Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə54/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
9-sinf biologiya

Profaza I da — xromosomalar spirallasha boshlaydi. Har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat bo‘lib, sentromera yordami­da birikkan bo'ladi. Gomologik xromosomalar o‘zaro yaqinlashadi. Bir xromatidning har bir qismi ikkinchi xromatidga aniq mos tusha- di. Xromosomalar bir-biriga yopishib, yonma-yon joylashadi. Bu hodisa kon’yugatsiya deyiladi. Keyinchalik bunday xromosomalar o'rtasida o'xshash qismlari, genlari bilan almashinadi. Bu hodisa esa krossingover deb ataladi. Profaza oxirida gomologik xromo­somalar bir-biridan ajrala boshlaydi. Bu jarayonlar bilan bir vaqtda yadro qobig'i parchalanib, yadrochalar yo'qolib ketadi.
Metafaza I da - xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ladi. Kon’yugatsiyalashgan xromo­somalar juft-juft holatda ekvator tekisligi bo'ylab joylashadi. Sen- tromeraga bo'linish urchug'i birikadi.
Anafaza I da - gomologik xromosomalarning yelkalari bir-biri- dan aniq ajraladi. Lekin xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tomon harakatlana boshlaydi.
Telofaza I da - xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hu­jayralar hosil bo'ladi. Qisqa vaqt ichida yadro qobig'i hosil bo'ladi.
Birinchi meyoz bilan ikkinchi meyoz o‘rtasidagi qisqa vaqt in- terkinez deyiladi. Interkinez davrida DNK reduplikatsiyalanmaydi. Birinchi bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan hujayralar bir-biridan ota va ona xromosomalar genlar yig‘indisi jihatidan farq qiladi.
Agar meyoz birinchi bo‘linishda xromosomalardagi krossin- governi hisobga olinsa, har bir hosil bo‘lgan jinsiy hujayra genetik jihatdan yagona bo‘lib, o‘ziga xos takrorlanmaydigan genlar yig‘in- disiga ega bo‘ladi.
meyozning ikkinchi bo‘linishidagi profaza II va metafaza II da xuddi mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki, bo‘linayotgan hujayra gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. Ana-
faza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajrala­di, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromosoma bo'ladi. Telofaza II da xromosomalari gaploid to'plam- ga ega bo'lgan ikkita hujayra hosil bo'ladi. Shunday qilib, mey- oz natijasida har bir diploid to'plamli boshlang'ich jinsiy hujayra­ning ikki marta ketma-ket bo'linishi oqibatida 4 ta gaploid to'plamli yetuk jinsiy hujayralar - gametalar hosil bo'ladi.
m
11.
2.
3.
4.
eyozning biologik ahamiyati
- meyoz tufayli avlodlar al­mashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o'zgarmay- di. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil va- riantlari amalga oshadi. Meyoz jarayonida xromosomalar kon’yu- gatsiyalashib, o'xshash qismlari bilan almashinishi (krossingover) natijasida irsiy axborotning yangi to'plami hosil bo'ladi.
Meyoz bilan mitozning qanday o'xshashlik va farqli tomonlari bor?
Kon’yugatsiya va krossingoverni taqqoslang.
Meyoz bosqichlari va ularda kechadigan jarayonlarni ta’riflang.
Meyozning biologik ahamiyati nimadan iborat?

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə