Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 421,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.01.2023
ölçüsü421,95 Kb.
#99391
1   2   3   4   5   6   7
haydar-xorazmiy-hayoti-va-ijodi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
137 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
Qildim o‘zum g‘avs bu ummonni. 
Ul kishi qo‘yg‘ay chu Nizomiy bu ganj
Qozg‘ana olg‘ay guhari dast ranj.
3
 
[ “Muborak maktublar” to‘plam-T.:G‘afur 
G‘ulom nashryoti.1987-yil 216-bet]
 
Birinchi baytda jon tishi bilan konni kavladim, bu ummonda g‘avvosdek bo‘lib 
gavharga ega bo‘ldim deb ta’kidlagan. Keyingi baytda Nizomiy go‘yo ganjni
ko‘mib qo‘ygan-u, Haydar Xorazmiy esa ranj chekib ganjni qo‘lga kiritgan.
Haydar Xorazmiyning “Mahzan ul-asror” dostoni 1411-yili Sherozda yozilgan 
dostonning nomi ba’zi manbalar, xususan, Boburning «Muxtasar» asarida «
Gulshan 
ul-asror
» deb ko‘rsatilgan. 
Nizomiy Ganjaviyning “Mahzan ul-asror” dostoni falsafiy-ta’limiy asardir.
Dostonning asliyati 59 bobdan tarkib topgan. Masnaviyning dastlabki 18 fasli 
an’anaviy muqaddima boblar sanaladi. Asarning asosiy qismi 20 maqolat va 20 
hikoyatdan iborat bo‘lib, mazmundor xotima bilan nihoyasiga yetadi.
Dostondagi maqolatlarda shoir o‘zining muayyan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-
ta’limiy qarashlarini ixcham, o‘ta purma’no baytlarda ifoda etadi. Ularda ilgari 
surilgan g‘oyalarni esa hikoyatlar asosida oydinlashtirish va mustahkamlashga 
erishadi. Maqolatlarda shoir adolat, mamlakatni boshqarish va xalqqa munosabat, 
zolim podshohlardan shikoyat, mehnat va uning foydasi, kishilarga yaxshilik qilish 
va qiyinchiliklardan qo‘rqrnaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi, 
baxillikning yomon oqibati haqida muhim mulohazalarini bayon etgan. 
Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” dostoni tuzilishi hamda janr 
xususiyatlariga ko‘ra, Nizomiy Ganjaviy masnaviysiga juda yaqin turadi. Har ikkala 
dostonda ham falsafiy-ta’limiy mavzu yetakchilik qilib, aruzning sari’ bahrida (sari’i 
musaddasi matvii makshuf muftailun, muftailun faulun) yozilgan. Haydar 
Xorazmiyning dostoni Nizomiy Ganjaviy dostoniga nisbatan hajman kichik 
hisoblanadi.Doston 639 baytdan iborat bo‘lib, 23 bobdan tarkib topgan. Asarning 
dastlabki 7 fasli an’anaviy muqaddima boblardan tashkil topgan. Mazkur boblar 
Alloh hamdi, payg‘ambar na’ti, xalifalar ta’rifi, Sulton Iskandar madhi, musannifning 
vasfil-holi kabi masalalarga bag‘ishlangan. Dostonning asosiy qismi 16 bobni o‘z 
ichiga oladi. Ularda mav’iza (o‘git-nasihat), maqolat va hikoyatlar mavjud. Haydar 
Xorazmiy Nizomiy Ganjaviydan farqli o‘laroq, dostonda avval hikoyat, undan so‘ng 
shu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa va fIkrlarni umumlashtiruvchi bob (maqolat) 
keltiradi. Maqolatlar va hikoyatlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ularning 
ba’zilari Nizomiy Ganjaviy maqolat va hikoyatlariga ancha yaqin tursa, ba’zilari esa 
tamomila yangi hisoblanadi. 



Yüklə 421,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə