Signallarga raqamli ishlov berish orqali bemorlarning tashxis aniqligini oshiruvchi algoritmlarni matematik modelini loyihalash



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə1/2
tarix04.05.2023
ölçüsü88,5 Kb.
#108448
  1   2
Signallarga raqamli ishlov berish orqali bemorlarning tashxis aniqligini




Signallarga raqamli ishlov berish orqali bemorlarning tashxis aniqligini oshiruvchi algoritmlarni matematik modelini loyihalash

Kirish




  1. Asosiy qism

1.1. Signallarini qayta ishlash


1.2. Tibbiy signallarning asosiy xususiyatlari
1.3. Tibbiy signallar va ularni qayta ishlash

II-bob. Signallarini tahlil qilish


2.1. Matematik modellar xaqida tushuncha.


2.2. Tibbiy signallarini filtrlash va modellashtirish.
2.3. Wavelet transformatsiyasi asosida tibbiy signallarini tahlil qilish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
Raqamli signallarni qayta ishlash-bu signal xususiyatlarini o'zgartirish yoki undan ma'lumot olish uchun matematik algoritmlar va texnikalar qo'llaniladigan signallarni qayta ishlash jarayoni. U audio va video davolash, tasvirni qayta ishlash, radio va telefoniya signallarini qayta ishlash, tibbiyot va ilmiy tadqiqotlarda signallarni qayta ishlash va sanoat kabi turli sohalarda keng qo'llaniladi.Raqamli signallarni qayta ishlash turli xil jarayonlarni o'z ichiga oladi, shu jumladan diskretlashtirish, filtrlash, siqish, dekompressiya, ovoz balandligini sozlash va boshqalar.signallarni qayta ishlash uchun turli xil matematik usullar qo'llaniladi, masalan, Furye transformatsiyasi, to'lqinni o'zgartirish, statistik tahlil algoritmlari va boshqalar. Raqamli signallarni qayta ishlash bir qator afzalliklarga ega, jumladan aniqroq ishlov berish, yuqori ishlov berish tezligi, qayta ishlash qobiliyati, avtomatlashtirish va ma'lumotlarni saqlash qulayligi. Biroq, signallarni samarali qayta ishlash uchun yuqori ishlov berish quvvati, yuqori aniqlik va matematika va informatika bo'yicha malakali mutaxassislar talab qilinadi.
Signal deganda biz uzatilayotgan yoki qandaydir axborot ko‘rinishdagi vaqt bo‘yicha fizik o‘zgaruvchi har qanday o‘zgaruvchini tushunamiz. Bugungi kunda qo‘yidagi tipdagi signallarga asosiy e’tibor qaratilmoqda:



  • Nutqiy signallar, misol uchun kundalik hayotda ishlatiladigan (telefonda gaplashish, radio eshitish );




  • Beomedik signallar (elektroensefalogramma, miya signallari );




  • Ovozli va audiosignallar;




  • Video va telerasmlar;




  • Radar signallari(berilgan diapazonda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan

izlanishlarda qo‘llaniladigan ).


Tabiatda uchraydigan ko‘pgina signallar o‘zining analogli formasiga ega bo‘lib, vaqt bo‘yicha uzliksiz o‘zgaradigan va misol uchun ovozli to‘lqin ko‘rinishida fizik kattaligi bo‘yicha ta’riflanadi. Odatda raqamli signallarni qayta ishlashda ishlatiladigan anolog signallar bir xil oraliqli vaqt intervalida raqamli ko‘rinishga keltiriladi.


Ko‘pincha raqamli signallarni spektr qiymatlarini olib yoki qo‘lay formaga keltirish orqali qayta ishlash interferensiyalardan yoki shumlardan bartaraf etish, signallarni siliqlash, siqish, tanishda katta yordam beradi. Bugungi vaqtda signallarga raqamli ishlov berish ko‘pgina, avval anologli usullarda ishlatiladigan sohalarda tashqari yangi anologli qurilmalarda bajarib bo‘lmaydigan sohalarda qo‘llanilmoqda.


Moslashuvchanlik.Signallarga raqamli ishlov berish tizimi orqali qurilmani o‘zgartirmasdan xar xil funksiyalarni bajarilishini qayta dasturlashtirish mumkinligi.


Yuqori darajadagi unumdorlik. Signallarga raqamli ishlov berishni signallarni analogli qayta ishlab bo‘lmaydigan vazifalarini bajarilishida qo‘llash mumkin. Misol uchun chiziqli fazoviy xarakteristikalarini olgan holda murakkab adaptiv filtrlashlarni amalga oshirish masalalarida qo‘llanilishi.


Tezlik va xarajatlar. Keng polosali signal uchun signallarga raqamli ishlov berishning loyihalari qimmat bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda keng

polosali signallarni qayta ishlashda ishlatiladigan tezkor ATSP(analograqamli/raqamlianalogli keltirgichlar)lar yo qimmat yoki keng polosali signallarga kerakligicha ishlov berishning imkoniyatining etishmasligidadir.




Ishlov berish vaqti. Signallarga raqamli ishlov berish metodikasi yoki raqamli ishlov berishning dasturiy vositalaridan foydalanish bilan tanish bo‘lmaslik qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarish juda ko‘p vaqtni yoki umuman bajarib bo‘lmasligi mumkin.

Signallarga raqamli ishlov berishdan maqsad turli o‘zgartirishlar orqali ularni samaradorlik bilan uzatish, saqlash va axborotni ajratib olishdan iborat. Keyingi vaqtlarda keng rivojlangan signallarga raqamli ishlov berish usullari bir qator afzalliklarga ega:





      • umuman olganda signallarga ishlov berishning har qanday murakkab algoritmlarini amalga oshirish mumkinligi va ushbu signallarga ishlov berish algoritmlarini real vaqtda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi elementlar bazasi borligi;




    • raqamli qurilmalar yuqori aniqlikda ishlash imkoniyatini beruvchi algoritmlarning yaratilganligi va mavjudligi;




  • nazariy jihatdan uzatilayotgan xabarlarni halaqitbardosh kodlardan foydalanib uzatish va saqlash natijasida xatosiz qayta tiklash imkoniyatining

borligi raqamli signallarga xosdir.





Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə