortburchak shakllar qizil va kok ranglarda alohida qilib kesib olinadi va konvertga solib har bir guruhga beriladi. Guruh qatnashchilari konvert ichidagi shakllarni partaga yoyib, so'ng bir chekkadan tartib bilan yig'ishlari kerak. Boshqa guruhlarga nisbatan ishni oldinroq yakunlagan guruhga quyidagi qo'shimcha vazifalarni berish mumkin.
Qo'shimcha topshiriqlar:

1. Unli tovushlarni alohida yig'ing.

2. Undosh tovushlarni alohida yig'ing. 3. Ismingizni yig'ishga harakat qiling. 4. Yig'ilgan so'zlarni bo'g'inga ajrating.
Berilgan barcha topshiriqlar daftarga doiracha yoki tortburchak qilib chizilib, ichini rangli qalam bilan boyab tovushlarni unli va undoshlarga ajratib yozilishi kerak. Hamma vazifalar bajarib bo'linganidan so'ng guruhlar nima ish bilan shug'ullanganliklari va nimalarni bilib olganliklari so'raladi va umumlashtiriladi.
So'ng uyga vazifa beriladi. Unli va undosh doirachalar chizib, boyab hosil qilingan sozlarning talaffuzini mashq qilib kelish. Uyda shu so'zlar aks ettirilgan shakllarni yozib kelishadi, keyingi darsda esa bu varaqlar doskada yopishtiriladi va muhokama qilinadi.
Yangi pedagogik texnologiyalar oquvchilar bilimlarni oson va tola ozlashtirishlarida oyinlarga alohida etibor qaratadi. Bugungi kunda qollanilayotgan oyinlar pedagogik texnologiyalarning bir qismi sifatida darslarni yanada qiziqarli va samarali bolishini taminlaydi.
Talimiy oyinlarni savod o’rgatish davrida maqsadga muvofiq ravishda va uyushtirish endigina oqishni, yozishni o’rganayotgan bolalarga diqqatlarini asosiy maqsadga qaratgan holda qiziqarli ish bilan band bolishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayonida talimiy oyinlardan foydalanishning ahamiyati kattadir.
Oyinlar oddiy jismoniy harakatdangina iborat bo’lmay malum ohang, ritm, badiiy soz, syujet, kompozitsiyalarga ega bolgan bolalarning moddiy mashgulotidir

27
Bolalar yoshligidan oyinlarga konikma hosil qiladilar va bundan ozlariga estetik zavq oladilar, uni yordamida aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar. Bu borada xalq og’zaki ijodi, salmoqli hissa qo’shadi. Bolalar oyinlarining ruhi, tabiati, haraktiri, noetikasi, ishtirokchilarning hatti-haraklari shu xalqning mehnat va milliy tradissiyalai bilan, turmush kechirish sharoitlari, geografik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablardan rivojlanadi. Sinchiklab qaralsa, bola oyinida kattalarning xulqi odatlari, mehnat qilish usullari, turmushda kozda tutgan maqsadlarning harakteri belgilari ko’rinib turadi. Chopon bolasining oyinlari malum manoda choponning kasbini eslatadi desak, xato bolmaydi. Qizlar esa aksariyat onalarning uydagi mashgulotlarini takrorlaydilar.
Bugungi bolaning orzusi;

Injiner bolish, osmonopar binolar, havo kemalari qurish, dengiz-okeanlarning sirini bilish, ularning ixtiyorida turli hil kitoblar, konstruktorlik oyinchoqlari, oyinlar gimnastika, futbol, hokkey, tennis,boks, shahmat-shashka,turist bolib toglarga, vodiylarga, uzoq shaharlarga borish va shunga oxshaganlari, bularning hammasi bolaning ertangi taqdirida, tanlaydigan kasb va hunarida ijobiy iz qoldirishi turgan gap.
Ozbeklar va ular bilan birga yashagan xalqlar va qabilalarning milliy oyinlari haqidagi dastlabki malumotlar bizgacha XI-asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnagrafik Mahmud Qoshgariyning Devoni lugatu turk kitobi orqali yetib keldi. Devon muallifi Orta Osiyo hududida yashaydigan qabila va xalqlarning milliy tillariga, ayrim sozlariga izoh berish orqali kishilarning mashgulotlarini va hatto bolalarining oyinlarigacha tilga olgan, ularning qoidalariga tarif beradi.
Devondan bir misol keltiraman; Mokoz-mokoz bir xil bolalar oyini shunday bolalar tiz chokib, dengiz labida otiradilar. Sonlari orasida hol qum solib toldiradilar. Ulardan biri ona boshisi mokoz-mokoz deydi. Qolganlari namokoz nimaning mongusi (shoxi) deb soraydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takrorlaydilar. Song onaboshi shu nomlar orasidan tuya, eshak kabi shoxi yoq hayvonlar ismini aytib chalgitadi.
Bolalarning oyin tanlashdagi didi ozgarmoqda. Endi bolalarimiz jamoa bolib,

28
ahillik, bir-birini qollab-quvvatlash, bilan galabani qolga kiritib boladigan chaqqonlik, dovyuraklikni talab qiladigan oyinlarni oynashmoqda. Oyinlarda vatanparvarlik ruhi yaqqol ko’rina boshladi. Oyin shartlarida boshlash, tomomlash, jazo, mukofot ham ozgarishiga uchradi. Bu ozgarishlari bilan, bolalar oyin terminalogiyasi, milliy sozlar hisobiga boyimoqda.
Oyinlar xalq bilim va tajribasining bitmas-tuganmas xazinasidir. Bu xazinani saqlovchilari esa xalqi bolalar oyinlari materiallarini asosida shu oyinlaridagi folklor elementlarini tutgan o’rnini aniqlash muhimdir, jumladan, oyinlar savod orgatish davri oqish darslarida amalga oshirishda muhim talimiy ahmiyatga ega savod o’rgatish oqish darslarida amalgam ashirish bolani ortiqcha jismoniy zoriqishdan saqlaydi, ulardan oz kuchiga ishonch tuygusini uygotadi. Savod orgatishda bajariladigan analitik va sintetik mashqlarni ham oyin tarzida amalga oshirish lozim. Buning zarur oquv materiallari bor ularning
ayrimlarini oqituvchining ozi ota onalar bilan birgalikda tayyorlaydi. Savod o’rgatish davrida oquvchilar nutq tovushlari, harflar bilan amaliy
tanishibgina qolmay boginlardan soz tuzish, soz va qisqa gaplarni oqish hamda yozishni o’rganadilar. Oquvchilarda birinchi sinfdayoq unli va undosh tovushlarni bir-biridan ajratish, oxshash undoshlar va ularning harfiy aniqlash yondoshgan unlilarni shuningdek, tovush va bogin tahlili gap tuzish bilan aloqador bolgan lug’at imloga doir ishlar, talaffuzdan tushib qoladigan undoshlar, qator keladigan unli va undosh oid imlo konikmalarini ostirib boriladi. Oquvchilarning nutq tovushlarini togri talaffuz etishga, sozni o’rinli va tog’ri ishlatishga gap va boglanishli nutqqa tog’ri tuzishga, ular orasida erishish uchun oqituvchi dars davomida qiziqarli oyinlarining xilma-xil usullaridan foydalanish zarur.
Savod orgatishning tayyorlov davrida o’quvchilarni asosan dars jarayonida daftarqanday qoyish, ruchkani qanday ushlash va dars jarayonida ozini qanday tutish malakalari hosil qilinadi. Bu davrda oquvchilar tez charchab va zerikishlari kuzatiladi. Shu o’rinda qiziqarli oyinlardan foydalanish oquvchilarni maktabga, oqishga bolgan qiziqishlarini oshirishga katta yordam beradi. Shu orinda aytib

otish joizki, savod o’rgatishning tayyorlov davrida yozuv darslari uchun 4

29
soat vaqt ajratilgan. Bu vaqt ichida oquvchilat bilan oyinlar orqali darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq boladi.

30
3. Ona tili darslarida o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatish usullari

Kichik yoshdagi o'quvchilar og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:1
a) fonetik bilimga asoslangan xolda 1-sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar;
b) fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni ajratish, orfoepik me'yorga rioya qilish) asosini tashkiletadi;
v) fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator orfografik malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi;
g) fonetik bilim gapning ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi pauzalarga rioya qilish uchun zarur;
d) so'zning tovush tomonini bilish, uning ma'nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlas so'zlari ma'nosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi. So'zning tovush tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur.

O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda

so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda

ko'pincha so'zni tovush tomondan analiz qilishdan foydalanadi.

Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni ajratish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, ammo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1-sinf o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida,
31
analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta'siri kabi ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi.
1-sinfda fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda, asosan, mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.

Yüklə 15,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə