Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Boshqaruv  hisoboti 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektni  boshqarishda  (rahbariyat,  boshqa 

boshqaruv  xodimlari)  foydalanish  uchun  mo’ljallangan.  Shuning  uchun  ushbu 

hisobotning  tarkibi,  davriyligi,  muddati,  shakli  va  uni  tuzish  tartibini  xo’jalik 

yurituvchi sub’ekt mustaqil belgilaydi. Shu bilan birga boshqaruvning ilg’or amaliyoti 

shuni  ko’rsatmoqdaki,  boshqaruv  hisobotlarini  tuzish  tartibi  va  tarkibi,  individual 

buxgalteriya  hisobotlari 

va  jamlanma 

moliyaviy 

hisobotlarni  tayyorlashda 

foydalaniladigan  printsiplar  asosida  ishlab  chiqilsa,  bunday  tayyorlangan  boshqaruv 

hisobotlari yanada foydali va samarali bo’ladi. 

Boshqaruv  hisoboti  sohasida  asosiy  vazifa  bo’lib,  boshqaruv  hisobini  tashkil 

qilishdagi  ilg’or  tajribalarni,  hamda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarni  boshqarishda 

boshqaruv hisobidan foydalanish tajribalarini keng ommalashtirish hisoblanadi. 

Soliq  hisobotlari

ni  (soliq  deklaratsiyalari)  tuzish  soliq  qonunchiligi  bilan  belgilangan 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  uchun  majburiy  hisoblanib,  fiskal  (xazina)  maqsadlari 

uchun  mo’ljallangan.  Soliq  hisobotlari  buxgalteriya  hisobida  shakllanadigan  axborot 

asosida ularni soliq qonunchiligi qoidalari bo’yicha tuzatish yo’li bilan tuzilishi shart. 

Soliq  hisoboti  sohasida  asosiy  vazifa  –  soliq  hisobi  qoidalarini  buxgalteriya  hisobi 

qoidalariga  yanada  yaqinlashtirish  yo’li  bilan  uni  tuzish  xarajatlarini  kamaytirishdan 

iborat.  

O’zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotida  MHXSlarini  keng  joriy  qilishning  zaruriy 

sharti  bevosita  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  buxgalteriya  hisobi  va 




 

 

268 



 

hisobotini  tartibga  solishda  ushbu  standartlardan  foydalanish  imkonini  beradigan 

infrastrukturani yaratishdan iborat. 

Asosiy elementlar:  

-

 

O’zbekistonda MHXSlarni qonunan e’tirof etish; 



-

 

MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi; 



-

 

MHXS  bo’yicha  tayyorlangan  buxgalteriya  hisobotlari  sifatini  nazorat  qilish, 



shu jumladan audit; 

-

 



MHXSni o’qitish. 

O’zbekiston  Respublikasida  MHXSni  keng  qo’llash  uchun  uning  qonunan  e’tirof 

qilinishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Jumladan,  MHXS  bo’yicha  tayyorlangan  jamlanma 

moliyaviy hisobot rasmiy hisobotlarning bir shakli sifatida e’tirof qilinishi lozim. 

Har  bir  MHXSni  (shu  jumladan  sharhlarni  ham)  ma’qullash  jarayonining  maqsadi  – 

ularni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy hujjatlari tizimiga kiritish. Bunday 

tartib(jarayon)  professional  jamoatchilik  ekspertizasi  va  har  bir  standartni  amalga 

kiritishni o’z ichiga olishi lozim.  

Ushbu jarayon: 

-

 



MHXSni O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga kiritishni; 

-

 



MHXSdan chetga chiqishga yo’l qo’ymaslikni; 

-

 



O’zbekiston Respulikasidagi iqtisodiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini 

hisobga olishni; 

-

 

moliyaviy axborotning iqtisodiyotga mos kelishini ta’minlashi lozim.  



Favqulodda holatlarda O’zbekiston Respublikasida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni 

hisobga  olgan  holda  muayayyan  bir  MHXSni  ma’qullashni  ma’lum  muddatga 

to’xtatib turish (rad qilish) mumkin. Shu bilan birga biron-bir standartning bir qismini 

ma’qullash ham mumkin emas. 

MHXSni  qo’llash  tajribasini  ommalashtirish  va  umumlashtirish  mexanizmi  xo’jalik 

yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  standartlarni  bir  xil  va  navbati  bilan  qo’llash  va  ular 

haqida  mos  moliyaviy  axborot  berish  uchun  muhim.  Bunday  mexanizm  MHXSni 

qo’llash  bo’yicha  turli  xil  axborot-metodik  materiallar  bo’lishini  nazarda  tutib,  ular 

faqat tavsiyaviy xarakterga ega. 

Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  tartibga  solish  tizimini  rivojlantirish  shunday 

modelni  yaratishga  qaratilishi  lozimki,  u  barcha  manfaatdor  tomonlar  qiziqishlarini 

hisobga olib, xarajatlarni kamaytirib va tartibga solish samaradorligini oshirishi lozim. 

Ushbu  model  asosida  davlat  hokimiyati  organlari  va  kasbiy  birlashmalarning 

(O’zbekiston  Respublikasi  buxgalterlar  va  auditorlar  milliy  assotsiatsiyasi, 

O’zbekiston  Auditorlar  Palatasi,  O’zbekiston  buxgalterlar  federatsiyasi  va  boshqa 

manfaatdar jamoat tashkilotlari) oqilona birligi yotadi. 

 

Davlat  hokimiyati  organlari  va  kasbiy  birlashmalar  o’rtasida  funktsiyalarning 



taqsimlanishi  quyidagicha  bo’lishi  lozim.  Buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  iqtisodiyot 

va tadbirkorlik faoliyati sohasida axborotga bo’lgan konstitutsion huquqni ta’minlagan 

holda  O’zbekiston  Respublikasida  iqtisodiy  makon  va  bozor  birligining  kafolatidan 

biri  hisoblanadi.  Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  tartibga  solish  O’zbekiston 

Respublikasida  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  yagonaligini  va  ushbu  tizimni 

rivojlantirishning  maqsadga  muvofiqligini  ta’minlab  berishi,  ko’plab  manfaatdor 




 

 

269 



 

foydalanuvchilar  qiziqishlarini  hisobga  olishi  hamda  izchillikni  ta’minlashi  lozim. 

Ushbu  jarayonda  Davlat  hokimiyati  organlari  va  Kasbiy  birlashmalar  zimmasiga 

yuklatiladigan vazifalarni quyidagi chizmalardan ko’rish mumkin. 

 

Buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  standartlarining  jamiyat  uchun  ahamiyatini  e’tiborga 



olgan  holda,  birinchi  navbatda  standartlarning  adekvatligi  va  sifatiga  qat’iy  ishonch 

hamda  ularga  to’liq  ishonish  mumkinligiga  asoslangan  holda  ularni  har  taraflama 

e’tirof etish. Standartlarni tan olish (e’tirof etish) uchun ularni qabul qilish 

jarayoniga

 

kasbiy  hamjamiyatni  jalb  qilish  lozim.  Ular  milliy  standartlar  loyihalarini 



tayyorlashadi va (yoki) standartlarning kasbiy jamoatchilik ekspertizasini o’tkazishadi. 

O’z navbatida davlat hokimiyati organlari milliy standartlarni ishlab chiqishni tashkil 

qiladi,  standartlarni  tasdiqlashga  tayyorlaydi  va  ularni  tasdiqlaydi,  yuridik  jihatdan 

rasmiylashtirish, ro’yxatdan o’tkazish  va standartlar reestriga kiritish  ishlarini amalga 

oshiradi.  Kasbiy  hamjamiyatning  standartlarni  qabul  qilish  jarayonida,  buxgalteriya 

hisobotlaridan  foydalanuvchilardan    hamda  kasbiy  hamjamiyatning  yuqori  malakali, 

mashhur  va  obro’li  vakillaridan  iborat  bo’lgan  maxsus  organi  orqali  qatnashishlari 

maqsadga muvofiq. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə