Sportcha yurish texnikasini o’rgatihni takomillashtirish



Yüklə 17,91 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü17,91 Kb.
#104493
Sportcha yurish texnikasini o


Sportcha yurish texnikasini o’rgatihni takomillashtirish.
REJA

  1. Yurish odatdagi harakatlanish usuli.

  2. Sportcha yurish musobaqalarda foydalaniladi va bajarilishi texnikasi .

  3. Sportcha yurishning rivojlanish tarixi.

Yurish odatdagi harakatlanish usuli bo'lib, barcha yoshdagi odamlar uchun ajoyib tarzdagi jism oniy mashq hisoblanadi. Uzoq vaqt davomiyligidagi va ritm ko‘rinishidagi yurish davomida odam tanasining deyarli barcha muskullari ish bajarishga jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon - tomirlar tizimi, nafas olish, asab va organizmning boshqa organlar tizimlari faoliyati kuchayadi, moddalar almashinuvi faollashadi. Odatdagi yurish eng aw alo, sog‘ lomlashtiruvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Odam erta bolalik davridan boshlab yurishni boshlaydi. Biroq, barcha odamlaming to‘ g‘ri, chiroyli va tejamkor ko'rinishda yurishni o'rganishi zarur hisoblanadi. Odatdagi yurishdan tashqari, yurishning bir qator boshqa turlari ham mavjud hisoblanadi: masalan, qadam tashlash, saf bo‘lib yurish, sportcha yurish. Sportcha yurish musobaqalarda foydalaniladi va bajarilishi texnikasi bo‘yicha yurishning nisbatan murakkab usuli hisoblanadi, biroq shu bilan birgalikda eng samarali yurish usuli sifatida qayd qilinadi. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan deyarli 2 — 2,5 marotaba yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Biroq, yurish davomida yuqori tezlikka erishishda faqat sportcha yurishning texnik xususiyatlarini o ‘zlashtirishning o‘zi yetarli hisoblanmaydi. Bunda odatdagi yurish usuliga nisbatan yuqori qiymatdagi intensivlikda ish bajarish talab qilinadi, o‘z navbatida energiya sarfi qiymati ortadi. Ushbu holatga bogMiq ravishda, sportcha yurish m ashg‘uloti sportchi organizmiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi, uning ichki organlari va organlar tizimi holatini mustahkamlaydi, bu tizimlar ish qobiJiyati darajasini yaxshilaydi, kuchning rivojlantirilishiga va ayniqsa, chidamlilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, odamda iroda sifatini tarbiyalaydi. Sportcha yurish odatdagi yurish usuli bilan ko'plab umumiylik jihatlariga ega hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda sportcha yurish nisbatan yetarlicha darajada murakkab va samaraliroq yurish usuli hisoblanadi. 40 1.1. Sportcha yurishning rivojlanish tarixi Sportcha yurish - yengil atletika turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda sportcha yurish bo‘yicha bellashuvlar barcha yirik musobaqalarda, jumladan, olimpia o‘yinlarida ham o‘tkaziladi. Musobaqalarda qabul qilingan masofalardan (5, 10, 15, 20, 25, 30, 50 km) ikkitasi asosiy hisoblanadi: 20 km va 50 km. Sportcha yurish bilan shug‘ullanuvchi sportchilar soni-yil sayin oshib bormoqda. Ayollar orasida ham sportcha yurish ommalashib bormoqda. Sportchilarning sport texnikasi natijalarini o‘sib borishi yengil atletikaning bu turiga yoshlarning kirib kelishi, musobaqalar soni, sportcha yurishning ommklashtirilishi, mamlakatimiz va dunyoning tez yuruvchi sportchilarini mashq qilish tajribasini umumlashtirish, sportcha yurishda mashq qilish va o‘qitish uslubiyatini o'rganish hamda ilmiy tadqiq etishga bogMiqdir. -yil davomida va ko‘p-yillik mashq qilishning uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi yutuqlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashq qilish jarayonida sportcha yurish texnikasiga asosiy e ’tibor qaratiladi. Musobaqa qoidalariga zid kelmagan mukammal uslubli texnikaga ega bo‘lgandagina, sportchi yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatga erishadi. Sportcha yurishda ikkita asosiy shart mavjud: 1) oyoq yo‘lkaga qo‘yilgan paytdan boshlab u yerdan uzilgunga qadar oyoq tizza bo‘g ‘imidan tekislangan bo4lishi zarur; 2) uchish fazasi bo‘Imasligi kerak, ya’ni har doim tayanch bilan aloqa bo‘ lishi lozim. Qatnashchi har xil hakamlar tomonidan uch marta ogohlantirilgandan so‘ng musobaqadan chetlashtiriladi. Ogohlantirish olgan qatnashchi hakamning ogohlantirishini tushunganligini bildirib, qoMini yuqoriga ko‘tarishi kerak. Chetlashtirilgan qatnashchi yo‘lkani tark etishi yoki, agar musobaqalar stadion tashqarisida o ‘tayotgan bo‘lsa, trassadan chiqib ketishi hamda o‘z raqamini yechib tashlashi zarur. 41 Ayrim hollarda, agar qatnashchining chetlashtirilganligi to‘g ‘risida avvalroq xabar berishga sharoit bo‘lmagan bo'lsa, u musobaqalar tugagandan keyin chetlashtirilishi mumkin. Sportcha yurish bo‘yichadastlabki musobaqa 1986-yildaAngliyada o'tkazilgan. Keyinchalik, sportcha yurish musobaqalari boshqa maralakatlarda, jumladan, Germaniya, Italiya, Kanada, Shvetsiyada tashkil qilinishi boshlangan. Olimpia o'yinlari dasturi tarkibiga sportcha yurish 1906-yilda Afina shahrida o'tkazilgan navbatdagi Olimpia o'yinlari davomida kiritilgan. XVI Olimpia o‘yinlaridan boshlab (Melburn shahri, 1956-yil), tez yuruvchi sportchilar o ‘rtasida ayollar guruhlarida 20 km masofada, erkaklar guruhida 20 va 50 km masofalarda yurish musobaqalari tashkil qilinishi belgilangan. Jumladan, erkaklar o'rtasida 20 km masofaga sportcha yurish bo'yicha o ‘rnatilgan rekord B.Seguraga (Meksika) tegishli bo'lib, uning qayd qilgan vaqti 1:17.48 ga teng hisoblanadi, shuningdek,, 50 km m asofaga sportcha yurish bo‘yicha V.Spistin (Rossiya) rekord natijani o'rnatgan bo'lib, uning erishgan natijasi 3:37.26 ga teng hisoblanadi. Ayollar o‘rtasida 20 km masofaga sportcha yurish bo‘yicha dunyo rekordi T.Gutkova (Rossiya) tomonidan o'rnatilgan bo‘lib, uning qo'lga kiritgan vaqti 1:25.18 ga teng hisoblanadi. Hozirgi vaqtda erkakalar o'rtasida sportcha yurish bo‘yicha dunyo rekordi 20 km masofaga Bernardo Segura, shu masofa shosseda Vladimir Kanaykinlarqa tegishli bo‘lib, Bernardo Segura 1:17:25,6 natija, (Meksika, 1994-yil), Vladimir Kanaykin 1:17:16,7 (Rossiya, 2007-yil) teng natijalarni qayd qilgan bo‘lsa, ayollar o ‘rtasida sportcha yurish bo'yicha dunyo rekordi 20 km masofaga Olimpiada Ivanova, shu masofa shosseda Yelena Lashmanovalarqa tegishli bo'lib, Olimpiada Ivanova 1:26:52,3 natija, (Rossiya, 2001-yil), Yelena Lashmanova 1:25:02 (Rossiya, 2012-yil) teng natijalarni qayd qilgan. 1.2. Sportcha yurish texnikasi asoslari Yurish — insonning joydan-joyga ko'chishidagi oddiy usul bo'lib, turli yoshdagi kishilar uchun yaxshi mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis yurganda organizmdagi hamma muskullar ishlaydi, yurak-qon 42 tomir, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, natijada modda almashinuvi ortadi. Oddiy yurishdan tashqari, yurishning boshqacha xillari ham bo'ladi: poxodda yurish, sodda yurish va sportcha yurish. Sportcha yurish texnika jihatdan keyin, lekin foydalidir. Tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki-uch marta ortiqdir. Sportcha yurish intensiv ish bajarishni talab qiladi. Shuning uchun sportcha yuruvchidan ish qobiliyati mustahkam, kuchli, chidamli va irodali bo‘lishni talab qiladi. Yurish paytida organizmning ishlashiga katta talab qo‘yiladi, badandagi muskullarni hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, modda almashinish ancha oshadi. %4\' *■ * 1.3. Sportcha yurish texnikasining asosiy zvenosi Yurish mashqlarini ortiqcha qiynalib bajarish juda katta ahamiyatga ega. Maksimal kuchlanish kerak bo‘lganda ham biron daqiqa ishlamay turishi kerak, muskullarni o‘sha daqiqa bo‘shashtira bilish kerak. Yurish tezkor, chidamli, kuchli bo‘lish yuqori natijalar ko‘rsatishda ahamiyati katta. Muskullar ortiqcha kuchlanishdan holi bo'lishi harakatlarni tejamli bajarish imkonini beradi. Bu uzoq masofalarga yuruvchilar uchun ayniqsa, muhimdir. Harakatlarni tejamli bajarish — yuqori ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishdir. Shuning bilan birga, maksimal kuchlanish vaqtida harakatlarini ratsional bajarish, sportchiga mashqlarni bajarish imkonini beradi. 1.4. Sportcha yurish texnikasining xususiyati (still) Sportcha yurish oddiy yurishga nisbatan ancha qiyindir. U tezkorligi, oyoqlarni yerga to‘g‘ri qo'yish bilan, ana shu holatni vertikal holatgacha turishi va qadamlarni uzunligi bilan farq qiladi. Sportcha yurishni asosiy xarakteri quyidagicha: a) harakatni yuqori tezligi. Yuqori malakali sportchi 20 km.li masofani soatiga 15 km tezlikdayuradi, bu oddiy yurishdan 3 marotaba ko‘pdir. 43 b) qadam harakatini tezligi. Sportcha yuruvchi har minutda 210­ 220 qadam musobaqa qoidasini buzmasdan bajarish lozim. Har bir qadam harakatiga 0,285-0,333 daqiqa sarflaydi. v) qadamlarni uzunligi 110 sm ayrim yuruvchilarda 115-120 sm.ni tashkil etadi. g) tayanch oyoqni vertikal holatgacha to ‘g‘ri ushlash. d) tos harakati. e) qo‘llami bukilgan holda yurish yo‘nalishiga qarab harakati. 1.5. Sportcha yurishda qadamlar holati Yurish vaqtidagi qadamlar va ularga bog‘liq bo‘Igan qo‘l va gavda harakatlari to‘xtovsiz bir xilda takrorlanishiga sikl harakati deyiladi. Qo‘sh qadam (o‘ng oyoq bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir siklni tashkil etadi. Yurib ketayotgan sportchi harakati bir sikli davomida yerga bir oyog‘ida tayangan payti (bir tayanch), yoki ikkala oyog‘ida tayangan payti (ikki tayanch) holat deyiladi. Qo‘sh qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch (tayanch oyoq) bo‘lib xizmat qilsa, bir gal silkinib oldinga o‘tadi (silkinch oyoq). Oyoq harakatining har davri ikki fazadan iborat. Tayanch davri oldinda tayanch fazasidan va orqa tayanch (turtish) fazasidan iborat. Oyoq harakatlari siklida fazalar tartibi quyidagichadir: Oyoq qo‘yish payti. 1. Oldingi tayanch fazasi. Tayanch oyoqning vertikal payti. Tayanch davri. 2. Keyingi qadam fazasi. Oyoq yerdan uzish payti. 3. Keyingi qadam fazasi. Silkingan oyoqning vertikal holati. 0 ‘tkazish davri. 4. Oldingi qadam fazasi. Oyoq qo'yish payti. 44 2-rasm. Sportcha yurish texnikasi 1.6. Sportcha yurishda umumiy og‘ir!ik markazi Statik holatda inson tanasining tayanchga ta’siri og‘irlik kuchiga (tana og‘irligi - V) teng. Tayanch reaksiyasi (R) ning yo'nalishi tana og‘irligi yo'nalishiga qarama-qarshi, miqdor esa tana og'irligiga teng bo‘lib, bu reaksiya tananing umumiy og‘irlik markazi (UOM)dan o‘tadi. Statik holatdagi qo‘sh tayanch paytidagi har qaysi oyoq bosimiga javoban ikkita reaksiya R ls R2 bo'ladi. Ular jamlanib, vertikal teng ta’sir etuvchi kuch hosil qiladi. Buning miqdori esa tana og‘irligiga teng bo'ladi. Bunday holda ikkala tayanch reaksiyasi ham U.O.M.ga o‘tadi. Agarda qo'sh tayanch paytida, muskullaming faol kuchlanishi bilan orqadagi oyoqning tayanchiga bosim kuchaytirilsa, shu oyoq 45 bosimiga tayanch reaksiyasi ham ortadi. Shu vaqtda oldingi oyoq bosimiga tayanch reaksiyasi kamayib, ikkala tayanch reaksiyasining teng ta ’sir etuvchi (R) oldinga qiyalama yo‘nalgan bo‘ladi. Ikkala tayanch reaksiyasi bilan tana og‘irligi kuchining teng ta’sir etuvchisi (R/V) ham olg‘a tomon yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Buning gorizontal tashkil etuvchisi (S) start kuchini ifodalaydi. Bu kuch kishi gavdasining oIg‘a yo‘na!gan tezlanishiga sabab bo‘ladi. Harakatlanishga muskullarning ishi ham katta rol o‘ynaydi. Tayanchdan oldingi depsinayotgan oyoq bosimiga tayanch reaksiyasi har doim oldinga va yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Depsinuvchi oyoqning bosim kuchi 0 1 o ‘ziga teng qarama-qarshi reaksiya R ln i hosil qiladi. Uning vertikal tashkil etuvchisi gavda og'irligiga qarshi ta’sir qiladi, gorizontal tashkil etuvchisi (A TI) esa kishi gavdasi oldinga harakat qilishiga sabab bo‘ladi. Oldingi tayanch fazasidagi R2 tayanch reaksiyasi orqa va yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Uning normal tashkil etuvchisi RN2 gavda og‘irligiga qarshi ta ’sir ko‘rsatadi, gorizontal tashkil etuvchi (RT2) esa gavdaning oldinga harakatini sekinlashtiradi. M ushaklamitez ishlashi natijasidasportchining gavdasi bilan tayanch o ‘rtasida o‘zaro ta’sir hosil bo‘ladi. Bu sportchi gavdasining va uning UOM ning harakat yo‘ li qanday bo‘ lishiga ta’sir etadi. Depsinish paytida UOM ning trayektoriyasi yuqoriga ko‘tariladi va sportchi tezroq oldinga siljiydi. Tana og‘ irligini bir oyoqdan ikkinchisiga o'tkazishda butun tana ko‘nda!ang yo‘nalishda harakatlanadi. Qo‘sh tayanch paytida og‘irIik kuchi ta’sirida UOM juda pastga tushadi, UOM vertikal bo ‘ у lab 4-6 sm ko'chadi. Oldingi tayanch olg‘a siljishga to‘sqinlik qiladi. Natijada UOM yuqoriga va pastga, o‘ngga va chapga siljib, oldinga gorizontal bo‘ylab harakat tezligini goh oshirib, goh kamaytirib murakkab qiyshiq chiziqdan iborat yo‘l hosil qiladi. UOM trayektoriyasining egriligi haddan ortiq bo‘lishi foydasizdir, chunki bunda mushaklar kuchining bir qismi yo‘qoladi. Ammo UOM ning bunday qiyshiq chiziq bo‘ylab harakat qilishni butunlay yo'qotishni iloji yo‘q. Sportcha yurishda UOM eng past holati bir tayanch holatidagi vertikal holatda, eng yuqorisi esa - ikki tayanch fazasida bo‘ladi.
Yüklə 17,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə