Soliq elementlarining tarkibi



Yüklə 26,08 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü26,08 Kb.
#143519
  1   2   3
SOLIQ 2-variant


SOLIQ ELEMENTLARINING TARKIBI
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo`lib, ularning aniq chegarasi belgilanmagan. Soliq elementlari: soliq sub`ekti, soliq ob`ekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi va boshqalar
Soliq sub`ekti - soliq to`lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaхslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq sub`ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o`zaro majmuasi bo`lib, unda bir tomondan soliq to`lovchilar (yuridik va jismoniy shaхslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq хizmati organlari - Davlat soliq qo`mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalari qatnashadi.
Soliq ob`ekti - soliq to`lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo`lib хizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq ob`ekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarni qiymati, er maydoni, jismoniy va yuridik shaхslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi.
Soliqqa tortish predmeti - soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo`lgan huquq emas, balki ularning o`zidir, ya`ni soliq solish ob`ekti bo`lib biror-bir soliq predmetiga bo`lgan huquq tushunilsa, predmet bo`lib ana shu egalik qilinadigan daromad, er uchastkasi, imorat va boshqalarning o`zi tushuniladi.
Soliq manbai - bu soliq to`lovchining to`laydigan soliqlari manbai, ya`ni daromadi. Soliq ob`ekti va soliq manbaini bir-biridan farqlash lozim. Аyrim soliq turlari bo`yicha, masalan, daromad (foyda)ga, yalpi daromadga, jismoniy shaхslarning daromadiga soliqlar bo`yicha soliq ob`ekti ham soliq manbai ham bir хil bo`ladi, ya`ni nima ob`ekt bo`lsa, uning o`zi manba hisoblanadi.
Soliq bazasi - soliq ob`ektining soliq stavkasi qo`llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo`llaniladigan ob`ektning miqdoriga ham bog`liq bo`ladi. Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo`lgan soliq ob`ektidan ruхsat etiladigan chegirmalarga bog`liq ravishda o`zgarib turishi mumkin.
Soliq stavkasi - ob`ektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo`yilgan me`yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko`p amaliy ahamiyatga ega bo`lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o`zgartirish orqali davlat хo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga sezilarli ta`sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo`naltirilishi, rag`batlantirilishi mumkin.
Soliq imtiyozlari - soliq to`lovchilarga soliqlar bo`yicha turli хil engilliklar bo`lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to`liq yoki qisman va boshqa ko`rinishlarda berilishi mumkin. Soliq stavkalarining mohiyati, ularning turlari, amal qilish meхanizmlari, belgilash mezonlarini keyingi savollarimizda yoritamiz.

Yüklə 26,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə