|
So’zlashuv tilida qo’llaniladigan frazeologik iboralar ( italyan tili misolida) Behzod Xudoyqulovso-zlashuv-tilida-qo-llaniladigan-frazeologik-iboralar-italyan-tili-misolidaASOSIY QISM
Оliy tа’lim muаssаsаlаridа аmаlgа оshirilаyotgаn o‘quv jаrаyoni, xususan, til o‘qitish
bilan bog‘liq fanlar bo‘lajak mutaxassislarning shахs sifаtidа shаkllаnishi, intеllеktuаl, аxlоqiy
jihаtdаn rivоjlаnishlаri uchun qulаy shаrоitlаrni yaratmoqda. Til – millatning ruhi, uning ulkan
boyligi, shu bois tilni umumbashariy qadriyatlar sirasiga kiritadilar. Til – aloqa vositasi. Uning
kommunikativ belgilari insonlar o‘rtasidagi turli munosabatlarda, nutqiy vaziyatlarda namoyon
bo‘ladi.
[M.Abdurahmanova,
D.Fattoxova,
U.Xalmuxamedova,
N.Inogamova,
N.Egamberdiyeva, 2018.]
So'zlashuv tili umumxalq tilming barcha ko'rinishlari kabi og‘zaki va yozma shakllarda
qo'llaniladi. Uning og'zaki ko‘rinishi yozuvdan oldin ham qo‘llanilgan. Bu davrlarda u yozma
shaklning vazifasini bajargan. Jumladan, xalq og‘zaki ijodiyotida, sheva va dialektlar (urug‘,
qabila tillari) ning o‘zaro umumiy muomalasida keng qollanilgan. Chunki, u sheva va
dialektlatdagi umumiy, ko‘p tomondan bir xilda shakllangan til xususiyatlarini o‘zida singdira
borgan. [Usmon Sanaqulov, 2004.]
Ilmiy tadqiqotlardan maʼlum boʼlishicha, frazeologik birliklar til bilan birga paydo boʼlib,
til bilan birgalikda rivojlanib kelgan. Аmmo jamiyatning turli davrlarida ularning oʼrni va
ahamiyati turlicha baholanadi. Frazeologizmlar tuzilishi, lek-sik-semantik, funktsional-uslubiy
va sintaktik vazifalari, shuningdek, oʼziga xos shakllanish xususiyatlariga ega boʼlgan til
birligidir.
[
Gʼ.Rahimov, 2016
]
Italyan tili ham boshqa tillar kabi frazeologik iboralarga boy til hisoblanadi. Shuning
uchun ularni turli tomondan tadqiq etish va o’ziga xos jihatlarini o’rganish lug’at boyligini
oshirish hamda italyan tili bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Ushbu maqolaning maqsadi
so’zlashuvdagi frazeologik iboralar tahliliga bag’ishlangan bo’lib, ularni quyidagi misollar orqali
tahlil qilamiz:
Dostları ilə paylaş: |
|
|