Sog’inchdan dil ketganida tirnalib, Shu she’rimni sizga bitdim iymanib



Yüklə 13,64 Kb.
tarix27.05.2023
ölçüsü13,64 Kb.
#113536
DIL ISXORI


DIL ISXORI
Sog’inchdan dil ketganida tirnalib,
Shu she’rimni sizga bitdim iymanib.
Onam o’tgach qoldim sizga bo’g’lanib,
Opa! sizni onam desam maylimi.
Sizni ko’rsam ko’rganday quyoshimni’
Ko’ksingizga qo’ygim kelar boshoimni.
Bildirmasdan artaman ko’z yoshimni,
Opa! sizni ona desam maylimi.
Uyim to’lar kelsangiz nur ziyoga,
Sevinchimdan sig’mayman, men dunyoga.
Shukur sizni menga bergan xudoga,
Opa! Sizni onam desam maylimi.
Sizni doim onam diyman o’lmasam,
Mazur tuting goh hol so’rab kelmasam.
Shirin so’zlab ko’nglingizni olmasam,
Opa sizni onam desam maylimi.

Bir quchoqlab o’pib qo’ysam maylimi?
Yüklə 13,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə