Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

“Hisobot davridan keyingi 

hodisalar” 

ga  muvofiq  ma’lumotlar  ochib  berilishi  kerak,  agar  restrukturizatsiya 

ahamiyatli  bo’lsa  va  bunday  ma’lumotlarni  ochib  bermaslik  foydalanuvchilar 

moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etishi mumkin 

bo’lsa. 

Konstruktiv  majburiyat yolg’iz rahbariyatning qarori bilan paydo bo’lmasligiga 

qaramasdan,  majburiyat  ushbu  qaror  bilan  birga  boshqa  oldingi  hodisalar  natijasida 

kelib  chiqishi  mumkin.  Masalan,  ishdan  bo’shatish  bilan  bog’liq  bo’ladigan  to’lovlar 

bo’yicha  xodimlarning  vakillari  bilan  muzoqaralar  yoki  biznesni  sotish  bo’yicha 

xaridolar bilan muzoqaralar natijalari faqat kengash tomonidan tasdiqlanganidan so’ng 

qabul qilinishi mumkin. Bunday tasdiqlash olinganidan keyin yoki boshqa tomonlarga 

ma’lum  qilinganidan  keyin,  tadbirkorlik  sub’ekti  konstruktiv  majburiyatga  ega 

bo’ladi.  

Ba’zi  mamlakatlarda,  qaror  qabul  qilish  bo’yicha  eng  yuqori  vakolat  kuzatuv 

kengashiga  berilgan  bo’lishi,  bunda  kengash  a’zolariga  rahbariyatdan  tashqari 

manfaatdor tomonlarning (masalan xodimlarning) vakillari kiradi, yoki kengash qaror 

qabul  qilishidan  oldin  bunday  vakillarga  xabar  qilishi  talab  etilishi  mumkin.  Bu 

kengash tomonidan qabul qilinadigan qaror bunday vakillarga ma’lum qilinishi tufayli 

u  restrukturizatsiya  bo’yicha  konstruktiv  majburiyat  paydo  bo’lishiga  olib  kelishi 

mumkin.  

Biznesni sotish bo’yicha majburiyat tadbirkorlik sub’ekti bunday sotuv bo’yicha 

majburiyat  olmagunicha,  ya’ni  sotuv  bo’yicha  majburiy  kuchga  ega  kelishuv  mavjud 

bo’lmaguncha, majburiyat paydo bo’lmaydi.  

Hattoki  tadbirkorlik  sub’ekti  biznesni  sotish  to’g’risida  qaror  qabul  qilgan 

bo’lsa va bu to’g’risida ochiq e’lon qilgan bo’lsa, u sotish bo’yicha  majburiyat olgan 

deb hisoblanmaydi, toki xaridor aniqlanmaguncha va sotuv bo’yicha majburiy kuchga 

ega  kelishuv  mavjud  bo’lmaguncha.  Sotuv  bo’yicha  majburiy  kuchga  ega  kelishuv 

mavjud bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti o’z qarorini o’zgartirishi mumkin va haqiqatda 

ham,  maqbul  shartlarda  xaridor  topilmasa,  boshqacha  yo’nalishdagi  xatti-harakatlarni 

amalga oshirishga majbur bo’lishi mumkin. Biznesni sotish restrukturizatsiyaning bitta 




 

 

173 



 

qismi  sifatida  ko’zlanganida,  biznesning  aktivlari  qadrsizlanishga  BHXS  36  ga 

muvofiq  tekshirilishi  kerak.  Sotish  restrukturizatsiyaning  faqatgina  bir  qismi 

bo’lganida,  sotuv  bo’yicha  majburiy  kuchga  ega  kelishuv  kelishilgan  bo’lmagunicha 

restrukturizatsiyaning boshqa qismlari bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishi 

mumkin.  

Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv restrukturizatsiya bo’yicha yuzaga keladigan 

faqatgina  bevosita  xarajatlarni  qamrab  olishi  kerak.  Bu  bevosita  xarajatlar  bo’lib 

quyidagi ikkita xususiyatga ham ega bo’lgan xarajatlar hisoblanadi:  

(a) 


restrukturizatsiya natijasida muqarrar paydo bo’ladigan xarajatlar; va 

(b) 


tadbirkorlik  sub’ektining  davom  etadigan  faoliyati  bilan  bog’liq 

xarajatlar. 

Restrukturizatsiya  bo’yicha  rezerv  quyidagilar  kabi  xarajatlarni  qamrab 

olmaydi:  

(a) 

qolgan xodimlarni qayta tayyorlash yoki boshqa joyga ko’chirish; 



(b) 

marketing; yoki 

(c) 

yangi tizimlarga va sotish tarmoqlariga mablag’larni sarf qilish. 



Ushbu  xarajatlar  biznesni  kelgusida  yuritishga  taaluqli  bo’ladi  va  hisobot 

davrining  oxirida  restrukturizatsiya  bo’yicha  majburiyatlarni  ifoda  etmaydi.  Bunday 

xarajatlar  ular restrukturizatsiyaga bog’liq  bo’lmagan  holda paydo bo’lganidek bir  xil 

asosda tan olinadi. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə