Sotsiologiya maktabi va funksionalizm



Yüklə 24,5 Kb.
səhifə1/3
tarix03.06.2022
ölçüsü24,5 Kb.
#88636
  1   2   3
Sotsiologiya maktabi va funksionalizm


Sotsiologiya maktabi va funksionalizm.
Evropa mamlakatlari etnografiya fanida diffuzionizm maktabi bilan bir vaqtda sotsiologiya maktabi shakllangan va bu maktab ilmiy jihatdan qaraganda diffuzionizmga nisbatan birmuncha sermahsul bo‘lgan. Agar evolyusionizm asoschilari etnografiyaning asosini insonda, diffuzionistlar esa madaniyatda deb bilgan bo‘lsalar, sotsiologiya maktabi vakillari jamiyatda deb hisoblaganlar. Ushbu Yo‘nalish vakillarining bunday xulosaga kelishlarining boisi ular orasida «jamiyatni oddiy individlarga kiritib bo‘lmaydi», - degan qarash ustuvor edi. Sotsiologiya maktabi vakillarining ta’kidlashlaricha, jamiyat odamlar orasidagi o‘zaro ongli aloqalari natijasida tashkil topgan.
E. Dyurkgeym (1858-1917yy). Etnografiya fanida sotsiologiya fanining vatani Fransiya bo‘lgan bo‘lsa, ushbu Yo‘nalishning eng mashhur namoyandalaridan biri Emil Dyurkgeymdir. U XIX asrning oxirgi o‘n yilligida etnografiyada yangi Yo‘nalish-sotsiologiya maktabiga asos soldi.
Evolyusionistlarga qarshi o‘laroq Dyurgeym jamiyatni insonlarni o‘rab turgan olamga moslashishi tarzida emas, balki Yopiq statik tizim tarzda talqin qilgan. U jamiyatni sotsiologik faktlar orqali tadqiq qilish g‘oyasini ilk marotoba taklif etgan va fanga ijtimoiy tur terminini olib kirgan tadqiqotchidir. O‘z navbatida Dyurkgeym madaniyatni tasniflashda eng sodda jamoa-ibtidoiy jamoani asos qilib oladi. Olimning fikricha, mazkur jamoa o‘z taraqqiYoti davomida murakkab jamoaviy tizimni bosib o‘tib urug‘ga aylanadi. Keyinchalik undan qator jamoa, elat, xalq kabi yangi jamoa va uyushmalar paydo bo‘ladi. shunday qilib Dyurkgeymning mulohazalariga ko‘ra har qanday jamoa ibtidoiy jamoaning murakkablashgan shakli hisoblanadi. Dyurkgeym g‘oyalari uning qator shogirdlari tomonidan davom ettirilgan bo‘lib, ularning ichida eng mashhurlari tarzida M.Mosso, K.Levi Stross, M.Grene, L.Levi-Bryul tadqiqotlarni alohida ko‘rsatib o‘tmoq zarur.
L.Levi-Bryul (1857-1939yy). Etnografiyadagi fransuz sotsiologiya maktabi vakillari orasida Lyusen Levi-Bryul g‘oyalari alohida diqqatga sazovor bo‘lgan g‘oyalardan biri hisoblanadi. U o‘z qarashlarini «Ibtidoiy tafakkur» (1930) nomli asarida batafsil izohlashga harakat qilgan. U Dyurkgeymdan farqli tarzda «ibtidoiy xalqlarning mantiqqacha bo‘lgan tafakkuri» nomli nazariyani yaratgan.
Umuman olganda sotsiologiya maktabining asosiy g‘oyalari asosan quyidagilarda aks etgan:

    • Xar bir jamiyatda mazkur jamiyatning muhim asosini tashkil etuvchi «jamoaviy tasavvurlar» mavjud;

    • Madaniyatning funksiyasi jamiyatni erkinlashtirish va odamlarni yaqinlashtirishdan iborat;

    • Bir jamiyatdan ikkinchisiga o‘tish qiyin bir jaraYon bo‘lib bu ravon tekis tarzda emas, balki sakrash Yo‘li bilan amalga oshadi.

Funksionalizm. Etnografiyada sotsiologiya maktabi g‘oyalari taraqqiYotining mantiqiy davomi tarzida funksionalizm shakllangan. Agar diffuzionizmning vatani Germaniya, sotsiologiya maktabining vatani Fransiya bo‘lsa, funksionalizm Angliyada paydo bo‘lgan va XX asrning 20-yillariga kelib etnografiyadagi etakchi oqimlardan biriga aylangan.

Yüklə 24,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə