Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

6-Misol.

  Tadbirkorlik  sub’ekti  gudvill  taqsimlangan  pul  mablag’larini  hosil 

qiladigan birlikning qismi bo’lgan faoliyatni 100VB ga sotadi. Birlikka taqsimlangan 

gudvill,  ixtiyoriy  ravishdan  tashqari,  ushbu  birlikdan  pastroq  bo’lgan  darajada 

aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaydi. Pul mablag’larini 

hosil qiladigan birlikning saqlab qolingan qismining qoplanadigan qiymati 300VB ga 

tengdir.  Pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikka  taqsimlangan  gudvill  ixtiyoriy 

ravishsiz  ushbu  birlikdan  pastroq  bo’lgan  darajada  aniqlanishi  yoki  aktiv  guruhiga 

bog’liq  bo’lishi  mumkin  bo’lmaganligi  sababli,  chiqib  ketgan  faoliyatga  bog’liq 

gudvill  chiqib  ketgan  faoliyat  bilan  birlikning  saqlab  qolingan  qismining  nisbiy 

qiymatlari asosida baholanadi. Shu tufayli, pul  mablag’larini  hosil qiladigan birlikka 



 

 

152 



 

taqsimlangan gudvillning 25 foizi sotiladigan faoliyatning balans qiymatiga kiritiladi. 

Agarda  tadbirkorlik  sub’ekti  gudvill  taqsimlangan  bir  yoki  bir  necha  pul 

mablag’larini  hosil  qiladigan  birliklarning  tarkibini  o’zgartiradigan  usulda  o’zining 

hisobot  tuzilmasini  qayta  tashkil  etsa,  gudvill  ta’sir  etilgan  birliklarga  qayta 

taqsimlanishi  lozim.  Ushbu  qayta  taqsimlash  tadbirkorlik  sub’ekti  pul  mablag’larini 

hosil  qiladigan  birlik  ichidagi  faoliyatning  chiqib  ketishini  amalga  oshirganda 

qo’llaydigan  nisbiy  qiymat  yondashuviga  o’xshash  yondashuv  orqali  amalga 

oshirilishi lozim, bunda tadbirkorlik sub’ekti boshqa ba’zi usul chiqib ketgan faoliyat 

bilan bog’liq gudvillni yaxshiroq aks ettirishini ko’rsata olmaguncha. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə