So’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 86 Kb.
tarix29.04.2022
ölçüsü86 Kb.
#86179
növüReferat
ALLERGIYA SIMPTOMLARINI DAVOLASHDA RETSEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARINI TANLASH.


SO’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

OILY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

Kafedra:_______________________________


Fan___________________________________________

REFERAT


MAVZU: ALLERGIYA SIMPTOMLARINI DAVOLASHDA RETSEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARINI TANLASH.

Bajardi:_____________

Tekshirdi:____________
ALLERGIYA SIMPTOMLARINI DAVOLASHDA RETSEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARINI TANLASH.
1.Allergik kasalliklarida retseptsiz dorilarning o‘rni

2. Allergik reaksiyalarning sabablari


Allergiya juda qadim zamonlardan buyon insoniyat turmush tarziga salbiy ta‘sir etgan. Mil. avv. V asrdayoq Gippokrat oshkozon-ichak sistemasining buzilishi va toshma toshishiga olib keluvchi ba‘zi-bir oziq-ovqat maxsulotlarini ta‘riflab bergan. Rim shifokori Galen esa atirgul xididan kelib chiqqan tumovni kuzatib borgan. Oxirgi 10 yil ichida allergiya butun dunyo mediklari, biologlarining aktual muammosi bo‗lib qoldi. Butun dunyo Sog‗liqni saqlash tashkilotining bergan ma‘lumotlariga ko‗ra hozirgi paytga kelib allergik kasalliklar tarqalishi buyicha 3 o‗rinda, 2005 yilga kelib esa 1 o‗ringa chiqishi aniqlangan.

Turli xil yoshdagi va turli xil kasb egalari orasida allergik kasalliklar keng tarqalayotganligi ma‘lum bo‗ldi. Ayniqsa, bolalar orasida allergik kasalliklarning o‗sishi ko‗p kuzatilmoqda. Bularning sababi bo‗lib, irsiy naslga tortish, atrof- muxitning ifloslanishi, xar kungi turmush xayotda ishlatilayotgan turli xil ximiyaviy maxsulotlarning ko‗payishini ko‗rsatish mumkin.

Ko‗pgina xolatlarda terida paydo bo‗lgan allergik formalarda, allergik rinit yoki kon‘yuktivitlarda bemor dorixonadan retseptsiz dori olib o‗zi davolanadi, allergiya xolati qaytarilsagina vrachga murojat qiladi.

Allergiya - organizmning biron-bir yot modda - allergenga bo‗lgan sezuvchanligining ortishi.

«Allergiya» termini (lot. Allos-boshqa, yot; ergon- o‗zgacha ta‘sir) avstriyalik pediator Pirke tomonidan 1906 yilda taklif etilgan.

Xozirgi paytga kelib quyidagilar aniklangan: - spetsifik allergik ( xaqiqiy allergik) reaksiyalar

- nospetsifik allergik ( yolg‗on yoki soxta, psevdoallergik) reaksiyalar

Spetsifik allergik reaksiyalar. Organizmga endi tushgan allergen ma‘lum bir vaqtdan so‗ng (birinchi davr, immunologik bosqich) yuqori sezuvchanlik- sensibilizatsiya ( lot. Sensibilis- sezuvchan) ni rivojlantiradi. Organizmda sensibilizatsiyaning paydo bo‗lishi natijasida allergenlarga nisbatan spetsifik antitelalar ishlab chiqarilishi boshlanadi. Sensibilizatsiyani yuzaga chiqargan allergenning organizmga qayta tushishi natijasida, uning sensibilizatsiya paytida xosil bo‗lgan antitellalar bilan reaksiyaga kirishuvi kuzatiladi, natijada organizmda biologik aktiv moddalar - allergiya mediatorlari ( gistamin, serotonin va b.lar) xosil bo‗ladi.

Allergiya mediatorlari ta‘sirida ma‘lum bir simptomlar yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar rivojlanadi.

Qachondir paydo bulgan sensibilizatsiya ko‗p oylar va xattoki yillab saqlanishi mumkin. Nospetsifik (psevdoallergik) reaksiya. Allergen bilan birinchi aloqadayoq, sensibilizatsiyasiz yuzaga keladi.

13Allergik reaksiyalarni yuzaga keltiruvchi moddalar- allergenlar deyiladi. Organizmga tashqi muxitdan kirgan allergenlar- ekzoallergenlar, organizmning o‗zida yuzaga keladigan, lekin o‗zgargan oqsil shaklida bo‗lgan allergenlar- endoallergenlar yoki autoallergenlar deyiladi. Nisbatan ko‘p tarqalgan ekzogen allergenlar

Oziq-ovqat, sigir suti, tuxum, shokolad, asal, sitrus mevalar, dukkaklilar va boshqalar. Maishiy- uy, mexmonxona, kutubxona, changi va uning ayrim komponentlari (mikroskopik xashorotlar- dermatofagoidlar, mikroorganizmlar va b.lar)

Kepaklar va kuchuk, mushuk, ot va boshqa xayvon junlari, patlar (yostiq patlari, baliqlarning quruq emi, uy qushlarining ekskrementi), suvaraklar, mog‗or zamburug‗ining sporalari ( ayniqsa zax xonalarda).

Kontakt- Kir yuvish kukunlari, sintetik buyumlar, kosmetik maxsulotlar.

O„simlik changlari- daraxtlar, dala o‗tlari, donli o‗simliklar (makkajuxori, kungaboqar). Ximiyaviy- kichik (platina, nikel, xrom, simob, dinitroxlorbenzol tuzlari va b.lar) va yuqori molekulyar moddalar (laklar, buyoqlar, polimerlar va boshqa tabiiy va sunniy ximiyaviy moddalar. Insektid ( xasharotlar)- asalari, qovoq ari, chivin va boshqalarning zaxarlari, allergen substansiyalari.

Dori moddalari- xar qanday dori moddasi allergen bo‗lishi mumkin. Allergik reaksiyalar 2ta katta guruxga bo‗linadi

1. Spetsifik allergik reaksiyalar. Organizmga endi tushgan allergen ma‘lum bir vaqtdan so‗ng organizmda yuqori sezuvchanlik sensibilizatsiyani rivojlantiradi. Natijada organizm unga tushgan antigenlarga nisbatan spetsefik antitelalar ishlab chiqaradi. Sensibilizatsiyani yuzaga chiqargan antigen organizmga qayta tushgandan so‗ng, unga qarshi ishlab chiqarilgan antitelalar bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada organizmda biologik aktiv moddalar – allergiya mediatorlari ajralib chiqa boshlaydi. Allergiya mediatorlari ta‘sirida ma‘lum simptomlardan iborat allergik reaksiyalar yuzaga chiqadi.

2. Nospetsefik allergik reaksiyalar. Bunda allergen bilan organizmni birinchi muloqotdayoq sensibilizatsiyasiz allergik reaksiya yuzaga chiqadi.

Allergik reaksiyalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 ta guruhga bo‘linadi:

1. Dori organizmga tushishi bilan yoki 1 soat ichida tez yuzaga chiqadiganallergik reaksiyalar. Bularga: anafilaktik shok, bronxial astma, Kvinke shishi va boshqalar kiradi.

2. O‗rtacha muddatda boshlanadigan va davom etadigan allergik reaksiyalar. Bularga: agronulatsitoz, trombotsitopenin va boshqalar kiradi.

3. Uzoq muddat davom etadigan, qaytarilib turadigan allergik reaksiyalar. Bularga: allergik vaskulit, artritlar, limfodenitlar, gepatit, nefrit, miokardit va boshqalar kiradi.

Allergik reaksiyalar klinik shaklining ko‗rinishlari

Bemor organizmida allergenning antitela bilan o‗zaro ta‘siri natijasida deyarli xamma organlarda allergik yallig‗lanishlari kelib chiqishi mumkin.

Eng ko‗p uchraydigan xolatlar bu tashqi to‗qimalarni (teri, shilliq qavat) va nafas yo‗llarini yallig‗lanishidir.

Allergodermatozlar (terining allergik kasalliklari)- allergik xolatlarning eng ko‗p tarqalgan turidir. Bolalarda uchraydigan teri allergik reaksiyalariga - atopik dermatit, kattalarda - toshmalar va Kvinkening anginevratik shishi.

( Kvinke shishi).

Atopik dermatit - Turli xil topik allergenlar bilan: ximiyaviy buyumlar, o‗simlik changlari, oziq- ovqat allergenlar va b.larni o‗zaro ta‘sirlanishi natijasida teri sezuvchanligining ortishi. Qattik qichishish, qizarish va terining shishi bilan xarakterlanadi.

Mayda toshmalar- o‗tkir allergik reaksiya, terida tez paydo bo‗ladigan va yo‗qoladigan toshmalar va qichishish bilan xarakterlanadi.

Kvinkening angionevratik shishi (gigantskaya krapivnitsa)- terining, teri osti xujayralarining va shilliq qavatlarning shishiga olib keladi. Ko‗p xollarda labda, qovoqda, qo‗l kaftining ichki qismida uchraydi. SHishning xalkum va nafas yo‗llariga tarqalishi nafas qisilishiga olib keladi.

14Allergik rinit - burun shilliq qavatining allergik reaksiyasi natijasida yuzaga keladigan klinik ko‗rinishi. Burundan shilliq moddaning ajralishi bilan xarakterlanadi. Ko‗p xolatda qichishish, aksa urish, burunning bitib qolishi bilan birga qayd etiladi.

Allergik kon‟yuktivit- ko‗z shillik qavatining qizarishi va qichishishning birdan paydo bo‗lishi bilan xarakterlanadigan allergiyaning klinik ko‗rinishi.

Pollinoz- o‗simlik changlari ta‘siri natijasida kelib chiqadigan allergiya. Ko‗pincha mavsumiy rinit, kon‘yuktivit ko‗rinishida bo‗ladi. Ba‘zi xolatlarda branxospazm, bronxial astma va boshqa allergiya simptomlari bilan kuzatilishi mumkin.

Bronxial astma- surunkali retsidivli kasallik, bronxlarning giperreaktivligi natijasida yuzaga keladigan nafas qisilishi xurujlari bilan xarakterlanadi.

Zardob kasalligi- bu sistemali allergik reaksiya bo‗lib, organizmning turli xil organlari va sistemalarini begona zardob, uning fraksiyasining yuborilishi natijasida kelib chiqadigan patologik xolat. Ayrim dori moddalarini qonga yuborganda xam javob reaksiyasi sifatida yuzaga kelishi mumkin.

Anafilaktik shok- allergiyaning eng og‗ir ko‗rinishi bo‗lib, butun organizmning allergenga nisbatan reaksiyasi bo‗lib xisoblanadi. MNS ning avval qo‗zg‗alishi, so‗ng esa tormozlanishi, bronxospazm va arterial bosimning keskin tushib ketishi bilan xarakterlanadi

Dori moddalarga nisbatan kuzatiladigan allergiya.

Ko‗pchilik dori moddalarining o‗zi antigen xisoblanmaydi, lekin ular organizmga tushgandan so‗ng oqsillar bilan birikma xosil qilib, antigenga aylanib qoladi. Dori moddalari ichida eng ko‗p allergik reaksiyalarni yuzaga chiqaradiganlarga antibiotiklarning penitsillin gruppasi, sulfanilamid, nosteroid yallig‗lanishga qarshi preparatlar, tiazid diuretiklar, maxalliy anestetiklar, trankvilizatorlar, barbituratlar, rentgenokontrast moddalar va yod preparatlari kiradi.

Dori moddalar allergiyasining kechishini oldindan aniqlab bo‗lmaydi, u dori moddasining xossalari, shuningdek bemor organizmning xususiyatlari bilan aniqlanadi.

Dori moddalar allergiyasining klinik ko‗rinishlari turlicha bo‗lib, turli xil organ va to‗qimalarga ham ta‘sir kilishi mumkin.

Dori moddalar allergiyasi kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘ladi - dori moddasining teri va ( shilliq qavatning) zararlangan joyiga qo‗yish - prolongik tasirga ega preparatlarning ishlatilishi.

- dori moddasi tarkibida terpen saklovchi aromatik moddalarni qo‗llash (lavanda, binafshagul, chinnigul va b.larning aromatik moddalari)

- bemorning fiziologik xususiyatlari- gormonal o‗tish vaqti, xomiladorlik, klimaks. Bolalarda uchraydigan allergik reaksiyalarning sabablari

1 yoshli bolalarda: oziq-ovqat sensibilizatsiyasi - allergodermatozlar, oshkozon-ichak tizimida buzilishlar.

2 yoshdan 3 yoshgacha: oziq-ovqat sensibilizatsiyasi, dori moddalar allergiyasi, aeroallergenlar va pollyuantlar (o‗simlik changlari). Terining, nafas yo‗llarining zararlanishi.

4 yoshdan 7 yoshgacha: aero allergenlar, pollyuantlar. Bu yoshda respirator allergik ko‗rinishlar soni ortadi (uy changi, mozor zamburug‗iga sensibilizatsiya ortadi) natijada pollinoz, allergik rinit, yillik, mavsumiy allergik kon‘yuktivit va bronxial astmalar.

Katta yoshdagi bolalar: Katta yoshdagi bolalarda ingalatsion allergenlar- uy changi, mog‗or zamburug‗i, xayvon epidermisi, o‗simlik changlariga sensibilizatsiya ortadi. Ko‗pchilik bolalarda polivalent allergiyaning bronxial astmaning, teri zararlanishi va respirator traktning zararlanishi yuzaga kelishi kuzatiladi.

Allergik reaksiyaga sabab bo‘luvchi faktorlar: - allergik kasalliklarga irsiy moyillik

- go‗daklik paytidagi allergenlar bilan kontaktida sensibilizatsiya yuzaga chiqishi (ona qornidagi xolatlar xam)

- tamaki tutunining ta‘siri

15- ishlab chiqarishdagi qoldik maxsulotlarni sensibilizatsiyaga ta‘siri

- ratsionda shirinlikning ko‗p ist‘emol qilinishi allergik reaksiyalarning ko‗payishiga olib keladi - emotsional stress

- organizmda gormonal o‗zgarishlar davri - jinsiy etilish davri, xomiladorlik, klimaks, xayz ko‗rish davri

- quyosh radiatsiyasining ta‘siri

Vrachga murojat qilish lozim bo‘lgan « Xavfli xolatlar»

Xar qanday allergiya ko‗rinishlari xam vrachning ko‗rigini talab qiladi. Qaytariluvchi allergik reaksiyalar oldini olish uchun yordam beradi. Vrach konsultatsiyasini olgan bemor profilaktika choralarini ko‗radi, allergiyani qaytalanishida o‗zini-o‗zi davolashda ishtirok etadi.

Quyidagi xolatlarda vrachga qayta murojat qilish lozim:

- allergiyaning yangi xolatlari yuzaga chiqqanda (masalan, toshma) nafas olishning qiyinlashishi, nafas qisishi qayd etiladi.

- allergiyani davolashdan oldin qo‗llanilgan preparatlar bilan davolanmagan xolatlarda

- o‗tkir yuzaga chiqqan allergik xolatlar uzoq muddat davomida saqlansa va vaqti-vaqti bilan qaytarilsa.

Tezlik bilan tashxis qo‘yish va davolash kerak bo‘lgan xolatlar:

- xayot faoliyatiga xavfli bo‗lgan xolatlar-og‗ir nafas olish, nafas olishning qiyinlashishi, nerv sistemasidagi buzilishlar, arterial bosimning keskin tushib ketishi.

- xalqum shishining belgilari - ovozning o‗zgarishi, «vovillovchi» yo‗tal, nafas olishning qiyinlashishi.

- allergik shishning yuz qismining yuqorisiga tarqalishi - vaximaga tushish, qo‗rquv, xolsizlik

- xarakatchanlikning ortib ketishi

- abdominal belgilar- ko‗ngil aynishi, qayd qilish, qorin og‗rig‗i. Pollinoz xolati kuzatilgan bemorlarga maslaxatlar:

- pollinoz kuchayishida boshqa allergenlarga xam sezuvchanlik ortib ketadi- uy changi, xayvonlar juni, medikamentlarga allergiyaning paydo bo‗lish extimoli ortadi.

- uyida, ish joyida derazani iloji boricha ochmaslik, ayniqsa ertalab. Xavo tozalovchi moslamalardan foydalanish lozim

- tez-tez dush qabul qilish tavsiya etiladi

- mashinada yurganda oynasini qattiq yopish kerak

- pollinoz kasalligi bor bemorlarga fitopreparatlarni xususiyatlarini tuliq o‗rganib tavsiya qilish lozim, chunki ularning maxalliy, kompress xolatlari allergiyani kuchayishiga olib kelishi mumkin - shuni esda tutish kerakki, xona o‗simliklaridan (geran, primula) bog‗larda, dalada o‗sadigan gullar ( siren, jasmin, atirgul, marvaridgul, binafsha va b.lar) kasallikni zo‗raytirishi mumkin.

Ota- onalarga maslaxatlar

- yosh bolalarda teri va shilliq qavatlarning o‗tkazuvchanligi yuqori bo‗lganligi sababli ayniqsa ular yuqori ta‘sirli allergenlardan uzoq tutilishi shart. Kattalarga qaraganda bolalarda turli xil ekzogen allergenlarga sensibilizatsiyani rivojlanishi osonroq kechadi.

- tabiiy oziqlantirish go‗daklarda allergiya xolatlarining kamayishiga olib keladi ( Ona ratsionida allergenlar mavjud bo‗lmagan xolatlarda). Par yostiqlarni porolon yostiqlarga almashtirish, bola yonida uy xayvonlarini qoldirmaslik

- ota-onalari allergik reaksiyalariga ta‘sirchan bo‗lgan bolalarga allergiya xolatlarini oldini olish choralarini kurish muximdir.

Allergiyaga qarshi beriladigan preparatlar 2 guruhga bo‘linadi:

1. Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarni davolovchi preparatlar

2. Sekin-asta yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarda beriladigan dorilar

Birinchi guruh preparatlarini antigistamin preparatlar – Erlix xujayralaridan ajralib chiqayotgan gistaminni kamaytiruvchi preparatlar tashkil etadi. Antigistamin preparatlarini 3 avlodi mavjud:

16I avlod antigistamin preparatlari, anitgen-antitelo kompleksi ta‘sirida ajralib chiquvchi gistaminni qonga o‗tishini kamaytiradi.Ularga dimedrol, pipolfen, suprastin, tavegil va boshqalar kiradi.

II avlod antigistamin preparatlariga astemizol, akrivastin, terfenadin, loratadin preparatlari kiradi. Bu preparatlar N1-gistamin retseptorlari bilan bog‗lanishdan tashqari, bronxlarni kamaytirish xususiyatiga ham egadir.

III avlod antigistamin preparatlar guruhiga feniramin va xlorfenilamin unumlarini kiritish mumkin. Masalan: feksofenadin, akrivastatin va boshqalar kiradi. SHuningdek bu guruhga telfast, intal, ketotifen, tayled preparatlarini ham misol qilish mumkin. Ular sezonli rinit va allergik konyuktivitda, bronxial astmani oldini olishda, ovqatlarga bog‗liq allergiyalarda allergodermotozlarda keng qo‗llaniladi.

Og‗ir o‗tuvchi allergik reaksiyalarni davolashda (anafilaktik shok, bronxial astma) nafas olish yo‗llarini kengaytiruvchi, qon bosimini ko‗taruvchi adrenomimetiklar, bronxomimetiklar va glyukokortikoid preparatlar ishlatiladi. Masalan: izadrin, efedrin, alupent, eufillin va teofillin.

II guruhga kiruvchi sekin-asta yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarni davolashda asosan antitelo hosil bo‗lishini, hujayra immunitetini sodir bo‗lishini kamaytiruvchi preparatlar qo‗llaniladi

Allergiya simptomlarini davolashda qo‘llaniladigan preparatlar buyicha farmatsevtik yordam:

- allergik reaksiya birinchi paydo bo‗lishidanoq vrachga murojat qilish va allergiyaning sababini aniqlash lozim

- allergik reaksiyani chaqiradigan allergen aniqlanganidan so‗ng shu allergen bilan kontaktni yo‗qotish choralarini ko‗rish lozim

- dori moddasi bilan davolanayotganda uning ta‘sir qilmayotganligi aniqlansa davolashni to‗g‗ri tanlash uchun vrachga qayta murojat qilish lozim

- birinchi avlod antigistamin komponentlari uykuni, charchoqni chaqirish xususiyatiga ega, shuning uchun ularni kechki payt ichish avzalroq.

- antigistamin ta‘sirli preparatlarni transport xaydashda qabul qilib bo‗lmaydi, chunki bu preparatlar diqqatni va xarakat koordinatsiyasini buzadi.

- birinchi va ikkinchi avlod antigistamin ta‘sirli preparatlarni alkogol bilan, sedativ, uyku chaqiruvchi, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, narkotik analgetiklar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi

- birinchi avlod antigistaminlari sedativ ta‘siri engil uyqu chaqirishdan chuqur uyqugacha bo‗lishi mumkin. Ko‗pincha oddiy terapevtik dozalarda xam yuzaga chiqishi mumkin.

- Diprazin preparati ( pipolfen) arterial bosimning tebranishini ( distoniya) yuzaga keltirishi mumkin.

- birinchi avlod antigistamin preparatlari, ayniqsa siprogeptadil (peritol) ishtaxani ochadi



- birinchi avlod preparatlari uzoq muddat qabul qilinayotgan xolatlarda ularning terapevtik effektining kamayishi (taxifilaksiya) kuzatilishi mumkin,

- Allergik rinit (mavsumiy va yillik) pollinozlarda birinchi avlod antigistaminlarini berish tavsiya etilmaydi, chunki ular M-xolinolitik ta‘sirga ega bo‗lib, shilliq qavatlarning urishi, sekretning yopishqoqligini ortiradi va sinusoitlarda gaymoritni rivojlantiradi, bronxial astmada- bronxospazmni chaqiradi va kuchaytiradi.
Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə