“Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish. Foyda solig‘i


Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə12/16
tarix22.06.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#89958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Abubakirova M Foyda solig’i

Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
25
    • soliq to’lovchi tomonidan boshqa shaxslarning foydasiga to’lanadigan ixtiyoriy sug’urta badallari;

26
    • soliq to’lovchi tomonidan Soliq Kodeksning 310-moddasiga muvofiq soliq solish maqsadlarida xarajatlar deb e’tirof etiladigan xarajatlarning summasidan ortiqcha hisoblangan foizlar va ayrim chiqimlar;

27
    • tekin berilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bunday berish bilan bog’liq bo’lgan (shu jumladan qo’shilgan qiymat solig’i summasi kiritilgan) xarajatlar, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra mol-mulkni o’tkazish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tizimining texnik vositalarini o’tkazish va ulardan foydalanish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish mustasno;

22
    • Soliq Kodeksda chegirmalar jumlasiga kiritish normalari belgilangan xarajatlarning mazkur normalar qo’llanilgan holda hisoblab chiqarilgan chegirmaning eng yuqori summasidan ortiq bo’lgan summa;

23
    • shakllantirilishi ushbu bo’limda va (yoki) qonun hujjatlari talablarida nazarda tutilmagan zaxiralarga, zaxira fondlari va boshqa fondlarga ajratmalar, bundan Soliq Kodeksning 315, 316 va 326-moddalarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi xarajatlar mustasno;

24

Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
31
    • mol-mulk narxining pasayish (qadrsizlanish) summalari;

32
    • oddiy shirkat shartnomasi doirasida sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) umumiy mulkdagi ulushni qaytarish yoki bunday mol-mulkni bo’lish chog’ida ko’rilgan zararlar;

33
    • soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi tomonidan ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisiga soliqni (bo’nak to’lovlarini, joriy to’lovlarni, penyalarni, jarimalarni) Soliq Kodeksda soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun belgilangan tartibda to’lash uchun berilgan pul mablag’lari, shuningdek soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan shu guruhning ishtirokchisiga ushbu soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan soliq (bo’nak to’lovlari, joriy to’lovlar, penyalar, jarimalar) summasi aniqlashtirilishi munosabati bilan berilgan pul mablag’lari;

28
    • ishonchli boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari, agar ishonchli boshqaruv shartnomasiga ko’ra muassis naf oluvchi bo’lmasa;

29
    • notijorat tashkilotlariga va xalqaro tashkilotlarga to’lanadigan badallar, yig’imlar va boshqa to’lovlar, bundan bunday badallarni, yig’imlarni va boshqa to’lovlarni to’lash qonun hujjatlarida (shu jumladan chet davlatlarning qonun hujjatlarida) nazarda tutilgan va (yoki) ushbu badallarni, yig’imlarni va boshqa to’lovlarni to’lagan soliq to’lovchilar tomonidan faoliyatni amalga oshirishning sharti yoxud mazkur tashkilotlar tomonidan soliq to’lovchilar o’z faoliyatini yuritishi uchun zarur xizmatlar taqdim etishning sharti bo’lgan hollar mustasno;

30
    • soliq to’lovchi tomonidan tashkil etilgan zaxira mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, agar bunday zaxiralarni tashkil etishga doir xarajatlar Soliq Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritilgan bo’lsa;


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə