Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Kunlar 

Sotib olish 

Sotish 

5 kun 


 

160 dona 

14 kun 

380 dona 15.1 sh.b.dan 

 

18 kun 


 

50 dona 


22 kun 

270 dona 15.3 sh.b. dan 

 

27 kun 


 

560 dona 

 

FIFO usuli: 

Sotilgan = 200x15+380x15,1+190x15,3 = 11645 sh.b. 

Qoldiq = 200x15+380x15,1+270x15,3 - 11645 sh.b.= 1224 sh.b. 

 

O’rtacha tortilgan usul: 




 

 

74 



 

O’rtacha  qiymat  birlik  =  (200x15+380x15,1+270x15,3)  /  (200+380+270)  = 

15.14 sh.b. 

Sotilgan = (160+50+560) x 15.14 = 11657.80 sh.b. 

Qoldiq =200x15+380x15,1+270x15,3 – 11657.8 sh.b.= 1211.20 sh.b. 

 

Odatda  bir-birini  o’rnini  bosmaydigan  (bir-birini  almashtira  olmaydigan) 



TMZlar  moddalarining  hamda  maxsus  loyihalar  uchun  ishlab  chiqarilgan  va 

ajratilgan  tovarlar  va  xizmatlarning  tannarxi  ularga  tegishli  alohida  xarajatlarning 

maxsus aniqlanishi yo’li bilan baholanadi. 

Tannarxni  maxsus  aniqlanishi  deganda  alohida  xarajatlarning  tovar-moddiy 

zaxiralarning  alohida  aniqlangan  moddalariga  olib  borilishi  tushuniladi.  Bu  maxsus 

loyiha  uchun  ajratilgan  TMZlarni  hisobga  olishda,  ular  sotib  olingan  yoki  ishlab 

chiqarilgan  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  to’g’ri  yondashuv  hisoblanadi.    Ammo,  ko’p 

miqdordagi,  odatda  bir-birini  o’rnini  bosadigan  TMZlar  moddalari  mavjud 

bo’lganida,  xarajatlarning  maxsus  aniqlanishi  noo’rin  hisoblanadi.  Bunday  hollarda, 

foyda  yoki  zarar  shakllanishida  oldindan  belgilangan  natijalarga  erishish  maqsadida 

tovar-moddiy zaxiralarda qoladigan moddalarni tanlash usulini qo’llash mumkin. 

Tovar-moddiy  zaxiralar  tannarxi  birinchi-kirim,  birinchi-chiqim  (FIFO)  usuli 

yoki  o’rtacha  tortilgan  qiymat  formulasi  orqali  aniqlanishi  lozim.  Xo’jalik  sub’ekti, 

uning uchun bir xil xususiyatga ega bo’lgan va bir xil tarzda foydalaniladigan barcha 

tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha bir xil tannarxni aniqlash formulasidan  foydalanishi 

shart.  Har  xil  xususiyatga  ega  bo’lgan  va  har  xil  yo’nalishda  ishlatiladigan  tovar-

moddiy  zaxiralar  uchun  har  xil  tannarxni  aniqlash  formulalaridan  foydalanish 

mumkin.  

Masalan,  tovar-moddiy  zaxiralardan  bitta  operatsion  segmentida  foydalanish 

tarzi  xo’jalik  sub’ektining  boshqa  operatsion  segmentida  shu  turdagi  tovar-moddiy 

zaxiralardan  foydalanish  tarzidan  farqlanishi  mumkin.  Ammo,  tovar-moddiy 

zaxiralarning  geografik  joylashuvidagi  (yoki  soliq  qoidalariga  nisbatan)  farq  o’z-

o’zidan har xil tannarx formulalaridan foydalanishga asos bo’la olmaydi. 

Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi agar ushbu zaxiralar shikastlangan, yohud 

butunlay  yoki  qisman  eskirgan,  yoki  ularning  sotish  narxlari  kamaygan  bo’lsa, 

qoplanmasligi  mumkin.  Tovar-moddiy  zaxiralarning  tannarxi,  shuningdek,  ishlab 

chiqarishni  oxiriga  yetkazish  bo’yicha    baholangan  xarajatlar  yoki  sotuvni  amalga 

oshirish bo’yicha baholangan xarajatlar oshgan taqdirda ham koplanmasligi mumkin. 

Tovar-moddiy  zaxiralar  qiymatini  tannarxdan  past  bo’lgan  sof  sotish  qiymatigacha 

kamaytirish  amaliyoti  shunday  nuqtai  nazar  bilan  to’g’ri  keladiki,  bunda  aktivlar 

ularning  sotilishi  yoki  foydalanishidan  olinishi  kutilayotgan  summadan  oshmagan 

qiymatda hisobga olinishi zarur. 

Odatda  tovar-moddiy  zaxiralar  moddama-modda  sof  sotish  qiymatigacha 

kamaytiriladi.  Ammo  ayrim  hollarda,  bir  xil  yoki  o’zaro  bog’liq  moddalarni 

guruhlashtirish  o’rinli  bo’lishi  mumkin.  Bu  tovar-moddiy  zaxiralarning  bir  xil 

maqsadda  yoki  bir  xil  yakuniy  iste’molchilar  uchun  ishlab  chiqariladigan,  bir  xil 

geografik  hududda  ishlab  chiqariladigan  va  sotiladigan  mahsulot  turi  bilan  bog’liq 

bo’lgan, hamda ushbu mahsulot turiga kiradigan boshqa moddalardan amalda alohida 




 

 

75 



 

baholana  olmaydigan  moddalariga  tegishli  bo’lishi  mumkin.  Tovar-moddiy 

zaxiralarning  tannarxini,  ularning  tasniflanishi,  masalan,  tayyor  mahsulotlar  yoki 

ma’lum bir operativ segmentdagi barcha tovar-moddiy zaxiralar, asosida kamaytirish 

noto’g’ridir.  Xizmat  ko’rsatuvchi  tashkilotlar  odatda  alohida  sotish  nahi 

belgilanadigan  har  bir  xizmat  bo’yicha  xarajatlarni  to’playdilar.  Shu  tufayli,  har  bir 

bunday xizmatga alohida modda sifatida qaraladi. 

Sof  sotish  qiymatining  baholanishi  sotilishi  kutilayotgan  tovar-moddiy 

zaxiralarning  summasi  baholangan  paytida  mavjud  bo’lgan  eng  ishonchli  dalillarga 

asoslanadi. Bunday baholashda, davr tugashidan keyin ro’y beradigan hodisalar bilan 

bevosita  bog’liq  bo’lgan  narxning  yoki  tannarxning  o’zgarishlari  hisobga  olinadi, 

agar bunday hodisalar davr oxiriga mavjud bo’lgan shart-sharoitlarni tasdiqlasa.  

Tovar-moddiy zaxiralar sotilganida, ushbu zaxiralarning balans qiymati xarajat 

sifatida, ular bilan bog’liq bo’lgan daromad tan olinadigan davrda, tan olinishi lozim. 

Har  qanday  tovar-moddiy  zaxirani  sof  sotish  qiymatigacha  kamaytirish  summasi  va 

zaxiralar bo’yicha  yo’qotishlar  ushbu kamaytirish yoki yo’qotish ro’y bergan davrda 

xarajat  sifatida  tan  olinishi  lozim.  Sof  sotish  qiymatining  oshishi  natijasida  kelib 

chiqadigan  tovar-moddiy  zaxiralarini  kamaytirishning  har  qanday  qayta  tiklash 

summasi, xarajat bo’lib tan olingan TMZlar summasining kamayishi sifatida bunday 

qayta tiklash ro’y bergan davrda tan olinishi lozim. 

Ba’zi  tovar-moddiy  zaxiralarning  qiymati  boshqa  aktivlar  schyotlariga  olib 

borilishi  mumkin,  masalan, o’z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi 

sifatida.  Bunday  usul  bilan  boshqa  aktivlarga  kiritilgan  tovar-moddiy  zaxiraning 

qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə