Standartlari


 MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash”



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

5.2. MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” 

MHXS  (IFRS)  13  “Haqqoniy  qiymatni  baholash”  nomli  standartning  maqsadi 

bo’lib,  

(a) 


haqqoniy qiymatni ta’riflaydi; 

(b) 


yagona  MHXS  da  haqqoniy  qiymatni  baholash  bo’yicha  kontseptual 

asosni belgilaydi; va 

(v) 

haqqoniy qiymatni baholashlar to’g’risidagi ochib berishlarni talab etadi. 



Haqqoniy  qiymat  tadbirkorlik  sub’ektiga-xos  baholash  emas,  balki  bozorga-

asoslangan  baholashdir.  Ayrim  aktivlar  va  majburiyatlar  uchun,  kuzatiladigan  bozor 

operatsiyalari  va  bozor  ma’lumotlari  mavjud  bo’lmasligi  mumkin.  Biroq,  haqqoniy 

qiymatni baholashning maqsadi ikki holatda ham bir xildir – joriy bozor sharoitlariga 

asosan  baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasidagi  aktivni  sotish  yoki 

majburiyatni  o’tkazish  bo’yicha  odatiy  operatsiyada  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan 

narxni  baholashdir  (ya’ni  aktiv  yoki  majburiyatga  ega  bo’lgan  bozor  ishtirokchisi 

nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi). 

Haqqoniy  qiymatning  ta’rifida  aktivlar  va  majburiyatlarga  e’tibor  qaratiladi, 

chunki ular buxgalteriya baholashining asosiy predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga, 

mazkur  MHXS  tadbirkorlik  sub’ektining  haqqoniy  qiymatda  baholangan  o’z  ulushli 

instrumentlariga nisbatan qo’llanilishi lozim.  

MHXS boshqa MHXS haqqoniy qiymatni baholashlarni va haqqoniy qiymatni 

baholashlar  to’g’risidagi  ochib  beriladigan  ma’lumotlarni  (hamda  sotish  xarajatlari 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymat  kabi  haqqoniy  qiymatga  asoslangan  baholashlarni 

va  ushbu  baholashlar  to’g’risidagi  ma’lumotlarni)  ochib  berishni  talab  etganda  yoki 

ularga ruxsat berganda qo’llaniladi. 

MHHSning  baholash  va  ochib  berish  talablari  quyidagilarga  nisbatan 

qo’llanilmaydi: 

(a) 


MHXS  2  «Aktsiyaga-asoslangan  to’lov»  ning  qo’llash  doirasidagi 

aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari; 

(b) 

BHXS 17 «Ijara» ning qo’llash doirasidagi ijara operatsiyalari; va 



(v) 

haqqoniy  qiymatga  nisbatan  ba’zi  o’xshashliklarga  ega  ammo  haqqoniy 




 

 

155 



 

qiymat bo’lmagan baholashlar, masalan MHXS 2 «Tovar-moddiy zaxiralar» dagi sof 

sotish  qiymati  yoki  MHXS  36  «Aktivlarning  qadrsizlanishi»  dagi  foydalanishdagi 

qiymat. 


Ushbu  BHXSda  ma’lumotlarni  ochib  berish  talablari  quyidagilarga  nisbatan 

qo’llanilmaydi: 

(a) 

BHXS  19  «Xodimlarning  daromadlari»  ga  muvofiq  haqqoniy  qiymatda 



baholangan tizim aktivlari; 

(b) 


BHXS 26 «Pension tizimlar bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti” ga 

muvofiq haqqoniy qiymatda baholangan nafaqa tizimi investitsiyalari; va 

(v) 

qoplanadigan  qiymati  BHXS  36  ga  muvofiq  hisobdan  chiqarish 



xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’lgan aktivlar. 

Haqqoniy  qiymat  muayyan  aktiv  yoki  majburiyat  bo’yicha  baholanadi.  Shu 

tufayli, 

haqqoniy 

qiymatni 

baholashda 

tadbirkorlik 

sub’ekti  aktiv  yoki 

majburiyatning  xususiyatlarini  inobatga  olishi  lozim,  agarda  bozor  ishtirokchilari 

baholash  sanasida  aktiv  yoki  majburiyatni  narxlashda  ushbu  xususiyatlarni  inobatga 

olishi mumkin bo’lsa. Bunday xususiyatlar, masalan, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

(a) 


aktivning holati va joylashuvi; va 

(b) 


aktiv  sotilishi  yoki  foydalanilishi  bo’yicha  cheklovlar,  agarda  mavjud 

bo’lsa. 


Haqqoniy  qiymatda  baholangan  aktiv  yoki  majburiyat  quyidagilarning  biri 

bo’lishi mumkin: 

(a) 

mustaqil  aktiv  yoki  majburiyat  (masalan  moliyaviy  instrument  yoki 



nomoliyaviy aktiv); yoki 

(b) 


aktivlar  guruhi,  majburiyatlar  guruhi  yoki  aktivlar  va  majburiyatlar 

guruhi (masalan pulni yuzaga keltiradigan birlik yoki biznes). 

Aktiv  yoki  majburiyat tan olish yoki ochib berish  maqsadlarida  mustaqil aktiv 

yoki  majburiyat,  aktivlar  guruhi,  majburiyatlar  guruhi  yoki  aktivlar  va  majburiyatlar 

guruhi bo’lishi  uning o’lchov birligiga bog’liq bo’ladi.  Aktiv  yoki  majburiyat  uchun 

o’lchov  birligi  haqqoniy  qiymatni  baholashni  talab  etadigan  yoki  unga  ruxsat 

beradigan  MHHS  ga  muvofiq  aniqlanishi  lozim,  bundan  mazkur  MHXS  da 

ta’minlangan holatlar mustasno. 

Haqqoniy qiymatni baholashda shunday faraz qilinadiki, aktiv yoki majburiyat 

joriy  bozor  sharoitlariga  asosan  baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasidagi 

aktivni  sotish  yoki  majburiyatni  o’tkazish  bo’yicha  odatiy  operatsiyada 

ayirboshlanadi.  

Haqqoniy  qiymatni  baholashda  shunday  faraz  qilinadiki,  aktivni  sotish  yoki 

majburiyatni o’tkazish bo’yicha operatsiya quyidagi bozorlardan birida sodir bo’ladi: 

(a) 

aktiv yoki majburiyat bo’yicha asosiy bozorda; yoki 



(b) 

asosiy  bozor  mavjud  bo’lmaganda,  aktiv  yoki  majburiyat  bo’yicha  eng 

afzal bozorda.  

Tadbirkorlik    sub’ekti    bozor  ishtirokchilari  aktivni  yoki  majburiyatni 

narxlashda  foydalanishi  mumkin  bo’lgan  farazlar  orqali  aktiv  yoki  majburiyatning 

haqqoniy  qiymatini  baholashi  lozim,  bunda  bozor  ishtirokchilari  o’zlarining  eng 

maqbul iqtisodiy manfaatlari uchun harakat qilishlari faraz qilinadi. 



 

 

156 



 

Ushbu  farazlarni  shakllantirishda,  tadbirkorlik  sub’ekti  muayyan  bozor 

ishtirokchilarini  aniqlashi  shart  emas.  Buning  o’rniga,  tadbirkorlik  sub’ekti  bozor 

ishtirokchilarini  umumiy  holda    farqlaydigan  xususiyatlarni  aniqlashi  lozim,  bunda 

barcha quyidagilarga xos omillar inobatga olinadi: 

(a) 


aktiv yoki majburiyat; 

(b) 


aktiv yoki majburiyat bo’yicha asosiy (yoki eng afzal) bozor; va 

(v) 


tadbirkorlik sub’ekti ushbu bozorda bitim tuzishi mumkin bo’lgan bozor 

ishtirokchilari. 

Haqqoniy  qiymat  bu  joriy  bozor  sharoitlarida  baholash  sanasida  asosiy  (yoki 

eng  afzal)  bozordagi  odatiy  operatsiyada  aktivni  sotishda  olinishi  yoki  majburiyatni 

o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (ya’ni chiqish narxidir), bunda ushbu 

narx bevosita kuzatiladigan bo’lishi yoki boshqa baholash usuli orqali baholanishidan 

qat’iy nazar. 

Nomoliyaviy  aktivning  haqqoniy  qiymatini  baholash  aktivdan  uning  eng 

yuqori  va  eng  unumli  foydalanilishi  orqali  yoki  aktivni  undan  eng  yuqori  va  eng 

unumli  foydalanishi  mumkin  bo’lgan  bozor  ishtirokchisiga  sotish  orqali  bozor 

ishtirokchisining iqtisodiy naflarni yuzaga keltirish imkoniyatini inobatga oladi.  

Nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish, quyidagi tarzda, 

jismoniy  mumkin  bo’lgan,  qonuniy  ruxsat  etilgan  va  moliyaviy  imkonli  bo’lgan 

holda aktivdan foydalanishni inobatga oladi: 

(a) 

jismoniy  mumkin  bo’lgan  foydalanish  bozor  ishtirokchilari  aktivni 



narxlashda  inobatga  olishi  mumkin  bo’lgan  aktivning  jismoniy  xususiyatlarini 

inobatga oladi (masalan, mulkning joyi va hajmi). 

(b) 

qonuniy  ruxsat  etilgan  foydalanish  bozor  ishtirokchilari  aktivni 



narxlashda inobatga olishi mumkin bo’lgan aktivdan foydalanish bo’yicha har qanday 

qonuniy  cheklovlarni  inobatga  oladi  (masalan,  mulkka  nisbatan  qo’llaniladigan 

hududiy me’yoriy hujjatlar). 

(v) 


moliyaviy  imkonli  bo’lgan  foydalanish  bozor  ishtirokchilari  ushbu 

foydalanish  orqali    ushbu  aktivga  investitsiyadan  talab  etishi  mumkin  bo’lgan 

investitsion  daromadni  yuzaga  keltirish  maqsadida  jismoniy  mumkin  bo’lgan  va 

qonuniy  ruxsat  etilgan  holda  aktivdan  foydalanish  yetarli  daromadni  yoki  pul 

oqimlarini (aktivni  ushbu  foydalanishiga moslash  xarajatlarini  inobatga olgan  holda) 

yuzaga keltirishi yoki keltirmasligini inobatga oladi. 

Nomoliyaviy  aktivdan  eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  quyidagi  tarzda 

aktivning  haqqoniy  qiymatini  baholashda  foydalaniladigan  baholashning  dastlabki 

shartini belgilaydi: 

(a) 


nomoliyaviy  aktivdan  eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  undan 

boshqa  aktivlar  bilan  birgalikda  guruh  sifatida  (foydalanish  uchun  o’rnatilgan  yoki 

boshqa  hollarda  sozlangan  holda)  yoki  boshqa  aktivlar  va  majburiyatlar  bilan 

birgalikda  (masalan,  biznes)  foydalanish  orqali  bozor  ishtirokchilariga  maksimum 

qiymatni ta’minlashi mumkin. 

-  Agarda  aktivdan  eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  aktivdan  boshqa 

aktivlar  bilan  yoki  boshqa  aktivlar  va  majburiyatlar  bilan  birgalikda  foydalanish 

bo’lsa,  aktivning  haqqoniy  qiymati  aktiv  boshqa  aktivlar  yoki  boshqa  aktivlar  va 




 

 

157 



 

majburiyatlar  bilan  birgalikda  foydalanilishi  mumkinligini  va  ushbu  aktivlar  va 

majburiyatlar  (ya’ni  uning  to’ldiruvchi  aktivlari  va  ularga  bog’liq  majburiyatlar) 

bozor  ishtirokchilari  uchun  mavjud  bo’lishi  mumkinligini  faraz  qilgan  holda  aktivni 

sotish bo’yicha joriy operatsiyada olinishi mumkin bo’lgan narxdir. 

-  aktiv  bilan  va  to’ldiruvchi  aktivlar  bilan  bog’liq  majburiyatlar  aylanma 

kapitalni  moliyalashtiradigan  majburiyatlarni  o’z  ichiga  oladi,  ammo  aktivlar  guruhi 

ichidagi  aktivlardan  tashqari  bo’lgan  aktivlarni  moliyalashtirishda  foydalaniladigan 

majburiyatlarni o’z ichiga olmaydi. 

-  nomoliyaviy  aktivdan  eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  to’g’risidagi 

farazlar  aktiv  foydalanilishi  mumkin  bo’lgan  aktivlar  guruhidagi  yoki  aktivlar  va 

majburiyatlar  guruhidagi  barcha  (eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  o’rinli 

bo’lgan) aktivlarga nisbatan mos bo’lishi lozim. 

(b)  nomoliyaviy  aktivdan  eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  mustaqil 

asosda bozor ishtirokchilari uchun maksimum qiymatni ta’minlashi mumkin. Agarda 

aktivdan  eng  yuqori  va  eng  unumli  foydalanish  undan  mustaqil  asosda  foydalanish 

bo’lsa,  aktivning    haqqoniy  qiymati  aktivdan  mustaqil  asosda  foydalanishi  mumkin 

bo’lgan  bozor  ishtirokchilariga  aktivni  sotish  bo’yicha  joriy  operatsiyada  olinishi 

mumkin bo’lgan narxdir. 

Haqqoniy  qiymatni  baholashda  shu  narsa  faraz  qilinadiki,  moliyaviy  yoki 

nomoliyaviy    majburiyat  yoki  tadbirkorlik  sub’ektining  o’z  ulushli  instrumenti 

(masalan biznes birlashuvida tovon sifatida chiqarilgan kapitaldagi ulushlar) baholash 

sanasida  bozor  ishtirokchisiga  o’tkaziladi.  Majburiyat  yoki  tadbirkorlik  sub’ektining 

o’z ulushli instrumentining o’tkazmasi quyidagilarni nazarda tutadi: 

(a)  Majburiyat amalda qoladi va bozor ishtirokchisi bo’lgan qabul qiluvchidan 

majburiyatni  bajarish  talab  etiladi.  Majburiyat  baholash  sanasida  kontragent  bilan 

hisob-kitob qilinmaydi yoki boshqa hollarda so’ndirilmaydi.  

(b)  Tadbirkorlik  sub’ektining  o’z  ulushli  instrumenti  amalda  qoladi  va  bozor 

ishtirokchisi  bo’lgan  qabul  qiluvchi  tomon  instrument  bilan  bog’liq  huquqlarni  va 

majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Instrument baholash sanasida bekor qilinmaydi 

yoki boshqa hollarda so’ndirilmaydi. 

Qachonki  bir  xil  yoki  o’xshash  majburiyatning  yoki  tadbirkorlik  sub’ektining 

o’z  ulushli  instrumentining  o’tkazmasi  bo’yicha  belgilangan  narx  mavjud  bo’lmasa 

va bir  xil  moddaga boshqa tomon aktiv sifatida egalik qilmasa, tadbirkorlik sub’ekti 

majburiyatga  ega  yoki  kapitalga  nisbatan  huquqni  chiqargan  bozor  ishtirokchisi 

nuqtai  nazaridan  baholash  usuli  orqali  majburiyatning  yoki  ulushli  instrumentning 

haqqoniy qiymatini baholashi lozim.  

Masalan,  keltirilgan  qiymat  usulini  qo’llashda  tadbirkorlik  sub’ekti 

quyidagilardan birini inobatga olishi mumkin: 

(a) 


Bozor  ishtirokchisi  majburiyatni  bajarishda  sarflashni  ko’zda  tutishi 

mumkin  bo’lgan  kelgusi  pul  chiqimlari,  jumladan  bozor  ishtirokchisi  majburiyatni 

qabul qilishda talab etishi mumkin bo’lgan qoplash. 

(b) 


Bozor  ishtirokchisi  bir  xil  majburiyatni  yoki  ulushli  instrumentni  tuzish 

yoki  chiqarishda  olishi  mumkin  bo’lgan  summa,  bunda  bozor  ishtirokchilari  bir  xil 

shartnomaviy  shartlarga  ega  majburiyatni  yoki  ulushli  instrumentni  chiqarishda 



 

 

158 



 

asosiy  (yoki  eng  afzal)  bozordagi  bir  xil  moddani    (masalan  bir  xil  kredit 

xususiyatlariga    ega)  narxlashda  foydalanishi  mumkin  bo’lgan  farazlardan 

foydalaniladi. 

Majburiyatning  haqqoniy  qiymati  majburiyatlarni  bajarmaslik  riskining 

ta’sirini  aks  ettiradi.  Majburiyatlarni  bajarmaslik  riski  tadbirkorlik  sub’ektining  o’z 

kredit  riskini  (MHXS  7  «Moliyaviy  instrumentlar:  ma’lumotlarni  ochib  berish»  da 

ta’riflangandek)  o’z  ichiga  oladi,  ammo  bu  bilan  cheklanmasligi  mumkin. 

Majburiyatlarni  bajarmaslik  riski  majburiyat  o’tkazmasidan  oldin  va  keyin  bir  xil 

bo’lishi faraz qilinadi. 

Majburiyatning  haqqoniy  qiymatini  baholashda,  tadbirkorlik  sub’ekti  o’zining 

kredit  riskini  (kredit  holati)  hamda  majburiyat  bajarilishi  yoki  bajarilmasligining 

ehtimoliga  ta’sir  etishi  mumkin  bo’lgan  boshqa  omillarni  inobatga  olishi  lozim. 

Ushbu ta’sir majburiyatga qarab farqlanishi mumkin, masalan: 

(a)  majburiyat  pul  mablag’ini  yetkazib  berish  majburiyati  (moliyaviy 

majburiyat)  yoki  tovarlar  va  xizmatlarni    yetkazib  berish  majburiyati  (nomoliyaviy 

majburiyat) bo’lishi. 

(b)  majburiyatga  tegishli  kredit  yaxshilanishining  shartlari,  agarda  mavjud 

bo’lsa. 

Talab  jihatiga  ega  moliyaviy  majburiyatning  (masalan  talab  qilinguncha 

depozit)  haqqoniy  qiymati  summa  to’lanishi  talab  etilishi  mumkin  bo’lgan  birinchi 

sanadan  boshlab  diskontlangan  holda  talab  qilinganda  to’lanadigan  summadan  kam 

bo’lmaydi. 

Bozor  risklari  yoki  kontragent  kredit  riskidagi  o’zaro  hisob-kitob  qilish 

holatlariga ega moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarga nisbatan qo’llash 

Tadbirkorlik  sub’ektining  muayyan  bozor  riskiga  (yoki  risklariga)  sof 

duchorligi  asosida  boshqariladigan  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy  majburiyatlar 

guruhining  haqqoniy  qiymatini  baholash  uchun  tadbirkorlik  sub’ekti  holatlarda 

haqqoniy  qiymatning  eng  maqbul  vakili  bo’lgan  taklif-talab  marjasi  ichidagi  narxni 

tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskilariga nisbatan qo’llashi lozim. 

Xuddi  shuningdek,  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy  majburiyatlardan  yuzaga 

keladigan  tadbirkorlik  sub’ektining  muayyan  bozor  riskiga  (yoki  risklariga) 

duchorligining  davomiyligi  deyarli  bir  xil  bo’lishi  lozim.  Masalan,  faqatgina  ushbu 

moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlardan tashkil topgan guruh ichidagi besh-

yillik  moliyaviy  instrumentga  nisbatan  12  oylikka  teng  foiz  stavkasi  riski 

duchorligiga  bog’langan  pul  oqimlariga  qarshi  12-oylik  fyu’chers  shartnomasidan 

foydalanadigan  tadbirkorlik  sub’ekti  sof  asosda  12-oylik  foiz  stavkasi  riskiga 

duchorligining  va  yalpi  asosda  qolgan  foiz  stavkasi  riski  duchorligining  (ya’ni  2-5 

yillar) haqqoniy qiymatini baholaydi.  

Muayyan  kontragent  bilan  tuzilgan  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy 

majburiyatlar  guruhining  haqqoniy  qiymatini  baholash  uchun  tadbirkorlik  sub’ekti 

haqqoniy  qiymatni  baholashga  ushbu  kontragentning  kredit  riskiga  tadbirkorlik 

sub’ektining  sof  duchorligining  yoki  tadbirkorlik  sub’ektining  kredit  riskiga 

kontragentning  sof  duchorligining  ta’sirini  kiritishi  lozim,  qachonki  bozor 

ishtirokchilari  defolt  holatida  kredit  risk  duchorligini  kamaytiradigan  har  qanday 



 

 

159 



 

mavjud  kelishuvlarni  inobatga  olishi  mumkin  bo’lsa  (masalan  kontragent  bilan  bosh 

hisob-kitob  kelishuvi  yoki  har  bir  tomonning  boshqa  tomonning  kredit  riskiga  sof 

duchorligi  asosida  garovni  ayirboshlashni  talab  etadigan  kelishuv).  Haqqoniy 

qiymatni  baholash  bunday  kelishuvlar  defolt  holatida  yuridik  kuchga  ega  bo’lishi 

mumkinligining ehtimoli bo’yicha bozor ishtirokchilarining kutilishlarini aks ettirishi 

lozim.  

Qachonki  aktiv  yoki  majburiyat  bo’yicha  ayirboshlash  operatsiyasida  ushbu 

aktiv sotib olinsa yoki majburiyat zimmaga olinsa, operatsiya narxi aktivni sotib olish 

uchun  to’langan  yoki  majburiyatni  zimmaga  olishda  olingan  narxdir  (kirish  narxi). 

Aksincha, aktiv  yoki  majburiyatning  haqqoniy  qiymati aktivni sotishda olinishi  yoki 

majburiyatni  o’tkazishda  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  narxdir  (chiqish  narxi). 

Tadbirkorlik  sub’ektlari  aktivlarni  ularni  sotib  olish  uchun  to’langan  narxlarda 

zaruriy 


tarzda 

sotmaydilar. 

Xuddi 

shuningdek, 



tadbirkorlik 

sub’ektlari 

majburiyatlarni  ularni  zimmaga  olish  uchun  olingan  narxlarda  zaruriy  tarzda 

o’tkazmaydilar.  

Agarda  haqqoniy  qiymatda  baholangan  aktiv  yoki  majburiyat  taklif  narxi  va 

talab  narxiga  (masalan  dilerlik  bozoridagi  boshlang’ich  ma’lumot)  ega  bo’lsa, 

holatlarda  haqqoniy qiymatni eng  yaxshi aks ettiruvchisi bo’lgan taklif-talab  marjasi 

ichidagi narx haqqoniy qiymatni baholashda foydalanilishi lozim, bunda boshlang’ich 

ma’lumot  haqqoniy  qiymat  ierarxiyasida  (ya’ni  1,  2  yoki  3-daraja)  toifalangan 

bo’lishidan qat’iy nazar. Aktiv pozitsiyalari bo’yicha taklif narxlaridan foydalanishga 

va  majburiyat  pozitsiyalari  bo’yicha  talab  narxlaridan  foydalanishga  ruxsat  etiladi, 

ammo talab etilmaydi. 

Mazkur  MHXS  taklif-talab    marjasi  ichidagi  haqqoniy  qiymatni  baholashda 

oraliq-bozor  narxlashidan  yoki  bozor  ishtirokchilari  tomonidan  amaliy  maqsadga 

mufoviqlik  sifatida  foydalaniladigan  boshqa  narxlash  kelishuvlaridan  foydalanishni 

to’smaydi. 

Haqqoniy qiymatni baholashlardagi va tegishli ochib berishlardagi moslikni va 

qiyoslanuvchanlikni  oshirish  uchun,  mazkur  MHXS  haqqoniy  qiymat  ierarxiyasini 

belgilaydi  va  ushbu  ierarxiya  haqqoniy  qiymatni  baholashda  foydalaniladigan 

baholash  usullariga  boshlang’ich  ma’lumotlarni  uchta  darajaga  toifalaydi.  Haqqoniy 

qiymat  ierarxiyasi  bir  xil  aktivlar  yoki  majburiyatlar  bo’yicha  faol  bozorlardagi 

belgilangan  (to’g’rilanmagan)  narxlarga  (1-darajali  boshlang’ich  ma’lumotlar)  eng 

yuqori  ustunlikni    va  kuzatilmaydigan  boshlang’ich  ma’lumotlarga  (3-darajali 

boshlang’ich ma’lumotlar) eng past ustunlikni belgilaydi. 

Ayrim  holatlarda,  aktiv  va  majburiyatning  haqqoniy  qiymatini  baholashda 

foydalaniladigan  boshlang’ich  ma’lumotlar  haqqoniy  qiymat  ierarxiyasining  turli 

toifalarida toifalanishi mumkin. Ushbu holatlarda, haqqoniy qiymatni baholash uning 

butunligicha  butun  baholash  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  eng  past  daraja  boshlang’ich 

ma’lumoti kabi bir xil haqqoniy qiymat ierarxiyasining darajasida toifalanadi. Butun 

baholashga  nisbatan  muayyan  boshlang’ich  ma’lumotning  ahamiyatliligini  baholash 

mulohazani  talab  etib,  bunda  aktiv  yoki  majburiyatga  xos  omillar  inobatga  olinadi. 

Haqqoniy  qiymatga  asoslangan  baholashlarni  hosil  qilishga  nisbatan  to’g’rilanishlar, 

masalan  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatni  baholashdagi  sotish 



 

 

160 



 

xarajatlari,  haqqoniy  qiymatni  baholash  toifalangan  haqqoniy  qiymat  ierarxiyasining 

darajasini aniqlashda inobatga olinmasligi lozim.  


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə