Soʻgʻd, Sugʻud Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy



Yüklə 481,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.03.2023
ölçüsü481,76 Kb.
#103790
  1   2
Soʻgʻd - Vikipediya



Soʻgʻd
Sugʻd
, Soʻgʻd, Sugʻud - Markaziy
Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy
viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI
asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan.
Bu nom 20-asr boshlarigacha saqlangan.
Sugʻd


Miloddan avval VI asrda Ahamoniylar
sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot
bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron
saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan
biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan.
Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu
shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi
— anaka — tegishlilik, mansublik
maʼnosini bildiruvchi nisbat
qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib
yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy
manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi
yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki
Sgʻud shaklida koʻrsatadi.


Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak —
Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid",
"Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. O'rta
asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar
mamlakat nomini "Sug'd" shaklida
qoʻllaydi.


"Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil
talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch —GʻGʻ
Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb
izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas
ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga
koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda
talqin etishga harakat qilingan (V.
Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "Sug'd"
Moniylikni
 ibodat qilgan Sugʻdiylar, c. 8-9 asrlar


soʻzi sernam, unumdor yer deb
tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik,
suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb
nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi.
Avestoda Sug'd mamlakat nomi sifatida
bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —
("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo)
Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va
Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini
eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning
Videvdat naskida esa Axuramazda
yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava
deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb
koʻrsatiladi.
Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand,
645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy-


geografik hududni birlashtirgan.
Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-
Naxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy
chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ
tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab
oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli
Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.
Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoqlari
Sugʻd orqali oʻtgan. Natijada Sugʻd
xalqaro savdo munosabatlarida muhim
oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli
boʻylab Sug'd savdogarlarining
qishloqlari, shaharlarida esa ularning
mahallalari paydo boʻlgan. Sugʻdiy tili
xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy
sayyohlari tomonidan Sugʻd chegaralari


haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan
(Syuan Szan).


Sug'd miloddan avval VI-IV asrlarda avval
ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval
329-yilda Iskandar Maqduniy saltanatga,
uning davomchisi Salavk davlatiga,
Yunon-Baqtriyaga tobe boʻlgan.
Miloddan avval II-I asrlardan boshlab
Sugʻd oʻz mustaqilligini tiklashga
kirishgan. Uning markaziy va mahalliy
tangalari zarb qilina boshlagan. Sugʻd
asta-sekin har 3 qismni oʻz atrofiga
toʻplagan konfederativ davlat
uyushmasiga aylanib borgan.
Milodiy I-V asrlarda Sugʻd kushonlar,
xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla
turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saqlab


keldi. Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI
asr oʻrtalaridan VIII asr boshlarigacha
siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab
istilosining boshlangʻich davridan (VIII asr
1-chorak), to Sug'd podshohi Turgʻar davri
oxirigacha (738—759 yillar) Sug'd oʻzining
konfederativ xususiyatini saqlashga
harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sug'dda
ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab,
mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq,
Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq
mintaqalari savdosida asosiy vositachi
boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli
boʻylab muntazam xalqaro karvon
savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu


davrlarda bekliklar va erkin shaharlar
hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular
orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh,
Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro,
Amul va Andxoy ajralib turgan.
Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab,
janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston
orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha
soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va
ular XII asrgacha mavjud boʻlgan.
Soʻgʻdlarning Turon va Xitoydagi eng yirik
mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib
yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou,
Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud
boʻlgan. IV asrda Dunxuanning oʻzida
soʻgʻd jamoasi taxminan 1000 kishidan
iborat boʻlgan. Samarqandning sharqiy


darvozalari "Xitoy" nomi bilan ataladi.
Xalqaro savdo aloqalari Samarqand,
Paykend va boshqa yirik shaharlardagi
boy soʻgʻd uylari tomonidan nazorat
qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali
kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini
boshqarishgan. Tan sulolasi tarixida
qayd etilishicha, Kan hukmdorligida
"yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz
boʻlishi hamda pulni mahkam ushlashi
uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga
esa yelim surtilgan. 20 yoshga toʻlgan
erkak xorijga ketgan va qaysi joyda
manfaat koʻrsa, oʻsha yerga borgan". Olis
safarlar, Chin, Hindiston, Eron, Kichik
Osiyo xalq hunarmandchiligi va anʼanalari
bilan tanishuv orqali Gʻarb va Sharq


yutuqlarini oʻzida mujassam etgan noyob
va ochiq soʻgʻd madaniyati shakllangan.
Soʻgʻd hunarmandchiligi markazi va
savdo yoʻllari - Samarqand, Panjikent,
Paykent, Buxoro va Varaxshi xavfsizligini
taʼminlash ehtiyoji kuchli davlatlar bilan
ittifoq tuzishga qaratilgan siyosiy
yoʻnalishni belgilab bergan. VI asrda
Soʻgʻd Eftaliylar davlati, keyinchalik Turk
xoqonligi tarkibiga kirgan, 630-yildan
buyon esa Chinning Tan sulolasi
hukmdorligini tan olgan. Xoqonlik
yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning
Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan
savdo qilish imkoniyatiga ega boʻlishgan.
VI asr 70-yillarida turkiy hukmdorlar
farmoni bilan soʻgʻd savdogari Maniax


savdo kafolatlari yuzasidan
muzokaralarni avvaliga Eron
Shahanshohi, soʻngra Vizantiya
imperatori bilan olib borgan. Oʻrta
asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi
asosiy muloqot tiliga aylangan.
Buddaviylar, nasroniylar, manixeylar
oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga
tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining
yozma anʼanalaridan foydalanishgan:
buddistlardan hind alifbosi,
manixeylardan arameys bosmasi,
nasroniy-suriyaliklardan dastlabki
umumiy maktubot, nestoriyan va
yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini
oʻzlashtirishgan. Ammo ular aramey
alifbosiga asoslangan va keyinchalik


uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk
soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi.
Mazkur yozuv namunalari bilan
Dunxuandagi mulkiy hududlardan
yoʻllangan "koʻhna maktublar" va
Zarafshon vodiysidagi Mug togʻida
topilgan hujjatlar yordamida tanishish
mumkin. VIII asr boshida Soʻgʻd Qutayba
ibn Muslimning musulmon qoʻshinidan
magʻlubiyatga uchraydi va halifalikka
itoat etgan holda islom dinining jugʻrofiy-
siyosiy makonida qudratli savdo-
hunarmandchilik markazi boʻlib qoladi.
Manbalar


Sogdiyskiye teksty s gory Mug.
Chteniye, perevod, kommentariy.
Vypusk II. Yuridicheskiye dokumenty i
pis'ma. Chteniye, perevod i
kommentarii V. A. Livshitsa. M., 1962
Shishkina G. V., Suleymanov R. KH.,
Koshelenko G. A., Sogd // Arkheologiya
SSSR. Drevneyshiye gosudarstva
Kavkaza i Sredney Azii. Otv. red. G. A.
Koshelenko. Moskva: Nauka, 1985
Smirnova O.I., Ocherki iz istorii Sogda,
M., 1971;
Ishoqov M., Sugʻdiyona tarix
chorrahasida, T., 1990;
Adabiyotlar


Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan
xatlar, T., 1992;
Eshov B., Sugʻdiyona tarixidan lavhalar,
T., 2002.
Mirsodiq Ishoqov.

Yüklə 481,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə