Standartlari


  BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS)



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2.4.  BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS) 

21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari” 

BHXS  (IAS)  10  “Hisobot  davridan  keyingi  hodisalar”  standartining  maqsadi 

quyidagilarni belgilashdan iboratdir:  

(a) xo’jalik sub’ekti o’z hisobotlariga hisobot davridan keyingi hodisalar uchun 

tuzatishlar kiritishi kerak bo’lgan paytni; va  

(b)    xo’jalik    sub’ekti  tomonidan  uning  moliyaviy  hisobotlarini  e’lon  qilish 

uchun  tasdiqlash  sanasi  hamda  hisobot  davridan  keyingi  hodisalar  haqida  oshkor 



 

 

49 



 

etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar.    

Ushbu  Standart,  agar    hisobot  davridan  keyingi  hodisalar  faoliyat  uzluksizligi 

to’g’risidagi  farazning  xo’jalik  sub’ekti  uchun  o’rinli  emasligini  ko’rsatsa,  bunday 

xo’jalik  sub’ektining    moliyaviy  hisobotlari  faoliyat  uzluksizligi  asosida 

tayyorlanmasligini ham talab etadi. 

BHXS  (IAS)  10  “Hisobot  davridan  keyingi  hodisalar”  nomli  standart  hisobot 

davridan keyingi hodisalarni hisobga olishda va ularni oshkor etishda qo’llaniladi. 

Ba’zi  hollarda,  xo’jalik  sub’ekti  o’z  moliyaviy  hisobotlarini  moliyaviy 

hisobotlar  e’lon  qilinganidan  so’ng  aktsiyadorlarning  tasdig’iga  havola  etishi  talab 

qilinadi.  Bunday  hollarda,  aktsiyadorlar  moliyaviy  hisobotlarni  tasdiqlagan  sanasida 

emas,  balki  moliyaviy  hisobotlar  e’lon  qilingan  sanasida  ular  e’lon  qilish  uchun 

tasdiqlangan bo’lib hisoblanadi. 

Misol.  Xo’jalik  sub’ektining  rahbariyati  20X1  yilning  31  Dekabr  holatiga 

bo’lgan  moliyaviy  hisobotlarning  dastlabki  to’plamini    20X2  yilning  28  Fevralida 

yakunladi. 20X2 yilning 18 Martida Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarni ko’rib 

chiqdi  va  ularning  e’lon  qilinishini  tasdiqladi.    Xo’jalik  sub’ekti  o’z  foydasini  va 

boshqa  tanlangan  moliyaviy  ma’lumotlarni  20X2  yilning  19  Martida  e’lon  qildi.  

Moliyaviy  hisobotlar  aktsiyadorlar  va  boshqalar  e’tiboriga  20X2  yilning  1  Aprelida 

taqdim  etildi.  Aktsiyadorlar  moliyaviy  hisobotlarni  20X2  yilning  15  Mayida 

o’tkazilgan aktsiyadorlarning  yillik  yig’ilishida tasdiqladi  va tasdiqlangan  moliyaviy 

hisobotlar tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X2 yilning 17 Mayida topshirildi.  

20X2  yilning  18  Martida  moliyaviy  hisobotlarning  e’lon  qilinishi  tasdiqlandi 

(Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishini tasdiqlagan sana).



 

Ba’zi  hollarda,  xo’jalik  sub’ektining  rahbariyati    moliyaviy  hisobotlarni 

(ijrochi  bo’lmagan  shaxslardangina  tashkil  topgan)  kuzatuv  kengashiga,  moliyaviy 

hisobotlar  ular  tomonidan  tasdiqlanishi  uchun,  taqdim  etishi  talab  qilinadi.  Bunday 

hollarda,  rahbariyat  moliyaviy  hisobotlarni    kuzatuv  kengashiga  taqdim  etilishini 

tasdiqlagan  sana  moliyaviy  hisobotlarni  e’lon  qilish  uchun  tasdiqlash  sanasi  bo’lib 

hisoblanadi.   

Xo’jalik  sub’ekti  tuzatishlar  kiritilishini  talab  etadigan  hisobot  davridan 

keyingi  hodisalarni  aks  ettirish  maqsadida  o’z  moliyaviy  hisobotlarida  tan  olingan 

summalarga tuzatishlarni kiritishi shart.   

Quyida  xo’jalik  sub’ektidan  o’z  moliyaviy  hisobotlarida  tan  olingan 

summalarga  tuzatishlar  kiritishni,  yoki  oldin  tan  olinmagan  moddalarni  tan  olishni  

talab qiladigan  hisobot davridan keyingi hodisalarga misollar keltirilgan:  

(a)  Xo’jalik  sub’ektining  hisobot  davrining  yakunida  joriy  majburiyati  bor 

bo’lganligini  tasdiqlagan,  sud  ishining  hisobot  davridan  keyin  hal  bo’lishi.  Xo’jalik 

sub’ekti ushbu sud ishi yuzasidan oldin tan olingan har qanday zaxiralarga MHXS 37 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə