Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

  

Misol.


 

Kompaniya  funktsional  valyutasi  sh.b.  Kompaniya  ishlab  chiqarish 

uskunasini  xorijiy  hamkordan  sotib  olmoqda.  Uskuna  qiymati  100000  dollar.  1 

dekabr  20____  yilda  kompaniya  shartnoma  shartiga  ko’ra  oldindan  50%  to’lovni 

amalga  oshirdi.  20  dekabrda  kompaniya  uskunani  olib  keldi.  Uskunaning  qolgan 

summasi 20____ yil yanvarda kompaniya tomonidan to’lanadi. 

Sh.b.ning dollarga nisbatan kursi sanalar bo’yicha quyidagicha: 

1 dekabr 20____ yilda 1.20 sh.b. 

20 dekabr 20____ yilda 1.22 sh.b.  

31 dekabr 20____ yilda 1.23 sh.b. 

1 dekabr 20____ yildagi provodka: 

Dt Asosiy vositalarni sotib olish uchun avanslar (M1010) 60000 




 

 

55 



 

      Kt Valyuta schyoti (M5200)                          60000 

100000 x 50% x 1.2 = 60000 sh.b. 

20 dekabr 20____ yildagi provodka: 

Dt Asosiy vositalar (M0100)     121000 

     Kt Asosiy vositalarni sotib olish uchun avanslar (M1010)  60000 

     Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar (M6010) 61000 

Asosiy  vositalarni  sotib  olish  uchun  mol  yetkazib  beruvchilarga  avanslar 

nomonetar  moddalar  hisoblanadi  va  shu  sababli  xorijiy  valyutadagi  mablag’ni  uni 

almashtirish kursi bo’yicha tarixiy qiymatda aks ettiriladi. 

 31 dekabr 20____ yildagi provodka: 

Dt Valyuta kursi farqidan zarar (M9620)   500 

      Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar (M6010)  500 

10000 x 50% x (1.23-1.22) = 500 sh.b. 

Mol  yetkazib  beruvchilarga  to’lanadigan  schyotlar  monetar  moddalar 

hisoblanadi  va  shu  sababli  xorijiy  valyutadagi  mablag’ni  uni  yopiladigan  kursi 

bo’yicha qiymatda aks ettiriladi. 

Tashkilot  o’zining  moliyaviy  hisobotlarini  har  qanday  valyutada  (yoki 

valyutalarda)  taqdim  etishi  mumkin.  Agarda  taqdim  qilish  valyutasi  tashkilotning 

funktsional  valyutasidan  farq  qilsa,  u  o’zining  faoliyat  natijalarini  va  moliyaviy 

holatini  taqdim  qilish  valyutasiga  o’tkazadi.  Masalan,  guruh  turli  funktsional 

valyutalarga  ega  alohida  tashkilotlaridan  iborat  bo’lsa,  har  bir  tashkilotning  faoliyat 

natijalari  va  moliyaviy  holati  umumiy  valyutada  ifodalanadi  va  buning  natijasida 

jamlangan moliyaviy hisobotlar taqdim etilishi mumkin.  

Funktsional  valyutasi  giperinflyatsiya  iqtisodiyotining  valyutasi  bo’lmagan 

tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati quyidagi tartiblardan foydalangan 

holda boshqa taqdim qilish valyutasiga o’tkazilishi lozim:  

(a) 


taqdim  etiladigan  har  bir  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobot  uchun 

aktivlar  va  majburiyatlar  (ya’ni,  jumladan  qiyosiy  ma’lumotlar)  ushbu  moliyaviy 

holat to’g’risidagi hisobot sanasidagi oxirgi kursda o’tkazilishi lozim; 

(b) 


foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadni aks ettiradigan har 

bir  hisobot    uchun  daromad  va  xarajatlar  (ya’ni,  jumladan  qiyosiy  ma’lumotlar) 

operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslarida o’tkazilishi lozim; va 

(v) 


barcha  natijaviy  kurs  farqlari  boshqa  umumlashgan  daromadda  tan 

olinishi lozim. 

Amaliy  sabablar  uchun,  operatsiyalar  sanalaridagi  valyuta  kurslariga  yaqinroq 

kurs,  masalan  davr  uchun  o’rtacha  kurs,  ko’p  hollarda  daromad  va  xarajat 

moddalarini  o’tkazishda  foydalaniladi.  Biroq,  agarda  valyuta  kurslari  sezilarli  tarzda 

tebransa, davr uchun o’rtacha kursdan foydalanish noo’rindir. 

Kurs farqlari quyidagilardan yuzaga keladi:  

(a) 


daromad  va  xarajatlarni  operatsiyalar  sanalaridagi  valyuta  kurslarida  va 

aktiv va majburiyatlarni oxirgi kurslarda o’tkazish. 

(b) 

boshlang’ich  sof  aktivlarni  oldingi  oxirgi  kursdan  farq  qiladigan  oxirgi 



kursda o’tkazish. 

 

Funktsional  valyutasi  giperinflyatsiya  iqtisodiyotining  valyutasi  bo’lgan 




 

 

56 



 

tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati quyidagi tartiblardan foydalangan 

holda boshqa taqdim qilish valyutasiga o’tkazilishi lozim:  

(a) 


barcha  summalar  (ya’ni  aktivlar,  majburiyatlar,  kapital  moddalar, 

daromad  va  xarajatlar,  jumladan  qiyosiy  ma’lumotlar)  moliyaviy  holat  to’g’risidagi 

eng  yaqin  hisobot  sanasidagi  oxirgi  kursda  o’tkazilishi  lozim,  bundan  quyidagi 

mustasno 

(b) 

summalar  nogiperinflyatsiya  iqtisodiyotining  valyutasiga  o’tkazilganda, 



qiyoslanuvchan summalar summategishli o’tgan yilning moliyaviy hisobotlarida joriy 

yil  summalarisumma  sifatida  taqdim  etilgan  summalar  summa  bo’lishi  lozim  (ya’ni 

narx  darajasidagi  keyingi  o’zgarishlarga  yoki  valyuta  kurslaridagi  keyingi 

o’zgarishlarga to’g’rilanmagan). 

Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim: 

(a) 


foyda yoki zararda tan olingan kurs farqlarining summasi, bunda MHXS 

9  ga  muvofiq  foyda  yoki  zarar  orqali  haqqoniy  qiymatda  baholangan  moliyaviy 

instrumentlardan yuzaga keladigan kurs farqlaridan tashqari; va 

(b)


  boshqa  umumlashgan  daromadda  tan  olingan  va  kapitalning  alohida  tarkibiy 

qismida yig’ilgan sof kurs farqlari, shu bilan birga bunday kurs farqlari summasining 

davr boshidagi va oxiridagi solishtirmasi. 

 

 



 

 

 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə