Sintaktik aloqa ва муносабатлар



Yüklə 150 Kb.
səhifə1/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-20 ona tili


Sintaktik aloqa va munosabatlar
Sintaktik aloqa. Mustaqil so’zlarning nutq jarayonidagi erkin bog’lanishi sintaktik aloqa deyiladi: Suvlar tiniq, toza havo. Sintaktik birliklar bir necha a‘zoli bo’ladi. Faqat gap bir a‘zoli bo’lishi mumkin. Nutqda so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi har bir tilning LSQlari, leksemalarning birikish imkoniyatlari asosida sodir bo’ladi.
So’zlarning sintaktik munosabatga kirishuvi natijasida hosil bo’lgan sintaktik qurilma so’z qo’shilmasi deyiladi. Bu so’zlarning bir-biriga ergashishi (a‘lochi o’quvchi) yoki tenglashishi (olma va anor) shakllarida bo’lishi mumkin. A‘lochi o’quvchi birikmasida bir so’z ma‘noviy qobiliyatini namoyon qilish uchun boshqasiga ehtiyoj sezadi. Aniqrog’i, (o’quvchi) uzvi izohlanishga muhtoj. Shu boisdan (a‘lochi) so’zi unga ergashib, izohlab keladi. Bu tobelanish aloqasidir. Tobelanish aloqasi natijasida so’z birikmasi va gaplar hosil bo’ladi: tiniq suv, Salim o’qidi. O’zbek tilida keyin kelib, ma‘nosi izohlanayotgan so’z hokim (bosh) so’z, hokim so’zga ergashish yo’li bilan bog’lanib, uning ma‘nosini izohlaydigan so’z tobe (ergash so’z) deyiladi. (Tiniq suv), (Salim o’qidi) birikuvlarida (tiniq) va (Salim) so’zlari tobe, (suv) va (o’qidi) so’zlari hokim a‘zolardir.
Nutqda so’zlarning barchasi ham tobe aloqada bog’lanavermaydi. So’zlar (olma va anor), (nok va anjir), (o’qidi va yozdi) shaklida biri ikkinchisiga bo’ysunmay, teng holda ham bog’lanishi mumkin. Bu so’z qo’shilmalari a‘zolari teng huquqli bo’lib, biri ikkinchisining ma‘nosini izohlamaydi.
Demak, so’zlar orasidagi aloqa ikki xildir: tenglashish va tobelanish. Ular esa uch xil hosilani beradi: so’z birikmasi, so’z tizmasi va gap. Tenglashish aloqasi asosida so’z tizmasi hosil bo’lsa, tobelanish aloqasi asosida so’z birikmasi va gap shakllanadi.
So’z tizmasi. So’z tizmasi (olma va anor) teng huquqli a‘zolardan tashkil topadi. Ular orasida tobelik bo’lmaydi. Shunga muvofiq, ular orasida bir-birini izohlash, to’ldirish hodisasi ham bo’lmaydi. So’z tizmasi tashkil etuvchilarining o’rnini almashtirish ham mumkin: (anor va olma). Bu ularning sintaktik mavqei va ma‘nosiga putur yetkazmaydi. So’z tizmasidagi a‘zolar birgalikda boshqa so’zga tobelanib, uni aniqlashi (oq va sariq gullar) yoki boshqa so’z tomonidan izohlanib, birgalikda hokim uzv bo’lib kelishi mumkin (shirin olma va anor). Shuningdek, so’z tizmasidagi har bir uzv o’ziga xos tobe uzvlarga ham ega bo’lishi mumkin (o’qiyotgan bola) va (yozayotgan qiz).
So’z tizmasi a‘zolari teng bog’lovchilar yordamida yoki bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’lanishi mumkin: bola, qiz kabi. So’z tizmasi a‘zolari, asosan, bir so’z turkumiga mansub leksemalar voqelanishlari bo’ladi: olma (ot) va anor (ot). Ba‘zan ular turli turkumlardan ham bo’ladi: Salim (ot) va men (olmosh).

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə