Standartlari


 BHXS (IAS) 16 “Asosiy vositalar”



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

4.2. BHXS (IAS) 16 “Asosiy vositalar” 

BHXS  (IAS)  16  “Asosiy  vositalar”  nomli  standartining  maqsadi  moliyaviy 

hisobotlardan  foydalanuvchilar  tadbirkorlik  sub’ektining  asosiy  vositalariga  qilgan 

investitsiyalarini  va  bunday  investitsiyalardagi  o’zgarishlar  haqidagi  ma’lumotlarni 

tushunishi  uchun  asosiy  vositalarni  hisobga  olish  tartibini  belgilab  berishdan 

iboratdir.  Asosiy  vositalarni  hisobga  olishda  asosiy  masalalar  bo’lib  aktivlarni  tan 

olish,  ularning  balans  qiymatini  aniqlash  va  ular  bo’yicha  eskirish  xarajatlarini  va 

qadrsizlanish bo’yicha zararlarni tan olish hisoblanadi. 

Ushbu  Standart  asosiy  vositalarni  hisobga  olishda  qo’llanilishi  lozim,  biroq 

boshqa Standartlar asosiy vositalarni o’zgacha hisobga olishni talab etgan yoki ruxsat 

etgan hollari bundan mustasno.  

Ushbu Standart quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi

10

:  


(a) 

MHXS 5 “Sotish uchun  mo’ljallangan uzoq  muddatli aktivlar  va davom 

ettirilmaydigan  faoliyat”  ga  asosan  sotish  uchun  mo’ljallangan  deb  tasniflanadigan 

asosiy vositalar; 

(b) 

qishloq  xo’jaligi  faoliyatiga  tegishli  biologik  aktivlar  (BHXS  41 



“Qishloq xo’jaligi” ga qarang); 

(v) 


foydali qazilmalarni qidirish va aniqlashda ushbu foydali qazilmalarning 

                                            

10

 

M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 



p.1122-1123.

 



 

 

76 



 

tan  olinishi  va  baholanishi  (MHXS  6  “Foydali  qazilmalarni  qidirish  va  aniqlash”  ga 

qarang); yoki 

(g) 


neft,  tabiy  gaz  va  shunga  o’xshash  qayta  tiklanmaydigan  resurslar  kabi 

foydali qazilmalarga huquqlar va foydali qazilmalarning zahiralari. 

Biroq,  ushbu  Standart  (b)–(g)  bandlarda  qayd  qilingan  aktivlarni  qazib  olish 

yoki ishlatishda foydalaniladigan asosiy vositalarga nisbatan qo’llaniladi. 

Balans  qiymati  –  bu  har  qanday  jamg’arilgan  eskirish  va  yig’ilgan 

qadrsizlanish  bo’yicha  zararlar  chegirib  tashlanganidan  so’ng  aktivning  tan 

olinadigan summasidir. 

Tannarx  –  bu  aktivni  uning  xaridi  yoki  qurilishi  paytida  sotib  olish  uchun 

to’langan pul mablag’i yoki pul mablag’i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi 

uning  evaziga  berilgan  tovonning  haqqoniy  qiymati  yoki,  tegishli  hollarda,  boshqa 

MHXSlarning, masalan MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga 

muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.  

Eskirish hisoblanadigan qiymat – bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi 

tannnarxi yoki tannarx o’rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir. 

Eskirish – bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat 

muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.  

Tadbirkorlik  sub’ektiga  xos  qiymat  -  bu  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan 

aktivdan  davomiy  foydalanishidan  va  foydali  xizmat  muddati  oxirida  balansdan 

chiqarishdan yoki majburiyat so’ndirilganida kutiladigan pul oqimlarining keltirilgan 

qiymatidir.  

Xaqqoniy  qiymat  -  bu  baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasidagi 

odatdagi  operatsiyada  aktivni  sotishda  olinishi  mumkin  bo’lgan  yoki  majburiyatni 

o’tkazishda  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  narxdir.  (MHXS  13  “Haqqoniy  qiymatni 

baholash” ga qarang). 

Qadrsizlanish  bo’yicha  zarar  -  bu  aktivning  balans  qiymatining  uning 

qoplanadigan qiymatidan oshadigan qismidir. 

Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo’ljallangan moddiy aktivlardir: 

(a) 


mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  yoki  yetkazib  berish,  yoki  xizmatlarni 

ko’rsatish,  yoki  boshqa  tomonlarga  ijaraga  berish,  yoki  ma’muriy  maqsadlarda 

foydalanish uchun mo’ljalangan; va 

(b) 


bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan. 

Qoplanadigan qiymat – bu aktivning quyidagi qiymatlaridan yuqorirog’i: sotish 

xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va uning foydalanishdagi qiymati. 

Aktivning  tugatish  qiymati  -  bu  aktivning  chiqib  ketishi  bo’yicha  baholangan 

harajatlar  chegirilgan  holda,  tadbirkorlik  sub’ekti  ayni  paytda  xuddi  aktiv  foydali 

xizmat  muddati  oxirida  kutilgan  muddati  va  holatida  bo’lganidek  aktivning  chiqib 

ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.  

Foydali xizmat muddati bu

11



(a) 



aktivning  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  foydalanishi  uchun  yaroqli 

bo’lishi kutilgan davr; yoki 

                                            

11

 



M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 

p.1128.


 


 

 

77 



 

(b) 


tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  aktivdan  olinishi  kutilgan  ishlab 

chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o’xshash birliklar soni. 

Asosiy  vositalar  ob’ektining  tannarxi  faqatgina  quyidagi  shartlar  bajarilganda 

aktiv sifatida tan olinadi:  

(a) 

tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan    asosiy  vosita  bilan  bog’liq  kelgusi 



iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va 

(b) 


aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.  

Ehtiyot  qismlar,  yordamchi  va  ta’mirlovchi  jihozlar  kabi  moddalar  asosiy 

vositalar  ta’rifiga  mos  kelganida  ushbu  MHXSga  muvofiq  tan  olinadi.  Aks  hollarda 

bunday moddalartovar-moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadi. 

Ushbu  Standart  tan  olish  uchun  o’lchov  birligini,  ya’ni  asosiy  vosita  ob’ekti 

nimadan  tashkil  topishini  belgilab  bermaydi.  Shuning  uchun,  tadbirkorlik 

sub’ektining  o’ziga  xos  shart-sharoitlarida  tan  olish  mezonlarini  qo’llash  uchun 

mulohaza  qilish  talab  etiladi.  Qoliplar,  dastaklar  va  muhrlar  kabi  alohida  muhim 

bo’lmagan  moddalarni  birlashtirish  va  tan  olish  mezonlarini  ushbu  birlashtirilgan 

qiymatga nisbatan qo’llash o’rinli bo’lishi mumkin.  

Tadbirkorlik sub’ekti barcha asosiy vositalar bilan bog’liq xarajatlarni ularning 

kelib  chiqish  paytiga  qarab  ushbu  tan  olish  mezonlari  asosida  baholaydi.  Bunday 

xarajatlar  o’z  ichiga  asosiy  vosita  ob’ektini  sotib  olish  yoki  qurish  bilan  bog’liq 

boshlang’ich xarajatlarni, xamda asosiy vositani keyinchalik kengaytirish, qandaydir 

qismini  almashtirish  yoki  unga  texnik  xizmat  ko’rsatish  uchun  amalga  oshirilgan 

xarajatlarni qamrab oladi.  

Asosiy  vositalar  ob’ektlari  xavfsizlik  yoki  atrof-muhitni  muhofaza  qilish 

maqsadlarida  sotib  olinishi  mumkin.  Bu  kabi  asosiy  vositalarni  sotib  olish  mavjud 

bo’lgan  qandaydir  asosiy  vosita  ob’ektidan  olinadigan  kelgusi  iqtisodiy  nafni 

bevosita  oshirmasada,  tadbirkorlik  sub’ekti  boshqa  aktivlaridan  kelgusida  iqtisodiy 

naf  olishi  uchun  zarur  bo’lishi  mumkin.  Bunday  asosiy  vositalar  ob’ektlari  aktiv 

sifatida tan olinadi, chunki ular yordamida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ular bilan 

bog’liq bo’lgan aktivlardan kelgusida olinadigan iqtisodiy naf bunday ob’ektlar sotib 

olinmaganida  olinadigan  nafdan  ko’ra  ko’proq  bo’ladi.  Masalan,  kimyoviy 

maxsulotlarni  ishlab  chiqaruvchi  korxona  xavfli  kimyoviy  moddalarni  ishlab 

chiqarish  va  saqlash  bilan  bog’liq  ekologik  talablarga  rioya  etish  maqsadida  yangi 

kimyoviy  moddalar bilan ishlash texnologiyalarini jalb etishi mumkin; tegishli yangi 

texnologiyalar aktiv sifatida tan olinadi, chunki ularsiz tadbirkorlik sub’ekti kimyoviy 

maxsulotlarni ishlab chiqara va sota olmaydi. Biroq, bunday aktiv va u bilan bog’liq 

bo’lgan  aktivlarning  balans  qiymati  qadrsizlanganligi  BHXS  36  “Aktivlarning 

qadrsizlanishi” ga muvofiq tekshiriladi.  

Ayrim  kompaniyalar  asosiy  vositalari  tarkibida  ijtimoiy  ob’ektlar  mavjud. 

Masalan,  uy  joylar,  bog’cha  va  shu  kabilar,  xodimlarni  pulsiz  ko’rinishda 

rag’batlantirishni  ifodalaydi  va  natijada,  xodimlarga  pullik  xarajatlarni  kamayishiga 

sabab bo’ladi. 

Tan  olish  mezonlariga  ko’ra,  tadbirkorlik  sub’ekti  asosiy  vosita  ob’ektining 

balans  qiymatiga  ob’ektning  kundalik  xizmat  ko’rsatish  bilan  bog’liq  xarajatlarini 

kiritmaydi.  Bunday  xarajatlar  kelib  chiqish  paytida  foyda  yoki  zarar  tarkibida  tan 




 

 

78 



 

olinadi.  Kundalik  xizmat ko’rsatish  xarajatlari asosan  mehnat  haqi  va  materiallardan 

tashkil topadi, xamda o’z ichiga mayda extiyot qismlar qiymatini xam olishi mumkin. 

Bu  kabi  xarajatlarning  maqsadi  ko’pincha  asosiy  vositalar  ob’ektiga  “joriy  xizmat 

ko’rsatish va ta’mirlash” sifatida izohlanadi. 

Ayrim 


asosiy 

vositalar 

ob’ektlarining  qismlari  muntazam  ravishda 

almashtirilishi  talab  etilishi  mumkin.  Masalan,  pechning  futerovkasi  ma’lum  ishlash 

soatlari  o’tganidan  so’ng  almashtirilishi  kerak  bo’lishi  mumkin,  samolyotlardagi 

o’rindiklar  va  oshxona  kabi  asbob-uskunalar  samolyotning  foydali  xizmat  muddati 

davomida  bir  necha  marta  almashtirilishi  mumkin.  Asosiy  vositalarning  ob’ektlari 

binoning ichki devorlarini almashtirish kabi almashtirishlarni kamroq takrorlash yoki 

takrorlanmaydigan  qilib  almashtirish  maqsadida    sotib  olinishi  mumkin.  Tan  olish 

mezonlariga ko’ra, tadbirkorlik sub’ekti asosiy vositaning balans qiymatida uning bir 

qismini  almashtirish  bo’yicha  xarajatlarni  ushbu  xarajatlar  amalga  oshirilgan  paytda 

tan  olishi  kerak,  agar  bunda  xarajatlar  tan  olish  mezonlariga  mos  kelsa. 

Almashtirilgan  qismlarning  balans  qiymati  ushbu  Standartdagi  hisobdan  chiqarish 

qoidalariga muvofiq hisobdan chiqariladi. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə