Sport inshoatlarini loyhalash va qurish



Yüklə 24,11 Kb.
tarix05.02.2023
ölçüsü24,11 Kb.
#100182
PSPORT INSHOATLARINI LOYHALASH VA QURISH


SPORT INSHOATLARINI LOYHALASH VA QURISH


Reja:

  1. Shahar va qishloqda sport inshootlarini qurish

  2. Psport inshoatlarini loyhalash va qurish

SHahar va qishloqda sport inshootlarini qurish


Hozirgi zamonda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida sport inshootlari zaruriy ahamiyat kasb etadi. SHuni nazarga olgan holda shaharda va qishloqlarda rejalashtirilayotgan sport inshootlari texnik talablarga hamda loyiha talablariga javob berishi lozim.

SHahar va qishloqlarda qanday sport inshootlari rejalashtirish va qurish kerak degan savolga javob berishga harakat qilamiz.


SHahar ko‘p aholi joylashgan va maxsus qaror bilan shahar statusi berilgan joy bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalari, zavod, fabrikalar faoliyat ko‘rsatadi hamda qishloq xo‘jaligi uchun mehnat qurollarini ishlab chiqaradi.


Alohida joylashgan turar joylar va uning aholisi 1,5-3 ming bo‘lsa, bu holda uning hududida kompleks jismoniy tarbiya maydonlari, ya’ni gimnastika, engil atletika bilan shug‘ullanish uchun, voleybol, basketbol, futbol maydonlari qurilishi lozim va uning umumiy maydoni 1200 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari ikkita tenis stoli uchun maydoncha ajratiladi.


Mikrorayonda – alohida joylashgan turar joylar uchun ajratiladigan sport inshootlari quriladi va alohida ajratilgan erdan tashqari bu sport maydonlarini dam olish hiyobonlarda joylashtirish mumkin.


Agar mikroroyonda aholining soni 6 ming odamdan ko‘p bo‘lsa unda kompleks maydonchalar quyidagilardan iborat, ya’ni gimnastika bilan shug‘ullanish uchun maydoncha, voleybol, basketbol, tenis maydonlari va uning umumiy maydoni 6700 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar mikrorayonning aholisi 12 ming va undan ortiq bo‘lsa unda umumiy maydon 8400 m2 gacha kengaytiriladi.


Aholi zich yashaydigan rayonlarda (24-36 ming aholi) sport markazi qurilishi rejalashtiriladi va u sport markazlarining ikkinchi toifasiga kiradi. Ularga futbol maydoni (96x64 metr) va mashqlar uchun ikkinchi maydon (66x44 metr), ikkita tennis maydoni (36x18 metr har biri),


ochiq basseyn (25x10 metr), tir 50 metr va tomoshabinlar uchun bir ming o‘rindiq bo‘lishi kerak.


Umumshahar sport majmualari oliy darajali sport inshootlariga kiradi. SHahar xududida sport inshoot tarmoqlarini qurishdan oldin ajratilgan er uchastkalarini o‘rganib chiqiladi va ular quyidagicha:


- 7 yoshgacha bolalar uchun sport majmua uzoqligi 50-100 metr bo‘lishi kerak;


- 7-10 yoshgacha 150-200 metr;


- 11-17 yoshgacha 400-500 metr.

Rayondagi sport markazi 20 minutli masofada joylashgan bo‘lishi kerak.


Stadion bosh rejasini loyihalashda ko‘p minglik tomashabinlarni evakuatsiya vaqtida turli oqimlarni kesib o‘tmaydigan holda shahar qurilishini va yo‘llarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Transport yo‘llarining joylanishi, turli shahar va shaxsiy transport vositalarining to‘xtash joylarida odamlar oqimining tarqalish prinsipi bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sabali bunda asosiy kirish va ichki magistrallar joylanishi belgilanadi. Kirish joylarida kassa xonalari mo‘ljallanadi. Kassalar chiptali tomoshabinlar oqimidan tashqarida joylashadi.


Bosh rejada stadion uch asosiy qismga bo‘linadi: namoyish (tomoshagoh), o‘quv-mashg‘uloti, xizmat ko‘rsatish qismlari.


Namoyish qismida asosiy sport arenasi va tribunalar, tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatish, sportchilar, hakamlar boshqaruvi, matbuot, radio va televidenie xonalari joylashadi.


Unda, shuningdek ochiq va qishki suzish suv havzalari, velotrek, to‘p o‘yinlari va tennis stadionlari joylashgan.


Bu qism tarqatuvchi maydon va evakuatsiya yo‘llari bilan bevosita bog‘langan.


O‘quv-mashg‘ulot qismida sport maydoni va maydonchalari joylashgan bo‘lib, ularning ba’zilari namoyish xarakteriga ega. Bu qismdagi sport inshootlari sportning alohida turlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Xizmat ko‘rsatish qismida tomoshabinlarning dam olish maskanlari, kafe, kiosklar, suhbat o‘rindiqlari, sanitariya inshootlari, stadionni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq inshootlar – xo‘jalik hovlisi, ustaxonalar, oranjereyalar, omborlar va boshqalar joylashgan.


Stadion qurilishida quyidagi talablar muhim ahamiyatga ega:


- shahar qurilish holati – shahar magistrallarining yo‘nalishi, stadion ro‘parasida maydon mavjudligi, tomoshabinlarning evakuatsiya


yo‘llari, turli shahar transportlari uchun transport tugunlari va boshqalar, ko‘kalamzorlashgan xududlarga va suv xavzalariga stadionning imkon qadar yaqinligi, asosiy sport arenasining tribuna va boshqa sport inishootlari bilan o‘zaro proporsional va kompakt, shuningdek eng ma’qul yo‘nalishda (shimol-janub) joylashishi;

- maydon relьefining yaroqliligi (sport arenaning g‘arbiy tarafidan erda tribunalarni joylash uchun 30% nishablik maqsadga muvofiq); asosiy yo‘nalishda doimiy esuvchi shamollar yo‘nalishi (himoyalash choralari); er ishlari balansini hisobga olgan holda stadion hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish; qishki mavsumdagi stadionning xarakteri (konьkida tez chopish, figurali uchish, xokkey, chang‘i tramplin uchun moslamalarni o‘rnatish ehtimoli).


Amaldagi stadionlarni loyihalash me’yorlarida (SN 162-58) quyidagi tavsiyalar berilgan:


- tomoshabinlarni evakuatsiya qilishda (stadion tashqarisida) tarqatuvchi maydonning zaruriy o‘lchamlari har bir tomoshabinga 0,5-0,75 m2 hisobidan aniqlanadi;


- stadionga eng kamida ikki kirish joyi belgilanishi zarur; evakuatsiya yo‘llarining (yo‘lakcha, yo‘l, o‘tish va kirish joyi) eni bir metrga 500 kishi hisobidan aniqlanadi;


- bevosita tribunalar oralig‘ida tarqatuvchi maydonlar nazarda


tutilgan bo‘lib, bunda, bir tomoshabin o‘rni uchun o‘rtacha kattalikdagi stadionlarda 0,5 m2, katta stadionlarda 0,3 m2;


- kirish kassalarining soni 1500 kishiga 1 darcha hisobidan belgilana-
di.

Joyning holatiga qarab, stadionning bosh rejasi shaklan turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.


Har bir shahar, rayon, mikrorayon va alohida joylashgan turar joylarda sport inshootlariga Moskva, Volgograd, Sankt-Peterburg shaharlaridagi stadionlarning bosh rejalari misol bo‘la oladi. Moskva-dagi Lujanskiy nomli stadion bir-biriga perpendikulyar o‘qlari asosida qurilgan.


Bolalar sport inshootlari


Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so‘zlagan nutqida va 2002 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini

tuzish to‘g‘risda”gi PF № 3154 Farmonida yosh avlodni sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, Vatanga mehr-muhabbat, o‘z yurti bilan g‘ururlanish ruhida tarbiyalash ishlari asosiy yo‘nalish sifatida belgilandi. Zikr etilgan farmon nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekistonda bolalar ommaviy sportini rivojlantirishini ta’minlash maqsadida joylarda sport muassasalarining barpo etilishi, yangi-yangi sport turlardan to‘garaklar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ularning tegishli jihozlar va malakali sport murabbiylari bilan ta’minlanishi yanada kuchaymoqda va buning natijasi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar va o‘smirlar soni yildan-yilga ortib borishiga asos bo‘lmoqda.


O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik kengashi o‘z faoliyatini joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, aholi manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog‘ini barpo etishdan boshladi. Bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish maqsadida, mamlakat va hududlar miqyosida sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar va o‘smirlar soni aniqlanib, ilmiy va tibbiy asoslar hamda hududlarning tabiiy sharoitlari hisobga olingan holda, istiqbolli sport turlari rivojlantirila boshlandi. 2003 yilda Jamg‘arma orqali 130 ta sport ishooti qurilishi va ta’mirlanishi ishlari yo‘lga qo‘yildi. Respublikada tibbiy va ilmiy asoslangan 2,8 mingdan ortiq sport to‘garaklari tashkil qilinib, ularga 85 mingdan ortiq bolalar jalb qilindi.


Bolalar ommaviy sport mahorati bo‘g‘inidagi tadbirlar, ommaviy razryadlar ko‘rsatkichidan ikkinchi – sportning yuqori mahorati bo‘g‘iniga, o‘smir-yoshlar sporti orqali tayyorlanadigan 1-chi razryadli sport ustasi nomzodi va sport ustasi darajasiga chiqish imkoniyatlarini yaratadi. Mamlakatda ommaviy va yuqori sport tizimi doirasidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari kollejlari, Respublika oliy sport mahorati maktablarida yuqori malakali va iste’dodli, o‘z Vatani shon-shuhrati uchun kurasha oladigan sportchilar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yildi.


Zamonaviy o‘quv va sport bazasiga ega bo‘lgan ana shunday kollejlar Jizzax, Xorazm, Andijon, Farg‘ona shaharlarida foydalanishga topshirildi.


YOpiq va ochiq inshootlarda mashgulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan barcha sport jihozlari va anjomlari to‘la-to‘kis yaroqli va ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak. Jihoz va anjomlarni yaroqliligi,


mustahkamligi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik natijalari maxsus jurnalga qayd etib boriladi.

Gimnastik snaryadlarning biriktirilgan yoki tutashgan joylari egilmagan, kimirlamasligi, mahkamlanadigan muruvvatlari (gayka, vintlari) ishonchli qotirilgan bo‘lishi lozim.


Bruslarning jerdi (yogoch kismi) xar o‘quv yili oldidan mukammal ta’mirlanishi kerak. Ularda yoriqlar paydo bo‘lsa ularni almashtirish lozim.


Turnikda mashqlar bajarishdan oldin va tugatilganidan so‘ng uning grif qismini quruq latta bilan artish va «shkurka» bilan tozalash lozim. Kryuk, rastyajkalar maxkamlanadigan plastinalar polga mukammal qotirilgan bo‘lishi kerak.


Gimnastik brevno yoriksiz bulishi hamda burang (qiyshaygan) bo‘lmasligi lozim. Gimnastik «eshak»ning tirgaklari korpus kutilariga yaxshi maxkamlangan bulishi lozim. Gimnastik to‘shaklar gimnastik snaryadlar atrofiga yaqinroq to‘shalishi, sakrab tushganda, yiqilib tushganda maydon hosil qilishi kerak. Gimnastik ko‘prikchaga (mostik) depsinganda sirpanishni oldini olish maqsadida ustki qismi rezina bilan qoplangan bo‘lishi lozim.


To‘ldirma to‘plardan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, yoshiga qarab raqamlari bo‘yicha foydalanish lozim.


Uloqtiriladigan snaryadlar vazni musobaqa qoidasiga muvofiq o‘quvchilar jinsi, yoshiga mos bo‘lishi kerak.


Jihozlarni joylashtirishda har bir snaryad atrofida xavfsiz hudud (zona) bo‘lishini nazarda tutish kerak.


Zal darsga, mashg‘ulotga o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi kerak.


Sport zalida mashg‘ulot o‘tkazishda magneziya yoki kanifoldan foydalanish kerak va bu changlanishni oldini oluvchi maxsus qutida saqlanishi kerak.


O‘quvchilarni suvga tushishiga (basseynga o‘tishiga) faqatgina jadvalda familiyasi ko‘rsatilgan o‘qituvchi, murabbiy hozir bo‘lganida ruxsat beriladi. O‘qituvchi yoki murabbiyning boshqasi bilan almashtirilishni faqat maktab direktori ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Suzish bo‘yicha mashg‘ulotlarni murabbiylar o‘tkazadilar. Bu holatda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘z-o‘zidan murabbiyga yordamchi bo‘ladilar, har xil tashkiliy vazifalarni bajaradilar va mashg‘ulot jarayonida qatnashadilar.


Mashg‘ulotlarni tabiiy suv xavzalarida o‘tkazishga faqat mashg‘ulot olib borish uchun maxsus joy ajratilganda va jihozlanganda, ajratilgan joy sanitariya talablariga javob berganda ruxsat etiladi.


Bolalarni suzishga o‘rgatish joyi, ularning jihozlanishi mashg‘ulotlar boshlashdan oldin tuman va mahalliy sanepidmarkaz va sport tashkilotlari bilan kelishiladi.


Tabiiy suv havzalaridan mashg‘ulotlar uchun joy tanlashda quyidagi “Maktab o‘quvchilarini suzishga o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar” talablariga amal qilish lozim:


- suv havzasining tubi cho‘milishga ajratilgan yoki havzaning maxsus jihozlab ajratilgan joyi bilan birga bir tekisda bo‘lishi;


- ularda suvning chuqurligi 1,2 metrdan oshmasligi;


- suvning oqimi (harakati) tezligi sekundiga 0.3 metrdan oshmasligi;

- tabiiy suv havzasining tubi qumli bo‘lishi va shox-shabbalardan, toshlardan, suv o‘simliklaridan, temir va boshqa bolalarga xavf soluvchi narsalardan tozalanishi;


- cho‘milish joyi ajratilgan bo‘lishi;


- mashg‘ulot davomida qutqaruv vositalari (qutqaruv halqasi, arqonlar, tayoqlar, zarur holatlarda qutqaruv qayiqlari va hokazo) bo‘lishi kerak.


Suzish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishga zarur shart-sharoitlar tayyor-lashda o‘qituvchi-murabbiy mashg‘ulot o‘tkazishga halaqit beradigan kamchi-liklarni bartaraf etishi, iloji bo‘lmagan holatlarda mashg‘ulotlarni to‘xtatishi, bekor qilishi lozim.


Barcha o‘quvchilar “Maktab o‘quvchilarini suzishga o‘rgatish bo‘yicha tav-siyalar” talablarini bilishlari va qat’iy amal qilishlari kerak


Sport inshootlarining yordamchi xonalari


YOrdamchi xonalar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: tomoshabinlar uchun xonalar; sportchilar uchun xonalar; hakamlar va murabbiylar uchun xonalar; radio telesharhlovchilar va matbuot xonalari; ma’muriy-xo‘jalik xonalari.

Sport inshootlarini tomoshabinlar tribunalari bilan loyihalashda tomoshabinlar va sportchilarning harakatlanish yulaklari hamda zonalarining alohida bo‘lishi talablariga qat’iy rioya etilishi lozim. Ular tomoshabinlar va sportchilar uchun maxsuslashgan binoga kirish xamda chiqish joylariga ega bo‘lishlari zarur. Tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan xonalarga vestibyullar,


garderob, koridorlar, foye, bufetlar, sanitariya xonalari, chekish joylari, chipta sotish kassalari va faxriy tashrif buyuruvchilar uchun maxsus xonalar kiradi. Garderobli vestibyulь maydoni har bir tomoshabin uchun kamida 0,24 m2, faqat garderob maydonida esa har bir tomoshabin uchun 0,08 m2 ga teng o‘lchamlarda qabul qilinadi. Barьerning uzunligi 40-50 tomoshabinga (ba’zi hollarda 60 tomoshabin) 1 m barьer hisobida qabul qilinadi. Kuluarlar, foye va bufetlarda umumiy me’yorlarga kura har bir tomoshabin uchun 0,5-0,6 m2 qabul qilinadi. Tribunalarning sig‘imi 10 mingdan oshganda bu me’yor – har bir tomoshabin uchun 0,3-0,4 m2 gacha kamaytirilishi mumkin. Sport inshootidagi sanitariya xonalari barcha qavatlar bo‘yicha bir tekisda taqsimlanishi lozim. Hojatxonalarni hisoblashda ayol-erkak nisbati 3:5 ko‘rinishida olinadi. Erkaklar hojatxonasida har yuz kishi uchun 1 unitaz va 2 pissuar, ayollar tualetida har 50 kishi uchun 1 unitaz mo‘ljallanishi lozim. Agarda birinchi qavatdagi shamollatish va havoni ventilyasiya sharoitlari talab darajasida bo‘lsa, bu erda chekishga ruxsat beriladi va maxsus chekish xonalarini loyihalash zarurati qolmaydi. CHipta sotish kacsalarining soni soatiga har bir kassadan 400-500 chipta sotish imkoniyatidan kelib chiqiladi.

Sportchilar uchun xonalar guruhi quyidagicha: vestibyulь garderobi bilan, kiyim almashtirish, dush, hojatxona, massaj xonalari, quruq-issiqlik hammomi, tibbiyot xonasi, bufetlar, dam olish xonasi va sportchilarni arenaga chiqish oldidan yig‘ish xonalari. Sanab o‘tilgan barcha xonalarni bir erda guruhlashtirish va boshqa xonalardan ajratish hamda arena bilan aloqani qulaylashtirish maqsadga muvofiq. Dush xonalari umumiy yoki alohida bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda dush xonalarida chegaralovchi devorlarni ko‘llash yaxshi natijalar beradi.


Sanitar-gigienik talablar yuqori qo‘yilgan inshootlarda, masalan, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya inshootlarida, suv havzalarida o‘tkazish dushlari va oyoq dushlari qo‘llaniladi.


Dush xonasining eng kichik o‘lchami 0,9x0,9 m. CHegaralovchi devorning balandligi 2 m. Dush xonalari qatorlari orasidagi yo‘lakning eni 1,5


m. Dush xonalari va devor orasidagi yo‘lakni eni 0,9 m. Oyoq dushining o‘lchamlari 0,85x1 m hisobida.




Dushlar soni quyidagi hisoblashdan aniqlanadi: sport zallarida bir vaqtda shug‘ullanayotgan 3 kishiga 1 ta dush, instruktorlar uchun 20 kishiga 1 dush.
Yüklə 24,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə