Siyosiy fikrning vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi. Qadimgi dunyoning siyosiy fikri



Yüklə 13,72 Kb.
tarix25.11.2017
ölçüsü13,72 Kb.

Aim.uz

Siyosiy fikrning vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi. Qadimgi dunyoning siyosiy fikri

Dastlabki siyosiy – huquqiy fikrlar barcha xalqlarda, qadimgi Sharqda ham, qadimgi G‘rbda ham diniy - afsona, rivoyatlar tarkibida shakllangan. Ularga ko‘ra, yerdagi tartiblar umumbashariy, koinot tartiblarining uzviy qismi va kelib chiqishi jihatidan ilohiydir. Ana shunday tushunish uzoq davrlar mobaynida Sharqda, keyinchalik G‘arbda ham insonlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar azaldan belgilanganligiga asoslanib, barqaror dunyoqarashni shakllantirdi. Bu dunyoqarash davlat, siyosatga doir g‘oyalarda ham o‘z ifodasini topdi.

Qadimgi dunyo ma’naviy madaniyatining eng yirik tarixiy yodgorliklaridan biri - "Avesto" (m.a. VI asr) dir. U Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi nafaqat diniy tasavvurlarni, balki siyosiy qarashlarni bilishning ham muhim manbaidir.

"Avecto" da dunyodagi yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash diniy shaklda aks ettiriladi. Unda yovuzlikni bartaraf etish, tinchlik-totuvlikni ta’minlashning yo‘llari va vositalarini asoslashga alohida e’tibor beriladi. Bu yo‘llar va vositalar yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amal konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi.

«Avesto»da johillik, zo‘ravonlik, tuhmat kabi illatlar qoralanadi. Unda sof ko‘ngillilik, xiyonat qilmaslik, aldamaslik, haqorat qilmaslik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, hamjihatlilik kabi fazilatlar targ‘ib qilinadi.

"Avesto" ning tarixiy yodgorlik sifatida ahamiyati bebahodir. Bu yodgorliksiz Sharq va G’apb siyosiy fikrining rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. U Demokrit, Aflotun, Arastu va boshqa buyuk allomalarining faoliyati, xristian, islom ta’limotining kelib chiqishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Siyosiy fikr asta-sekin afsona va rivoyatlar qobig‘idan chiqib, inson, jamiyat, davlat masalalarini falsafiy–axloqiy talqin qilishga intildi. Bu antik davr allomalarining asarlarida o‘z ifodasini topdi.

Konfutsiy (e.a.551 - 479 - yillar) ta’limoti falsafiy va siyosiy–huquqiy fikr tarixida muhim rol o‘ynagan.

Konfutsiy - davlatning patriarxal-paternalistik konsepsiyasini rivojlantirgan. Uning ta’kidlashicha davlat – katta oiladir. Imperator hokimiyati go‘yo oila boshlig‘i – otaning hokimiyatidek adolatli va qo'l ostidigilariga mehr-shafqatga asoslangan. Hukmdor va fuqarolar munosabati - oila a’zolarining munosabatini eslatadi: kichiklar kattalar qaramog‘ida va ularga itoat etadi. Konfutsiy odamlarni ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra to‘rt qatlamga ajratadi: aslzodalar (har qanday bilimga tug‘ilishdan ega); bilimlarga o‘qish – o‘rganish jarayonida ega bo‘lganlar; bilimlarni qiyinchilik. bilan o‘zlashtiruvchilar; bilim olishga intilmaydiganlar. Shu tariqa odamlar o‘rtasida tengsizlik mavjudligi va omi odamlar (quyi tabaqalar, kichiklar) oliy nasab aslzoda, kattalarga bo‘ysunishlari zarurligi belgilab beriladi. Hokimiyat oqsuyaklar qo‘lida to‘planishi lozimligi asoslanadi. Konfutsiy hokimiyatning adolat va mehr-shafqagta asoslanishi, fuqarolar esa isyonlardan o‘zlarini tiyishlarini uqtiradi. Boshqarish - hammani joy-joyiga qo‘yish demakdir. Davlat hokimiyati xalq ishonchisiz mavjud bo‘la olmaydi, ammo hukmdorlar hammaga o‘rnak bo‘lishlari lozim. Konfutsiy qarashlari uning izdoshlari va shogirdlari tomonidan "Lunyuy" - "Suhbatlar va mulohazalar" deb nomlangan asarda bayon etilgan.

Konfutsiy qarashlarining tanqidi bilan m.a. Vl-V asrlarda yashab ijod etgan faylasuf Lao - Szo chiqadi va daosizm oqimiga asos soladi. "Dao" ta’limoti bevosita faoliyatning tabiiy huquqini anglatib, uning asosida kuch ishlatmaslik, davlatni yo‘q qilish va jabr - zulmga qarshilik, ibtidoiy jamoa tarzidagi hayotga qaytishga chaqiriq yotadi. "Dao"dan chetlashish – haqiqatdan chetlashishdir.

Antik davr siyosiy fikri Sharq g‘oyalarini o‘ziga singdirib, keyinchalik rivojlangan G‘arb davlatchiligidagi barcha dunyoqarash va mafkuralarning kurtaklarini undirgan zamin bo‘ldi. Demokratiya antik davrlarda to‘liq namoyon bo‘lib, asta-sekin insoniyat ijtimoiy-siyosiy qadriyatlari xazinasidan joy oldi. Ana shu ajoyib davr namoyandalarining ko‘zga ko‘ringan vakillari bilan tanishib chiqamiz.

Jamiyat to‘g‘risidagi Aflotun (e.a. 427 – 347- yillar) fikrlarining qiymati shundaki, u hokimiyat, xususan, davlat hokimiyati masalalari sohasida ilgari surgan ayrim qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan; Aflotun yaratgan ideal aslzodalar davlatida boshqaruv- faylasuflar; mudofaa va xavfsizlik - askarlar: moddiy ta’minot esa – dehqonlar, hunarmand va savdogarlarga berilgan ("Qonunlar"). Mohiyati bilan bu Misr tabaqaviy tuzumini eslatadi. Aflotun davlat boshqaruvining uch turini ko‘rsatdi:

• monarxiya - bir kishi hokimiyati. Qonuniy va noqonuniy (tiraniya) bo‘lishi mumkin;

• demokratiya - hammaning hokimiyati, u ham qonuniy va noqonuniy bo‘lishi mumkin;

• aristokratiya - ozchilik hokimiyati, barkamollik yoki zo‘rlik asosiga qurilgan bolishi mumkin. Aflotun o‘zining "Protagor" dialogida davlat boshqaruvi san’atiga ham o‘qish–o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Faqat bilimdon odamlargina boshqaryshi mumkin. Odamlar, shuningdek adolatni ham o‘rganishlari lozim. Adolat nima? Adolat o‘z ishini malakali, sidqidildan bajarishdir.

"Davlat" dialogi, "Qonunlar"da Aflotun davlatning kelib chiqishini ijtimoiy ehtiyojga bog‘laydi:"Davlat mening fikrimcha, har birimiz o‘zimizni qondira olmay qolganimiz holda, juda ko‘p ehtiyojlarga ega ekanligimizdan kelib chiqadi. Har bir inson biron bir ehtiyojini qondirish uchun yo unisini, yo bunisini jalb etadi. Ko‘p narsaga muhtojlik sezgan odamlar birgalikda yashash va bir-birlariga yordam berish uchun birlashadilar, Ana shunday uyushma bizlarda davlat nomini oladi...". «Bunday davlatda mehnat taqsimoti mavjud: insonlardan biri

dehqon, biri - quruvchi, yana biri – to‘quvchi, to‘rtinchisi – etikdo‘z. Shunday qilib, davlat bilan jamiyat tushunchalari bu erda bir ma’noni anglatayotganini ko‘ramiz. Aflotunga ko‘ra, demokratik tuzumning eng katta kamchiligi - unda boshqaruvning muvofiq emasligi deb hisoblaydi: "Demokratiya shunday tuzumki, uning doirasida istagan ishingizni qilishingiz mumkin».

Arastu (m.a. 384 - 322 - yillar), boshqaruvga ko‘ra davlatlarni quyidagicha turkumladi:



  • monarxiya, aksi - tiraniya;

• aristokratiya, aksi - oligarxiya;

• politiya, aksi - demokratiya.



Arastu insonni siyosiy mavjudot sifatida baholaydi: "inson o‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudotdir". Arastuning “Siyosat" asarida hozirgi zamon siyosiy fanida keng ishlab chiqilayotgan nazariyalarning kurtaklarini ko‘ramiz. Masalan, Arastuning quyidagi savoliga diqqat qiling: "Tadqiqotlarimizning pirovard nuqtasi quyidagi savolni muhokama etish: qaysi hokimiyat afzalroq: barkamol insonlar hokimiyatimi yoki barkamol qonunlar hokimiyatimi?" Ushbu savolga XVII asr arbobi SH.L.Monteskye "barkamol qonunlar hokimiyati" deb javob beradi va jamiyatda qonun oldida hamma insonlarning tengligi, qonunlarning o‘zi esa - butun jamiyat manfaatidan kelib chiqib yaratilishi lozimligi tamoyilini ilgari suradi. Ushbu savol amaliy yechimini qariyb yigirma to‘rt asr o‘tgach, hozirgi zamonaviy demokratiyalar timsolida topayapti. Yana Arastunining o‘ziga murojaat etamiz: "...har bir davlat tuzilishining asosini ... uch qism tashkil etadi: birinchisi - qonun muhokama etuvchi organ - hokimiyat ishlarini ko‘rib chiqadi; ikkinchisi lavozimlar...; uchinchisi - sud organlari". Aslida «hokimiyatlarning bo‘linishi tog‘risidagi bu so‘zlar o‘zini demokratik deb atayotgan har bir zamonaviy davlat Konstitutsiyasida albatta uchraydi. Arastu demokratiyani mukammal tuzum qatoriga qo‘shmagan. Unga xos bo‘lgan bir qator kamchiliklar va ziddiyatlarni aytib o‘tgan. Masalan:"...demokratiya – kambag‘al – yo‘qsillar manfaatini ifodalaydi. Umum manfaatni esa nazarda tutmaydi". Ana shu fikrlar keyinchalik XIX asr boshida A. Tokvil tomonidan, asrimizda esa bir qator ko‘zga ko‘ringan demokratik konsepsiyalarda rivojlantirildi.


Aim.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə