Shtangentsirkul, shtangenchuquroʼlchagich, shtangenreysmuslar xaqida umumiy maʼlumotlar. Reja: Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari tuzilishi ishlatish usullari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə3/8
tarix07.04.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#85163
1   2   3   4   5   6   7   8
6.Shtangentsirkul, shtangenchuquroʼlchagich, shtangenreysmuslar xaqida umumiy maʼlumotlar.

SHTs-1markali shtangensirkul:

a—tuzilishi: 1, 4—quzgaluvchi jag‘lar; 2, 3—quzg‘almas jarlar, 5—qotiruvchi vint,

6—ramka, 7—glubinomer (chuqurlikni ulchaydigan sterjen), 5—shtanga, 9-— nonyus; b—hisob olish.
Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bulgan ulchamlarni ulchash imkonini beradigan, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bulgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. Uquv ustaxonalarida 300 mm gacha ulchash imkonini beradigan shtangensirkullar ishlatiladi.
Aniqlik darajasi 0,1 mm bulgan shtangensirkul (19-rasm, a) millimetr masshtabli shtanga 8, quzg‘almas jag‘ 2, 3, quzg‘aluvchi jag‘ 1, 4, noniusli ramka 6, qotiruvchi vint 5, nonius 9, va sterjen 7 dan iborat.

Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bulib, u 10 ta teng bulakka bulingan. Demak, noniusning har bir bulimi 9 mm : 10= 0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bilan mos kelsa, uning uninchi chizig‘idan tashqari hech bir chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir tug‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning uninchi chizig‘i shtanganing tuqqizinchi chizig‘iga mos keladi. SHunday qilib, noniusning bir chizig‘i shtanganing bir chizig‘iga 0,1 mm etmaydi, noniusning ikki chizig‘i shtanganing ikki chizig‘iga 0,2 mm, uch chizig‘i 0,3 ,mm va h. k. etmaydi.

SHtangensirkul yordamida ulchash va undan hisob olish quyidagicha olib boriladi. Uning quzg‘aluvchi va quzg‘almas jag‘lari ulchanuvchi detal sirtiga jips tegadigan qilib suriladi va ramkani shtangaga mahkamlovchi vint yordamida qotiriladi. Sung shtangensirkul detaldan chiqarilib, noniusdan hisob olinadi. Noniusning noli shtanga chizig‘ining qaysi biri bilan mos kelsa, shuncha butun son buladi. Agar noniusning noli shtanganing xohlagan bir chizig‘idan utsa, shuncha butun son bulib, kasr son shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan nonius chizig‘idan hisoblanadi.

Masalan, noniusning nol chizig‘i shtanganing nol chizig‘idan utib, birinchi chizig‘iga etmagan bulsin. Noniusning oltinchi chizig‘i shtanga chizig‘iga mos kelsin. Bu holda hisob 0,6mm buladi.


Ikkinchi ulchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig‘idan utgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6-chizig‘i shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. Bu holda shtangensirkulning kursatishi 25,6 mm. Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02 mm gacha bulgan shtangensirkul kursatilgan.

Ulchov olishda quzg‘almas va quzg‘aluvchi jag‘larni detal sirtiga erkin tekkizib, xomut shtangaga qotiriladi. Sungra mikrometrik surish vinti yordamida ramkani surib, jag‘larni detal sirtiga jipslanadi va ramkani shtangaga qotirilib shtangensirkul detaldap olinadi. Undagi ulchovni hisoblari yuqorida bayon etilgan tartibda olib boriladi.






Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə