Standartlari


 MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1.5. MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini 

birinchi marta qo’llash” 

MHXS  (IFRS)  1  “Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlarini  birinchi  marta 

qo’llash”  nomli  standartning  maqsadi  tadbirkorlik  sub’ektining    MHXSlar  bo’yicha 

birinchi  moliyaviy  hisobotlari   va ushbu  hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi 

uchun oraliq moliyaviy hisobotlari: 

(a) 


foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun 

qiyoslanuvchan; 

(b) 

buxgalteriya 



hisobini 

moliyaviy 

hisobotning 

xalqaro 


standartlariga(MHXSlarga)  muvofiq  yuritish  uchun  munosib  tayanch  nuqtasi  bo’lib 

xizmat qiladigan;  

(v) 

undan  olinadigan  nafdan  oshmaydigan  xarajatlar  sarflanib  tayyorlanishi 



mumkin  bo’lgan  yuqori  sifatli  ma’lumotlarni  o’z  ichiga  olishini  ta’minlashdan 

iboratdir. 

Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni:  

(a) 


o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va 

(b) 


u  tomonidan  MHXS  bo’yicha  birinchi  moliyaviy  hisobotlari  qamrab 

olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 



“Oraliq moliyaviy hisobotlar” 

ga muvofiq 

taqdim  qilinadigan  hamma  oraliq  moliyaviy  hisobotlariga  nisbatan,  agar  shunday 

hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  o’zining  MHXS  bo’yicha  moliyaviy  holat  to’g’risidagi 



 

 

22 



 

boshlang’ich  hisobotida  va  uning  MHXS  bo’yicha  birinchi  moliyaviy  hisobotlari 

qamrab  olgan  hamma  davrlarda  bir  xil  hisob  siyosatlarini  qo’llashi  kerak. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  MHXSlarning  oldinroq  amalda  bo’lgan  boshqa  tahrirlarini 

qo’llamasligi  kerak.  Tadbirkorlik  sub’ekti  qo’llanilishi  hali  shart  bo’lmagan  yangi 

MHXSni  ushbu  MHXSni  muddatidan  oldin  qo’llash  ruxsat  etilganida  qo’llashi 

mumkin.  

Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining 

MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida:  

(a) 


MHXSlar  bo’yicha  tan  olinishi  talab  qilingan  barcha  aktivlar  va 

majburiyatlarni tan olishi kerak; 

(b) 

MHXSlar  tan  olinishiga  yo’l  qo’ymadigan  aktivlar  va  majburiyatlarni 



tan olmasligi kerak; 

(v) 


oldingi  BHUTga  ko’ra  aktiv,  majburiyat  yoki  kapitalning  bitta  turi 

sifatida  tan  olingan,  lekin  MHXSlarga  muvofiq  aktiv,  majburiyat  yoki  kapitalning 

boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va 

(g) 


barcha  tan  olingan  aktivlar  va  majburiyatlarni  baholashda  MHXSlarni 

qo’llashi kerak. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  o’zining  MHXS  bo’yicha  moliyaviy  holat  to’g’risidagi 

boshlang’ich  hisobotida  qo’llaydigan  hisob  siyosatlari  u  oldingi  BHUT  bo’yicha 

xuddi  shu  sanaga  qo’llagan  hisob  siyosatlaridan  farq  qilishi  mumkin.  Buning 

natijasida  yuzaga  keladigan  tuzatishlar  MHXSlarga  o’tish  sanadan  oldin  ro’y 

beradigan  operatsiya  va  hodisalar  natijasida  paydo  bo’ladi.  Shu  bois,  tadbirkorlik 

sub’ekti  ushbu  tuzatishlarni  MHXSlarga  o’tish  sanasida  to’g’ridan-to’g’ri 

taqsimlanmagan foydada (yoki, o’rinli bo’lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi 

kerak. 


Mazkur  MHXS  boshqa  MHXSlarning  ba’zi  jihatlarini  retrospektiv  qo’llashni 

taqiqlaydi.  

1- ta’qiq. Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi istisnolarni qo’llashi kerak: 

(a)  moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarish; 

(b)  xejni hisobga olish; 

(v)  nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlar; 

(g)  moliyaviy aktivlarning taniflanishi va baholanishi; 

(d)  singdirilgan derivativlar; va 

(e)  davlat zayomlari. 

2-  ta’qiq.  MHXS  ning  bir  qancha  talablaridan  ozod  bo’lish.    Tadbirkorlik 

sub’ekti bir yoki bir qancha ozod bo’lishni tanlashi mumkin.  

 (a) Biznes birlashuvlari bo’yicha istisno holatlar  

Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga 

qaror qilishi mumkin:  

(a)  aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalar; 

(b)  sug’urta shartnomalari; 

(v)  shartli tannarx; 

(g)  ijara; 

 (e)  hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha yig’ilgan farqlar;

  



 

 

23 



 

Misol:  MHXSlarning  eng  oxirgi  tahririni  izchil  ravishda  qo’llash  bo’yicha 

dastlabki ma’lumotlar:  

“A” tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi hisobot davrining oxiri 

2015  y  31  dekabrga  to’g’ri  keladi.  “A”  tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  moliyaviy 

hisobotlaridagi  qiyoslanadigan  ma’lumotlarni  faqat  bir  yil  uchun  taqdim  qilishga 

qaror  qildi.  Shuning  uchun,  uning    MHXSlarga  o’tish  sanasi  2014  y  1  yanvarda  ish 

kuni boshiga  (yoki, ekvivalent ravishda, 2013 y 31 dekabrda ish kuni oxiriga) to’g’ri 

keladi.  “A”  tadbirkorlik  sub’ekti  o’zining  moliyaviy  hisobotlarini  31  dekabrda 

yakunlanadigan va 2014 y 31 dekabrgacha bo’lgan (shu jumladan 2014 y 31 dekabrni 

ham  o’z  ichiga  olgan)  har  yili  uchun    uning  oldingi  Buxgalteriya  hisobining 

umumqabul qilingan Talablarni qo’llash A” tadbirkorlik sub’ekti  2015 y 31 dekabrda 

tugaydigan davrlar uchun amalda bo’lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga 

nisbatan qo’llashi lozim: 

(a) 

2014  y  1  yanvar  holatiga  MHXS  bo’yicha  moliyaviy  holat  to’g’risidagi 



boshlang’ich hisobotni tayyorlashda va taqdim qilishda; va 

(b) 


2015  y  31  dekabr  holatiga  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotni 

(shuningdek  2014  y  uchun  qiyoslanadigan  ma’lumotlarni),  2015  y  31  dekabrda 

yakunlangan  yil  uchun  umumlashgan  daromad  to’g’risidagi  hisobotni,  kapitaldagi 

o’zgarishlar  to’g’risidagi  hisobotni  va  pul  oqimlari  to’g’risidagi  hisobotni  

(shuningdek  2014  y  uchun  qiyoslanadigan  ma’lumotlarni)  hamda  ochib  beriladigan 

ma’lumotlarni  (shuningdek  2014  y  uchun  qiyoslanadigan  ma’lumotlarni) 

tayyorlashda va taqdim qilishda. 

Agar  yangi  MHXSning  qo’llanishi  shart  bo’lmasa,  lekin  muddatidan  oldin 

qo’llanishiga ruxsat etilsa, “A” tadbirkorlik sub’ektiga ushbu  MHXSni uning MHXS 

bo’yicha  birinchi  moliyaviy  hisobotlarida  qo’llash  ruxsat  etiladi,  lekin  talab 

qilinmaydi.tamoyillariga (BHUTga) muvofiq taqdim qilgan. 

(j) sho’ba  tadbirkorlik  sub’ekti,  qaram  tadbirkorlik  sub’ekti  va  qo’shma 

korxonalarga investitsiyalar; 

(z)  sho’ba  tadbirkorlik  sub’ektlari,  qaram  tadbirkorlik  sub’ektlari  va  qo’shma 

korxonalarning aktivlari va majburiyatlari; 

(i) murakkab moliyaviy instrumentlar; 

(y)  oldin tan olingan moliyaviy instrumentlarni belgilash; 

(k)  moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlarni  dastlab  tan  olishda 

ularning haqqoniy qiymatlari bo’yicha baholash; 

(l) ob’ektlarni  foydalanishdan  chiqarishga  tegishli  bo’lgan  va  asosiy 

vositalarning tannarxiga kiritilgan majburiyatlar; 

(m) MHXSShQ  12  “Xizmat  ko’rsatish  bo’yicha  kontsession  shartnomalar”  ga 

ko’ra hisobga olingan moliyaviy aktivlar yoki nomoddiy aktivlar; 

(n)  qarzlar bo’yicha xarajatlar; 

(o)  xaridorlardan aktivlarni o’tkazish; 

(p)  moliyaviy  majburiyatlarni  ularning  o’rniga  ulushli  instrumentlarni  berish 

orqali so’ndirish; 

(r)  kuchli giperinflyatsiya; 

(s)  birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar; va 



 

 

24 



 

(t) konni ochiq usulda qazish bosqichidagi tozalash xarajatlari. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  istisnolarni  o’xshashlik  asosida  boshqa 

moddalarga nisbatan qo’llamasligi kerak. 

(a)  MHXS 9 bo’yicha qiyosiy ma’lumotlarni qayta hisoblash talabidan istisno;  

(b)  moliyaviy instrumentlar to’g’risida ochib beriladigan ma’lumotlar;  

(v)  xodimlarning daromadlari ; 

 (g) investitsion tadbirkorlik sub’ektlari. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  MHXSlarga  o’tish  sanasida  MHXSlarga 

muvofiq  qilingan  taxminiy  baholashlari  ushbu  sanada  oldingi  BHUTlarga  muvofiq 

qilingan  taxminiy  baholashlariga  (hisob  siyosatlaridagi  farqlarni  aks  ettirish  uchun 

tuzatishlar  kiritilganidan  keyin)  mos  kelishi  kerak,  agar  bu  taxminiy  baholashlar 

noto’g’ri ekanligiga ob’ektiv dalil bo’lmasa. 

Tadbirkorlik  sub’ektining  MHXS  bo’yicha  birinchi  moliyaviy  hisobotlari 

kamida  uchta  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotni,  ikkita  foyda  yoki  zarar  va 

boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, ikkita alohida foyda yoki zarar 

to’g’risidagi  hisobotni  (agar  taqdim  qilinadigan  bo’lsa),  ikkita  pul  oqimlari 

to’g’risidagi  hisobotni  va  ikkita  kapitaldagi  o’zgarishlar  to’g’risidagi  hisobotni 

hamda  tegishli  izohlarni,  shu  jumladan  hamma  taqdim  qilinadigan  hisobotlarga 

qiyoslanadigan ma’lumotlarni, o’z ichiga olishi kerak.  

Tadbirkorlik sub’ekti oldingi BHUTlardan MHXSlarga o’tish uning hisobotida 

ko’rsatilgan  moliyaviy  holati,  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  va  pul  oqimlariga 

qanday ta’sir o’tkazganini tushuntirishi kerak. 

MHXS  bo’yicha  birinchi  moliyaviy  hisobotlari  quyidagilarni  o’z  ichiga  olishi 

kerak:  

(a)  quyidagi  sanalarning  ikkalasi  uchun  ham  hisobotlarda  oldingi  BHUTlarga 

mos  ravishda  aks  ettirilgan  kapital  bilan  MHXSlar  talablariga  muvofiq  bo’lgan 

kapital o’rtasidagi solishtirmani: 

MHXSlarga o’tish sanasi; va 



tadbirkorlik  sub’ektining  oldingi  BHUTlarga  mos  bo’lgan  oxirgi  yillik 

moliyaviy hisoboti taqdim qilingan eng so’nggi davrning oxiri. 

(b)  tadbirkorlik  sub’ektining  oxirgi  yillik  moliyaviy  hisobotlari  qamrab  olgan 

eng  so’nggi  davr  uchun  MHXSlarga  muvofiq  bo’lgan  jami  umumlashgan 

daromadning  solishtirmasi.  Bunday  solishtirma  aynan  o’sha  davr  uchun    oldingi 

BHUTlarga  muvofiq shakllangan jami  umumlashgan daromaddan,  yoki, tadbirkorlik 

sub’ekti  bunday  jami  umumlashgan  daromadni  oldin  hisobotlarda  ko’rsatmagan 

bo’lsa,  oldingi  BHUTlarga  muvofiq  shakllangan  foyda  yoki  zarardan  boshlanishi 

kerak. 


(v)  agar  tadbirkorlik  sub’ektining  MHXS  bo’yicha  moliyaviy  holat 

to’g’risidagi  boshlang’ich  hisobotida  qadrsizlanishdan  olingan  zarar  birinchi  marta 

tan olingan yoki qayta tiklangan bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga 

o’tish  sanasidan  boshlanadigan  davrda  ushbu  qadrsizlanishdan  olingan  zarar  tan 

olingan yoki qayta tiklanganida  MHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib 

berilishi talab qilingan ma’lumotlarni. 

Agar  tadbirkorlik  sub’ekti  o’zining  MHXS  bo’yicha  moliyaviy  holat 



 

 

25 



 

to’g’risidagi  boshlang’ich  hisobotida  asosiy  vositalar,  investitsion  mulk  yoki 

nomoddiy  aktivning  haqqoniy  qiymatini  ularning 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə