Siz nima uchun media savodxon bo'lishingiz kerak



Yüklə 450,93 Kb.
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü450,93 Kb.
#117457
  1   2
VIRTUAL O\'YINLARNING ASORATLARI.

VIRTUAL O'YINLARNING ASORATLARI.

  • REJA: 1,O‘YINLARINING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY TA’SIRI 2,VERTUAL O‘YINLARNING SALBIY OQIBATLARI 3,INTERNET O‘YINLARINING TA’SIRI
  • XXI asrda dunyoning mafkuraviy manzarasi tubdan o‘zgarib, global integratsiya jarayonlarining jadallashuvi yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda. Yoshlar, o‘smirlar ongida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, mustaqillikning oliy ne’mat ekanligini tushuntirish, millat va xalq manfaati yo‘lida kerak bo‘lsa fidoyilik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylanib qolmoqda. Bu esa yoshlarda tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil vayronkor g‘oyalarning kirib kelishi ayniqsa, internet tarmog‘i orqali ko‘proq ko‘zga tashlanyapti. Bu jarayon farzandlarimizning kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq. Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Boshqacha aytganda, «o‘yinbozlik» jamiyatning ma’lum bir qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan ekstremistlar o‘smirlar, yoshlar ongini shu yo‘l bilan egallashga harakat qilmoqda.
  • «Olimlar I. P. Korolenko va T. A. Donskix o‘yinbozlik alomatlarini shunday tasniflashgan: O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib borishi Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, o‘yin haqida ko‘proq o‘ylashi; Yutsa ham, yutqizsa ham o‘yindan chiqa olmasligi; O‘yin boshlanishini orziqib kutish, o‘yinsiz qolganda bezovta bo‘lib, asabiylashish; Tobora ko‘proq o‘ynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa tika borish O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni tashladim», – deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini ko‘rsa, o‘yin haqida gap ochilsa, o‘yingohning yonidan o‘tayotganda qaroridan tez aynib qoladi; Ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirishi, o‘g‘irlik qilishi; Oila a’zolaridan, shifokorlardan va boshqalardan o‘zining o‘ta o‘yinparastligini yashirib, yolg‘on gapirishi kabilar o‘smirning o‘yinparastligidan dalolat beradi».

Yüklə 450,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə