Standartlari


 BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar”



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

4.3. BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar” 

Ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivni  sotib  olinishiga,  qurilishiga  yoki 

ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar  ushbu aktiv 

tannarxining  qismini  tashkil  etadi.  Boshqa  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar  davr  xarajati 

sifatida tan olinadi. 

Tashkilot  mazkur  Standartni  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarni  hisobga  olishda 

qo’llashi lozim. 

Standart  kapitalning  haqiqiy  yoki  hisoblab  topilgan  qiymatiga,  jumladan 

majburiyat sifatida tasniflanmagan imtiyozli kapitalga, nisbatan qo’llanilmaydi. 

Tashkilotdan  Standartni  quyidagilarning  sotib  olinishiga,  qurilishiga  yoki 

ishlab  chiqarilishiga  bevosita  tegishli  bo’lgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarga  nisbatan 

qo’llashni talab etmaydi:  

(a) 

haqqoniy  qiymatda  baholangan  ma’lum  talablarga  javob  beradigan 



ma’lum talablarga javob beradigan aktivning, masalan biologik aktivning; yoki 

(b) 


takroriy  asosda  ko’p  miqdorda  ishlab  chiqariladigan,  yoki  boshqa 

hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar. 



Qarzlar bo’yicha xarajatlar

 - bu tashkilot tomonidan pul mablag’larini qarzga 

olishda amalga oshiriladigan foiz va boshqa xarajatlardir. 

Ma’lum  talablarga  javob  beradigan  aktiv

  -  bu  ko’zlangan  foydalanish  yoki 

sotuv uchun tayyor bo’lishiga juda uzoq davrni zaruriy talab etadigan aktivdir.  

Qarzlar bo’yicha xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: 

(a) 

BHXS  39  «Moliyaviy  instrumentlar:  tan  olish  va  baholash»  da 



izohlanganidek effektiv foiz usulidan foydalangan holda hisoblangan foiz xarajati; 

(b) 


BHXS  17  «Ijara»  ga  muvofiq  tan  olingan  moliyaviy  ijara  kelishuvlarga 

nisbatan moliyaviy xarajatlar; va 

(s) 

xorijiy  valyutada qarz olishlardan  yuzaga  keladigan kurs  farqlari, bunda 



ular foiz sarflariga to’g’rilanishlar sifatida hisoblangan darajada hisobga olinadi. 

Vaziyatga  qarab,  quyidagilardan  biri  ma’lum  talablarga  javob  beradigan 

aktivlar bo’lishi mumkin: 

(a) 


tovar-moddiy zahiralar 

(b) 


ishlab chiqarish korxonalari 


 

 

93 



 

(c) 


elektroenergiya ishlab chiqaradigan quvvatlar 

(d) 


nomoddiy aktivlar 

(e) 


investitsion mulklar. 

Moliyaviy  aktivlar  hamda  qisqa  davr  mobaynida  ishlab  chiqariladigan,  yoki 

boshqa  hollarda  barpo  etiladigan,  tovar-moddiy  zahiralar  ma’lum  talablarga  javob 

beradigan  aktivlar  bo’lib  hisoblanmaydi.  Sotib  olinganda  ular  bo’yicha  ko’zlangan 

foydalanish  yoki  sotishga  tayyorga  aktivlar  ma’lum  talablarga  javob  beradigan 

aktivlar bo’lib hisoblanmaydi. 

Tashkilot  ma’lum  talablarga  javob  beradigan  aktivning  sotib  olinishiga, 

qurilishiga  yoki  ishlab  chiqarilishiga  bevosita  tegishli  bo’lgan  qarzlar  bo’yicha 

xarajatlarni  ushbu  aktiv  tannarxining  qismi  sifatida  kapitalizatsiya  qilishi  lozim. 

Tashkilot  boshqa  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarni  davr  xarajati  sifatida  ularni  amalga 

oshiradigan davrda tan olishi lozim. 

Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki 

ishlab  chiqarilishiga  bevosita  tegishli  bo’lgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar  ushbu 

aktivning  tannarxiga  kiritiladi.  Bunday  qarz  bo’yicha  xarajatlar  aktiv  tannarxining 

qismi  sifatida  kapitalizatsiya  qilinadi,  qachonki  ular  tashkilotga  kelgusi  iqtisodiy 

manfaatlarni  olib  kelishining  ehtimoli  mavjud  bo’lsa  va  xarajatlar  ishonchli 

baholanishi  mumkin  bo’lsa.  Qachonki  tashkilot  BHXS  29  «Giperinflyatsiya 

iqtisodiyotlarida  moliyaviy  hisobot  berish»  ni  qo’llasa,  u  BHXS  29  ga  muvofiq 

qarzlar  bo’yicha  xarajatlarning  inflyatsiyani  qoplaydigan  qismini  aynan  bir  davr 

mobaynida xarajat sifatida tan oladi. 

Ma’lum talablarga javob beradigan  aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki 

ishlab  chiqarilishiga  bevosita  tegishli  bo’lgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    shunday 

qarzlar  bo’yicha  xarajatlarki,  bunda  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktiv 

bo’yicha  sarf  amalga  oshirilmaganda  edi,  ularni  chetlab  o’tish  mumkin  bo’lar  edi. 

Qachonki tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan  muayyan aktivga ega 

bo’lish  maqsadida  pul  mablag’larini  qarzga  olsa,  ushbu  ma’lum  talablarga  javob 

beradigan    aktivga  bevosita  tegishli  bo’lgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    osongina 

aniqlanishi mumkin. 

Muayyan  qarzlar  bilan  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktiv  o’rtasidagi 

bevosita  bog’liqlikni  aniqlash  va  boshqa  hollarda  chetlab  o’tilishi  mumkin  bo’lgan 

qarzlarni aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Bunday qiyinchilik, masalan, tashkilotning 

moliyalashtirish  faoliyati  markazlashgan  holda  boshqarilganda  sodir  bo’ladi.  Shu 

bilan  birga,  guruh  turli  foiz  stavkalarida  pul  mablag’larini  qarzga  olish  uchun  bir 

qator  qarz  instrumentlaridan  foydalanganda  va  ushbu  pul  mablag’larini  guruh 

ichidagi  boshqa  tashkilotlariga  turli  shartlarda  kreditga  berganda  ham  qiyinchiliklar 

yuzaga  keladi.  Boshqa  qiyinchiliklar,  qachonki  guruh  yuqori  inflyatsion 

iqtisodiyotlarda  faoliyat  yuritayotganda,  xorijiy  valyutalarda  belgilangan  yoki 

biriktirilgan 

kreditlardan 

foydalanish 

natijasida 

va 


valyuta 

kurslaridagi 

tebranishlardan  yuzaga keladi. Buning  natijasida,  ma’lum  talablarga javob beradigan  

aktivning  sotib  olinishiga  bevosita  tegishli  bo’lgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarning 

qiymatini aniqlash qiyin bo’ladi va mulohaza qilish talab etiladi. 

Tashkilot  xususan  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivga  ega  bo’lish 




 

 

94 



 

maqsadida  pul  mablag’larini  qarzga  olish  darajasida,  tashkilot  kapitalizatsiya 

qilinadigan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    qiymatini  davr  mobaynida  ushbu  qarz 

bo’yicha  amalga  oshirilgan  qarz  bo’yicha  haqiqiy  sarflardan  ushbu  qarzlarning 

vaqtinchalik  investitsiyasi  bo’yicha  har  qanday  investitsion  daromadni  chegirish 

orqali aniqlashi lozim. 

Ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktiv  bo’yicha  moliyalashtirish  kelishuvi 

pul  mablag’larining  ayrim  qismi  yoki  barchasi  ma’lum  talablarga  javob  beradigan  

aktiv bo’yicha sarflarga  yo’naltirilishidan  oldin tashkilotning  qarz  mablag’lariga ega 

bo’lishiga va qarz bo’yicha tegishli sarflarni amalga oshirishiga olib kelishi mumkin. 

Bunday  holatlarda,  pul  mablag’lari  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktiv 

bo’yicha  sarflar  muddati  kelguncha  ko’p  hollarda  vaqtinchalik  investitsiya  qilinadi. 

Davr  mobaynida  kapitalizatsiya  qilinadigan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    qiymatini 

aniqlashda,  bunday  pul  mablag’lari  bo’yicha  o’zlashtirilgan  har  qanday  investitsion 

daromad amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlardan chegiriladi. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə