Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 


 

 

141 



 

 

5- Mavzu.  Baholashni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi 

 

5.1. BHXS (IAS) 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” 

Mazkur  Standartning  maqsadi  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  qo’llaniladigan 

shunday  tartiblarni  belgilashdan  iboratki,  bunda  uning  aktivlari  ularning 

qoplanadiganqoplanadigan  qiymatdan  ortiq  bo’lmagan  summada  hisobga  olinganligi 

ta’minlanadi. Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali 

qoplanadigan  summadan  oshsa,  ushbu  aktiv  o’zining  qoplanadigan  qiymatidan  ortiq 

summada hisobga olingan bo’ladi. Agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan 

deb  hisoblanadi  va  mazkur  Standart  tadbirkorlik  sub’ektidan  qadrsizlanish  zararini 

tan  olishni  talab  etadi.  Ushbu  Standart  tadbirkorlik  sub’ekti  qadrsizlanish  zararini 

qachon qayta tiklashi kerakligini  hamda ochib berilishi  lozim  bo’lgan  ma’lumotlarni 

belgilaydi. 

Mazkur  standart  quyidagilardan  tashqari  barcha  aktivlarning  qadrsizlanishini 

hisobga olishda qo’llanilishi lozim:  

(a)  tovar-moddiy zahiralar (BHXS 2 «Tovar-moddiy zahiralar” ga qarang); 

(b)  qurilish  shartnomalaridan  yuzaga  keladigan  aktivlar  (BHXS  11  «Qurilish 

shartnomalari» ga qarang); 

(v)  muddati  kechiktirilgan  soliq  aktivlari  (BHXS  12  «Foyda  soliqlari»  ga 

qarang); 

(g)  xodimlarga  haqlarni  to’lashdan  yuzaga  keladigan  aktivlar  (BHXS  19 

«Xodimlarning daromadlari»ga qarang); 

(d)  MHXS  9  «Moliyaviy  instrumentlar»  ning  qo’llash  doirasida  bo’lgan 

moliyaviy aktivlar; 

(e)  haqqoniy  qiymatda  baholangan  investitsion  mulk  (BHXS  40  «Investitsion 

mulk» ga qarang); 

(j)  chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi  haqqoniy qiymatda baholangan va 

qishloq  xo’jaligi  faoliyatiga tegishli  biologik aktivlar  (BHXS  41  «Qishloq  xo’jaligi» 

ga qarang); 

(z)  MHXS  4  «Sug’urta  shartnomalari»  ning  qo’llash  doirasidagi  sug’urta 

shartnomalari ostida sug’urtalovchining shartnomaviy huquqlaridan yuzaga keladigan 

muddati kechiktirilgan sotib olish xarajatlari va nomoddiy aktivlar; va 

(i)  MHXS  5  “Sotish  uchun  mo’ljallangan  uzoq  muddatli  aktivlar  va  davom 

ettirilmaydigan  faoliyat”  ga  muvofiq  sotishga  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan 

uzoq muddatli aktivlar (yoki chiqib ketish guruhlari). 

Mazkur  Standart  tovar-moddiy  zahiralarga,  qurilish  shartnomalaridan  yuzaga 

keladigan  aktivlarga,  muddati  kechiktirilgan  soliq  aktivlariga,  xodimlarga  haqlarni 

to’lashdan  yuzaga  keladigan  aktivlarga,  yoki  sotishga  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflangan  (yoki  sotishga  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  chiqib  ketish 

guruhlariga  kiritilgan)  aktivlarga  nisbatan  qo’llanilmaydi,  chunki  ushbu  aktivlar 

uchun  o’rinli  bo’lgan  joriy  MHXSlar  ushbu  aktivlarni  tan  olish  va  baholashga 

nisbatan talablarni qamrab oladi. 

Mazkur  Standart  quyidagicha  tasniflangan  moliyaviy  aktivlarga  nisbatan 



 

 

142 



 

qo’llaniladi:  

(a)  MHXS  10  «Jamlangan  moliyaviy  hisobotlar»  da  ta’riflangan  sho’’ba 

tadbirkorlik sub’ektlari; 

(b)  MHXS  28  «Qaram  tadbirkorlik  sub’ektlari  va  qo’shma  korxonalardagi 

investitsiyalar» da ta’riflangan qaram tadbirkorlik sub’ektlari; va 

(v)  MHXS  11  «Birgalikdagi  faoliyat  bo’yicha  kelishuvlar»  da  ta’riflangan 

qo’shma korxonalar. 

Boshqa  moliyaviy aktivlarning  qadrsizlanishi bo’yicha MHXS 39  ga  murojaat 

eting. 


Mazkur  Standart  MHXS  9  ning  qo’llash  doirasida  bo’lgan  moliyaviy 

aktivlarga,  BHXS  40  ning  qo’llash  doirasidagi  haqqoniy  qiymatda  baholangan 

investitsion mulkka, yoki BHXS 41 ning qo’llash doirasidagi chiqib ketish xarajatlari 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatda  baholangan  va  qishloq  xo’jaligi  faoliyatiga 

tegishli  biologik  aktivlarga  nisbatan  qo’llanilmaydi.  Biroq,  mazkur  Standart  MHXS 

16 «Asosiy vositalar» va MHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi qayta baholash modeli 

kabi  boshqa  Standartlarga  muvofiq  qayta  baholangan  qiymatda  (ya’ni  har  qanday 

keyingi  jamg’arilgan  eskirish  summasi  va  keyingi  yig’ilgan  qadrsizlanish  zararlari 

chegirilgan  holda  qayta  baholash  sanasidagi  haqqoniy  qiymatda)  hisobga  olingan 

aktivlarga  nisbatan  qo’llaniladi.  Aktivning  haqqoniy  qiymati  bilan  uning  chiqib 

ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi yagona farq aktivning 

chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlardir. 

(a) 

Agarda  chiqib  ketish  xarajatlari  sezilarsiz  bo’lsa,  qayta  baholangan 



aktivning  qoplanadigan  qiymat  uning  qayta  baholangan  qiymatiga  yaqinroq,  yoki 

undan  ko’proq,  bo’ladi.  Bunday  holatda,  qayta  baholash  talablari  qo’llanilgandan 

so’ng,  qayta  baholangan  aktiv  qadrsizlangan  bo’lish  ehtimoli  mavjud  emas  va 

qoplanadigan qiymatning baholanishi shart emas. 

(b) 

Agarda  chiqib  ketish  xarajatlari  sezilarsiz  bo’lmasa,  qayta  baholangan 



aktivning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  uning  haqqoniy 

qiymatidan kamroq bo’ladi. Shu tufayli, qayta baholangan aktiv qadrsizlanadi, agarda 

uning  foydalanishdagi  qiymati  uning  qayta  baholangan  qiymatidan  kamroq  bo’lsa. 

Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, tadbirkorlik sub’ekti 

ushbu Standartni aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligini aniqlash uchun qo’llaydi. 

Aktiv  qadrsizlangan  bo’ladi,  qachonki  uning  balans  qiymati  uning 

qoplanadigan  qiymatdan  oshsa.  Agarda  ushbu  ishoralardan  biri  mavjud  bo’lsa, 

tadbirkorlik  sub’ektidan  qoplanadigan  qiymatning  rasmiy  baholanishini  aniqlash 

talab  etiladi.  Standart  tadbirkorlik  sub’ektidan  qoplanadigan  qiymatning  rasmiy 

baholanishini  aniqlashni  talab  etmaydi,  agarda  qadrsizlanish  zararining  hech  qanday 

ishorasi mavjud bo’lmasa. 

Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlangan bo’lishi 

mumkinligining  biror  ishorasi  mavjudligini  tekshirishi  lozim.  Agarda  biror  bunday 

ishora  mavjud  bo’lsa,  tadbirkorlik  sub’ekti  aktivning  qoplanadigan  qiymatini 

baholashi lozim. 

Qadrsizlanishning  har  qanday  ishorasi  mavjud  bo’lishidan  qat’iy  nazar, 

tadbirkorlik sub’ekti:  



 

 

143 



 

(a) 


noaniq  foydali  xizmat  muddatiga  ega  nomoddiy  aktivni  yoki  hanuz 

foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivni qadrsizlanishga har yili tekshirishi lozim, 

bunda  uning  balans  qiymati  uning  qoplanadigan  qiymati  bilan  taqqoslanadi.  Ushbu 

qadrsizlanish  tekshiruvi  yillik  davr  mobaynida  har  qanday  paytda  amalga  oshirilishi 

mumkin, biroq shunday shart bilanki, u har yili bir xil paytda amalga oshiriladi. Turli 

xil  nomoddiy  aktivlar  turli  paytlarda  qadrsizlanishga  tekshirilishi  mumkin.  Biroq, 

bunday  nomoddiy  aktiv  dastlab  joriy  yillik  davrda  tan  olingan  bo’lsa,  ushbu 

nomoddiy aktiv joriy yillik davr oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.  

(b) 

biznes  birlashuvida  sotib  olingan  gudvillni  har  yili  qadrsizlanishga 



tekshirishi lozim. 

Nomoddiy  aktiv  foydalanishda  mavjud  bo’lgan  holatga  nisbatan  aktiv 

foydalanishda  mavjud  bo’lishidan  oldingi  holatda,  nomoddiy  aktivning  o’z  balans 

qiymatini tiklash uchun yetarli kelgusi iqtisodiy manfaatlar keltirish qobiliyati odatda 

yuqoriroq  noaniqlikka  duchor  bo’ladi.  Shu  tufayli,  mazkur  Standart  tadbirkorlik 

sub’ektidan  hanuz  foydalanishda  bo’lmagan  nomoddiy  aktivning  balans  qiymatini, 

kamida har yili, qadrsizlanishga tekshirishni talab etadi. 

Aktiv  qadrsizlangan  bo’lishi  mumkinligining  biror  ishorasi  mavjudligini 

tekshirishda, tadbirkorlik sub’ekti, kamida, quyidagi ishoralarni ko’rib chiqishi lozim:  

Ma’lumotlarning tashqi manbalari: 

(a) 

shunday kuzatiladigan ishoralar mavjudki, bunda aktivning qiymati vaqt 



o’tishi  yoki  me’yoriy  foydalanish  natijasida  kutilishi  mumkin  bo’lgan  kamayishga 

nisbatan davr mobaynida sezilarli darajada kamaygan. 

(b) 

tadbirkorlik  sub’ektiga  nisbatan  salbiy  ta’sirga  ega  jiddiy  o’zgarishlar 



tadbirkorlik  sub’ekti  faoliyat  ko’rsatadigan  texnologik,  bozor,  iqtisodiy  yoki  yuridik 

muhitda yoki aktiv tegishli bo’lgan bozorda davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin 

kelajakda sodir bo’ladi. 

(v) 


bozor  foiz  stavkalari  yoki  investitsiyalar  bo’yicha  boshqa  bozor 

foydalilik  ko’rsatkichlari  davr  mobaynida  oshdi  va  ushbu  oshishlarning 

foydalanishdagi  aktivning  qiymatini  hisoblashda  qo’llanilgan  diskont  stavkasiga 

ta’sir etish hamda aktivning qoplanadigan qiymatini ahamiyatli kamaytirish ehtimoli 

mavjud. 

(g) 


tadbirkorlik  sub’ektining  sof  aktivlarining  balans  qiymati  uning  bozor 

kapitalizatsiyasidan ko’proqdir. 

Ma’lumotlarning ichki manbalari: 

(d) 


aktivning  ma’naviy  eskirishi  yoki  jismoniy  shikastlanishiga  dalil 

mavjud. 


(e) 

tadbirkorlik  sub’ektiga  nisbatan  salbiy  ta’sirga  ega  jiddiy  o’zgarishlar 

aktivdan foydalanilgan yoki foydalanilishi kutilgan darajada, yoki undan foydalanish 

holatida,  davr  mobaynida  sodir  bo’ldi,  yoki  yaqin  kelajakda  sodir  bo’lishi  kutiladi. 

Ushbu o’zgarishlar aktivdan foydalanilmagan holatni, aktiv tegishli bo’lgan faoliyatni 

to’xtatish  yoki  qayta  tashkil  etish  rejalarini,  aktivni  avval  kutilgan  sanadan  oldin 

hisobdan  chiqarish  rejalarini  va  aktivning  foydali  xizmat  muddatini  noaniqdan  aniq 

sifatiga qayta baholashni o’z ichiga oladi. 

(j) 

aktivning  ishlatilishidan  iqtisodiy  natijalar  kutilganidan  salbiyroq 




 

 

144 



 

bo’lganligini, yoki bo’lishini, ko’rsatadigan dalil ichki hisobot asosida aniqlangan. 

 (z) 

sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ekti,  qo’shma  korxona  yoki  qaram  tadbirkorlik 



sub’ektidagi investitsiya uchun, investor investitsiya bo’yicha dividendni tan oladi va 

shunday dalil mavjudki, bunda: 

alohida  moliyaviy  hisobotlardagi  investitsiyaning  balans  qiymati 



jamlangan  moliyaviy  hisobotlardagi  investitsiya  ob’ektining  sof  aktivlarining, 

jumladan tegishli gudvillning, balans qiymatlaridan oshadi; yoki 

dividend  e’lon  qilingan  davrda  dividend  sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ekti, 



qo’shma  korxona  yoki  qaram  tadbirkorlik  sub’ektining  jami  umumlashgan 

daromadidan oshadi. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  aktiv  qadrsizlangan  bo’lishi  mumkinligining  boshqa 

ishoralarini  aniqlashi  mumkin  va  ular  tadbirkorlik  sub’ektidan  aktivning 

qoplanadigan  qiymatni  aniqlashni,  yoki  gudvill  holatida,  qadrsizlanish  tekshiruvini 

amalga oshirishni ham talab etishi mumki. 

Aktiv  qadrsizlangan  bo’lish  mumkinligini  ko’rsatadigan  ichki  hisobot  dalili 

quyidagilarning mavjudligini o’z ichiga oladi: 

(a) 

aktivni  sotib  olish  bo’yicha  pul  oqimlari,  yoki  undan  foydalanish  yoki 



uni  saqlash  uchun  keyinchalik  zarur  bo’ladigan  pul  mablag’larining  dastlab 

rejalashtirilgan byudjet mablag’laridan sezilarli darajada ko’proq bo’lishi; 

(b) 

aktiv  bo’yicha  haqiqiy  sof  pul  oqimlarining  yoki  operatsion  foyda  yoki 



zararning  rejalashtirilgan  byudjet  ko’rsatkichlariga  nisbatan  sezilarli  tarzda  salbiy 

bo’lishi; 

(v) 

aktiv  bo’yicha  rejalashtirilgan  sof  pul  oqimlarining  yoki  operatsion 



foydaning  sezilarli  darajada  kamayishi  yoki  rejalashtirilgan  zararning  sezilarlai 

darajada ko’payishi; yoki 

(g) 

joriy davr summalari kelgusi davr uchun rejalashtirilgan summalar bilan 



jamlanganida  aktiv  bo’yicha  operatsion  zararlar  yoki  sof  pul  chiqimlari  paydo 

bo’lishi. 

Standart  noaniq  foydali  xizmat  muddatiga  ega  nomoddiy  aktiv  yoki  hanuz 

foydalanishda bo’lmagan  nomoddiy aktiv  va  gudvill qadrsizlanishga kamida  har  yili 

tekshirilishini  talab  etadi.  Masalan,  agarda  oldingi  hisob-kitoblar  aktivning 

qoplanadigan qiymat uning balans qiymatidan sezilarli tarzda ko’proq bo’lganini aks 

ettirsa,  tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  farqni  yuqotishi  mumkin  bo’lgan  hech  qanday 

hodisa  sodir  bo’lmaganda  aktivning  qoplanadigan  qiymatni  qayta  baholashi  zarur 

emas. 

 

Standart  qoplanadigan  qiymatni  aktivning  yoki  pul  mablag’larini  hosil 

qiladigan  birlikning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  bilan 

uning  foydalanishdagi  qiymati  o’rtasidagi  yuqorirog’i  sifatida  ta’riflaydi.  Ushbu 

talablar  «aktiv»  atamasidan  foydalanadi,  ammo  ular  alohida  aktivga  yoki  pul 

mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi. 

Ham  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  aktivning  haqqoniy  qiymatini 

ham  uning  foydalanishdagi  qiymatini  aniqlash  har  doim  ham  zarur  emas.  Agarda 

ushbu  summalarning  biri  aktivning  balans  qiymatidan  oshsa,  aktiv  qadrsizlanmagan 

bo’ladi va ikkinchi summani baholash zarur bo’lmaydi. 




 

 

145 



 

Hattoki ma’lum aktiv uchun faol bozordagi belgilangan narx mavjud bo’lmasa 

ham,  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatni  baholash  mumkin 

bo’ladi.  Biroq,  ayrim  holatlarda  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy 

qiymatni  baholash  imkoniyati  bo’lmasligi  mumkin,  chunki  joriy  bozor  sharoitlarida 

baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasida  aktivni  sotish  bo’yicha  odatiy 

operatsiyaning  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  narxni  ishonchli  baholash  uchun  asos 

mavjud  bo’lmaydi.  Bunday  holatda,  tadbirkorlik  sub’ekti  aktivning  foydalanishdagi 

qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanishi mumkin. 

Agarda  aktivning  foydalanishdagi  qiymati  uning  chiqib  ketish  xarajatlari 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatidan  ahamiyatli  tarzda  oshishiga  kutish  uchun  hech 

qanday  sabab  bo’lmasa,  aktivning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy 

qiymatidan  uning  qoplanadigan  qiymat  sifatida  foydalanish  mumkin.  Bu  ko’p 

hollarda sotish uchun mo’ljallangan aktiv holatida bo’ladi. Bunga sabab shuki, sotish 

uchun  mo’ljallangan  aktivdan  uning  sotilishiga  qadar  uzluksiz  foydalanishdan 

keladigan  kelgusi  pul  oqimlari  sezilarsiz  bo’lish  ehtimoli  tufayli,  aktivning 

foydalanishdagi qiymati asosan sotishdan olinadigansof tushumlardan tashkil topadi. 

Alohida  aktiv  boshqa  aktivlardan  yoki  aktivlar  guruhlaridan  keladigan  pul 

kirimlaridan  katta  darajada  mustaqil  bo’lgan  pul  kirimlarini  yuzaga  keltirmagan 

holatdan  tashqari  holatlarda,  qoplanadigan  qiymat  alohida  aktiv  uchun  aniqlanadi. 

Agarda  ushbu  holat  yuz  bersa,  qoplanadigan  qiymat  aktiv  tegishli  bo’lgan  pul 

mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun aniqlanadi, bunda:  

(a) 

aktivning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati 



uning balans qiymatidan ko’proq bo’lmaguncha; yoki 

(b) 


aktivning  foydalanishdagi  qiymati  uning  chiqib  ketish  xarajatlari 

chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholanishi va chiqib ketish 

xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati baholanishi mumkin bo’lmaguncha. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə