Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning ijtimoiy-psixologik asoslari



Yüklə 158,35 Kb.
səhifə2/5
tarix16.01.2023
ölçüsü158,35 Kb.
#98641
1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word

Maqsad va uni asoslashBugungi kunda psixologik xizmat iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalarida, xususan, ishlab chiqarishda, savdo sohasida, moliya tashkilotlarida, tashkilot va muassasalarda kadrlarni tanlash, xodimlar bilan ishlash, korporativ madaniyatni shakllantirish va boshqa sohalarda tashkil etilmoqda. Psixologik xizmat ijtimoiy ish sohasida, alohida ehtiyoji mavjud insonlar va keksalarni qо‘llab-quvvatlashda ham yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Ayni paytda, psixolog lavozimi Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari tizimida joriy qilingan. Jazoni о‘tash muassasalarida psixodiagnostik va psixologik yordam xizmatining yо‘lga qо‘yilishi, jinoyat-qidiruv tizimida psixologlar ishtiroki, harbiy-tibbiy komissiyalarda maxsus psixologik Markazlarning tashkil etilishi psixologik xizmat sohasining kundalik hayotimizdagi ajralmas bo‘g‘inga aylangani va amaliy ahamiyati tan olinganligini bildiradi. Turli mamlakatlarda tashkil etilgan milliy psixologik xizmat, V.V.Rubsov fikricha, tuzilmalari turlicha bо‘lishiga qaramasdan, shunga о‘xshash vazifalarni hal qiladi. О‘tgan asrning 80-yillarida N.S.Safarov, R.A.Ataxanov, A.D.Alferov, S.I.Ravikovich, F.I.Ivashenkov kabi olimlar amaliy psixologik faoliyatida asosiy о‘rinni psixologik ma’rifat masalalari egallashini ta’kidlaganlar, ya’ni psixologik xizmat psixologik bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilishi lozim, deb hisoblaganlar. Tadqiqotchilardan V.V.Mironenko, N.F.Talizina, V.A.Ivannikov, U.V.Ulyenkova psixologik xizmatda asosiy urg‘uni psixodiagnostikaga berganlar, A.A.Verbitskaya, D.B.Bogoyavlenskaya psixologik xizmat tarbiya korreksiyasiga qaratilishi lozimligi, V.V.Stolin, Y.V.Ukke psixologik xizmat psixoprofilaktika va konsultatsiyadan iborat ekanligini ta’kidlaganlar.
Psixologik xizmatning keng tarqalgan sohasi ta’lim tizimi bо‘lib, mazkur sohada psixologik yordamni tashkil etishning metodologik asoslanganligi va metodik ta’minlanganligi boshqa sohalardagiga qaraganda ancha ilgarilab ketganligiga ham tadqiqotlar tahlili, ham amaliy ishlar natijalari orqali ishonch hosil qilish mumkin. О‘zbek olimi Sh.R.Barotov (2006) fikriga kо‘ra, psixologik xizmatning nazariy va metodologik asoslari haqida gap ketganda psixologik xizmat obyekti va subyekti hisoblangan shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollarini kо‘rsatib beruvchi tadqiqotlarga ham alohida tо‘xtalishga tо‘g‘ri keladi. Zero, shaxsning psixologik xizmat jarayonida namoyon bо‘luvchi va rivojlantirib borilishi muqarrar bо‘lgan о‘ziga, о‘zgalarga (shaxslararo), faoliyatga nisbatan tarkib topayotgan munosabatlarining ijtimoiy saviyasini tahlil qilmay turib, uning о‘z-о‘zidagi noxush hislardan, о‘zgalar bilan hamkorlik о‘rnatishi bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyatlardan, faoliyatdagi muvaffaqiyatsizliklardan psixologik muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar kо‘lamini belgilab bо‘lmaydi.

Yüklə 158,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə