Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2-misol.  

Uy joy qurib sotuvchi kompaniya sotish uchun qurgan uylaridan birini 2011 yil 

1  oktyabrida  yaqin  yillar  uchun  operatsion  ijaraga  berishga  qaror  qildi.  Bu  uyning 

tannarxi  740000  sh.b.ni  tashkil  qiladi.  Investitsion  mulkning  haqqoniy  qiymati 

1000000 sh.b.ga teng.  

1  oktyabr  2011  yilda  kompaniya  o’z  zaxirasini  investitsion  mulkka  o’tkazish 

operatsiyasi uchun quyidagi provodka beradi: 

Dt Investitsion mulk (M0400)      1000000 

 

Kt Haqqoniy qiymatning o’sishi (M9391) 260000 



 

Kt Tayyor mahsulot (M2700)     740000 

Hisobdan  chiqarishda,  yoki  qachonki  investitsion  mulk  uzoq  muddatda 

foydalanishda  bo’lmaganda  va  uning  hisobdan  chiqarilishidan  kelgusi  iqtisodiy 

manfaatlar  kutilmaganda,  investitsion  mulkning  tan  olinishi  to’xtatilishi  (moliyaviy 

holat to’g’risidagi hisobotdan chiqarilishi) lozim. 

Investitsion mulkni hisobdan chiqarish uni sotish orqali yoki moliyaviy ijaraga 

berish  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin.  Investitsion  mulkni  hisobdan  chiqarish 

sanasini  aniqlashda,  tadbirkorlik  sub’ekti  tovarlarni  sotishdan  daromadni  tan  olish 

bo’yicha    BHXS  18  da  keltirilgan  mezonlarni  qo’llaydi  va  BHXS  18  da  keltirilgan 

misollardagi  tegishli  ko’rsatmalarni  e’tiborga  oladi.  BHXS  17  moliyaviy  ijaraga 

berish  orqali  hisobdan  chikarishga  hamda  sotish  va  qayta  ijaraga  olishga  nisbatan 

qo’llaniladi. 

Investitsion  mulkning  foydalilik  muddati  tugashi  yoki  hisobdan  chiqarilishi 

natijasida  vujudga  keladigan  foydalar  yoki  zararlar  hisobdan  chiqarish  bo’yicha  sof 

tushumlar  bilan  uning  balans  qiymati  o’rtasidagi  farq  sifatida  aniqlanishi  lozim 




 

 

105 



 

hamda  foydalilik  muddati  tugashi  yoki  balansdan  chiqarilishi  davridagi  foyda  yoki 

zararda  tan  olinishi  lozim  (BHXS  17  sotish  va  qayta  ijaraga  olishga  nisbatan 

boshqasini talab etmaguncha).  

Investitsion  mulkning  hisobdan  chiqarilishida  olinishi  mumkin  bo’lgan 

qiymatni  qoplash  dastlab  haqqoniy  qiymatda  tan  olinadi.  Xususan,  agar  investitsion 

mulk  uchun  to’lov  kechiktirilsa,  olinadigan  qiymatni  qoplash  dastlab  pul  mablag’i 

ekvivalentida  tan  olinadi.  Qiymatni  qoplashning  nominal  qiymati  bilan  pul  mablag’i 

ekvivalenti  o’rtasidagi  farq  BHXS  17  ga  muvofiq  samarali  foiz  bo’yicha  hisobga 

olish modelini qo’llagan holda foiz daromadlari sifatida tan olinadi. 

Shikastlangan,  yo’qotilgan  yoki  taqdim  etilgan  investitsion  mulklarning 

uchinchi  tomondan  qoplanishi  foyda  yoki  zararda  tan  olinishi  lozim,  qachonki 

qoplash olinishi mumkin bo’lsa.  

Investitsion  mulklarning  shikastlanishi  yoki  yo’qotilishi,  uchinchi  tomondan 

talab  qilinadigan  yoki  to’lanadigan  tegishli  qoplashlar  va  almashtiriladigan 

aktivlarning  sotib  olinishi  yoki  qurilishi  alohida  iqtisodiy  xodisalardir  va  ular 

quyidagicha alohida hisobga olinadi:  

(a) 


investitsion mulklarning shikastlanishi BHXS 36 ga muvofiq tan olinadi; 

(b) 


investitsion  mulkning  foydalanish  muddati  tugashi  yoki  hisobdan 

chiqarilishi  qachonki  investitsion  mulk  uzoq  muddatda  foydalanishda  bo’lmaganda 

va  uning  hisobdan  chiqarilishidan  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlar  kutilmaganda, 

investitsion  mulkning  tan  olinishi  tuxtatilishi  (moliyaviy  holat  to’g’risidagi 

hisobotdan chiqarilishi) tan olinadi; 

(v) 


shikastlangan,  yo’qotilgan  yoki  taqdim  etilgan  investitsion  mulklarning 

uchinchi  tomondan  qoplanishi  foyda  yoki  zararda  tan  olinishi  lozim,  qachonki 

qoplash olinishi mumkin bo’lsa; va 

(g) 


almashtirishlar  sifatida  tiklangan,  sotib  olingan  yoki  qurilgan 

aktivlarning  qiymati  dastlab  uning  tannarxida  baholanishi  lozim.  Bitimga  oid 

xarajatlar dastlabki baholash tarkibiga kiritilishi lozim. 

Tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi lozim:  

(a) 

u  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga  olish  modelini  yoki  tannarx 



bo’yicha hisobga olish modelini qo’llayotganini. 

(b) 


agar  u  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga  olish  modelini  qo’llasa, 

operativ  ijara  kelishuvi  asosida  egalik  qilinayotgan  mulk  ulushlari  investitsion  mulk 

sifatida  tasniflanganini  va  hisobga  olinganini  va  bu  qanday  holatlarda  amalga 

oshirilganini. 

(v) 

qachonki  tasniflash  qiyin  bo’lganda,  mulk-egasi-egallagan  mulkdan  va 



oddiy  xo’jalik  faoliyatidagi  sotishga  mo’ljallangan  mulkdan  investitsion  mulkni 

farqlash uchun u qo’llaydigan mezonlarni. 

(g) 

investitsion  mulkning  (moliyaviy  hisobotlarda  baholangan  yoki  ochib 



berilgan  )  haqqoniy  qiymati  qay  darajada  tan  olingan  va  tegishli  professional 

malakaga  ega  hamda  baholanayotgan  investitsion  mulk  joyida  va  toifasida  yaqin 

tajribaga  ega  mustaqil  baholovchi  tomonidan  narxlashga  asoslanganligini.  Bunday 

narxlash bo’lmagan bo’lsa, ushbu fakt ochib berilishi lozim. 

(d) 

Quyidagilar bo’yicha foyda yoki zararda tan olingan summalar: 




 

 

106 



 

investitsion mulkdan ijara daromadlari; 



davr mobaynida ijara daromadlari keltirgan investitsion mulkka nisbatan 

bevosita operativ xarajatlar (jumladan, ta’mirlash va saqlash xarajatlari); va 

davr  mobaynida  ijara  daromadlari  keltirmagan  investitsion  mulkka 



nisbatan bevosita operativ xarajatlar (jumladan, ta’mirlash va saqlash xarajatlari). 

tannarx  bo’yicha  hisobga  olish  modeli  foydalanilgan  to’plamdan 



haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modeli foydalanilgan to’plamga investitsion 

mulkning  sotilishi  bo’yicha  foyda  yoki  zararda  tan  olingan  haqqoniy  qiymatdagi 

yig’ilgan o’zgarish. 

(e) 


investitsion  mulkning  sotilishi,    yoki  hisobdan  chiqarishdan  olingan 

daromadlarning va tushumlarning o’tkazilishi bo’yicha cheklovlarning  mavjudligi va 

summalari. 

(j) 


investitsion  mulkni  sotib  olish,  qurish  yoki  takomillashtirish  bo’yicha 

yoki ta’mirlash, saqlash yoki yaxshilash bo’yicha shartnomaviy majburiyatlar. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə