Standartlari


 BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

2.2. BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining 

mazmuni va qo’llanilishi 

Xo’jalik  sub’ektining  pul  oqimlari  to’g’risidagi  axborot,  moliyaviy 

hisobotlardan  foydalanuvchilar  uchun,  xo’jalik  sub’ektining  pul  mablag’lari  va 

ularning  ekvivalentlarini  hosil  qilish  qobiliyatiga  hamda  ushbu  pul  oqimlaridan 

foydalanish  ehtiyojlariga  baho  berish  asosi  sifatida  foydalidir.  Foydalanuvchilar 

tomonidan  iqtisodiy  qarorlar  qabul  qilinishi  uchun,  xo’jalik  sub’ektining  pul 

mablag’lari  va  ularning  ekvivalentlarini  hosil  qilish  qobiliyatiga  hamda  buning 

muddati va aniqligiga baho berish talab etiladi. 

Xo’jalik  sub’ekti  pul  oqimlari  to’g’risidagi  hisobotni  mazkur  Standartning 

talablariga  mos  ravishda  tayyorlab,  moliyaviy  hisobotlar  taqdim  etiladigan  har  bir 

davrda moliyaviy hisobotlarning ajralmas  qismi sifatida takdim etishi shart. 



 

 

40 



 

Pul  oqimlari  to’g’risidagi  hisobot  davr  davomidagi  pul  oqimlarini  operatsion, 

investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha tasniflangan holda ko’rsatishi kerak. 

Operatsion  faoliyat  natijasida  kelib  chiqadigan  pul  oqimlarining  summasi  - 

xo’jalik  sub’ekti,  moliyalashtirishning  tashqi  manbalariga  murojat  qilmasdan,    o’z 

operatsion  faoliyatidan  yuzaga  kelgan  qarzlarini  to’lash,  o’zining  operatsion 

faoliyatini  yurgizish  qobiliyatini  saqlash,  dividendlarni  to’lash  va  yangi 

investitsiyalar  qilish  uchun  yetarli  bo’lgan  pul  oqimlarini  qay  darajada  hosil 

qilganligini  aks  ettiruvchi  asosiy  ko’rsatkichdir.  Operatsion  faoliyatidan  oldingi 

davrlarda  kelib  chiqqan    pul  oqimlarining  alohida  tarkibiy  qismlari  to’g’risidagi 

ma’lumot,  boshqa  ma’lumotlar  bilan  birgalikda,  operatsion  faoliyat  bo’yicha  hosil 

bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir. 

Operatsion  faoliyat  bo’yicha  pul  oqimlari  asosan  xo’jalik  sub’ektining  asosiy 

daromad  keltiruvchi  faoliyatidan  kelib  chiqadi.  Binobarin,  ular  asosan  foyda  yoki 

zararni shakllantiradigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. 

Operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlariga quyidagilar kiradi:  

(a) 

tovarlarni  sotish  va  xizmatlarni  ko’rsatishdan  kelib  tushgan  pul 



mablag’lari; 

(b) 


royalti,  xizmatlar  haqi,  komission  to’lovlar  va  boshqa  daromadlar 

qo’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari; 

(v) 

mol etkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar; 



(g) 

hodimlarga va xodimlar nomidan to’lovlar; 

(d) 

sug’urta  tashkilotining  sug’urta  polislari  bo’iycha  mukofotlari  va 



talablarlari,  annuitetlar  va  boshqa  sug’urta  to’lovlari  bo’yicha  pul  tushumlari  va  pul 

to’lovlari; 

(e) 

daromad  solig’i  bo’yicha  to’lovlar  hamda  soliqlarning  qaytarilishi,  agar 



ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog’liq bo’lmasa; va 

(j) 


vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo’yicha 

pul tushumlari va to’lovlari. 

Asosiy  vositani  sotish  kabi  ayrim  operatsiyalar,  tan  olinadigan  foyda  yoki 

zararga kiritiladigan foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalarga 

taaluqli pul oqimlari investitsion faoliyatdan pul oqimlari bo’lib hisoblanadi. Ammo, 

BHXS  16  “



Asosiy  vositalar

”da ta’kidlanishicha,  ijaraga berish  va keyinchalik sotish 

uchun  mo’ljallangan  aktivlarni  ishlab  chiqarish  yoki  sotib  olish  uchun  qilinadigan 

to’lovlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida xizmat qiladi. Bunday 

aktivlarni  ijaraga  berish  va  keyinchalik  sotishdan  olinadigan  pul  tushumlari  ham 

operatsion faoliyatga tegishli pul oqimlaridir. 

Xo’jalik  sub’ekti  quyidagilardan  birini  qo’llagan  holda  operatsion  faoliyati 

bo’yicha pul oqimlarini hisobotda ko’rsatishi kerak:  

(a) 

bevosita    usul,  bunda  yalpi  pul  tushumlari  va  yalpi  pul  to’lovlarining 



asosiy toifalari ko’rsatiladi ; yoki 

(b) 


bilvosita  usul.  Bu  usulda  foyda  yoki  zarar  pulga  daxli  bo’lmagan 

operatsiyalarning  va    o’tgan  yoki  kelgusi  davr  operatsion  pul  tushumlari  yoki 

to’lovlarining  har  qanday  kechiktirilishi  yoki  hisoblanishining  natijalarini,  hamda 

investitsion  yoki  moliyaviy  pul  oqimlari  bilan  bog’liq  daromad  yoki  harajatlarni 




 

 

41 



 

hisobga olgan holda to’g’rilanadi. 

Investitsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini alohida oshkor etish muhimdir, 

chunki  bunday  pul  oqimlari  kelajakdagi  daromad  va  pul  oqimlarini  olish  uchun 

mo’ljallangan resurslar uchun qancha harajatlar sarflanganini aks ettiradi. Moliyaviy 

holat  to’g’risidagi  hisobotda  aktiv  tan  olinishiga  olib  keladigan  harajatlargina 

investitsion  faoliyat  sifatida  tasniflanishi  mumkin.  Investitsion  faoliyat  natijasida 

kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan:  

(a) 

asosiy  vositalar,  nomoddiy  aktivlar  va  boshqa  uzoq  muddatli  aktivlarni 



sotib  olish  uchun  qilingan  to’lovlar.  Bu  to’lovlarga,  shuningdek,  tajriba-

konstruktorlik ishlariga ajratilgan va kapitallashtiriladigan xarajatlar va o’z ehtiyojlari 

uchun (xo’jalik hisobi usulida) qo’rilgan asosiy vositalar bo’yicha to’lovlar kiradi; 

(b) 


asosiy  vositalar,  nomoddiy  aktivlar  va  boshqa  uzoq  muddatli  aktivlarni 

sotishdan kelgan pul tushumlari; 

(v) 

boshqa  xo’jalik  sub’ektlarining  ulushli  yoki  qarz  instrumentlarini  sotib 



olish  hamda    qo’shma  korxonalarda  ulushga  ega  bo’lish  uchun  amalga  oshirilgan 

to’lovlar  (pul  mablag’lari  ekvivalentlari  bo’lib  hisoblanadigan  yoki  vositachilik  va 

oldi-sotdi uchun mo’ljallangan instrumentlar uchun qilingan to’lovlardan tashqari); 

(g) 


boshqa xo’jalik sub’ektlarining ulushli yoki qarz qarz instrumentlarini va 

qo’shma korxonalardagi  ulushlarni sotishdan kelgan pul  tushumlari (pul  mablag’lari 

ekvivalentlari  bo’lib  hisoblanadigan  yoki  vositachilik  va  oldi-sotdi  uchun 

mo’ljallangan instrumentlar bo’yicha kelgan tushumlardan tashqari); 

(d) 

boshqa  tomonlarga  berilgan  bo’naklar  va  qarzlar  (moliyaviy  institutlar 



tomonidan berilgan bo’naklar va qarzlardan tashqari); 

(e) 


boshqa  tomonlarga  berilgan  bo’naklar  va  qarzlarning  qaytarilishi 

natijasidagi  pul  tushumlari  (moliyaviy  institutlar  tomonilan  berilgan  bo’naklar  va 

qarzlardan tashqari); 

(j) fyuchers  shartnomalari,  forvard  shartnomalari,  optsion  shartnomalari  va 

svop shartnomalari bo’yicha pul to’lovlari, bundan bu shartnomalar vositachilik yoki 

oldi-sotdi  uchun  mo’ljallangan  holatlar  ,  yoki  to’lovlar  moliyaviy  faoliyat  sifatida 

tasniflanadigan holatlar mustasno; va 

(z) 


fyuchers  shartnomalari,  forvard  shartnomalari,  optsion  shartnomalari  va 

svop  shartnomalari  bo’yicha  pul  tushumlari,  bundan  bu  shartnomalar  vositachilik 

yoki  oldi-sotdi  uchun  mo’ljallangan  holatlar,  yoki  to’lovlar  moliyaviy  faoliyat 

sifatida tasniflanadigan holatlar mustasno. 

Shartnoma muayyan pozitsiyani xejlash sifatida hisobga olinganida, shartnoma 

bo’yicha pul oqimlari xejlanuvchi pozitsiya bo’yicha pul oqimlari bilan bir xil tarzda 

tasniflanadi.  

Moliyaviy  faoliyatdan  kelib  chiqadigan  pul  oqimlarini  alohida  ko’rsatish 

muhimdir,  chunki  bu  xo’jalik  sub’ektini  moliyalashtiradigan  tomonlar  kelgusi  pul 

oqimlariga  bo’lgan  talablarni  oldindan  bilishi  uchun  foydalidir.  Moliyaviy  faoliyat 

natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan:  

(a) 


aktsiyalar yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan keladigan pul 

tushumlari; 

(b) 

xo’jalik sub’ektining aktsiyalarini sotib olish yoki muomaladan chiqarish 




 

 

42 



 

uchun mulk egalariga to’lovlar; 

(v) 

qarz  majburiyatlarini  chiqarish,  qarzlar  berish,  veksellar,  obligatsiyalar, 



ipotekalar  va  boshqa  qisqa  muddatli  yoki  uzoq  muddatli  qarz  majburiyatlarini 

chiqarishdan olingan pul tushumlari; 

(g) 

qarzlar bo’yicha to’lovlar; va 



(d)  ijaraga  oluvchi  tomonidan  moliyaviy  ijara  bo’yicha  majburiyatini 

kamaytirish uchun




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə