Standartlari


-darajali boshlang’ich ma’lumotlar



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar 

3-darajali  boshlang’ich  ma’lumotlar  aktiv  yoki  majburiyat  bo’yicha 

kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardir. 

Baholash sanasida, agarda  mavjud bo’lsa, aktiv  yoki  majburiyat bo’yicha juda 

kichik  bozor  mavjud  bo’lish  holatlariga  qaramasdan,  o’rinli  kuzatiladigan 

boshlang’ich  ma’lumotlar  mavjud  bo’lmagan  darajada  haqqoniy  qiymatni  baholash 

uchun  kuzatilmaydigan  boshlang’ich  ma’lumotlardan  foydalanish  lozim.  Biroq, 

haqqoniy  qiymatni  baholash  maqsadi,  ,  ya’ni  aktiv  yoki  majburiyatga  ega  bozor 

ishtirokchisi nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi, bir xil bo’lib qoladi. 

Shu  tufayli,  kuzatilmaydigan  boshlang’ich  ma’lumotlar  bozor  ishtirokchilari  aktiv 

yoki  majburiyatni  narxlashda  foydalanishi  mumkin bo’lgan  farazlarni, jumladan risk 

bo’yicha farazlarni aks ettirishi lozim.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  uning  moliyaviy  hisobotlaridan  foydalanuvchilarga 

quyidagilarning  ikkalasini  ham  baholashga  ko’mak  beradigan  ma’lumotlarni  ochib 

berishi lozim: 

(a)  dastlab  tan  olishdan  keyin  qaytalanadigan  yoki  qaytalanmaydigan  asosda 

haqqoniy qiymatda baholanadigan aktivlar va  majburiyatlar uchun, baholash  usullari 

va ushbu baholashlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan boshlang’ich ma’lumotlar. 

(b)  yirik  kuzatilmaydigan  boshlang’ich  ma’lumotlar  (3-darajali)  orqali 

qaytalanadigan haqqoniy qiymatni baholashlar uchun, baholashlarning davr bo’yicha 

foyda yoki zararga yoki boshqa umumlashgan daromadga ta’siri.  

Tadbirkorlik sub’ekti barcha quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim: 

(a)  ochib berish talablarini qanoatlantirish uchun zarur tafsilotlar darajasi; 

(b)  turli talablarning har biriga qanchalik e’tibor ajratilishi; 

(v)  qanchalik umumlashtirishni yoki bo’laklashni amalga oshirish; va 

(g)  moliyaviy  hisobotlardan  foydalanuvchilar  ochib  berilgan  miqdoriy 

ma’lumotlarni baholash uchun qo’shimcha ma’lumotlarga muhtojligi. 

Tayanch so’zlar. 

Balans  qiymati  -  bu  aktivning  u  bo’yicha  har  qanday  jamg’arilgan  eskirish 

(amortizatsiya) 

summasini 

va 


keyingi 

yig’ilgan  qadrsizlanish  zararlarini 

chegirgandan so’ng tan olinadigan qiymatidir. 

Pul  mablag’larini  yuzaga  keltiradigan  birlik  -  bu  aktivlarning  kichik 

aniqlanadigan  guruhi  bo’lib,  u  boshqa  aktivlar  yoki  aktivlar  guruhidan  kelib 

tushadigan    pul  oqimlaridan  katta  darajada  mustaqil  bo’lgan  kelib  tushadigan  pul 




 

 

161 



 

oqimlarini yuzaga keltiradi. 

Korporativ  aktivlar  -  bu  gudvilldan  tashqari  aktivlar  bo’lib,  ular  pul 

mablag’larini hosil qiladigan o’rganilayotgan birlik va boshqa pul mablag’larini hosil 

qiladigan  birliklar  bo’yicha  kelgusi  pul  oqimlari  hosil  bo’lishiga  o’z  hissasini 

qo’shadi. 

Chiqib  ketish  xarajatlari  -  bu  aktivning  yoki  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan 

birlikning  chiqib  ketishiga  tegishli  bevosita  qo’shimcha  xarajatlar  bo’lib,  bunda 

moliyalashtirish xarajatlari va foyda solig’i xarajati inobatga olinmaydi. 

Eskirish  hisoblanadigan  summa  -  bu  aktivning  tannarxidan,  yoki  moliyaviy 

hisobotlarda  uning  qiymatini  aks  ettiradigan  boshqa  summadan,  uning  qoldiq 

qiymatining chegirilganidir. 

Eskirish  (Amortizatsiya)  -  bu  aktivning  eskirish  hisoblanadigan  summasini 

uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir. 

Haqqoniy  qiymat  -  bu  baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasidagi 

odatdagi  operatsiyada  aktivni  sotishda  olinishi  mumkin  bo’lgan  yoki  majburiyatni 

o’tkazishda  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  narxdir  (MHXS  13  “Haqqoniy  qiymatni 

baholash” ga qarang). 

Qadrsizlanish  zarari  -  bu  aktivning  yoki  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan 

birlikning balans qiymatining uning qoplanadigan qiymatidan oshgan qismidir. 

Aktivning  yoki  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  qoplanadigan 

qiymati  -  bu  uning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  bilan 

uning foydanalishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i hisoblanadi. 

Foydali xizmat muddati - bu: 

(a)  aktiv tadbirkorlik sub’ekti tomonidan foydalanilishi kutilgan muddat; yoki 

(b)  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  aktivdan  olinishi  kutilgan  ishlab  chiqarish 

yoki o’xshash birliklar miqdori. 

Foydalanishdagi  qiymat  -  bu  aktivdan  yoki  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan 

birlikdan olinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining keltirilgankeltirilgan qiymatidir. 

faol  bozor  -  Aktiv  yoki  majburiyat  bo’yicha  operatsiyalar  ukluksiz  ravishda 

narxlash  ma’lumotlarini  ta’minlash  uchun  yetarli  davriylik  va  hajmda  sodir 

bo’ladigan bozordir. 

tannarx  usuli-  Aktivning  xizmat  ko’rsatish  quvvatini  almashtirish  uchun  joriy 

paytda talab etilishi mumkin bo’lgan summani aks ettiradigan baholash usulidir (ko’p 

hollarda joriy almashtirish qiymati deb yuritiladi). 

kirish  narxi-  Ayirboshlash  operatsiyasida  aktivni  sotib  olishda  to’langan  yoki 

majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir. 

chiqish narxi- Aktivni sotish uchun olinishi yoki majburiyatni o’tkazish uchun 

to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir 

kutilgan  pul  oqimi-  Ehtimoliy  kelugsi  pul  oqimlarining  ehtimolga-tortilgan 

o’rtachasi (ya’ni taqsimotning o’rtachasi). 



 

 

162 



 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə