Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

“Hisob  siyosatlari,  buxgalteriya  hisobi 

maqsadida  baholashlardagi  o’zgarishlar  va  xatolar” 

ga  qarang).  O’zgargan 

baholangan summalar o’zgarish ro’y bergan davr va keyingi davrlarning foydasi yoki 

zarari tarkibida tan olingan daromadlar va xarajatlar summasiga ta’sir qiladi. 



 

3.2. BHXS (IAS) 18 “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad” 

BHXS  (IAS)  18  “Odatdagi  faoliyatdan  olinadigan  daromad”  standartining 

maqsadi daromad “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual 

asosi”  da  quyidagicha  aniqlanadi:  “daromad  –  bu  aktivlarning  kelib  tushishi  yoki 

ko’payishi  yohud  majburiyatlarning  kamayishi  shaklida  iqtisodiy  nafning  hisobot 

davrida  o’sishidir,  va  ushbu  o’sish  kapitalning  mulk  egalarining  kapitalga 

qo’yilmalari  bilan  bog’liq  bo’lmagan  ko’payishiga  olib  keladi”.    Daromad 

tushunchasi odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad va boshqa daromadni o’z ichiga 

oladi.  Odatdagi  faoliyatdan  olinadigan  daromad  (keyingi  matnda  «daromad») 

tashkilotning  odatdagi  faoliyati  doirasida  hosil  bo’ladi  va  turlicha  nomlanadi,  shu 

jumladan  sotishdan  tushum,  yig’imlar,  foizlar,  dividendlar,  royalti  va  ijara  haqi. 

Ushbu Standartning maqsadi ayrim turdagi operatsiyalar va hodisalar natijasida hosil 

bo’ladigan daromadni hisobga olish tartibini belgilashdan iboratdir. 

Daromadni  hisobga  olishdagi  asosiy  masala  bo’lib  ushbu  daromad  qachon  tan 

olinishi  kerakligini  aniqlash  hisoblanadi.  Daromad  kelgusi  iqtisodiy  naf  tashkilot 

tomonidan  olinishi  ehtimoli  mavjud  bo’lganida  va  ushbu  naf  ishonchli  darajada 




 

 

64 



 

baholanishi  mumkin  bo’lganda  tan  olinadi.  Mazkur  standart  ushbu  mezonlar 

bajaraladigan  va,  shu  bois,  daromad  tan  olinadigan  holatlarni  belgilaydi.  U, 

shuningdek, ushbu mezonlarni qo’llash bo’yicha amaliy ko’rsatmalarni beradi. 

Ushbu  Standart  quyidagi  operatsiya  va  hodisalar  natijasida  hosil  bo’ladigan 

daromadni hisobga olishda qo’llanilishi kerak:  

(a) 

tovarlarni sotish; 



(b) 

xizmatlarni ko’rsatish; va 

(v) 

boshqa  tomonlar  tashkilotning 



foizlar,  royalti  va  dividendlar 

ko’rinishidagi daromadlarni keltiradigan aktivlaridan foydalanishi. 

Tovarlarga  tashkilot  tomonidan  sotish  maqsadida  ishlab  chiqarilgan  tovarlar 

hamda  qayta  sotish  uchun  xarid  qilingan  tovarlar,  masalan  chakana  savdo  bilan 

shug’ullanadigan  sotuvchi  tomonidan  xarid  qilingan  tovarlar  yoki  qayta  sotish 

maqsadida saqlanayotgan yer va boshqa mulklar kiradi. 

Xizmat  ko’rsatish  odatda  tashkilot  shartnomada  belgilab  qo’yilgan  topshiriqni 

kelishilgan davr davomida bajarishini o’z ichiga oladi. Xizmatlar bitta yoki bir necha 

davrlar  davomida  ko’rsatilishi  mumkin.  Xizmat  ko’rsatishga  oid  ayrim  shartnomalar 

qurilish shartnomalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi, masalan, arxitektorlar va loyiha 

boshqaruvchilari  xizmatiga  oid  shartnomalar.  Bunday  shartnomalar  bo’yicha  yuzaga 

keladigan  daromadlar  mazkur  standartga  binoan  emas,  balki  BHXS  11  “Qurilish 

shartnomalari”  da  qurilishga  oid  shartnomalar  bo’yicha  belgilangan  talablarga 

muvofiq hisobga olinadi. 

Tashkilotning  aktivlaridan  boshqa  tomonlar  foydalanishi  natijasida  quyidagi 

ko’rinishdagi daromadlar yuzaga keladi:  

(a) 

foizlar—  Tashkilotga  qarashli  bo’lgan    pul  mablag’lari    yoki  ularning 



ekvivalentlaridan 

yoki 


tashkilotga 

to’lanishi  kerak  bo’lgan  summalardan 

foydalanilgani uchun olinadigan haq; 

(b) 


royalti— Tashkilotga qarashli bo’lgan   uzoq muddatli aktivlar, masalan 

patentlar,  savdo  belgilari,  avtorlik  huquqlari  va  dasturiy  ta’minotlardan 

foydalanilgani uchun olinadigan haq; va 

(v) 


dividendlar— ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi 

kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi. 

Ushbu 

standart 



quyidagilardan 

keladigan 

daromadlarga 

nisbatan 

qo’llanilmaydi:  

(a) 


ijara shartnomalari (BHXS 17 “Ijara” ga qarang); 

(b) 


ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usulida  aks  ettiriladigan  investitsiyalardan 

olinadigan  dividendlar  (BHXS  28  “Qaram  xo’jalik  sub’ektlari  va  qo’shma 

korxonalarga investitsiyalar” ga qarang); 

(v) 


MHXS  4  “Sug’urta  shartnomalari”  ning  qo’llash  doirasidagi  bo’lgan 

sug’urta shartnomalari; 

(g) 

moliyaviy  aktivlar  yoki 



moliyaviy  majburiyatlarning  haqqoniy 

qiymatidagi  o’zgarishlar  yoki  ularning  chiqib  ketishi  (  MHXS  9  “Moliyaviy 

instrumentlar” ga qarang); 

(d) 


boshqa joriy aktivlarning qiymatidagi o’zgarishlar; 

(e) 


qishloq  xo’jaligi  faoliyatiga  tegishli  bo’lgan  bilogik  aktivlarni  dastlabki 


 

 

65 



 

tan olish va ularning haqqoniy qiymati o’zgarishi (BHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”); 

(j) 

qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  dastlabki  tan  olish  (BHXS  41  ga 



qarang); va 

(z) 


mineral ma’danlarni qazib olish. 

Daromad  olingan  yoki  olinadigan  tovonning  haqqoniy  qiymati  bo’yicha 

baholanadi. 

Operatsiya natijasida hosil bo’ladigan daromad summasi odatda tashkilot bilan 

xaridor  yoki  aktivdan  foydalanuvchi  o’rtasidagi  kelishuv  asosida  aniqlanadi.  U 

olingan  yoki  olinadigan  tovonning  haqqoniy  qiymati  bo’yicha  baholanadi,  bunda 

tashkilot tomonidan ruxsat etilgan  har qanday savdo chegirmalari  yoki  ulgurji savdo 

chegirmalari hisobga olinadi. 

Aksariyat hollarda, tovon pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari shaklida 

bo’ladi, va daromadning summasi bo’lib olingan yoki olinadigan pul mablag’lari yoki 

ularning  ekvialentlari  summasi  xizmat  qiladi.  Biroq,  pul  mablag’lari  va  ularning 

ekvivalentlari tushimi kechiktirilgan bo’lsa, tovonning haqqoniy qiymati olingan yoki 

olinadigan  pul  mablag’larining  nominal  qiymatidan  kam  bo’lishi  mumkin.  Masalan, 

tashkilot  xaridorga  foizsiz  kredit  berishi  yoki  sotilgan  tovarga  haq  sifatida  xaridor 

tomonidan  berilgan  va  bozor  narxidan  kamroq  foiz  stavkasiga  ega  bo’lgan  vekselni 

aktseptlashi  mumkin.  Kelishuv  amalda  moliyalashtirish  operatsiyasi  bo’lganida, 

tovonning  haqqoniy  qiymati  barcha  kelgusi  tushimlarni  hisoblab  topilgan  foiz 

stavkasi bo’yicha diskontlash orqali aniqlanadi.  Hisoblab  topilgan  foiz stavkasi – bu 

quyidagi ikkita stavkadan aniqroq aniqlanadigani:  

(a) 


Kredit  reytingi  bir  xil  bo’lgan  emitentning  o’xshash  moliyaviy 

instrumentlari bo’yicha ustuvor stavkasi; yoki 

(b) 

moliyaviy instrumentning nominal qiymatini tovarlar yoki xizmatlarning 



sotish narxlariga teng bo’lguncha diskontlaydigan foiz stavkasi. 

Agar tovarlar  yoki xizmatlar qiymati teng  bo’lgan  yoki o’xshash tovarlar  yoki 

xizmatlarga  almashtirilsa,  bunday  operatsiya  daromad  keltirmaydigan  operatsiya 

bo’lib  hisoblanadi.  Bu  ko’pincha  moy  yoki  sut  kabi  mahsulotlarga  hos,  bunda  mol 

yetkazib beruvchilar muayyan joyda ushbu mahsulotlarga bo’lgan talabni o’z vaqtida 

qondirish maqsadida boshqa-boshqa joylarda joylashgan tovar-moddiy zaxiralar bilan 

almashishadi. Tovarlar  yoki  xizmatlar o’xshash bo’lmagan tovarlar  yoki  xizmatlarga 

almashtirilishi  yo’li  bilan  sotilsa,  bunday  almashish  daromad  keltiradigan  operatsiya 

bo’lib hisoblanadi. Daromad olingan tovarlar yoki xizmatlarning ushbu operatsiyada 

o’tkazilgan  pul  mablag’lari  yoki  ularning  ekvivalentlari  summasiga  tuzatilgan 

haqqoniy  qiymati  bo’yicha  baholanadi.  Agar  olingan  tovarlar  yoki  xizmatlarning 

haqqoniy qiymatini  ishonchli darajada baholab bo’lmasa,  daromad berilgan tovarlar 

yoki  xizmatlarning  ushbu  operatsiyada  o’tkazilgan  pul  mablag’lari  yoki  ularning 

ekvivalentlari summasiga tuzatilgan haqqoniy qiymati bo’yicha baholanadi. 

Standartda keltirilgan tan olish  mezonlari, odatda, har bir alohida operatsiyaga 

nisbatan  qo’llaniladi.  Biroq,  ayrim  holatlarda,  tan  olish  mezonlarini  bitta 

operatsiyaning 

alohida 


ajratiladigan 

tarkibiy 

qismlariga 

nisbatan, 

ushbu 

operatsiyaning  mohiyatini  aks  ettirish  maqsadida,  qo’llash  zarur  bo’ladi.  Masalan, 



mahsulotning sotish narxi sotishdan so’nggi  xizmat ko’rsatish uchun alohida aniqlab 


 

 

66 



 

bo’ladigan  summani  o’z  ichiga  olsa,  bu  summa  kechiktiriladi  va  xizmat 

ko’rsatiladigan  davr  mobaynida  daromad  sifatida  tan  olinadi.  Va  teskari,  tan  olish 

mezonlari ikkita va undan ortiq operatsiyalarga nisbatan birgalikda qo’llaniladi,  agar 

ushbu operatsiyalar ularning tijorat natijasini faqat bir qator operatsiyalarni bir butun 

operatsiya  sifatida  hisobga  olganda  tushunib  bo’ladigan  tarzda  bir-biriga  bog’liq 

bo’lsa. Masalan, tashkilot tovarlarni sotishi  mumkin, va, shu paytning o’zida,  ushbu 

tovarlarni keyinchalik qayta sotib olishga qaratilgan alohida shartnoma tuzishi  va bu 

bilan  operatsiyaning  natijasini  yo’qqa  chiqarishi  mumkin.  Bunday  holatda,  ikkita 

operatsiya birgalikda hisobga olinishi kerak. 

Tovarlarni  (mahsulotlarni)  sotishdan  daromad  quyidagi  shartlarning  hammasi 

bajarilganda tan olinishi kerak:  

(a) 

tashkilot tovarlarga egalik qilish bilan bog’liq risklar  va  mukofotlarning 



ancha qismini xaridorga o’tkazganida; 

(b) 


tashkilot odatda egalik huquqiga hos bo’lgan darajada sotilgan tovarlarni 

endilikda boshqara olmaganda va ularni samarali darajada nazorat qila olmaganda; 

(v) 

daromadning summasini ishonchli darajada baholab bo’lganda; 



(g) 

tashkilot  tomonidan  operatsiya  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy  nafning 

olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida; va 

(d) 


operatsiya  bo’yicha  amalga  oshirilgan  yoki  amalga  oshiriladigan 

xarajatlar ishonchli darajada baholana olganda. 

Mulkka  egalik  qilish  huquqi  bilan  bog’liq  risklar  va  mukofotlarning  ancha 

qismi  tashkilot  tomonidan  xaridorga  o’tkazilishi  paytini  aniqlash  uchun 

operatsiyaning  jihatlarini  o’rganish  talab  etiladi.  Aksariyat  hollarda,  egalik  huquqi 

bilan  bog’liq  risklar  va  mukofotlarning  o’tkazilishi  xaridorga  yuridik  egalik  qilish 

huquqi  yoki  tasarruf  qilish  huquqining  o’tishi  paytiga  to’g’ri  keladi.  Bu  aksariyat 

chakana  savdo  operatsiyalariga  hosdir.  Boshqa  hollarda,  egalik  huquqi  bilan  bog’liq 

risklar va mukofotlarning o’tkazilishi yuridik egalik qilish huquqi yoki tasarruf qilish 

huquqining o’tishi paytiga to’g’ri kelmaydi. 

Tashkilot  mulkka  egalik  qilish  bilan  bog’liq  risklarning  ancha  qismini  saqlab 

qolsa,  bunday  operatsiya  sotish  bo’lib  hisoblanmaydi  va  daromad  tan  olinmaydi. 

Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklarning ancha qismini turli holatlarda 

saqlab  qolishi  mumkin.  Tashkilot  mulkka  egalik  qilish  bilan  bog’liq  risklar  va 

mukofotlarning ancha qismini saqlab qoladigan holatlarga misollar quyidagicha:  

(a) 


tashkilot mahsulotning oddiy kafolat shartlari bilan qoplanmagan yomon 

ishlashi uchun javobgarlikni saqlab qolganida; 

(b) 

muayyan  sotishdan  daromad  olish  xaridor  tovarlarni  sotishi  natijasida 



daromad olishiga bog’liq bo’lganida; 

(v) 


o’rnatishni talab qiladigan tovarlar sotilib, o’rnatish tashkilot tomonidan 

oxirigacha bajarilmagan shartnomaning muhim qismi bo’lganida;  

(g) 

xaridor oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan sababga ko’ra xaridni bekor 



qilish  huquqiga  ega  bo’lganda  va  tashkilotni  daromad  olishiga  ishonchi  komil 

bo’lmaganida. 

Tashkilot  egalik  qilish  bilan  bog’liq  riskning  faqat  ahamiyatsiz  qismini  saqlab 

qolganida,  operatsiya  sotish  bo’lib  hisoblanadi  va  daromad  tan  olinadi.  Masalan, 




 

 

67 



 

sotuvchi  tovarlarga  egalik  qilish  huquqini  olinishi  lozim  bo’lgan  summaning 

undirilishini ta’minlash maqsadidagina saqlab qolishi  mumkin. Bunday holatda, agar 

tashkilot  egalik  huquqi  bilan  bog’liq  risklar  va  mukofotlarning  ancha  qismini 

o’tkazgan  bo’lsa,  operatsiya  sotish  bo’lib  hisoblanadi  va  daromad  tan  olinadi. 

Tashkilot  egalik  qilish  bilan  bog’liq  riskning  faqat  ahamiyatsiz  qismini  saqlab 

qolishining  yana  bitta  misoli  bo’lib  xaridor  xarid  bilan  mamnun  bo’lmaganida  unga 

pullari  qaytarilishi  taklif  qilingan  chakana  sotuv  hisoblanishi  mumkin.  Bunday 

hollarda  daromad  sotish  paytida  tan  olinadi,  agar  sotuvchi  kelgusida  tovarlarning 

qaytarilishini  ishonchli  darajada  bahola  olsa  hamda  oldingi  tajriba  bilan  boshqa 

tegishli omillar asosida qaytariladigan tovarlar uchun majburiyatni tan olsa. 

Daromad  operatsiya  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy  naf  tashkilot  tomonidan 

olinishi ehtimoli  mavjud bo’lganidagina tan olinadi. Ba’zi  hollarda, bunday ehtimol, 

tovon  olinmaguncha  yoki  noaniqlik  bartaraf  bo’lmaguncha,  mavjud  bo’lmasligi 

mumkin. Masalan, chet el  hukumati sotishdan olingan tovonni  xorijga o’tkazilishiga 

ruxsat berishi noaniq bo’lishi mumkin. Bunday ruxsat berilganida, noaniqlik bartaraf 

bo’ladi  va  daromad  tan  olinadi.  Biroq,  daromadga  kiritilgan  summaning  undirib 

olinishi  to’g’risida  shubha  (noaniqlik)  to’g’ilganida,  undirib  olib  bo’lmaydigan  yoki 

qoplanishi  ehtimoli  bo’lmagan  summa  oldin  tan  olingan  daromad  summasining 

tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. 

Xizmatlarni  ko’rsatish  bo’yicha  operatsiyaning  natijasini  ishonchli  baholab 

bo’lsa,  operatsiya  bilan  bog’liq  bo’lgan  daromad  operatsiyaning  hisobot  davri 

oxiridagi  tugallanishi  darajasiga  bog’liq  ravishda  tan  olinadi.  Operatsiyaning 

natijasini quyidagi shartlar bajarilganda ishonchli baholash mumkin bo’ladi:  

(a) 

daromadning summasini ishonchli darajada baholash mumkin; 



(b) 

operatsiya  bilan  bog’liq  iqtisodiy  naf  tashkilot  tomonidan  olinishi 

ehtimoli mavjud; 

(v) 


operatsiyaning  hisobot  davri  oxiridagi  tugallanish  darajasini  ishonchli 

baholash mumkin; va 

(g) 

operatsiya  bo’yicha  amalga  oshirilgan  xarajatlarni  hamda  operatsiyani 



oxiriga yetkazish uchun zarur xarajatlarni ishonchli baholash mumkin. 

Daromadlarning  operatsiyaning  tugallanishi  darajasiga  bog’liq  ravishda  tan 

olinishi, ko’pincha, tugallanish darajasi (foizi) usuli deb yuritiladi. Bu usul bo’yicha, 

daromad  xizmatlar  ko’rsatilgan  hisobot  davrlarida  tan  olinadi.  Daromadning  ushbu 

usul bo’yicha tan olinishi davr davomida ko’rsatilgan xizmatlarning hajmi va faoliyat 

natijalari  to’g’risida  foydali  ma’lumot  beradi.  BHXS  11  ham  daromadlarning  ushbu 

usul  bo’yicha  tan  olinishini  talab  etadi.  BHXS  11ning  talablari  odatda  xizmatlarni 

ko’rsatishni qamrab oladigan operatsiya bo’yicha daromadlarni va ular bilan bog’liq 

xarajatlarni tan olishda qo’llanilishi mumkin.  

Daromad  operatsiya  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy  naf  tashkilot  tomonidan 

olinishi  ehtimoli  mavjud  bo’lganidagina  tan  olinadi.  Biroq,  daromadga  kiritilgan 

summaning  undirib  olinishi  to’g’risida  shubha  (noaniqlik)  tug’ilganida,  undirib  olib 

bo’lmaydigan yoki qoplanishi ehtimoli bo’lmagan summa oldin tan olingan daromad 

summasinining tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. 

Tashkilot  operatsiyada  ishtiroq  etuvchi  boshqa  tomonlar  bilan  quyidagilar 



 

 

68 



 

bo’yicha kelishganidan so’ng, odatda, daromadni ishochli bahola oladi:  

(a)  ko’rsatiladigan  va  operatsiyaning  tomonlari  tomonidan  qabu  qilinadigan 

xizmat yuzasidan har qaysi tomonning yuridik kuchga ega huquqlari; 

(b)  xizmatlar evaziga olinadigan tovon; va 

(v)  hisob-kitoblarning shakli va shartlari. 

Tashkilot  uchun,  shuningdek,  samarali  ichki  moliyaviy  rejalatirish  va  hisobot 

tizimiga  ega  bo’lish  muhimdir.  Tashkilot,  zaruriyat  to’g’ilganda,  baholangan 

daromadlarni  xizmatlar  bajarilishi  sari  qayta  ko’rib  chiqadi.  Bunday  qayta  ko’rib 

chiqishlar  zarurati  mavjudligi  operatsiyaning  natijasini  ishonchli  baholab  bo’lmaydi 

degani emas. 

Operatsiyaning  tugallanishi  darajasi  bir  nechta  usullar  bilan  aniqlanishi 

mumkin. Tashkilot ko’rsatilgan  xizmatlarni  ishonchli darajada baholaydigan  usuldan 

foydalanadi.  Operatsiyaning  xususiyatidan  kelib  chiqib,  bu  usullarga  quyidagilar 

kiritilishi mumkin:  

(a) 


bajarilgan ishlarning nazorat o’lchovini o’tkazish; 

(b) 


ma’lum  sanagacha  ko’rsatilgan  xizmatlarning  jami  ko’rsatiladigan 

xizmatlarga nisbatini (foizlarda) aniqlash; yoki 

(v) 

operatsiya  bo’yicha  ma’lum  sanagacha  amalga  oshirilgan  xarajatlarning 



operatsiya  bo’yicha  jami  baholangan  xarajatlarga  nisbatini  aniqlash.  Ma’lum 

sanagacha  amalga  oshirilgan  xarajatlarga  faqat  o’sha  sanagacha  ko’rsatilgan 

xizmatlarni aks ettiradigan  xarajatlar kiritiladi. Operatsiya bo’yicha jami baholangan 

xarajatlarga ko’rsatilgan yoki ko’rsatilishi kerak bo’lgan xizmatlar bo’yicha xarajatlar 

kiritiladi. 

Buyurtmachilar  tomonidan  xizmatlar  ko’rsatilishi  sari  amalga  oshiriladigan 

to’lovlar  va  olingan  bo’naklar  ko’pincha  xizmatlar  ko’rsatilishi  darajasini 

ko’rsatmaydi. 

Tashkilotning  foizlar,  royalti  va  dividendlar  ko’rinishidagi  daromadlarni 

keltiruvchi  aktivlaridan  boshqa  tomonlar  foydalanishi  natijasida  hosil  bo’ladigan 

daromad quyidagicha tan olinishi kerak:  

(a)  operatsiya  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy  naf  tashkilot  tomonidan  olinishi 

ehtimoli mavjud bo’lganida; va 

(b)  daromadning summasini ishonchli darajada baholab bo’lganda. 

Daromad quyidagi asosda tan olinishi lozim:  

(a)  foizlar  BHXS  39da  belgilanganidek  effektiv  foiz  stavkasi  usulida  tan 

olinishi kerak; 

(b)  royalti  tegishli  shartnomaning  mohiyatiga  ko’ra  hisoblash  usuli  bo’yicha 

tan olinishi kerak; va 

(v)  dividendlar,  hissador  tomonidan  to’lov  olinishi  huquqi  kuchga  kirganida, 

tan olinishi kerak. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə