Sinf: VI fan nomi



Yüklə 486,51 Kb.
tarix25.05.2022
ölçüsü486,51 Kb.
#87912
davriy kasrlar....


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
’’5110100- MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI’’ TA’LIM YO’NALISHI
3-kurs bakalavri Karimova Xolida
“Davriy kasrlar” mavzusidagi 1 soatlik dars ishlanmasi
Dars ishlanma ilmiy rahbari: Samatova Gulmira

Sinf: VI
Fan nomi: Matematika
Darsning mavzusi: Davriy kasrlar
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda Davriy kasrlar nazariyasining asosiy tushunchalari haqida yangi ilmiy-nazariy bilimlarni yetkazish va bu tushunchalar haqida to`la tasavvur hosil qilish qobiliyatini shakllantirish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularda do`stlik tuyg`ularini shakllantirish, komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo`shish. Ajdodlarimiz buyuk me’rosi bilan o’quvchilarni tanishtirish,olingan bilimlarni hayotda qo’llay olish

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish

Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Tezkor savol-javob, zakovatli zukko
Darsda foydalanadigan jihozlar: Darslik, AKT jihozlari, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari, didaktik materiallar, slayd.
I.Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish, o`quvchilar bilan salomlashish, sinf xona tozaligini tekshirish, navbatchi axborotini tinglash, kun yangiliklari bo`yicha suhbat, kun hikmati eslatib o`tiladi:``Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo`lib o`tirish, taraqqiyot yo`lidagi eng katta g`ovdir``.
II.O`tgan mavzuni takrorlash: Qismiga ko’ra sonning o’zini topish mavzusini takrorlab o’tish.
Asosiy qism:
O`nli kasrda verguldan so`ng, bir raqam yoki bir nechta raqamlar guruhi cheksiz tarzda takrorlanib kelaversa, bunday o`nli kasrni davriy o`nli kasr (qisqacha: davriy kasr) deyiladi. Takrorlanuvchi raqam yoki raqamlar guruhi esa davriy kasrning davri deyiladi. Masalan, 3,444…; 0,171717…; 23,14555…. kasrlar davriy kasrlar hisoblanadi.




Sof davriy kasrlar
Davriy kasrda verguldan so`ng darhol davr boshlansa, uni sof davriy kasr
deyiladi. Masalan, 0,(4) ; 7,(23) ; 11,(897) kasrlar sof davriy kasrlar hisoblanadi

Sof davriy kasrni oddiy yoki aralash kasrga aylantirish
Agar sof davriy kasrda verguldan chapda faqat nol bo`lsa, bu kasr oddiy kasrga quyidagicha keltiriladi: Oddiy kasrning suratiga davr yoziladi, maxrajiga esa davrda nechta raqam bo`lsa, shuncha 9 raqami yoziladi. Masalan, 0,(123)= .
Agar sof dariy kasrda verguldan chapda noldan farqli son bo`lsa, bu kasr aralash kasrga quyidagicha keltiriladi: Aralash kasrning butun qismiga davriy kasrning verguldan chap qismi ko`chiriladi, kasr qismining suratiga davr, maxrajiga esa davrda nechta raqam bo`lsa, shuncha 9 raqami yoziladi. Masalan, 34,(12)=34 .
Aralash davriy kasrlar
Davriy kasrda davr bir yoki bir nechta raqamdan keyin boshlansa, uni aralash davriy kasr deyiladi. Masalan, 3,9(3); 0,28(37) ; 7,0(987) kasrlar aralash davriy kasrlar hisoblanadi.
Mustahkamlash:


V.O`quvchilarni baholash: O`quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholanadi, ularni yo`l qo`ygan kamchiliklarini to`g`rilaydi.
VI.Uyga vazifa berish: O`quvchilarga darslikdagi uyga vazifa 976-977-978- misollarni mustaqil ishlab kelish.

  1. Tashkiliy qism: 4 daqiqa

  2. O`tgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa

  3. Yangi mavzuni tushuntirish: 15 minut

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 8 daqiqa

  5. O`quvchilarni baholash: 2 daqiqa

  6. Uyga vazifa berish: 1 daqiqa

Hammasi: 40 daqiqa
Yüklə 486,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə