Smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 176,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix17.05.2023
ölçüsü176,3 Kb.
#110934
  1   2   3   4   5   6   7
Mahkamoyeva Nilufar---O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
"O’SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH 
XUSUSIYATLARI” 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
Mavzu: "O’SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH 
XUSUSIYATLARI” 
 
 
Reja: 
1.
O’smirlik yoshining psixologik xususiyatlari. 
2.
O’smirlarning intelektual rivojlanishi. 
3.
O’smirlik davrida shaxsning shakllanishi. 
4.
O’smirlik davrida yangi xislatlarning paydo bo’lishi. 


1. O’smirlik yoshining psixologik xususiyatlari 
O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. 
Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinlardan boshlanadi. 
«Endi o’smir bola emas, biroq katga ham emas» - ayni shu ta’rif o’smirlik 
davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o’smir rivojlanishda keskin 
o’zgarigalar ro’y bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik hamda psixologik 
o’zgarishlardir. Fiziologik o’zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bog’liq 
ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o’sishi, xo’jayra 
va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi 
o’zgarishlar bevosita o’smir endokrin sistemasiniig o’zgarishlari bilan bog’liqdir. 
Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipoez bezining funktsiyasi faollashadi. 
O’smirning faoliyati organizm to’qimalarining o’sishi va muxim ichki sekretsiya 
bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o’sishi va jinsiy bezlar) ishlashini 
ko’chaytaradi. Natijada bo’y o’sishi tezlashadi, jinsiy balogatga yetish (jinsiy
organlarnint rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo’lishi) amalga 
oshadi. 
O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining 
layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va 
o’qituvchilariga ko’rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo’li bilan ham 
osongina ko’rish mumkin, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni 
o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish 
yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini 
tushunish mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin 
kattalar taraqiyotida hali o’z o’rnini topa olmagan holatda bo’ladi. O’smirlik davri 
«O’tish davri», “Krizis davr”, «Qiyin dayar» kabi nomlarni olgan psixologik 
ko’rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o’smirlarning xatti-
harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o’z o’rnini topa olmaganligidan psixik 
portlash hollari ham kuzatiladi. O’z davrida L.S, Vigotskky bunday holatni «Stenik 


rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. O’smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga 
xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab 
bo’lmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil siatida ta’sir
ko’rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir o’smirlik davriga 
ko’pincha so’zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik
urushqoqlik kabi xususiyatlar xos. 
Kattalarga nisbatan yovuz munosabatning paydo bo’lishi, noxush xulq-atvor 
alomatlari jinsiy yetilish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’lmay, balki ular 
bilvosita ta’sir kursatadigan, o’smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi 
orqali uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan 
munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter 
belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o’zgartirish yo’li bilan o’smirlarning 
xulq-atvoriga to’gridan-to’gri ta’sir ko’rsatash mumkin. O’smirlar nihoyatda 
taqlidchan bo’lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo’ladi. 
Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo’ladilar. Shuningdek, 
ularga mardlik, jasurlik, tanglik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik 
o’smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga. sabab bo’ladi, lekin bu shaxsiy fikr 
aksariyat hollarda asoslanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, 
atrodagi kattalarning, shuningdek, ustozlarning to’g’ri yo’lni ko’rsatishlariga 
qarama, o’z fikrlarini o’tkazishga harakat qiladilar. Juda ko’p o’smirlar bu davrda 
chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. Katta odam, shuningdek 
chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o’zini qulay his qiladi. Bunday 
holatlarga tushgan o’smir juda tashvishga tushadi va unda krizis holati yuzaga 
keladi. Bu krizis o’smirning ma’naviy o’sishi, shuningdek psixikasidagi 
o’zgarishlar bilan ham bogliqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o’zgaradi, 
O’zining yaqinlari, do’stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. 
Lekin eng katta o’zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko’pgina 
o’smirlarda o’zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o’zi haqidaga 
mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga to’g’ri 
kelmayotganligi o’smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o’smirda o’zi haqida 


salbiy fikr va qo’rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o’smirlarni nima uchun 
atrofdagilar kattalar shuningdek ota-onasiga qarshi chiqayotynligini anglay 
olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab 
bo’ladi va o’smirlik davri krizisi deyiladi. 
O’smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o’qish, muloqot hamda mehnat 
faoliyatidir. o’smirlik davri muloqotining asosiy vaziasi - bu do’stlik, o’rtoqlikdagi 
elementar normalarini aniqlash va egallashdir. o’smirlar mo’loqotining asosiy 
xususiyati shundan iboratki, u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi. 
O’smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta 
bo’lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haq-
huquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayguradilar. Lekin 
shunga qaramasdan u muloqotda kattalarning qo’llab-quvvatlashlariga ehtayoj 
sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o’smirga kattalarni yaxshiroq tujunishlari uchun 
yordam beradi. O’smir o’zida bo’layotgan o’zgarishlar, uni tashvishga solayotgan 
muammolar haqida kattalar bilan bo’lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech 
qachon birinchi bo’lib o’zi boshlamaydi. O’smir o’ziga nisbatan yosh bolalardek 
qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O’smirlar mo’loqoti 
nihoyatda o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O’smirlik davriga kimningdir 
xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko’pincha ular o’zlariga tanish va 
yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlidchanlik qiladilar. 
Qayd etib o’tilgan yo’nalganlik, albatta, kattalarning ham muloqot va 
munosabatida mavjud, lekin ular kattalarnikidan o’z emotsionalligi bilan 
farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruxida o’smir o’zining 
kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo’ladi. O’smir o’z guruhiga bogliq va 
qaram bo’lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo’shilishiga va uning 
qarorini doimo bajarishga tayyor bo’ladi. Guruh ko’pincha o’smirda «Biz» 
hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. 
O’smir yoshidagi bola uchun do’st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O’smirlik 
davrida do’st juda qadrli hisoblanadi. Do’stlar doimiy ravishda ruhan qalban yaqin 
bo’lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o’smir do’stlarning hol-ahvol so’rashishi va 


ko’rishishlarida (qo’l berib, quchoq ochib ko’rishish) birga o’tirish va birga 
yurishga harakat qilishlarida ko’rinadi. Ko’pgina ana shunday juda yaqin 
munosabatlar, o’smirlarning shaxs bo’lib shakllanishida, hamkorlikdagi 
harakatlarining o’zi inson qalbida va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
O’smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj 
sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilarga ta’sir ko’rsatishi, Ta’lim berishi 
uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan shug’ullanishidir. Agar kichik 
yoshdagi bolalar yordamchi bo’lish rollaridan qoniqsalar, o’smirlar, ayniqsa 
o’smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko’rsatayotganlaridan lozim 
bo’lganda ularning o’rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar 
o’smirlar bilan do’stona, uni to’la tushunadigan va aql bilan rahbarlik qilsalar, 
bunga o’smirlar ijobiy qaraydilar, Lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi 
ustunligida kechsa, unday holda ular to’la qarshilik ko’rsatadilar. Bu qarshlik 
ko’pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatni ham yuzaga keltirishi 
mumkin, Bu holat ko’pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo’luvchi oilalarda 
uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlar hayotida mustaqil holda 
harakat qilnshlari, o’z rejalarini amalga oshirishlari qiyin mas’uliyat tuyishga o’z 
zimmalariga olishlari birmuncha qiyinroq. Ular ko’pincha intellektual
xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. O’smirlik davrida 
bolalarning atrodagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo’ladigan 
munosabatlaridagi mavqei o’zgaradi. Endi o’smirlar o’yin xamda damga kamroq 
vaqtlarini ajratgan holda ko’proq jiddiy ishlar bilan shug’ullana boshlaydilar va 
ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O’qish o’smirlar hayogida katta 
o’rinni egallaydi. o’smirlar o’qishidaga asosiy motiv: bu ularning 
ulg’ayayotganliklarini 
his 
ettiradigan, 
anglatadigan 
o’qish 
turlariga 
tayyorlanayotganlaridir. Ular uchun mashg’ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. 
Boshqa 
davr 
bolalariga 
nisbatan o’smirlargshig fanlarni muvaaqiyatli 
o’zlashtirishlari, qiziqishlarining ortirishlari o’qituvchining o’quv materialini 
tushuntira olish mahoratiga bog’liq. Bilim o’rganish ehtiyojlari asosida asta-
sekinlik bilan o’quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu 


davrda o’qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o’smirning hayotay 
rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq bo’ladi. Aynan o’smirlik davridan 
boshlab, bolalar hayotiy ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga aloxida ehtiyoj 
sezadilar va bunga xarakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga 
sazovor bo’ladi. Bilim o’smirlarga alohida bir quvonch bag’ishlaydi va uning 
tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. O’smirlarning o’quv materiallarini faqat 
mexanik xotiraga asoslanishlari xalaqit berishlari mumkin. Bu davrda 
o’quvchilarga beriladigan o’quv materialining hajmi katta bo’lgani uchun ham uni 
eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo’li bilan o’zlashtarishi qiyin. 
Buning uchun o’quvchi o’quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi 
mantiqiy tuzilishni bilishi muxim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va 
tasavvurlari o’zgaradi, lekin bu o’zgarish bolaning o’ziga va atrodagilarga 
sezilmagan xolda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, 
tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o’zgarishlar atrodagalarga sezilarli 
darajada bo’ladi. O’smirlik davrida bolani anglashi va o’z-o’zini anglash darajasi 
kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. O’yin 
faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik 
rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O’smirlik davrida o’z faoliyatini 
nazorat etash rivojlana boshlaydi va o’zini-o’zi boshqarishga intilishi kuchayadi. 
Bir so’z bilan aytganda, o’smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri 
xisoblanadi. 

Yüklə 176,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə