Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 

Xo’jalik  sub’ekti  investitsion  va  moliyaviy  faoliyatlardan  kelib  chiqadigan 

yalpi  pul  tushumlari  va  yalpi  pul  to’lovlarining  asosiy  toifalarini  hisobotda  alohida 

ko’rsatishi kerak. 

Quyidagi  operatsion,  investitsion  yoki  moliyaviy  faoliyatlar  bo’yicha  kelib 

chiqadigan pul oqimlari hisobotda sof asosda ko’rsatilishi mumkin:  

(a) 

mijozlar nomidan olingan pul tushumlari va amalga oshirilgan to’lovlar, 



agar  pul  oqimlari  xo’jalik  sub’ektning  emas,  balki  mijozning  faoliyatini  aks  ettirsa; 

va 


(b) 

tez aylanadigan, katta miqdorlardagi va so’ndirish muddati qisqa bo’lgan 

moddalar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari. 

Moliyaviy  institutning  quyidagi  faoliyatlaridan  kelib  chiqadigan  pul  oqimlari 

hisobotda sof asosda ko’rsatilishi mumkin: 

(a) 


so’ndirish sanasi qat’iy belgilangan omonatlarni qabul qilish va qaytarib 

berish bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari; 

(b) 

boshqa  moliyaviy  institutlarda  omonatlarni  joylashtirish  va  qaytarib 



olish; va 

(v) 


mijozlarga  ajratilgan  bo’naqlar  va  kreditlar  hamda  bo’naklar  va 

kreditlarning qaytarilishi. 

Chet  el  valyutasidagi  operatsiyalar  natijasida  kelib  chiqadigan  pul  oqimlari, 

ushbu  pul  oqimi  sanasidagi  xo’jalik  sub’ektining  funktsional  valyutasi  bilan  chet  el 

valyutasi  orasidagi  ayirboshlash  kursini  chet  el  valyutasi  summasiga  ko’paytirgan 

holda xo’jalik sub’ektining funktsional valyutasida aks ettirilishi lozim. 

Xorijiy  sho’’ba  xo’jalik  sub’ektining  pul  oqimlari,  ushbu  pul  oqimlari 

sanasidagi  funktsional  valyuta  bilan  chet  el  valyutasi  orasidagi  ayirboshlash  kursi 

bo’yicha funktsional valyutasiga o’tkazilishi (qayta hisoblanishi) lozim. 

Chet  el  valyutasida  aks  ettirilgan  pul  oqimlari  BHXS  21  “Valyutani 

ayirboshlash  kurslaridagi  o’zgarishlarning  ta’siri”ga  muvofiq  tarzda  taqdim  qilinadi. 

Bunda  haqiqatdagi  kursga  taxminan  teng  bo’lgan  ayirboshlash  kursini  qo’llashga 

ruxsat  etiladi.  Masalan,  chet  el  valyutasidagi  operatsiyalarni  aks  ettirish  yoki  chet  el 

shu’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazish 

uchun ma’lum davr uchun o’rtacha tortilgan ayirboshlash kursi qo’llanilishi mumkin. 

Biroq,  BHXS  21-ga  muvofiq  chet  el  sho’’ba  xo’jalik  sub’ektining  pul  oqimlarini 

funktsional  valyutaga  o’tkazishda  hisobot  davrining  ohiridagi  ayirboshlash  kursini 

qo’llashga ruhsat etilmaydi. 

Olingan va to’langan foizlar va dividendlar ko’rinishidagi pul oqimlarining har 

biri  alohida  aks  ettirilishi  lozim.  Ularning  har  biri  davrdan  davrga  izchil  ravishda 

operatsion,  investitsion  yoki  moliyaviy  faoliyatga  tegishli  pul  oqimi  sifatida 



 

 

43 



 

tasniflanishi lozim. 

Daromad soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ko’rsatilishi 

va  operatsion  faoliyat  natijasidagi  pul  oqimlari  sifatida  tasniflanishi  lozim,  agar  ular 

moliyaviy va investitsion faoliyatlariga mahsus bog’liq bo’lmasa. 

Qaram  xo’jalik  jamiyati,  qo’shma  korxonasi  yoki  shu’balarga  qilingan 

investitsiyalar  hisobi  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  yoki  tannarx  bo’yicha 

hisobga olish  usulini qo’llagan holda olib borilsa, investor pul oqimlari to’g’risidagi 

hisobotda faqat uning o’zi va investitsiya ob’ekti o’rtasidagi pul oqimlarini,  masalan 

dividendlar va bo’naklarni, ko’rsatishi bilan chegaralanadi. 

Xo’jalik sub’ekti, hisobot davri davomida, umumiy summada, shu’ba xo’jalik 

sub’ektlari  yoki  boshqa  korxonalarda  nazoratni  qo’lga  kiritish  hamda  yo’qotish 

bo’yicha quyidagilarning har birini oshkor etishi lozim:  

(a) 


investitsiya uchun umumiy to’langan yoki olingan tovon; 

(b) 


ushbu tovonning pul  mablag’lari  va pul ekvivalentlaridan tashkil topgan 

qismi; 


(v) 

nazorati  qo’lga  kiritilgan  yoki  yo’qotilgan  shu’ba  xo’jalik  sub’ektlari 

yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari summasi; va 

(g) 


nazorati  qo’lga  kiritilgan  yoki  yo’qotilgan  shu’ba  xo’jalik  sub’ektlari 

yoki  boshqa  korxonalaridagi  pul  mablag’lari  va  ularning  ekvivalentlaridan  tashqari 

aktivlar va majburitlar summasi, asosiy toifalari bo’yicha jamlangan holda. 

Pul  mablag’lari  yoki  ularning  ekvivalentlaridan  foydalanishni  taqozo 

etmaydigan  investitsion  va  moliyaviy  operatsiyalar  pul  oqimlari  to’g’risidagi 

hisobotda  aks  ettirilmaydi.  Bunday  operatsiyalar  moliyaviy  hisobotlarning  boshqa 

joyida    ushbu  investitsion  va  moliyaviy  faoliyatlar  to’g’risida  barcha  tegishli 

ma’lumotlarni aks ettiradigan tarzda oshkor etilishi lozim. 

Xo’jalik sub’ekti pul va pul ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini oshkor etishi 

va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotidagi summalarning moliyaviy holat to’g’risidagi 

hisobotda  aks  ettirilgan  ekvivalent  moddalari  bilan  solishtirmasini  taqdim  etishi 

lozim. 


Xo’jalik  sub’ekti  rahbariyat  izohlari  bilan  birgalikda,  xo’jalik  sub’ektida 

mavjud  bo’lgan,  ammo  guruh  tomonidan  foydalanish  imkoni  bo’lmagan  katta 

miqdordagi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari summasini oshkor etishi lozim. 

 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə