Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 

 

 


 

 

57 



 

3- MAVZU. TUShUMLARNI HISOBGA OLUVChI 

STANDARTLARINING TAVSIFI 

 

3.1. BHXS (IAS) 11 “Qurilish shartnomalari” 

BHXS (IAS) 11 “Qurilish Shartnomalari” nomli standartning  maqsadi qurilish 

shartnomalari  bilan  bog’liq  daromadlar  va  harajatlarning  buxgalteriya  hisobini 

belgilashdan  iboratdir.    Qurilish  shartnomalari  asosida  amalga  oshiriladigan 

faoliyatning  o’ziga  xos  xususiyatlari  tufayli  shartnoma  bo’yicha  faoliyatning 

boshlanishi  sanasi  va  tugashi  sanasi  odatda  har  xil  hisobot  davrlariga  to’g’ri  keladi. 

Shuning uchun, qurilish shartnomalarini hisobga olishning asosiy vazifasi shartnoma 

bo’yicha  daromadlar  va  harajatlarni  qurilish  ishlari  amalga  oshiriladigan  hisobot 

davrlarida  to’g’ri  taqsimlashdir.  Qurilish  shartnomasi  bo’yicha  daromadlar  va 

harajatlar  umumlashgan  daromad  to’g’risidagi  hisobotda  qachon  tan  olinishi 

kerakligini  aniqlash  uchun  mazkur  Standartda  Moliyaviy  hisobotlarni  tayyorlash  va 

taqdim  etishning  Kontseptual  Asosi  da  belgilangan  tan  olish  mezonlaridan 

foydalaniladi.  Shuningdek,  ushbu  mezonlarning  qo’llanishida  amaliy  yo’riqnomalar 

ham beriladi.   

Ushbu  Standartning  talablari  odatda  har  bir  qurilish  shartnomasiga  alohida 

qo’llaniladi.  Ammo,  muayyan  vaziyatlarda,  ushbu  Standartni  shartnoma  yoki 

shartnomalar  guruhining  mohiyatini  aks  ettirish  maqsadida  bitta  shartnomaning 

alohida  ajratiladigan  qismlariga  yoki  shartnomalar  guruhiga  nisbatan  qo’llash  talab 

etiladi. 

Agar  shartnoma  bo’yicha  bir  qancha  aktivlarning  qo’rilishi  ko’zda  tutilsa, 

quyidagi  hollarda  har  bir  aktivning  qurilishi  alohida  qurilish  shartnomasi  sifatida 

hisobga olinadi:  

(a) 

har bir aktiv uchun alohida takliflar berilganida; 



(b) 

har  bir  aktivning  qurilishi  shartlari  yuzasidan  alohida  muzokaralar  olib 

borilgan,  xamda  pudratchi  va  buyurtmachi  shartnomaning  har  bir  aktivga  tegishli 

bo’lgan qismini qabul qilish yoki rad etish imktniyatiga ega bo’lganida; va 

(v) 

har  bir  aktivga  tegishli  bo’lgan  harajatlar  va  daromadlarni  aniqlash 



mumkin bo’lganida. 

Shartnomalar  guruhi,  yagona  buyurtmachi  yoki  bir  qancha  buyurtmachilar 

bilan tuzilganidan qat’iy  nazar, quyidagi hollarda  yagona shartnoma sifatida hisobga 

olinadi:  

(a) 

shartnomalar guruhi yuzasidan yagona to’plam sifatida muzokaralar olib 



borilganida; 

(b) 


shartnomalar  shunchalik  bir  biriga  chambarchas  bog’langan  bo’lib, 

amalda  ular  umumiy  foyda  me’yoriga  ega  bo’lgan  yagona  loyihaning  bir  qismini 

tashkil qilganida; va 

(v) 


shartnomalar bir vaqtning o’zida yoki birin ketin amalga oshirilganida.   

 

Shartnoma  buyurtmachining  istagiga  ko’ra  qo’shimcha  aktivning 



qurilishini  ko’zda  tutishi  mumkin,  yoki  qo’shimcha  aktivning  qurilishi  uchun 

shartnomaga o’zgartirish kiritilishi mumkin. Qo’shimcha aktivning qurilishi quyidagi 

hollarda alohida qurilish shartnomasi sifatida hisobga olinishi kerak:  



 

 

58 



 

(a)  qo’shimcha aktiv dastlabki shartnomada ko’rsatilgan aktiv yoki aktivlardan 

o’zining loyihasi, texnologiyasi yoki vazifasi bilan jiddiy darajada farq qiladi; yoki 

(b)  qo’shimcha  aktivning  narxi  dastlabki  shartnoma  narxidan  qat’iy  nazar 

kelishiladi. 

 

Shartnoma bo’yicha daromadlar quyidagilardan tarkib topadi:  



(a)  shartnomada kelishilgan dastlabki summa; va 

(b)  shartnomada  ko’zda  tutilgan  ishlar  o’zgarishidan  olinadigan  daromadlar, 

da’volar va rag’batlantirish summalari: 

-   ular daromad olinishiga olib kelishi ehtimolligi bor darajada; va 

-   ularni ishonchli baholash mumkin bo’lgan darajada. 

Shartnoma  bo’yicha  daromad,    olingan  yoki  olinadigan  tovonning  haqqoniy 

qiymatida,  baholanadi.    Kelgusi  hodisalarning  natijasiga  bog’liq  bo’lgan  turli 

noaniqliklar  shartnoma  bo’yicha  daromadning  baholanishiga  ta’sir  qiladi.    Hodisalar 

ro’y berishi va noaniqliklar hal bo’lishi sari taxminiy baholashlar tez-tez qayta ko’rib 

chiqilishi talab etiladi.  Shu bois  ham, shartnoma bo’yicha daromadning summasi bir 

davrdan ikkinchi davrga o’tganda bir ko’payib bir kamayishi mumkin.  Masalan:  

(a)  pudratchi va buyurtmachi shartnoma dastlabki tuzilganidan keyin keladigan 

davrda  shartnoma  bo’yicha  daromadni  ko’paytiradigan  yoki  kamaytiradigan 

o’zgarishlarni yoki da’volarni kelishib olishi mumkin; 

(b)  narxi  qat’iy  belgilangan  shartnomada  kelishilgan  daromadning  summasi 

harajatlarning qayta ko’rib chiqilishi shartiga binoan ko’tarilishi mumkin; 

(v)  shartnoma bo’yicha daromadning summasi shartnomani bajarish davomida 

pudratchining  aybi  bilan  yo’l  qo’yilgan  kechiktirilishlar  tufayli  yuzaga  kelgan 

jarimalar natijasida kamayishi mumkin; yoki 

(g)  narxi  qat’iy  belgilangan  shartnoma  qurilish  ishlarining  birligi  bo’yicha 

qat’iy  belgilangan  narxni  ko’zda  tutsa,  shartnoma  bo’yicha  daromad  ishlar 

birliklarining soni oshgani sari ko’payib boradi.  

O’zgartirish  -  bu  shartnoma  bo’yicha  bajariladigan  ishlar  ko’lamiga 

o’zgartirish  kiritilishiga  buyurtmachi  tomonidan  berilgan  ko’rsatmadir.  O’zgartirish  

shartnoma  bo’yicha  daromadning  o’sishi  yoki  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin. 

O’zgartirish  misoli  bo’lib  shartnoma  muddatini  o’zgartirish  yoki  qurilish  ob’ektiga 

qo’yiladigan  texnik  talablarni  yoki  uning  loyihasini  o’zgartirish  xizmat  qiladi.  

O’zgartirish summasi quyidagi hollarda shartnoma bo’yicha daromadga kiritiladi:  

(a)  agar  o’zgartirish  va  o’zgartirish  natijasida  yuzaga  keluvchi  daromad 

summasi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va  

(b)  daromadning summasi ishonchli ravishda baholanishi mumkin bo’lsa. 

Da’volar  bo’yicha  daromadlar  -  bu  shartnoma  narxiga  kiritilmagan 

xarajatlarning  buyurtmachi  yoki  boshqa  shaxs  tomonidan  qoplanishi  sifatida 

pudratchi  tomonidan  olinishi  kutilayotgan  summa.    Da’vo  quyidagilar  natijasida 

yuzaga  kelishi  mumkin:  masalan,  buyurtmachining  aybi  bilan  yo’l  qo’yilgan 

kechiktirishlar,  qurilish  ob’ektiga  qo’yiladigan  texnik  talablardagi  yoki  uning 

loyihasidagi yo’l qo’yilgan xatolar, va shartnoma bo’yicha ishlarga tortishuvga sabab 

bo’ladigan  o’zgartirishlarni  kiritish.  Da’volar  natijasida  yuzaga  keluvchi  daromad 

summasi  yuqori  darajadagi  noaniqlik  bilan  baholanishi  mumkin,  va  ko’pincha 



 

 

59 



 

muzokaralar  natijasiga  bog’liq.  Shu  bois,  da’volar  shartnomala  bo’yicha 

daromadlarga faqat quyidagi hollarda kiritiladi:  

(a) 


muzokaralar  buyurtmachi  tomonidan  da’vo  qabul  qilinishini  kutish 

mumkin darajasiga yetganida; va 

(b) 

buyurtmachi  tomonidan  qabul  qilinishi  mumkin  bo’lgan  summa 



ishonchli darajada baholanishi mumkin bo’lganda. 

Rag’batlantirish  to’lovlari  shartnomada  belgilangan  ishlarni  bajarishning 

me’yoriy  ko’rsatkichlariga  erishilganda  yoki  oshirib  bajarilganda  pudratchiga 

to’lanadigan  qo’shimcha  summalardir.  Masalan,  pudratchiga  shartnomani 

muddatidan  oldin  bajargani  uchun  rag’balantirish  to’lovi  amalga  oshirilishi  

shartnomada ko’zda tutilishi mumkin. Rag’batlantirish to’lovlari shartnoma bo’yicha 

daromadga quyidagi hollarda kiritiladi:  

(a)  shartnoma,  unda  belgilangan  me’yoriy  ko’rsatkichlarga  erishilishi  yoki 

ularning  oshirib  bajarilishini  kutish  mumkin  bo’lgan,  u  bo’yicha  ishlar  tugallanishi 

darajasiga yetganida; va 

(b)  rag’batlantirish  to’lovi  summasini  ishonchli  darajada  baholash  mumkin 

bo’lganda. 

Shartnoma bo’yicha xarajatlar quyidagilardan tarkib topadi:  

(a)  muayyan shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar; 

(b)  shartnoma  bo’yicha  faoliyatga  umuman  taaluqli  bo’lgan  va  shartnoma 

qiymatiga taqsimlanishi mumkin bo’lgan xarajatlar; va 

(v)  shartnoma  shartlari  ostida  buyurtmachi  tomonidan  alohida  qoplanadigan 

kabi xarajatlar. 

Muayyan  shartnoma  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  xarajatlarga  quyidagilar 

kiradi:  

(a)  qurilishga  oid  mexnat  haqini  to’lash  bo’yicha  xarajatlar,  shu  jumladan 

qurilish maydonini kuzatish xarajatlari; 

(b)  qurilishda ishlatilgan xomashyo va materiallar; 

(v)  shartnomani bajarishda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi; 

(g)  asosiy  vositalarni  va  materiallarni  qurilish  maydoniga  olib  kelish  va  olib 

chiqish bo’yicha xarajatlar; 

(d)  asosiy vositalarning ijarasi bo’yicha xarajatlar; 

(e)  shartnoma  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  konstruktorlik  va  texnik  yordam 

bo’yicha xarajatlar; 

(j)  kamchiliklarni  yo’qotish  va  kafolatlangan  ishlar  hajmini  bajarish  bo’yicha 

taxminiy  baholangan  xarajatlar,  shu  jumladan  kafolatlangan  xizmat  ko’rsatish 

bo’yicha kutilayotgan xarajatlar; va 

(z)  uchinchi tomonlarning da’vo-e’tirozlari. 

Ushbu  xarajatlar  shartnoma  bo’yicha  daromadga  kiritilmagan  tasodifiy 

daromadlar  olinishi  natijasida  kamayishi  mumkin,  masalan,  ortiqcha  materiallarni 

sotishdan  olingan  daromadlar  yoki  shartnoma  muddati  tugagach  u  bo’yicha 

foydalanilgan asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar natijasida. 

Shartnoma  bo’yicha  faoliyatga  umuman  taaluqli  bo’lgan  va  muayyan 

shartnoma  qiymatiga  taqsimlanishi  mumkin  bo’lgan  xarajatlar  quyidagilarni  o’z 



 

 

60 



 

ichiga oladi:  

(a) 

sug’urta xarajatlari; 



(b) 

muayyan  shartnomaga  bevosita  tegishli  bo’lmagan  konstruktorlik  va 

texnik yordam bo’yicha xarajatlar; va 

(v) 


qurilish bo’yicha ustama xarajatlari. 

Bunday  xarajatlar  sistematik  va  ratsional  hamda  o’xshash  xususiyatlarga  ega 

bo’lgan  barcha  xarajatlarga  izchil  ravishda  qo’llaniladigan  usullar  yordamida 

taqsimlanadi. Xarajatlar qurilish ishlari bajarilishining normal sur’atlariga asoslangan 

holda  taqsimlanadi.  Qurilish  bo’yicha  ustama  xarajatlari,  masalan  qurilish  bo’yicha 

ishchilarga  to’lanadigan  ish  haqini  hisoblash  va  to’lov  qaydnomalarini  tayyorlashga 

oid  xarajatlarni,  o’z  ichiga  oladi.  Shartnoma  bo’yicha  faoliyatga  umuman  taaluqli 

bo’lgan  va  muayyan  shartnoma  qiymatiga  kiritilishi  mumkin  bo’lgan  xarajatlar 

qarzlar bo’yicha xarajatlarni qamrab oladi. 

Shartnoma  shartlari  ostida  buyurtmachi  tomonidan  alohida  qoplanadigan 

xarajatlar  shartnomada  qoplanishi  alohida  belgilangan  ba’zi  umumiy  ma’muriy 

xarajatlarni va tajriba-konstruktorlik xarajatlarini qamrab olishi mumkin. 

Shartnoma  bo’yicha  faoliyatga  taaluqli  bo’lmagan  yoki  muayyan  shartnoma 

qiymatiga  taqsimlab  kiritib  bo’lmaydigan  xarajatlar  qurilish  shartnomasi  bo’yicha 

xarajatlarga kiritilmaydi. Bunday xarajatlarni quyidagilarni o’z ichiga oladi:  

(a)  qoplanishi  shartnomada  alohida  belgilanmagan  umumiy  ma’muriy 

xarajatlar; 

(b)  sotish bo’yicha xarajatlar; 

(v)  qoplanishi  shartnomada  alohida  belgilanmagan  tadqiqot  va  tajriba-

konstruktorlik xarajatlari; va 

(g)  muayyan  shartnomani  bajarishda  foydalanilmagan  bekor  turgan  asosiy 

vosita. 


Shartnoma  bo’yicha  xarajatlar  shartnoma  tuzilishi  kafolatlangan  sanadan 

boshlab  shartnomani  to’liq  bajarishgacha  bo’lgan  davrda  shartnomaga  tegishli 

bo’lgan  xarajatlardan  tarkib  topadi.  Biroq,  shartnomaga  bevosita  bog’liq  bo’lgan 

xarajatlar va shartnoma tuzilishini kafolatlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar ham 

shartnoma  bo’yicha  xarajatlarning  bir  qismi  sifatida  hisobga  olinadi,  agar  ularni 

alohida  ajratish  va  ishonchli  darajada  baholash  mumkin  bo’lsa  hamda  shartnoma 

tuzilishining  ehtimoli  mavjud  bo’lsa.  Shartnomani  tuzish  uchun  amalga  oshirilgan 

sarflar  xarajatlar  sifatida  ular  amalga  oshirilgan  davrda  tan  olinganida,  ular  keyingi 

davrda shartnoma tuzilganidan keyin shartnoma bo’yicha xarajatlarga kiritilmaydi. 

Qurilish  shartnomasining  natijasi  ishonchli  ravishda  baholanishi  mumkin 

bo’lganida,  qurilish  shartnomasi  bilan  bog’liq  bo’lgan  shartnoma  daromadlari  va 

xarajatlari hisobot davri oxiridagi shartnoma bo’yicha qurilish ishlarining tugallanishi 

darajasi (foizi)ga bog’liq ravishda daromadlar va xarajatlar sifatida tan olinishi kerak. 

 

Narxi  qat’iy  belgilangan  qurilish  shartnomasining  natijasi  quyidagi  barcha 



shartlarga rioya etilganida ishonchli baholanishi mumkin:  

(a)  shartnoma 

bo’yicha  jami  daromad  summasi  ishonchli  darajada 

baholanganida; 

(b)  shartnoma  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy  naf  tashkilot  tomonidan  olinishi 



 

 

61 



 

ehtimoli mavjud bo’lganida; 

(v)  shartnomani 

to’liq  bajarish  bo’yicha  xarajatlarni  va  shartnoma 

bajarilishining  hisobot  davri  oxiridagi  darajasini  ishonchli  baholash  mumkin  bo’lsa; 

va 


(g)  shartnomaga  taaluqli  bo’lgan  xarajatlarni,  shartnoma  bo’yicha  haqiqatda 

amalga oshirilgan xarajatlarni oldingi taxminiy baholashlar bilan taqqoslash mumkin 

bo’ladigan darajada, aniqlash va ishonchli baholash mumkin bo’lsa. 

“Xarajatlar  plyus”  shartnomasining  natijasi  quyidagi  barcha  shartlarga  rioya 

etilganida ishonchli baholanishi mumkin:  

(a)  shartnoma  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy  naf  tashkilot  tomonidan  olinishi 

ehtimoli mavjud bo’lganida; va 

(b)  shartnomaga  taaluqli  bo’lgan  xarajatlarni,  ular  alohida  qoplanishi  yoki 

qoplanmasligidan qat’iy nazar, aniqlash va ishonchli baholash mumkin bo’lsa. 

Daromadlar  va  xarajatlarni  shartnomaning  tugallanishi  darajasiga  bog’liq 

ravishda tan olish tugallanish darajasi usuli deb yuritiladi. Bu usulga ko’ra shartnoma 

bo’yicha  daromadlar  shartnomaning  ma’lum  tugallanish  darajasiga  yetish  uchun 

shartnoma  bo’yicha    amalga  oshirilgan  xarajatlar  bilan  solishtiriladi,  buning 

natijasida  qurilish  ishlarining  tugallangan  qismiga  tegishli  bo’lishi  mumkin  bo’lgan 

daromadlar,  xarajatlar  va  foyda  mutanosib  ravishda  tan  olinadi.  Bu  usul  shartnoma 

bo’yicha qurilish ishlarining hajmi va faoliyat natijalari to’g’risida foydali  ma’lumot 

ta’minlaydi. 

Tugallanish  darajasi  usuli  qo’llanilganda  shartnoma  bo’yicha  daromadlar 

qurilish  ishlari  bajarilgan  hisobot  davrlarida  daromad  sifatida  foyda  yoki  zarar 

tarkibida  tan  olinadi.  Shartnoma  bo’yicha  xarajatlar  ular  tegishli  bo’lgan  qurilish 

ishlari  bajarilgan  hisobot  davrlarida  xarajat  sifatida  foyda  yoki  zarar  tarkibida, 

odatda, tan olinadi. 

Pudratchi  tomonidan  shartnoma  bo’yicha  kelgusi  faoliyatga  tegishli  bo’lgan 

xarajatlar  amalga  oshirilgan  bo’lshi  mumkin.  Bunday  xarajatlar  aktiv  sifatida,  agar 

ular  qoplanishining  ehtimoli  mavjud  bo’lsa,  tan  olinishi  kerak.  Bunday  xarajatlar 

buyurtmachidan  olinadigan  summani  ifoda  qilib,  ko’pincha  tugallanmagan  ishlab 

chiqarish (qurilish) sifatida tasniflanadi. 

Qurilish  shartnomasining  natijasi  faqat  shartnoma  bilan  bog’liq  iqtisodiy  naf 

tashkilot  tomonidan  olinishi  ehtimoli  mavjud  bo’lganida  ishonchli  baholanishi 

mumkin.  Biroq,  shartnoma  bo’yicha  daromadga  kiritilgan  va  foyda  yoki  zarar 

tarkibida  tan  olingan  summaning  olinishi  shubha  to’g’dirsa,    olib  bo’lmaydigan 

summa  yoki  olinishi  ehtimoli    bo’lmagan  summa  shartnoma  bo’yicha  daromadning 

tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinishi kerak.  

Tashkilot  odatda  shartnoma  natijasini  ishochli  bahola  oladi,  agar  u 

quyidagilarni aniq belgilaydigan shartnomaga kelishgan bo’lsa:  

(a) 


qurilishi  kerak  bo’lgan  aktiv  (qurilish  ob’ekti)  bo’yicha  har  qaysi 

tomonning yuridik kuchga ega huquqlari; 

(b) 

qurilish ob’ekti evaziga olinadigan tovon; va 



(v) 

hisob-kitoblarning shakli va shartlari. 

Tashkilot  uchun,  shuningdek,  samarali  ichki  moliyaviy  rejalatirish  va  hisobot 



 

 

62 



 

tizimiga  ega  bo’lish  muhimdir.  Tashkilot,  zarur  bo’lganida,  shartnoma  bo’yicha 

baholangan daromadlar va xarajatlarni shartnoma bajarilishi sari qayta ko’rib chiqadi. 

Bunday qayta ko’rib chiqishlar zarurati mavjudligi shartnomaning natijasini ishonchli 

baholab bo’lmaydi degani emas. 

Shartnomaning  tugallanishi  darajasi  bir  nechta  usullar  bilan  aniqlanishi 

mumkin.  Tashkilot  bajarilgan  ishlarni  ishonchli  darajada  baholaydigan  usuldan 

foydalanadi.  Shartnomaning  xususiyatidan  kelib  chiqib,  bu  usullarga  quyidagilar 

kiritilishi mumkin:  

(a)  shartnoma  bo’yicha  ma’lum  sanagacha  tugallangan  ishlarga  oid  amalga 

oshirilgan  xarajatlarning  shartnoma  bo’yicha  jami  baholangan  xarajatlarga  nisbatini 

aniqlash; 

(b)  bajarilgan ishlarning nazorat o’lchovini o’tkazish; yoki  

(v)  shartnoma  bo’yicha  tugallangan  ishlarning  fizik  ko’rsatkichlardagi 

tugallanish darajasini hisoblash. 

Buyurtmachilar tomonidan ishlar bajarilishi sari amalga oshiriladigan to’lovlar 

va olingan bo’naklar ko’pincha ish bajarilishi darajasini ko’rsatmaydi. 

Tugallanish  darajasi  ma’lum  sanagacha  amalga  oshirilgan  shartnoma 

xarajatlariga  bog’liq  ravishda  aniqlanganida,  shartnoma  bo’yicha  xarajatlarning 

tugallangan  ishlarni  aks  ettiruvchi  qismigina  ushbu  sanagacha  amalga  oshirilgan 

xarajatlarga kiritiladi. Ularga kiritilmaydigan xarajatlarning misollari quyidagicha:  

(a)  shartnoma  bo’yicha  kelgusi  faoliyatga  tegishli  bo’lgan  shartnoma 

xarajatlari,  masalan  qurilish  maydoniga  yetkazilgan  yoki  shartnoma  bo’yicha 

foydalanish  uchun  olib  qo’yilgan,  lekin  shartnomani  bajarishda  haligacha 

o’rnatilmagan,  ishlatilmagan  yoki  foydalanilmagan  materiallar  bo’yicha  xarajatlar, 

bundan shartnoma uchun maxsus tayyorlangan materiallar xarajatlari mustasno; va 

(b)  ikkilamchi  pudrat  bo’yicha  pudratchilarga  ikkilamchi  pudrat  shartnomasi 

bo’yicha oldindan bajarilgan ishlar uchun amalga oshirilgan to’lovlar. 

Qurilish shartnomasining natijasini ishonchli darajada baholab bo’lmaganda:  

(a)  daromadlar,  qoplanishi  mumkin  bo’lgan  shartnoma  xarajatlarining 

hajmidagina, tan olinishi kerak; va 

(b)  shartnoma bo’yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajat sifatida 

tan olinishi kerak. 

Qurilish  shartnomasi  bo’yicha  kutilayotgan  zarar  darhol  xarajat  sifatida  tan 

olinishi kerak. 

Ko’pincha shartnoma bajarilishining ilk bosqichlarida shartnomaning natijasini 

ishonchli  darajada  baholab  bo’lmaydi.  Shunga  qaramasdan,  tashkilot  shartnoma 

bo’yicha  amalga  oshiriladigan  xarajatlarni  qoplashi  ehtimoli  mavjud  bo’lishi 

mumkin.  Shuning  uchun,  shartnoma  bo’yicha  daromad  qoplanishi  kutilayotgan 

xarajatlarning  qismidagina  tan  olinadi.  Shartnomaning  natijasini  ishonchli  darajada 

baholash  mumkin  bo’lmagani  tufayli,  foyda  tan  olinmaydi.  Biroq,  shartnomaning 

natijasini ishonchli baholash mumkin bo’lmasada, shartnoma bo’yicha jami xarajatlar 

shartnoma  bo’yicha  jami  daromadlardan  oshib  ketishi  ehtimoli  mavjud  bo’lishi 

mumkin. 


Qoplanishi ehtimoli bo’lmagan shartnoma xarajatlari darhol xarajatlari sifatida 


 

 

63 



 

tan  olinishi  kerak.  Amalga  oshirilgan  shartnoma  xarajatlarining  qoplanishi  ehtimoli 

bo’lmagan  va  bunday  xarajatlar  darhol  xarajatlar  sifatida  tan  olinishi  kerak  bo’lishi 

mumkin bo’lgan vaziyatlar misoliga quyidagi shartnomalar kiradi:  

(a)  ular  to’liq  yuridik  kuchga  ega  emas,  ya’ni  ularning  haqiqiyligi  jiddiy 

shubha to’g’diradi; 

(b)  ularning  tugallanishi  hal  bo’lmagan  sud  ishi  natijasiga  yoki  qonunchilikka 

bog’liq; 

(v)  musodara yoki ekspropriatsiya qilinishi ehtimoli bor mulkka tegishli; 

(g)  buyurtmachi o’z majburiyatlarini bajarishga qodir emas; yoki  

(d)  pudratchi  sharnomani  nihoyasiga  yetkazish  yoki  shartnoma  bo’yicha 

majburiyatlarni boshqacha qilib bajarishga qodir emas. 

Shartnoma  bo’yicha  jami  xarajatlar  shartnoma  bo’yicha  jami  daromadlardan 

oshsa, kutilayotgan zarar darhol xarajat sifatida tan olinishi kerak. 

Bunday zararning summasi quyidagilardan qat’iy nazar aniqlanishi kerak:  

(a)  shartnoma bo’yicha ishlar boshlanganligi yoki boshlanmaganligi; 

(b)  shartnoma bo’yicha ishlarning tugallanishi darajasi; yoki 

(v)  qurilish  shartnomasi  sifatida  hisobga  olinmaydigan  boshqa  shartnomalar 

bo’yicha olinishi kutilayotgan foyda summasi. 

Tugallanish  darajasi  (foizi)  usuli  kumulyativ  asosda  shartnoma  bo’yicha 

daromadlar  va  xarajatlarning  joriy  baholangan  summalariga  nisbatan  har  hisobot 

davrida  qo’llaniladi.  Shuning  uchun,  shartnoma  bo’yicha  daromadlar  va 

xarajatlarning  baholanishidagi  o’zgarishlarning  oqibatlari,  yoki  shartnoma  natijasini 

baholashdagi  o’zgarishning  oqibati,  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi 

o’zgarish  kabi  hisobga  olinadi  (BHXS  8 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə