Sog‘liqni saqlashni boshqarish va Jamoat sog‘lig‘ini saqlash mutaxassisligi magistranti Hakimova Dilafruz Bahrom qizining “O‘smir -qizlar salomatligi va uni



Yüklə 23,23 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü23,23 Kb.
#138732
1   2   3   4   5
Hakimova. D. B ASOSNOMA

Muammoni o‘rganilganlik darajasi. O‘smir qizlar salomatligini yaxshilash va turmush tarzini shakllantirish bugungi kunning aktual mavzularidan biri sanaladi. Bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va chora tadbirlar salomatlik korsatkichini yaxshilash va turli hil kasalliklar va muammolarni oldini olishga qaratilgan. Shuning uchun ko‘pchilik taqqiqotchilar “Zamonaviy O‘smir qizlarning reproduktiv salomatligining xususiyatlari” (Михайлин Евгений Сергеевич 2015), “Qizlarning reproduktiv salomatligining asosiy muammolari”(Чечулина Ольга Васильевна) tadqiqot olib borishga. X.A.İbragimov “O‘smirlik davrining fiziologik-psixologik va jismoniy jihatdan o‘ziga hos xususiyatlari” mavzusida, “O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik-psixologik va jismoniy jihatdan o‘ziga hos hususiyatlari bilan harakterlanadi. Bu davrda bolalarning jismoniy va psixologik taraqqiyoti juda tezlashadi, turli narsalarga qiziqish, yangilikga intilish ortadi, ma’naviy dunyosi boyiydi va yana jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham harakterlanadi. Bular ta’sirida o‘smir qizlar harakteri, atrofdagi kishilar bilan muomilasi tez o‘zgarib turadi” deya takidlaydi (X.A.İbragimov 2021).
Tadqiqotning maqsadi – O‘smir-qizlar salomatligini yanada yaxshilash, qizlarda kuzatiladigan kasalliklar, psixologik holatlar, erta homiladorliklar Va boshqa muammolarni oldini olish.
Belgilangan tadqiqot maqsadini amalg aoshirish qator vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi:
1. O‘smir qizlar yoshini, turmush tarzini va ularda uchraydigan kasalliklarni o‘rganish.
2. O‘smir qizlar reproduktiv salomatligi yaxshilash va ularda kuzatiladigan psixolagik holatlarni o‘rganish.
3.Ruhiy salomatlikni mustahkamlash va o‘smirlarning tengdoshlari, ota-onalari va jamiyat a’zolari bilan sog‘lom munosabatlarini shakllantirishni o‘rganib chiqish.
4. O‘smir qizlarni erta turmushga chiqishi va erta homiladorliklarni oldin olish chora tadbirlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot materiallarini yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish jarayonida zamonaviy: ijtimoiy-gigiyenik, sotsiologik, sanitariya-statistik, ekspert baholash usullari qo‘llaniladi.

Yüklə 23,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə