Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Minimum darajada, moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot quyidagi miqdorlarni 

aks ettiradigan satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini o’z ichiga olishi lozim: 

(a)  asosiy vositalar; 

(b)  investitsion mulk; 

(v)  nomoddiy aktivlar; 

(g)  moliyaviy  aktivlar  ((d),  (z)  va  (b)  larda  keltirilgan  miqdorlardan 

tashqari); 

(d)  ulushbay  ishtirok  etish  usulidan  foydalangan  holda  hisobga  olingan 

investitsiyalar; 

(e)  biologik aktivlar; 

(j) tovar-moddiy zaxiralar; 

(z)  savdo bo’yicha va boshqa debitorlik qarzlari; 

(i) naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari; 

(y)  MHXS 5 Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan 

faoliyatlar  ga  muvofiq  sotishga  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  aktivlar  va 

sotishga  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  hisobdan  chiqariladigan  moddalarning 

guruhlariga kiritilgan aktivlar jami;  

(k)  savdo bo’yicha va boshqa kreditorlik qarzlari; 

(l) zaxiralar; 

(m) moliyaviy  majburiyatlar  ((k)  va  (l)  larda  keltirilgan  miqdorlardan 

tashqari); 

(n)  BHXS  12  «Daromad  solig’i»  da  ta’riflanganidek,  joriy  soliq  bo’yicha 

majburiyatlar va aktivlar; 

(o)  BHXS  12da  ta’riflanganidek,  muddati  kechiktirilgan  soliq  majburiyatlari 

va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari; 

(p)  MHXS 5 ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan 

chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar; 

(r)  kapital tarkibida aks ettirilgan nazorat kuchiga ega bo’lmagan hissalar; va 

(s)  bosh  xo’jalik  sub’ektining  mulk  egalariga  tegishli  chiqarilgan  kapital  va 

zahiralar.

7

 

Xo’jalik  sub’ekti  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobot  satrlarida 

                                            

7

 



M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 

p.175.


 


 

 

33 



 

ko’rsatiladigan  qo’shimcha  moddalarini,  sarlavhalarni  va  jamilarni  taqdim  etishi 

lozim,  qachonki  bunday  taqdim  etish  xo’jalik  sub’ektining  moliyaviy  holatini 

tushunishda o’rinli bo’lsa. 

Agar  xo’jalik  sub’ekti  o’zining  moliyaviy  holati  to’g’risidagi  hisobotida  joriy 

va  uzoq  muddatli  aktivlarni  hamda  joriy  va  uzoq  muddatli  majburiyatlarni  alohida 

turkumlar  sifatida  aks  ettirsa,  u  muddati  kechiktirilgan  soliq  aktivlarini 

(majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim. 

Xo’jalik  sub’ekti  joriy  va  uzoq  muddatli  aktivlarni  hamda  joriy  va  uzoq 

muddatli  majburiyatlarni  o’zining  moliyaviy  holati  to’g’risidagi  hisobotida  alohida 

guruhlar  sifatida  taqdim  etishi  lozim,  likvidlilik  asosida  taqdim  etish  ishonchli  va 

o’rinliroq  bo’lgan  ma’lumotlarni  ta’minlaydigan  holat  bundan  mustasno.  Agar  bu 

istisno  qo’llanilsa,  xo’jalik  sub’ekti  barcha  aktivlarni  va  majburiyatlarni  ularning 

likvidliligi bo’yicha taqdim etishi lozim.    

Taqdim etishning qaysi usuli qabul qilinishidan qat’iy nazar, xo’jalik sub’ekti: 

(a) 


hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lmagan va 

(b) 


hisobot  davridan  so’ng  o’n  ikki  oydan  ortiq  bo’lgan  davr  mobaynida 

qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan miqdorlarni qamrab oladigan har bir aktiv 

va  majburiyatning  satrlarda  ko’rsatiladigan  moddasiga  nisbatan  o’n  ikki  oydan  ortiq 

davrdan  so’ng  qoplanadigan  yoki  hisob-kitob  qilinadigan  summani  oshkor  etishi 

lozim. 

Xo’jalik sub’ekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki: 

(a)  u  o’zining  odatiy  operatsion  tsikli  davomida  aktivni  pulga  aylantirishni 

mo’ljallagan bo’lsa, yoki uni sotishni yoki iste’mol qilishni rejalashtirsa; 

(b)  u asosan savdo uchun aktivni o’zida saqlasa; 

(v)  u  aktivni  hisobot  davridan  so’ng  o’n  ikki  oy  ichida  pulga  aylantirishni 

mo’ljallagan bo’lsa; yoki 

(g)  aktiv  (BHXS  7  da  ta’riflanganidek)  pul  mablag’lari  yoki  ularning 

ekvivalenti bo’lsa, bunda hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki oy mobaynida aktiv 

almashtirilishi  yoki  majburiyatni  so’ndirish  uchun    foydalanilishi  taqiqlanmagan 

bo’lsa. 

Xo’jalik  sub’ekti  boshqa  barcha  aktivlarni  uzoq  muddatli  sifatida  tasniflashi 

lozim. 

Xo’jalik sub’ekti majburiyatni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki: 

(a)  u  o’zining  odatiy  operatsion  tsikli  davomida  majburiyatni  so’ndirishni 

mo’ljallagan bo’lsa; 

(b)  u asosan savdo uchun majburiyatni o’zida saqlasa; 

(v)  majburiyat  hisobot  davridan  so’ng  o’n  ikki  oy  ichida  so’ndirilishi  lozim 

bo’lsa; yoki 

(g)  u  majburiyatning  so’ndirilishini  hisobot  davridan  so’ng  kamida  o’n  ikki 

oy  muddatga  uzaytirish  bo’yicha  shartsiz  huquqqa  ega  bo’lmasa.  Majburiyatning, 

kontragentning  hohishi  bo’yicha,  uni  ulushli  instrumentlar  chiqarish  orqali 

so’ndirilishiga  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan  shartlari,  uning  tasniflanishiga  ta’sir 

etmaydi. 

Xo’jalik  sub’ekti  boshqa  barcha  majburiyatlarni  uzoq  muddatli  sifatida 



 

 

34 



 

tasniflashi lozim. 

Xo’jalik sub’ekti, yoki  moliyaviy  holat to’g’risidagi  hisobotda  yoki  izohlarda, 

uning  faoliyatiga  to’g’ri  keladigan  ravishda  tasniflangan  va  aks  ettirilgan,  satrlarda 

ko’rsatiladigan  moddalarining  ikkilamchi  batafsilroq  qilib  tasniflangan  moddalarini 

oshkor etishi lozim. 

Ikkilamchi  tasniflashda  taqdim  etiladigan  tafsilot  darajasi  MHXSlarning 

talablariga  va  qamrab  olingan  moddalarning  kattaligi,  xususiyati  va  vazifasiga 

bog’liq  bo’ladi.  Oshkor  qilinadigan  ma’lumotlar  har  bir  modda  uchun  farqlanadi, 

masalan: 

(a) 

Asosiy vositalar BHXS 16 ga muvofiq turkumlarga  ajratiladi; 



(b) 

Debitorlik  qarzlari  xaridorlardan  (savdo  bo’yicha)  olinadigan  schyotlar, 

o’zaro  aloqador  tomonlardan  olinadigan  schyotlar,  bo’naklarga  va  boshqa  to’lov 

summalariga ajratiladi; 

(v) 

Tovar-moddiy zaxiralar, BHXS 2 “




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə