Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 

4.6. MHXS (IFRS) 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar 

va davom ettirilmaydigan faoliyat” 

MHXS  ning  maqsadi  sotish  uchun  mo’ljallangan  aktivlarni  hisobga  olish  va 

davom ettirilmaydigan faoliyat to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etish va ochib berish 

bo’yicha talablarni belgilashdan iboradir. Xususan, MHXS quyidagilarni talab etadi:  

(a) 

sotish 


uchun 

mo’ljallangan 

sifatida 

tasniflash 

mezonlarini 

qanoatlantiradigan  aktivlar  balans  qiymait  bilan  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi 

haqqoniy  qiymat  o’rtasidagi  kamrog’ida  baholanishini  va  bunday  aktivlar  bo’yicha 

eskirishni hisoblash to’xtatilishini; va 

(b) 

sotish 


uchun 

mo’ljallangan 

sifatida 

tasniflash 

mezonlarini 

qanoatlantiradigan  aktivlar  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotda  alohida  tarzda 

taqdim etilishini va davom ettirilmaydigan faoliyatlarning natijalari umumiy daromad 

to’g’risidagi hisobotda alohida tarzda taqdim etilishini. 

Ushbu  MHXS  ning  tasniflash  va  taqdim  etish  bo’yicha  talablari  tadbirkorlik 

sub’ektining  barcha  tan  olingan  uzoq  muddatli  aktivlariga  va  barcha  hisobdan 

chiqarish  guruhlariga  nisbatan  qo’llaniladi.  Mazkur  MHXS  ning  baholash  talablari 

barcha  tan  olingan  uzoq  muddatli  aktivlariga  va  barcha  hisobdan  chiqarish 

guruhlariga nisbatan qo’llaniladi.  

BHXS  1  “Moliyaviy  hisobotlarni  taqdim  etish»  ga  muvofiq  uzoq  muddatli 

sifatida  tasniflangan  aktivlar  ular  mazkur  MHXS  ga  muvofiq  sotish  uchun 

mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirgunga qadar joriy aktivlar 

sifatida  qayta  tasniflanmasligi  lozim.  Faqatgina  qayta  sotish  maqsadi  bilan  sotib 

olingan holda, tadbirkorlik sub’ekti odatda uzoq muddatli sifatida hisoblashi mumkin 

bo’lgan  turkum  aktivlari  joriy  sifatida  tasniflamasligi  lozim,  bunda  ular  mazkur 

MHXS  ga  muvofiq  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflanish  mezonlarini 

qanoatlantirmaguncha.  

Ayrim holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti aktivlar guruhini, ehtimol ba’zi bevosita 

bog’liq  majburiyatlar  bilan  birga,  yagona  operatsiyada  hisobdan  chiqaradi.  Bunday 

hisobdan  chiqarish  guruhi  pulni  yuzaga  keltiradigan  birliklar  guruhi,  yagona  pulni 

yuzaga  keltiradigan  birlik,  yoki  pulni  yuzaga  keltiradigan  birlik  qismi  bo’lishi 

mumkin.  Guruh  tadbirkorlik  sub’ektining  har  qanday  aktivlarini  va  har  qanday 

majburiyatlarini,  jumladan  joriy  aktivlarni,  joriy  majburiyatlarni  va  mazkur  MHHS 

ning  baholash  talablaridan  istisno  qilingan  aktivlarni,  o’z  ichiga  olishi  mumkin. 

Agarda  mazkur  MHHS  ning  baholash  talablari  doirasidagi  uzoq  muddatli  aktiv 

hisobdan  chiqarish  guruhining  qismi  bo’lsa,  mazkur  MHHS  ning  baholash  talablari 

butun  guruhga  nisbatan  qo’llanilib,  buning  natijasida  guruh  uning  balans  qiymati 

bilan  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  o’rtasidagi  kamrog’ida 

baholanadi.  Mazkur  MHHS  ning  baholash  shartlari  quyidagi  aktivlarga  (qaysiki 

keltirilgan  MHXSlar  orqali  qamrab  olinadi)  nisbatan,  alohida  aktivlar  sifatida  yoki 




 

 

131 



 

hisobdan chiqarish guruhining qismi sifatida, qo’llanilmaydi:  

(a) 

muddati uzaytirilgan soliq aktivlari (MHXS 12 «Foyda soliqlari»). 



(b) 

xodimlar  daromadlaridan  yuzaga  keladigan  aktivlar  (MHXS  19 

«Xodimlar daromadlari»). 

(v) 


MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasidagi moliyaviy 

aktivlar. 

(g) 

BHXS  40  «Investitsion  mulk»  dagi  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga 



olish modeliga muvofiq hisobga olinadigan uzoq muddatli aktivlar. 

(d) 


BHXS  41  «Qishloq  xo’jaligi»  ga  muvofiq  sotish  xarajatlari 

chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanadigan uzoq muddatli aktivlar. 

(e) 

MHXS 


4  «Sug’urta  shartnomalari»  da  ta’riflangan  sug’urta 

shartnomalari asosida shartnomaviy huquqlar. 

Sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflanadigan  uzoq  muddatli  aktivlarga 

(yoki  hisobdan  chiqarish  guruhiga)  nisbatan  qo’llaniladigan  mazkur  MHXS  dagi 

tasniflash,  taqdim  etish  va  baholash  talablari  o’zlarining  maqomi  bo’yicha  mulk 

egalari  sifatida  faoliyat  yuritadigan  mulk  egalari  uchun  taqsimotga  mo’ljallangan 

sifatida tasniflanadigan (mulk egalari uchun taqsimotga mo’ljallangan) uzoq muddatli 

aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan ham qo’llaniladi. 

Mazkur MHXS sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli 

aktivlarga  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhlariga)  yoki  davom  ettirilmaydigan 

faoliyatlarga  nisbatan  talab  etilgan  ochib  berishlarni  belgilaydi.  Boshqa  MHXS 

lardagi  ma’lumotlarni  ochib  berish  bo’yicha  talablar  bunday  aktivlarga  (yoki 

hisobdan  chiqarish  guruhlariga)  nisbatan  qo’llanilmaydi,  bunda  ushbu  MHXSlar 

quyidagilarni talab etmaguncha: 

(a) 

sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  uzoq  muddatli 



aktivlarga  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhlariga)  yoki  davom  ettirilmaydigan 

faoliyatlarga nisbatan muayyan ma’lumotlarni ochib berish; yoki 

(b) 

MHXS  5  ning  baholash  talabi  doirasida  bo’lmagan  hisobdan  chiqarish 



guruhidagi aktivlar  va  majburiyatlarning  baholanishi to’g’risidagi  ma’lumotlar ochib 

berilishi  va  bunday  ochib  beriladigan  ma’lumotlar  moliyaviy  hisobotlarga  boshqa 

izohlarda oldin ta’minlanmagan bo’lishi. 

Sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  uzoq  muddatli  aktivlarga 

(yoki  hisobdan  chiqarish  guruhlariga)  yoki  davom  ettirilmaydigan  faoliyatlar 

to’g’risidagi  qo’shimcha  ma’lumotlarni  ochib  berish  MHXS  1  ning  umumiy 

talablariga, moslikni ta’minlash uchun zarur bo’lishi mumkin. 

Tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) 

sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflashi  lozim,  agarda  uning  balans  qiymati 

uzluksiz foydalanish orqali emas, balki asosan sotuv operatsiyasi orqali qoplansa.  

Buni  amalga  oshirish  uchun,  aktiv  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhi)  o’zining 

joriy  holatida bevosita sotuv uchun  mavjud bo’lishi shart, bunda  u  faqatgina bunday 

aktivlar  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhlari)  bo’yicha  odatiy  va  majburiy  bo’lgan 

shartlarga shartli ravishda bo’ladi va uning sotuvi yuqori ehtimolli bo’lishi shart.  

Sotuv  yuqori  ehtimolli  bo’lishi  uchun,  rahbariyatning  tegishli  darajasi  aktivni 

(yoki  hisobdan  chiqarish  guruhini)  sotish  rejasini  qabul  qilishi  shart  va  xaridorni 




 

 

132 



 

izlash va rejani bajarish bo’yicha faol dasturning tashabbusi amalga oshirilishi shart. 

Bundan  tashqari,  aktivni  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhini)  uning  joriy  haqqoniy 

qiymatiga  nisbatan  oqilona  narxda  sotish  bo’yicha  faol  choralar  amalga  oshirilishi 

shart.  Shu  bilan  birga,  sotuv  tasniflash  sanasidan  boshlab  bir  yil  ichida  tugatilgan 

sotuv  sifatida  tan  olinishni  qanoatlantirishi  ko’zda  tutilishi  lozim  va  rejani  bajarish 

uchun  talab  etilgan  choralar  shuni  ko’rsatishi  lozimki,  rejaga  nisbatan  yirik 

o’zgarishlar  amalga  oshirilishining  yoki  reja  bekor  qilinishining  ehtimoli  juda  kam. 

Aktsiyadorlarning  tasdiqlash  ehtimoli  (agarda  qonunchilikda  talab  etilsa)  sotuv 

yuqori ehtimolli bo’lishini baholashning qismi sifatida ko’rib chiqilishi kerak. 

Sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ekti  ustidan  nazoratni  yo’qotishni  qamrab  oladigan 

sotuv rejasini qabul qiladigan tadbirkorlik sub’ekti ushbu shu’baning jami aktivlarini 

va  majburiyatlarini  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflashi  lozim,  bunda 

tadbirkorlik sub’ekti sotuvdan so’ng o’zining sobiq shu’basida nazorat qilinmaydigan 

ulushni saqlab qolishidan qat’iy nazar. 

Hodisalar  yoki  holatlar  sotuvni  tugallash  davrini  bir  yildan  ortiq  muddatga 

uzaytirishi  mumkin.  Sotuvni  tugallash  uchun  talab  etilgan  davrning  uzaytirilishi 

aktivni  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhini)  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflanishidan  to’smaydi,  agarda  muddatini  uzaytirishga  tadbirkorlik  sub’ektining 

nazoratidan  tashqarida  bo’lgan  hodisalar  yoki  holatlar  sabab  bo’lsa  va  tadbirkorlik 

sub’ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish bo’yicha o’z rejasini saqlab 

qolishi to’g’risida  yetarlicha dalil  mavjud  bo’lsa. Sotuv operatsiyalari  uzoq  muddatli 

aktivlarni  boshqa  uzoq  muddatli  aktivlarga  ayirboshlashlarni  o’z  ichiga  oladi, 

qachonki ayirboshlash BHXS 16 “Asosiy vositalar” ga muvofiq tijoriy mohiyatga ega 

bo’lsa.  

Qachonki tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish 

guruhini)  faqatgina  uni  keyin  hisobdan  chiqarish  maqsadi  bilan  sotib  olsa,  u  uzoq 

muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotib olish sanasida sotish uchun 

mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim. 

Qachonki tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish 

guruhini)  mulk  egalariga  taqsimlash  to’g’risida  qaror  qabul  qilsa,  aktiv  (yoki 

hisobdan  chiqarish  guruhi)  mulk  egalariga  taqsimot  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflanadi. Bunday holat bo’lishi uchun, aktivlar o’zlarining joriy holatida bevosita 

taqsimlanish uchun mavjud bo’lishi shart va taqsimlash yuqori ehtimolga ega bo’lishi 

shart.  Taqsimlash  yuqori  ehtimolli  bo’lishi  uchun,  taqsimlashni  tugallash  choralari 

tashabbusi  amalga  oshirilgan  bo’lishi  shart  va  tasniflash  sanasidan  boshlab  bir  yil 

ichida  tugallanishi  ko’zda  tutilishi  kerak.  Taqsimlashni  tugallash  uchun  talab  etilgan 

choralar  shuni  ko’rsatishi  lozimki,  taqsimlashga  nisbatan  yirik  o’zgarishlar  amalga 

oshirilishining 

yoki 


taqsimlash 

bekor 


qilinishining 

ehtimoli 

juda 

kam. 


Aktsiyadorlarning  tasdiqlash  ehtimoli  (agarda  qonunchilikda  talab  etilsa)  taqsimlash 

yuqori ehtimolli bo’lishini baholashning qismi sifatida ko’rib chiqilishi kerak. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  foydalanilishi  to’xtatiladigan  uzoq  muddatli  aktivlarni 

(yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflamasligi 

lozim.  Bunga  sabab  shuki,  uning  balans  qiymati  asosan  ukluksiz  foydalanishdan 

qoplanadi.  Foydalanilishi  to’xtatiladigan  uzoq  muddatli  aktivlar  (hisobdan  chiqarish 




 

 

133 



 

guruhlari) 

 

o’zlarining  iqtisodiy  foydalanish  muddatlari  oxiriga  qadar 



foydalaniladigan  uzoq  muddatli  aktivlarni  (hisobdan  chiqarish  guruhlarini)  hamda 

sotiladigan  emas,  balki  yopiladigan  uzoq  muddatli  aktivlarni  (hisobdan  chiqarish 

guruhlarini) o’z ichiga oladi.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  foydalanishdan  vaqtinchalik  ozod  etilgan  uzoq  muddatli 

aktivni xuddiki undan foydalanish to’xtatilgandek hisobga olmasligi lozim.  


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə