Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 

 


 

372 


 

 

KIRISh 



 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  xalqaro  hisob  tizimi  taraqqiy 

ettirilishida  buxgalteriya  hisobining  xalqaro  standartlari  (BHXS)  muhim  o‘rin  tutadi. 

BHXSlar    mamlakatlar  o‘rtasidagi  hamkorlikni,  jumladan  iqtisodiy  munosabatlarni 

rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida 

xizmat  qilmoqda.    Shuning  uchun  ham  kun  sayin  xalqaro  standartlarni  e’tirof  etuvchi 

mamlakatlar  soni  oshib  bormoqda.  O‘zbekiston  Respublikasi  ham  BHXSga  o‘tishning 

o‘ziga xos yo‘lini tanladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  24  apreldagi  PF-4720-sonli 

“Aksiyadorlik  jamiyatlarida  zamonaviy  korporativ  boshqaruv  uslublarini  joriy  yetish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoniga  asosan,  2015-2018  yillarda  barcha 

aksiyadorlik  jamiyatlari  yillik  moliyaviy  hisobotni  nashr  etishi  va  Xalqaro  audit 

standartlari  hamda  Xalqaro  moliyaviy  hisobot  standartlariga  muvofiq  tashqi  auditni 

o‘tkazishi  va  aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  va 

korporativ  boshqaruv  tizimini  takomillashtirish  komissiyasi  2015  yilning  1  iyuliga 

qadar  aksiyadorlik  jamiyatlarining  yillik  moliyaviy  hisobotini  xalqaro  standartlarga 

muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan. 

Bundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi 

PQ-2454-sonli    “Aksiyadorlik  jamiyatlariga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish 

borasidagi  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Qaroriga  asosan,  aksiyadorlik 

jamiyatlarining  ustav  kapitaliga  15  foizdan  kam  bo‘lmagan  miqdorda  xorijiy 

investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda,  aksiyadorlik  jamiyatlarida  moliyaviy 

hisobotni  tuzish  va  taqdim  etish  moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari  asosida 

tuzilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aksiyadorlik jamiyatlarining 

moliyaviy  hisobotlarini  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  tushunishiga  va  ishonch  hosil  qilish 

lozimligiga erishadi. 

O‘zbekiston Respublikasida Moliyaviy  hisobotning  xalqaro standartlari bo‘yicha 

612  ta  aksiyadorlik  jamiyati  bo‘lib,  ularning  moliyaviy  hisobotlari  auditorlik 

tashkilotlari tomonidan transformatsiya qilinib, elektorn saytlarida e’lon qilingan hamda 

investorlarning  ishonchini  oqlash  maqsadida  xalqaro  standartlar  asosida  tayyorlangan 

hisobotlar  jahon  tili  –  ingliz  tilida  tarjima  qilinib,  2016  yildan  boshlab  amalga  oshirib 

kelinmoqda.  Respublikamizda  bu  yangi  bosqich  bo‘lganligi  sababli,  MHXS  1 

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta   qo’llash” 

nomli 

standartiga  asosan  tranformatsiya  jarayonlari  amalga  oshirildi.  Shu  sababli,  ushbu 



masalalar  to‘plamida  talabalar  amaliy  jarayonlarni  o‘rganish  maqsadida  bilimlarni 

oshirib borish imkoniyati yuzaga keladi. 




 

373 



Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə