Soliq to’lovchilar auditi soliq obekti va soliq bazasi auditi soliq imtiyozlar va jarimalar auditi



Yüklə 99,94 Kb.
səhifə2/3
tarix08.02.2022
ölçüsü99,94 Kb.
#83562
1   2   3
suv soliq

Soliq bazasini aniqlash tart

Soliq bazasi faoliyatdan kelib chiqgan holda ishlatish uchun olingan va qayta quyilgan suv o’rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi

A1-A2=A3

A1= foydalanish uchun olingan suv

A2= qayta quyilgan suv

A3= foydalanilgan (soliq bazasi)

Agar suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.

Ijarada turgan holda ish olib borilsa soliq bazasi suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs tomonidan aniqlanadi

Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaligida, suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga, dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha esa — hisobot davri uchun kelgusi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga — soliq bazasini aniqlash uchun ular tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmini taqdim etadi.

Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat bo‘yicha soliq to‘lash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda iste’mol idishidagi tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan suvning hajmi tushuniladi.



Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:


Yüklə 99,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə