Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol. 

Kompaniya  o’zining  balans  qiymati  100000  sh.b.  bo’lgan  asosiy  vositasining 

qadrsizlanishi  belgilarini  aniqladi  va  uning  qoplanadigan  qiymatini  aniqladi.  Asosiy 

vositaning  haqqoniy  qiymati  sotish  xarajatlarini  chigirib  tashlagandan  so’ng  80000 

sh.b. ni tashkil qiladi. Kompaniya bu vositani yaqin davrda sotmoqchi emas va uning 

haqqiniy qiymati foydalanish davrida o’sib boradi deb hisoblamoqda.  

Bunday  holatda  kompaniya  foydalanish  orqali  olinadigan  qiymatni  e’tiborga 

olib  qoplanadigan  qiymatni  haqqoniy  qiymatdan  (sotish  xarajatini  va  foydalanish 

qimmatini chegirgandan so’ng) yuqori deb qaraydi.  

Faraz  qilaylik,  foydalanish  qiymati  ortishi  evaziga  105000  sh.b.ni  tashkil 

qiladi.  Bunday  holatda  aktiv  qadrsizlanmagan  hisoblanadi  va  balans  qiymatida 

baholanadi. 

Noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni uning balans qiymatini 

uning  qoplanadigan  qiymatga  qiyoslash  orqali  har  yili  qadrsizlanishga  tekshirishni 

talab  etadi,  bunda  u  qadrsizlangan  bo’lishi  mumkinligining  biror  ishorasi  mavjud 

bo’lishi  yoki  bo’lmasligidan  qat’iy  nazar.  Biroq,  bunday  aktivning  qoplanadigan 

qiymatining bevosita oldingi davrda amalga oshirilgan eng yaqin batafsil hisob-kitobi 

joriy  davrda  ushbu  aktiv  uchun  qadrsizlanish  tekshiruvida  qo’llanilishi  mumkin, 




 

 

146 



 

bunda quyidagi barcha mezonlar qanoatlantirilgan holda: 

(a) 

agarda  nomoddiy  aktiv  uzluksiz  foydalanishda  boshqa  aktivlardan  yoki 



aktivlar  guruhlaridan  keladigan  pul  kirimlaridan  katta  darajada  mustaqil  bo’lgan  pul 

kirimlarini  yuzaga  keltirmaganda  va  shu  tufayli  u  tegishli  bo’lgan  pul  mablag’larini 

hosil qiladigan birlikning qismi sifatida qadrsizlanishga tekshirilganda, ushbu birlikni 

tashkil etadigan aktivlar va majburiyatlar qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi 

hisob-kitobidan buyon sezilarli tarzda o’zgarmagan; 

(b) 


qoplanadigan  qiymatning  eng  yaqin  oradagi  hisob-kitobi  aktivning 

balans qiymatidan sezilarli tafovut bilan oshgan summaga olib kelgan; va 

(v) 

qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobidan buyon sodir 



bo’lgan hodisalar va o’zgargan holatlar tahliliga asoslangan holda, joriy qoplanadigan 

qiymat  aktivning  balans  qiymatidan  kamroq  bo’lishi  mumkinligining  ehtimoli 

kamroq. 

Majburiyatlar  sifatida  tan  olinganlardan  tashqari  chiqib  ketish  xarajatlari  - 

chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatni  baholashda  chegiriladi. 

Bunday  xarajatlarga  misollar  yuridik  xarajatlarni,  gerb  yig’imlarini  va  shunga 

o’xshash  operatsiya  soliqlarini,  aktivni  yo’qotish  xarajatlarini  hamda  aktivni  uning 

sotilish  sharoitiga  keltirish  uchun  bevosita  qo’shimcha  xarajatlarni  o’z  ichiga  oladi. 

Biroq, ishdan bo’shashda olinadigan nafaqa (MHXS 19 da ta’riflangandek) va aktivni 

sotishdan  so’ng  biznesni  qisqartirish  yoki  qayta  tashkil  etish  bilan  bog’liq  xarajatlar 

aktivni chiqib ketishi bo’yicha bevosita qo’shimcha xarajatlar hisoblanmaydi. 

Quyidagi  jihatlar  aktivning  foydalanishdagi  qiymatini  hisoblashda  aks 

ettirilishi lozim:  

(a)  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  aktivdan  olinishi  kutilgan  kelgusi  pul 

oqimlarining baholanishi; 

(b)  ushbu kelgusi  pul oqimlarining summasidagi  yoki  muddatidagi ehtimoliy 

o’zgarishlar bo’yicha kutishlar; 

(v)  joriy bozor xatardan-holi  foiz stavkasi orqali aks ettirilgan holda, pulning 

vaqtdagi qiymati; 

(g)  aktivga xos bo’lgan noaniqlik uchun narx; va 

(d)  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  aktivdan  olinishi  kutilgan  kelgusi  pul 

oqimlarini  narxlashda  bozor  ishtirokchilari  aks  ettiradigan  boshqa  omillar,  masalan 

nolikvidlilik. 

Aktivning foydalanishdagi qiymatini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 

oladi:  

(a)  aktivdan  uzluksiz  foydalanish  va  uning  yakuniy  chiqib  ketishi  orqali 

yuzaga keladigan kelgusi pul kirimlari va chiqimlarini baholash; va 

(b)  ushbu kelgusi pul oqimlariga nisbatan o’rinli diskont stavkasini qo’llash. 

Foydalanishdagi qiymatni baholashda tadbirkorlik sub’ekti:  

(a)  pul  oqimi  rejalarida  o’rinli  va  tasdiqlangan  farazlarga  asoslanishi  lozimki, 

bunda  ushbu  farazlar  aktivning  qolgan  foydali  xizmat  muddati  davomida  mavjud 

bo’ladigan bir qator iqtisodiy sharoitlar bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi bahosini 

aks ettiradi. Ko’proq e’tibor tashqi dalilga qaratilishi lozim. 

(b)  pul  oqimi  rejalarida  rahbariyat  tomonidan  tasdiqlangan  eng  yaqin  oradagi 




 

 

147 



 

moliyaviy  byudjedlarga/loyihalarga  asoslanishi  lozim,  ammo  kelgusi  qayta  tashkil 

etilishlardan  yoki  aktivdan  foydalanishni  yaxshilashdan  yoki  takomillashtirishdan 

yuzaga  kelishi  kutilgan  har  qanday  baholangan  kelgusi  pul  kirimlarini  yoki 

chiqimlarini  inobatga  olmasligi  lozim.  Ushbu  byudjedlarga/loyihalarga  asoslangan 

rejalar  eng  ko’pi  bilan  besh  yillik  davrni  qamrab  olishi  lozim,  bunda  uzoqroq  davr 

asoslanishi mumkin bo’lmaguncha.  

(v)  eng  yaqin  oradagi  moliyaviy  byudjedlarda/loyihalarda  qamrab  olingan 

davrdan  tashqari  pul  oqimi  rejalarini  keyingi  yillar  bo’yicha  barqaror  yoki 

kamayuvchi  o’sish  sur’atini  qo’llagan  holda  byudjedlarga/loyihalarga  asoslangan 

rejalarni  kengaytirish  orqali      baholashi  lozim,  bunda  o’suvchi  sur’at  asoslanishi 

mumkin  bo’lmaguncha.  Ushbu  o’sish  sur’ati  tadbirkorlik  sub’ekti  faoliyat 

ko’rsatadigan  mahsulotlar,  sohalar,  yoki  mamlakat  yoki  mamlakatlar  bo’yicha,  yoki 

aktiv  foydalaniladigan  bozor  bo’yicha  uzoq  muddatli  o’rtacha  o’sish  sur’atidan 

oshmasligi lozim, bunda yuqoriroq sur’at asoslanishi mumkin bo’lmaguncha. 

Kelgusi pul oqimlarining baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:  

(a)  aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarining rejalari; 

(b)  aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarini yuzaga keltirish 

uchun  zaruriy  tarzda  sarflangan  (jumladan  aktivni  foydalanishga  tayyorlash  uchun 

pul  chiqimlari)  va  aktivga  o’rinli  va  mos  ravishda  bevosita  aks  ettirilishi,  yoki 

taqsimlanishi mumkin bo’lgan pul chiqimlarining rejalari; va 

(v)  aktivning  foydali  xizmat  muddati  oxirida  chiqib  ketishi  uchun  olinadigan 

(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlari, agarda mavjud bo’lsa. 

Kelgusi  pul  oqimlarining  va  diskont  stavkasining  baholanishi  umumiy 

inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlari bo’yicha mos farazlarni aks ettiradi. Shu tufayli, 

agarda diskont stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z 

ichiga  olsa,  kelgusi  pul  oqimlari  nominal  summalarda  baholanadi.  Agarda  diskont 

stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z ichiga olmasa, 

kelgusi  pul  oqimlari  real  summalarda  baholanadi  (ammo  kelgusi  muayyan  narx 

o’sishlari yoki kamayishlarini o’z ichiga oladi). 

Pul  chiqimlarining  rejalari  aktivni  saqlash  bo’yicha  kunlik  xarajatlarni  hamda 

aktivdan  foydalanishga  nisbatan o’rinli  va  mos  ravishda bevosita aks ettirilishi,  yoki 

taqsimlanishi mumkin bo’lgan kelgusi ustama xarajatlarini o’z ichiga oladi. 

Qachonki  aktivning  balans  qiymati  u  foydalanishga  yoki  sotuvga  tayyor 

bo’lishidan  oldin  sarflanadigan  barcha  pul  chiqimlarini  hali  to’liq  o’z  ichiga 

olmaganda,  kelgusi  pul  chiqimlarining  baholanishi  aktiv  foydalanishga  yoki  sotuvga 

tayyor  bo’lishidan  oldin  sarflanishi  kutilgan  har  qanday  navbatdagi  pul 

chiqimlarining  baholanishini  o’z  ichiga  oladi.  Masalan,  bu  qurilish  ostida  bo’lgan 

bino yoki hali tugallanmagan ishlab chiqish loyihasi holatida bo’ladi. 

Ikkita  marta  hisoblashga  yo’l  qo’ymaslik  uchun,  kelgusi  pul  oqimlarining 

baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:  

(a)  ko’rib  chiqilayotgan  aktivdan  keladigan  pul  kirimlardan  ko’proq  tarzda 

mustaqil  bo’lgan  pul  kirimlarini  yuzaga  keltiradigan  aktivlardan  keladigan  pul 

oqimlari (masalan, debitorlik qarzlari kabi moliyaviy aktivlar); va 

(b)  majburiyatlar  sifatida  tan  olingan  javobgarliklarga  tegishli  pul  chiqimlari 



 

 

148 



 

(masalan, kreditorlik qarzlari, nafaqalar yoki rezervlar). 

Kelgusi  pul  oqimlarining  baholanishi  diskont  stavkasi  aniqlanadigan  usulga 

mos  bo’lgan  farazlarni  aks  ettiradi.  Aks  holda,  ayrim  farazlarning  ta’siri  ikki  marta 

hisobga  olinadi  yoki  inkor  etiladi.  Pulning  muddatdagi  qiymati  baholangan  kelgusi 

pul  oqimlarini  diskontlash  orqali  inobatga  olinishi  sababli,  ushbu  pul  oqimlari 

moliyalashtirish  faoliyatlari  bo’yicha  pul  kirimlari  yoki  chiqimlarini  o’z  ichiga 

olmaydi. Xuddi shuningdek, diskont stavkasi soliq oldingi asosda aniqlanishi tufayli, 

kelgusi pul oqimlari ham soliqdan oldingi asosda aniqlanadi. 

Aktivning  foydali  xizmat  muddati  oxirida  chiqib  ketishi  uchun  olinadigan 

(yoki  to’lanadigan)  sof  pul  oqimlarining  bahosi  shunday  summa  bo’lishi  lozimki, 

bunda  ushbu  summa,  baholangan  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandan  so’ng, 

tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  o’zaro  xabardor,  xohlovchi  va  mustaqil  tomonlar 

o’rtasidagi bitimda aktivni chiqib ketishidan olinishi kutiladi. 

Aktivning  foydali  xizmat  muddati  oxirida  chiqib  ketishi  uchun  olinadigan 

(yoki  to’lanadigan)  sof  pul  oqimlarining  baholanishi  aktivning  chiqib  ketish 

xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga o’xshash usulda aniqlanadi, ushbu sof 

pul oqimlarini baholashda quyidagi holatlar bundan mustasno:  

(a) 

tadbirkorlik sub’ekti o’zlarining foydali xizmat muddati oxiriga erishgan 



va  aktiv  foydalaniladigan  sharoitlarga  o’xshash  sharoitlarda  faoliyat  ko’rsatgan 

o’xshash aktivlar uchun baholash sanasida mavjud bo’lgan narxlardan foydalanadi. 

(b) 

tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  narxlarni  ham  umumiy  inflyatsiya  tufayli 



kelgusi  narx  oshishlarining  ham  muayyan  kelgusi  narx  oshishlarining  yoki 

kamayishlarining 

ta’siriga  to’g’rilaydi.  Biroq,  agarda  aktivdan  uzluksiz 

foydalanishdan  keladigan  kelgusi  pul  oqimlari  va  diskont  stavkasi  umumiy 

inflyatsiya  ta’sirini  o’z  ichiga  olmasa,  tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  ta’sirni  chiqib 

ketish bo’yicha sof pul oqimlarining baholanishida ham inobatga olmaydi. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə