Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 


 

 

182 



 

7- MAVZU. MOLIYaVIY INSTRUMENTLARNI HISOBGA OLUVChI 

STANDARTLARINING TAVSIFI 

 

7.1. BHXS (IAS) 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” 

Mazkur  Standartning  maqsadi  moliyaviy  instrumentlarni  majburiyatlar  yoki 

kapital  sifatida  taqdim  etish  hamda  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy  majburiyatlarni 

o’zaro  hisob-kitob  qilish    tamoyillarini  belgilashdan  iboratdir.  U  moliyaviy 

instrumentlarni,  emitent  nuqtai  nazaridan,  moliyaviy  aktivlarga,  moliyaviy 

majburiyatlarga  va  ulushli  instrumentlarga  tasniflanishiga;  tegishli  foiz,  dividendlar, 

foyda  va  zararlarning  tasniflanishiga;  hamda  moliyaviy  aktivlar  bilan  moliyaviy 

majburiyatlar  o’zaro  hisob-kitob  qilinishi  kerak  bo’lgan  holatlarga  nisbatan 

qo’llaniladi. 

Mazkur  Standartdagi  tamoyillar  MHXS  9  “Moliyaviy  instrumentlar”dagi 

moliyaviy  aktivlar  bilan  moliyaviy  majburiyatlarni  tan  olish  va  baholash  hamda 

MHXS 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish”dagi ular to’g’risidagi 

ma’lumotlarni ochib berish tamoyillarini to’ldiradi. 

Mazkur  Standart  barcha  tashkilotlar  tomonidan  barcha  turdagi  moliyaviy 

instrumentlarga nisbatan qo’llanilishi lozim, bundan quyidagilar istisno:  

(a) 


BHXS  10  “Jamlangan  moliyaviy  hisobotlar”,  BHXS  27  “Alohida 

moliyaviy  hisobotlar”  yoki  BHXS  28  “Qaram  tashkilotlardagi  va  va  qo’shma 

korxonalardagi  investitsiyalar”ga  muvofiq  hisobga  olinadigan  sho’’ba  tashkilotlari  , 

qaram  tashkilotlar  yoki  qo’shma  korxonalardagi  ulushlar.  Biroq,  ayrim  holatlarda 

BHXS  27  yoki  BHXS  28  tashkilotga  MHXS  9  dan  foydalangan  holda  sho’’ba 

tashkilotlari, qaram tashkilotlar va qo’shma korxonalardagi ulushlarni hisobga olishga 

ruxsat  beradi;  bunday  holatlarda,  takshilotlar  ushbu  Standartning  talablarini  qo’llashi 

lozim.  Tashkilotlar  ushbu  Standartni  sho’’ba  tashkilotlari,  qaram  tashkilotlar  va 

qo’shma  korxonalardagi  ulushlarga  bog’langan  barcha  derivativlarga  nisbatan  ham 

qo’llashi lozim. 

(b) 

BHXS  19  “Xodimlarning  daromadlari”  qo’llaniladigan  xodimlarga  haq 



to’lash tizimlariga asosan ish beruvchilarning huquqlari va majburiyatlari. 

(v) 


MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” da ta’riflangan sug’urta shartnomalari. 

Biroq,  ushbu  Standart  sug’urta  shartnomalariga  singdirilgan  derivativlarga  nisbatan 

qo’llaniladi,  agarda  MHXS  9  tashkilotdan  ularni  alohida  hisobga  olishni  talab  etsa. 

Bundan  tashqari,  emitent  mazkur  Standartni  moliyaviy  kafolat  shartnomalari  uchun 

qo’llashi lozim, agarda emitent shartnomalarni tan olishda va baholashda MHXS 9 ni 

qo’llasa,  ammo  MHXS  4  ni  qo’llashi  lozim,  agarda  tashkilot  MHXS  4ga  muvofiq 

ularni tan olishda va baholashda MHXS 4 ni tanlasa. 

(g) 


MHXS  4  ning  qo’llash  doirasidagi  moliyaviy  instrumentlar,  chunki  ular 

ixtiyoriy  qatnashish  xususiyatiga  egadir.  Biroq,  ushbu  instrumentlarga  mazkur 

Standartning  boshqa  barcha  talablari  tegishlidir.  Bundan  tashqari,  mazkur  Standart 

ushbu  instrumentlarga  singdirilgan  derivativlarga  nisbatan  qo’llaniladi  (MHXS  9  ga 

qarang). 

(d) 


MHXS  2  “Aktsiyaga  asoslangan  to’lov”  qo’llaniladigan  aktsiyaga-

asoslangan  to’lov  operatsiyalari  asosidagi  moliyaviy  instrumentlar,  shartnomalar  va 

majburiyatlar. 



 

 

183 



 

Mazkur  Standart  pul  mablag’ida  yoki  boshqa  moliyaviy  instrumentda  netto 

yoki,  xuddiki  shartnomalar  moliyaviy  instrumentlar  bo’lgani  kabi,  moliyaviy 

instrumentlarni  ayirboshlash  orqali  hisob-kitobni  amalga  oshirish  mumkin  bo’lgan 

nomoliyaviy  moddani  sotib  olish  yoki  sotish  shartnomalari  uchun  qo’llanilishi  lozim, 

bundan tashkilotning ko’zda tutgan xaridi, sotuvi yoki foydalanish talablariga muvofiq 

nomoliyaviy  moddani  qabul  qilish  yoki  yetkazib  berish  maqsadida  tuzilgan  va 

saqlanayotgan shartnomalar mustasno.  

Nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish shartnomalari pul mablag’ida yoki 

boshqa  moliyaviy  instrumentda  netto  yoki  moliyaviy  instrumentlarni  ayirboshlash 

orqali  hisob-kitob  qilinishi  mumkin  bo’lgan  bir  necha  usullar  mavjud.  Bular 

quyidagilarni o’z ichiga oladi:  

(a)  qachonki shartnoma shartlari biror tomonga uni pul mablag’ida yoki boshqa 

moliyaviy  instrumentda  netto  yoki  moliyaviy  instrumentlarni  ayirboshlash  orqali 

hisob-kitob qilishga ruxsat berganda; 

(b)  qachonki  pul  mablag’ida  yoki  boshqa  moliyaviy  instrumentda  netto  yoki 

moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish imkoniyati shartnoma 

shartlarida  aniq  belgilanmagan,  ammo  tashkilot  shunga  o’xshash  shartnomalarni  pul 

mablag’ida yoki boshqa moliyaviy instrumentda netto yoki moliyaviy instrumentlarni 

ayirboshlash orqali (bunda, kontragent bilan o’zaro hisob-kitob qilish shartnomalarini 

tuzish orqali yoki shartnoma bajarilishidan yoki muddati tugashidan oldin shartnomani 

sotish orqali) hisob-kitob qilish  tajribasiga ega bo’lsa; 

(v)  shunga  o’xshash  shartnomalar  uchun,  qachonki  tashkilot  tayanch  aktivning 

yetkazib  berilishini  qabul  qilish  hamda  yetkazib  berilgandan  so’ng  qisqa  muddat 

ichida  narxdagi  yoki  diler  marjasidagi  qisqa  muddatli  tebranishlardan  foyda  olish 

maqsadida uni sotish tajribasiga ega bo’lganda; va 

(g)  qachonki  shartnoma  predmeti  bo’lgan  nomoliyaviy  modda  pul  mablag’iga 

osongina aylantirilsa. 

(b)  yoki  (v)  qo’llaniladigan  shartnomalar  tashkilotning  ko’zda  tutgan  xaridi, 

sotuvi  yoki  foydalanish  talablariga  muvofiq  nomoliyaviy  moddani  qabul  qilish  yoki 

yetkazib  berish  maqsadida  tuzilgan  emas,  va  shu  tufayli,  u  mazkur  Standartning 

qo’llash  doirasidadir.  Tashkilotning  ko’zda  tutgan  xaridi,  sotuvi  yoki  foydalanish 

talablariga muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish yoki yetkazib berish maqsadida 

tuzilganligini  va  saqlanayotganligini,  va  o’z  navbatida,  ular  mazkur  Standart  qo’llash 

doirasidaligini aniqlash uchun baholanadi. 

Pul  mablag’ida  yoki  boshqa  moliyaviy  instrumentda  netto,  yoki  moliyaviy 

instrumentlarni  ayirboshlash  orqali,  hisob-kitobni  amalga  oshirish  mumkin  bo’lgan 

nomoliyaviy  moddani  sotib  olish  yoki  sotish  bo’yicha  chiqarilgan  optsion  mazkur 

Standartning  qo’llash  doirasidadir.  Bunday  shartnoma  tashkilotning  ko’zda  tutgan 

xaridi, sotuvi yoki foydalanish talablariga muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish 

yoki yetkazib berish maqsadida tuzilishi mumkin emas.  

•  Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning amortizatsiyalangan qiymati 

•  hisobdan chiqarish 

•  derivativ 

•  effektiv foiz usuli 

•  moliyaviy kafolat shartnomasi 




 

 

184 



 

•  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishlar  foyda  yoki  zarardahisobga  olinadigan 

moliyaviy majburiyat 

•  qat’iy majburiyat 

•  prognozlanadigan bitim 

•  xej samaradorligi 

•  xejlangan modda 

•  xejlash instrumenti 

•  savdo uchun mo’ljallangan 

•  odatiy oldi-sotdi  

•  bitimga oid xarajatlar. 

Mazkur  Standartda  “shartnoma”  va  “shartnomaviy”  ikki  yoki  undan  ortiq 

tomonlar  o’rtasidagi  iqtisodiy  oqibatlarga  ega  kelishuvga  tegishli  bo’lib,  bunda 

tomonlar  ushbu  oqibatlarni  chetlab  o’tish  bo’yicha,  agarda  mavjud  bo’lsa,  juda  kam 

ixtiyorga  ega  bo’ladilar,  chunki  odatda  kelishuv  qonun  tomonidan  amalga 

oshiriladigan  bo’ladi.  Shartnomalar,  va  demak  moliyaviy  instrumentlar,  turli  shaklda 

bo’ladi va yozma shaklda bo’lishi zarur emas. 

Mazkur  Standartda  tashkilot  jismoniy  shaxslarni,  shirkatlarni,  aktsioner 

jamiyatlarini, trast kompaniyalarini va davlat tashkilotlarini o’z ichiga oladi. 

Moliyaviy  instrument  emitenti  dastlabki  tan  olishda  instrumentni  yoki  uning 

tarkibiy  qismlarini,  shartnomaviy  kelishuvning  mohiyatiga  hamda  moliyaviy 

majburiyat,  moliyaviy  aktiv  va  ulushli  instrument  ta’riflariga  muvofiq  moliyaviy 

majburiyat, moliyaviy aktiv yoki ulushli instrument sifatida tasniflanishi lozim. 

Qachonki  emitent  moliyaviy  instrument  moliyaviy  majburiyat  emas,  balki 

ulushli  instrument  ekanligini  aniqlash  uchun  qo’llasa,  instrument  ulushli  instrument 

bo’ladi, faqat va faqat, quyidagi ikkala (a) va (b) shartlar qanoatlantirilganda.  

(a) 

Instrument  quyidagilar  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatni  o’z  ichiga 



olmaydi: 

boshqa  tashkilotga  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib 



berish; yoki 

emitent  uchun  potentsial  noqulay  bo’lgan  shartlarda  boshqa  tashkilot 



bilan moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni ayirboshlash. 

(b) 


agar  instrument  emitentning  o’z  ulushli  instrumentlari  bilan  hisob-kitob 

qilinsa yoki qilinishi mumkin bo’lsa, u: 

noderivativdir,  qaysiki  emitent  uchun  o’z  ulushli  instrumentlarining 



o’zgaruvchan  miqdorini  yetkazib  berish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatni  qamrab 

olmaydi; yoki 

derivativdir, 



qaysiki 

faqat 


emitent 

tomonidan 

o’z 

ulushli 


instrumentlarining  qat’iy  belgilangan  miqdoriga  qat’iy  belgilangan  pul  mablag’lari 

summasini  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  ayirboshlash  orqali  hisob-kitob  qilinadi. 

Ushbu  maqsad  uchun,  tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlarining  qat’iy  belgilangan 

miqdorini  har  qanday  valyutaning  qat’iy  belgilangan  summasiga  sotib  olish  bo’yicha 

huquqlar, optsionlar  yoki  varrantlar ulushli instrumentlardir, agarda tashkilot o’zining 

noderivativ  ulushli  instrumentlarining  bir  xil  turkumining  amaldagi  barcha  egalariga 

huquqlar, optsionlar yoki varrantlarni proportsional ravishda taqdim etsa.  

Emitentning  o’z  ulushli  instrumentlarini  kelgusida  olish  yoki  yetkazib  berishga 




 

 

185 



 

olib  keladigan  yoki  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan,  ammo  yuqoridagi  (a)  va  (b) 

shartlarni  qanoatlantirmaydigan  shartnomaviy  majburiyat,  jumladan  derivativ 

moliyaviy instrumentdan kelib chiqadigan majburiyat, ulushli instrument emas.  

Qayta sotiladigan instrument qayta sotish huquqidan foydalanganda emitentning 

ushbu  instrumentni  pul  mablag’iga  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivga  qayta  sotib  olish 

yoki  so’ndirish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatini  o’z  ichiga  oladi.  Moliyaviy 

majburiyat  ta’rifiga  istisno  tariqasida,  bunday  majburiyatni  o’z  ichiga  oladigan 

instrument ulushli instrument sifatida tasniflanadi, agarda u quyidagi barcha jihatlarga 

ega bo’lsa:  

(a) 

U  egasiga  tashkilotning  likvidatsiyasi  paytida  tashkilot  sof  aktivlarining 



proportsional  ulushiga  huquq  beradi.  Tashkilotning  sof  aktivlari  bu  uning  aktivlariga 

nisbatan  boshqa  barcha  talablarni  chegirib  tashlagandan  so’ng  qoladigan  aktivlardir. 

Proportsional ulush quyidagicha aniqlanadi: 

likvidatsiya  jarayonidagi  tashkilotning  sof  aktivlarini  teng  miqdordagi 



birliklarga bo’lgan holda; va 

ushbu  miqdorni  moliyaviy  instrument  egasi  egaligidagi  birliklar  soniga 



ko’paytirgan holda. 

(b) 


Instrument  boshqa  barcha  instrumentlar  turkumlariga  subordinatsiya 

bo’lgan  instrumentlar  turkumiga  kiradi.  Bunday  turkum  tarkibida  bo’lish  uchun 

instrument: 

likvidatsiya  jarayonida  tashkilotning  aktivlariga  nisbatan  boshqa 



talablardan ustivorlikka ega emas va 

boshqa  barcha  instrumentlar  turkumlariga  subordinatsiya  bo’lgan 



instrument  turkumi  tarkibida  bo’lishidan  oldin  instrument  boshqa  instrumentga 

aylantirilishi zarur bo’lmasligi kerak. 

(v) 

Boshqa  barcha  instrumentlar  turkumlariga  subordinatsiya  bo’lgan 



instrumentlar  turkumidagi  barcha  moliyaviy  instrumentlar  bir  xil  jihatlarga  egadir. 

Masalan,  ularning  barchasi  qayta  sotiladigan  bo’lishi  shart  hamda  qayta  sotib  olish 

yoki  so’ndirish  narxini  hisoblash  bo’yicha  formula  yoki  boshqa  usul  ushbu 

turkumdagi barcha instrumentlar uchun bir xildir. 

(g) 

Emitent  tomonidan  instrumentni  pul  mablag’iga  yoki  boshqa  aktivga 



qayta  sotib  olish  yoki  so’ndirish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatdan  tashqari, 

instrument  boshqa  tashkilotga  pul  mablag’i  yoki  boshqa  aktiv  yetkazib  berish  yoki 

tashkilot uchun potentsial noqulay bo’lgan shartlarda boshqa tashkilot bilan moliyaviy 

aktivlarni  yoki  moliyaviy  majburiyatlarni  ayirboshlash  bo’yicha  har  qanday 

shartnomaviy  majburiyatni  o’z  ichiga  olmaydi,  hamda  u  moliyaviy  majburiyat 

ta’rifining  (b)  quyi  bandida  belgilanganidek  tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlari 

bilan hisob-kitob qilinadigan yoki qilinishi mumkin bo’lgan shartnoma emas. 

(d) 


Instrumentning 

muddati  davomida  unga  tegishli  bo’lgan  jami 

kutilayotgan  pul  oqimlari  sezilarli  tarzda  instrument  muddati  davomida  foyda  yoki 

zararga, tashkilotning tan olingan sof aktivlardagi o’zgarishga yoki tan olingan va tan 

olinmagan  sof  aktivlarining  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishga  asoslangan  bo’ladi 

(bunda instrumentning har qanday ta’sirlarini istisno qilgan holda). 

Instrument  ulushli  instrument  sifatida  tasniflanishi  uchun,  yuqoridagi  barcha 

jihatlarga  ega  bo’lgan  instrumentga  qo’shimcha  tarzda,  emitent  quyidagilarga  ega 




 

 

186 



 

boshqa moliyaviy instrument yoki shartnomaga ega bo’lmasligi shart:  

(a) 

sezilarli  tarzda  foyda  yoki  zararga,  tashkilotning  tan  olingan  sof 



aktivlardagi o’zgarishga yoki tan olingan va tan olinmagan sof aktivlarining haqqoniy 

qiymatidagi o’zgarishga asoslangan jami pul oqimlari (bunda bunday instrument yoki 

shartnomaning har qanday ta’sirlarini istisno qilgan holda) va 

(b) 


qayta  sotiladigan  instrument  egalari  uchun  qoldiq  daromadni  sezilarli 

tarzda chegaralaydigan yoki qat’iy belgilaydigan ta’sir. 

Mazkur  shartni  qo’llash  maqsadlarida,  tashkilot  instrument  egasi  bilan  tuzilgan 

nomoliyaviy  shartnomalarni  ko’rib  chiqmasligi  lozim,  qaysiki  instrument  egasi 

bo’lmagan bilan emitent tashkilot o’rtasida sodir bo’lishi  mumkin bo’lgan ekvivalent 

shartnomaning shartnomaviy shartlari  va sharoitlariga o’xshash shartnomaviy shartlar 

va  sharoitlarga  ega.  Agarda  tashkilot  mazkur  shart  bajarilganligini  aniqlay  olmasa,  u 

qayta sotiladigan instrumentni ulushli instrument sifatida tasniflamasligi lozim. 

Faqat  likvidatsiya  jarayonida  tashkilotga  uning  sof  aktivlaridagi  proportsional 

ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan instrumentlar yoki 

instrumentning tarkibiy qismlari 

Ba’zi  moliyaviy  instrumentlar  faqat  likvidatsiya  jarayonida  emitent 

tashkilotning  uning  sof  aktivlaridagi  proportsional  ulushni  boshqa  tomonga  yetkazib 

berish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatini  o’z  ichiga  oladi.  Majburiyat  yuzaga 

keladi,  chunki  likvidatsiyaning  sodir  bo’lishi  aniq  yoki  tashkilot  nazoratidan 

tashqarida  bo’ladi  (masalan,  muddati  cheklangan  tashkilot)  yoki  sodir  bo’lishi  aniq 

emas, ammo instrument egasi ixtiyorida bo’ladi. Moliyaviy majburiyat ta’rifiga istisno 

tariqasida,  bunday  majburiyatni  o’z  ichiga  oladigan  instrument  ulushli  instrument 

sifatida tasniflanadi, agar u quyidagi barcha jihatlarga ega bo’lsa:  

(a) 


U  egasiga  tashkilotning  likvidatsiyasi  paytida  tashkilot  sof  aktivlarining 

proportsional  ulushiga  huquq  beradi.  Tashkilotning  sof  aktivlari  bu  uning  aktivlariga 

nisbatan  boshqa  barcha  talablarni  chegirib  tashlagandan  so’ng  qoladigan  aktivlardir. 

Proportsional ulush quyidagicha aniqlanadi: 

likvidatsiya  jarayonidagi  tashkilotning  sof  aktivlarini  teng  miqdordagi 



birliklarga bo’lgan holda; va 

ushbu  miqdorni  moliyaviy  instrument  egasi  egaligidagi  birliklar  soniga 



ko’paytirgan holda. 

(b) 


Instrument  boshqa  barcha  instrumentlar  turkumlariga  subordinatsiya 

bo’lgan  instrumentlar  turkumiga  kiradi.  Bunday  turkum  tarkibida  bo’lish  uchun 

instrument: 

likvidatsiya  jarayonida  tashkilotning  aktivlariga  nisbatan  boshqa 



talablardan ustivorlikka ega emas va 

boshqa  barcha  instrumentlar  turkumlariga  subordinatsiya  bo’lgan 



instrument  turkumi  tarkibida  bo’lishidan  oldin  instrument  boshqa  instrumentga 

aylantirilishi zarur bo’lmasligi kerak. 

(v) 

Boshqa  barcha  instrumentlar  turkumlariga  subordinatsiya  bo’lgan 



instrumentlar  turkumidagi  barcha  moliyaviy  instrumentlar  likvidatsiya  jarayonida 

emitent  tashkilotning  uning  sof  aktivlaridagi  proportsional  ulushni  yetkazib  berish 

bo’yicha bir xil shartnomaviy majburiyatiga ega bo’lishlari shart. 

Instrument  ulushli  instrument  sifatida  tasniflanishi  uchun,  yuqoridagi  barcha 




 

 

187 



 

jihatlarga  ega  bo’lgan  instrumentga  qo’shimcha  tarzda,  emitent  quyidagilarga  ega 

boshqa moliyaviy instrument yoki shartnomaga ega bo’lmasligi shart:  

(a) 


sezilarli  tarzda  foyda  yoki  zararga,  tashkilotning  tan  olingan  sof 

aktivlardagi o’zgarishga yoki tan olingan va tan olinmagan sof aktivlarining haqqoniy 

qiymatidagi o’zgarishga asoslangan jami pul oqimlari (bunda bunday instrument yoki 

shartnomaning har qanday ta’sirlarini istisno qilgan holda) va 

(b) 

instrument 



egalari 

uchun 


qoldiq 

daromadni 

sezilarli 

tarzda 


chegaralaydigan yoki qat’iy belgilaydigan ta’sir. 

Mazkur  shartni  qo’llash  maqsadlarida,  tashkilot  instrument  egasi  bilan  tuzilgan 

nomoliyaviy  shartnomalarni  ko’rib  chiqmasligi  lozim,  qaysiki  instrument  egasi 

bo’lmagan bilan emitent tashkilot o’rtasida sodir bo’lishi  mumkin bo’lgan ekvivalent 

shartnomaning shartnomaviy shartlari  va sharoitlariga o’xshash shartnomaviy shartlar 

va  sharoitlarga  ega.  Agar  tashkilot  mazkur  shart  bajarilganligini  aniqlay  olmasa,  u 

instrumentni ulushli instrument sifatida tasniflamasligi lozim. 

Faqat  likvidatsiya  jarayonida  tashkilotga  uning  sof  aktivlaridagi  proportsional 

ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan instrumentlarni va 

qayta sotiladigan instrumentlarni qayta tasniflash 

Moliyaviy  instrument  mazkur  bandlarda  keltirilgan  barcha  jihatlarga  ega 

bo’lishdan  va  ushbu  bandlardagi  shartlarni  qanoatlantirishdan  to’xtagan  sanadan 

boshlab, tashkilot moliyaviy instrumentni qayta tasniflashi lozim. 

Tashkilot 

instrumentni qayta tasniflashni quyidagicha hisobga olishi lozim: 

(a) 


Ulushli  instrument  tashkilot  ulushli  instrumentni  moliyaviy  majburiyat 

sifatida  qayta  tasniflashi  lozim.  Moliyaviy  majburiyat  qayta  tasniflangan  sanadagi 

instrumentning 

haqqoniy 

qiytmatida 

baholanishi 

lozim. 

Tashkilot 

ulushli 

instrumentning  balans  qiymati  bilan  moliyaviy  majburiyatning  qayta  tasniflangan 

sanadagi haqqoniy qiytmati o’rtasidagi har qanday farqni kapitalda tan olishi lozim. 

(b) 


Moliyaviy  majburiyat  tashkilot  ushbu  moliyaviy  majburiyatni  kapital 

sifatida  qayta  tasniflashi  lozim.  Ulushli  instrument  qayta  tasniflanadigan  sanadagi 

moliyaviy majburiyatning balans qiytmatida baholanishi lozim. 

Pul  mablag’ini  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berish  bo’yicha 

shartnomaviy majburiyatning mavjud emasligi. 

Moliyaviy  majburiyatning  ulushli  instrumentdan  farqlashning  muhim  jihati 

shundaki,  moliyaviy  instrument  bo’yicha  bir  tomonning  (emitent)  boshqa  tomonga 

(instrument  egasi)  pul  mablag’ini  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berish 

bo’yicha  yoki  emitent  uchun  potentsial  noqulay  bo’lgan  shartlarda  instrument  egasi 

bilan  moliyaviy  aktivlarni  yoki  moliyaviy  majburiyatlarni  ayirboshlash  bo’yicha 

shartnomaviy  majburiyatining  mavjudligidir.  Ulushli  instrument  egasi  har  qanday 

dividendlarning  yoki  boshqa  kapital  taqsimotlarning  proportsional  ulushini  olish 

huquqiga  ega  bo’lishi  mumkinligiga  qaramasdan,  emitent  bunday  taqsimotlarni 

amalga  oshirish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatga  ega  emas  chunki  undan  boshqa 

tomonga  pul  mablag’ini  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berishni  talab  qilib 

bo’lmaydi. 

Moliyaviy  instrumentning  yuridik  maqomi  emas,  balki  uning  mohiyati 

tashkilotning  moliyaviy  holati  to’g’risidagi  hisobotida  uning  tasniflanishini 

ta’kidlaydi.  Mohiyat  odatda  yuridik  maqomga  mutanosibdir,  ammo  har  doim  ham 



 

 

188 



 

emas.  Ba’zi  moliyaviy  instrumentlar  kapitalning  yuridik  maqomini  oladi,  ammo  ular 

mohiyatan  majburiyatlardir  va  boshqalari  esa  ulushli  instrumentlar  bilan  bog’liq 

jihatlarni  hamda  moliyaviy  majburiyatlar  bilan  bog’liq  jihatlarni  qamrab  olishi 

mumkin. Masalan:  

(a) 


qat’iy  belgilangan  yoki  aniqlanadigan  kelgusi  sanada  qat’iy  belgilangan 

yoki 


aniqlanadigan 

summasida 

emitent 

tomonidan 

majburiy 

so’ndirishni 

ta’minlaydigan,  yoki  egasiga  emitentdan  ma’lum  sanada  yoki  undan  keyin  qat’iy 

belgilangan  yoki  aniqlanadigan  summasida  instrumentni  so’ndirish  bo’yicha  talab 

etish huquqini beradigan, imtiyozli aktsiyalar moliyaviy majburiyat hisoblanadi. 

(b) 


Egasi  uchun  moliyaviy  instrumentni emitentga  pul  mablag’i  yoki boshqa 

moliyaviy  aktiv  evaziga  qaytarish  huquqini  beradigan  moliyaviy  instrument  (qayta 

sotiladigan instrument)  moliyaviy  majburiyatdir. Pul  mablag’i  yoki boshqa  moliyaviy 

aktivlar  summasi  indeks  yoki  boshqa  ko’tarilishi  yoki  pasayishi  mumkin  bo’lgan 

modda asosida aniqlanganda ham, moliyaviy instrument moliyaviy majburiyat bo’ladi. 

Egasida  instrumentni  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktiv  evaziga  qaytarish 

ixtiyori  mavjudligi  shuni  anglatadiki,  qayta  sotiladigan  instrument  moliyaviy 

majburiyat  ta’rifini  qanoatlantiradi.  Masalan,  ochiq  o’zaro  fondlari,  birlik  trastlari, 

shirkatlar  hamda ba’zi kooperativ  xo’jalik  sub’ektlari o’zlarining birlik egalarini  yoki 

a’zolarini  har  qanday  vaqtda  emitentdagi  o’z  ulushlarini  pul  mablag’iga  so’ndirish 

huquqlari  bilan  ta’minlashlari  mumkin,  qaysiki  birlik  egalari  yoki  a’zolar  ulushlarini 

moliyaviy  majburiyat  sifatida  tasniflashga  olib  keladi.  Biroq,  moliyaviy  majburiyat 

sifatida tasniflash qo’yilgan kapitalga ega bo’lmagan tashkilot moliyaviy hisobotlarida 

“birlik  egalariga  tegishli  sof  aktiv  qiymati”  va  “birlik  egalariga  tegishli  sof  aktiv 

qiymatidagi  o’zgarish”  ga  o’xshash  izohlardan  foydalanishni  yoki  jami  a’zolar 

ulushlari  kapital  ta’rifini  qanoatlantiradigan  rezervlar  va  qanoatlantirmaydigan  qayta 

sotiladigan  instrumentlariga  o’xshash  moddalarni  qamrab  olishini  ko’rsatish  bo’yicha 

qo’shimcha ma’lumotlar ochib berilishini taqiqlamaydi. 

Agar  tashkilot  shartnomaviy  majburiyatni  hisob-kitob  qilishda  pul  mablag’i 

yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berishdan  qochish  bo’yicha  shartsiz  huquqga 

ega bo’lmasa, majburiyat moliyaviy majburiyat ta’rifini qanoatlantiradi. Masalan:  

(a) 


Tashkilotning  shartnomaviy  majburiyatni  bajarish  qobiliyatiga  cheklov, 

masalan,  xorijiy  valyutaga  ega  bo’lish  huquqining  mavjud  emasligi  yoki  nazorat 

organlaridan  to’lov  uchun  ruxsat  olish  zarurligi,  tashkilotning  shartnomaviy 

majburiyatlarini  yoki  ushbu  instrument  bo’yicha  egasining  shartnomaviy  huquqlarini 

inkor etmaydi. 

(b) 


Kontragent  so’ndirish  bo’yicha  o’z  huquqini  amalga  oshirishi  sharti 

asosida  bo’lgan  shartnomaviy  majburiyat  moliyaviy  majburiyat  hisoblanadi,  chunki 

tashkilot  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berishdan  qochish 

bo’yicha shartsiz huquqga ega emas. 

Pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berish  bo’yicha 

shartnomaviy  majburiyatni  aniq  belgilamaydigan  moliyaviy  instrument  o’zining 

shartlari va sharoitlari orqali majburiyatni bilvosita belgilashi mumkin. Masalan:  

(a) 


moliyaviy  instrument  faqatgina  tashkilot  taqsimotlarni  amalga  oshira 

olmaganda yoki instrumentni so’ndira olmaganda hisob-kitob qilinadigan nomoliyaviy 

majburiyatni  o’z  ichiga  olishi  mumkin.  Agar  tashkilot  faqatgina  nomoliyaviy 



 

 

189 



 

majburiyatni  hisob-kitob  qilish  orqali  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivning 

o’tkazilishiga  yo’l  qo’ymaslik  imkoniyati  bo’lsa,  moliyaviy  instrument  moliyaviy 

majburiyat hisoblanadi. 

(b) 

moliyaviy  instrument  moliyaviy  majburiyat  hisoblanadi,  agarda  u  hisob-



kitobda tashkilot tomonidan quyidagilardan birining yetkazib berilishini ta’minlasa: 

yoki pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktiv; yoki 



qiymati  sezilarli  tarzda  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktiv 

qiymatidan oshishi aniq bo’lgan o’z aktsiyalari. 

Tashkilot pul  mablag’i  yoki boshqa  moliyaviy aktivni  yetkazib berish bo’yicha 

aniq shartnomaviy majburiyatga ega emasligiga qaramasdan, aktsiya bilan hisob-kitob 

qilish  muqobilining  qiymati  tashkilot  pul  mablag’ida  hisob-kitob  qilganidek  bo’ladi. 

Har  qanday  holatda,  instrument  egasi  mohiyatan  kamida  pul  mablag’ida  hisob-kitob 

qilish imkoniga teng summani olishi kafolatlangan. 

Shartnoma  faqat  tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlarini  olish  yoki  yetkazib 

berish  natijasiga  olib  kelishi  bilan  ulushli  instrument  bo’lib  qolmaydi.  Tashkilot  o’z 

aktsiyalarining  yoki  boshqa  ulushli  instrumentlarning  o’zgaruvchan  miqdorini  olish 

yoki  yetkazib  berish  bo’yicha  shartnomaviy  huquq  yoki  majburiyatga  ega  bo’lishi 

mumkin, bunda olinishi yoki yetkazib berilishi kerak bo’lgan tashkilotning o’z ulushli 

instrumentlarining  haqqoniy  qiymati  shartnomaviy  huquq  yoki  majburiyatning 

qiymatiga  teng  bo’ladi.  Bunday  shartnomaviy  huquq  yoki  majburiyat  qat’iy 

belgilangan qiymatda yoki tashkilotning o’z ulushli instrumentlarining bozor narxidan 

tashqari  o’zgaruvchining  o’zgarishlariga  bog’liq  tarzda  qisman  yoki  to’liq 

tebranadidan  qiymatda  bo’lish  mumkin  (masalan,  foiz  stavkasi,  tovar  narxi  yoki 

moliyaviy  instrument  narxi).  Ikkita  misol:  (a)  100VB  qiymatiga  teng  miqdorda 

tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlarini  yetkazib  berish  bo’yicha  shartnoma;  va  (b) 

100  untsiya  oltin  qiymatiga  teng  miqdorda  tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlarini 

yetkazib  berish  bo’yicha  shartnoma.  Tashkilot  bundan  shartnomani  o’zining  ulushli 

instrumentlarini  yetkazib  berish  orqali  bajarishi  shartligiga  yoki  bajara  olishiga 

qaramasdan,  bunday  shartnoma  tashkilotning  moliyaviy  majburiyati  hisoblanadi.  U 

ulushli  instrument  emas,  chunki  tashkilot  shartnomani  bajarishda  o’z  ulushli 

instrumentlarining o’zgaruvchan  miqdoridan shartnomani  hisob-kitob qilish  vositalari 

sifatida  foydalanadi.  Shu  tufayli,  shartnoma  tashkilotning  barcha  majburiyatlari 

chegirilgandan so’ng uning aktividagi qoldiq ulushni tasdiqlamaydi.  

Tashkilot tomonidan o’z ulushli instrumentlarining qat’iy belgilangan miqdorini 

pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivning  qat’iy  belgilangan  qiymati  evaziga 

(olish  yoki)  yetkazib  berish  orqali  bajariladigan  shartnoma  ulushli  instrument 

hisoblanadi.  Masalan,  kontragentga  o’rnatilgan  narxda  yoki  obligatsiyaning 

o’rnatilgan  asosiy  summasida  tashkilot  aktsiyalarining  qat’iy  belgilangan  miqdorini 

sotib  olish  huquqini  beradigan  chiqarilgan  aktsiya  optsioni  ulushli  instrument 

hisoblanadi.  Shartnomani  bajarishda  to’lanadigan  yoki  olinadigan  pul  mablag’i  yoki 

boshqa  moliyaviy  aktivning  qiymatiga  yoki  olinadigan  yoki  yetkazib  beriladigan 

ulushli  instrumentlarning  miqdoriga  ta’sir  qilmagan  holda,  bozor  foiz  stavkasining 

tebranishlari  natijasida  yuzaga  keladigan  shartnomaning  haqqoniy  qiymatidagi 

o’zgarishlar  shartnomaning  ulushli  instrument  bo’lishidan  to’smaydi.  Har  qanday 

olingan badal (masalan, chiqarilgan optsion uchun olingan mukofot yoki tashkilotning 




 

 

190 



 

o’z  aktsiyalariga  varrant)  bevosita  kapitalga  qo’shiladi.  Har  qanday  to’langan  badal 

(masalan,  sotib  olingan  optsion  uchun  to’langan  mukofot)  bevosita  kapitaldan 

chegiriladi.  Ulushli  instrumentning  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishlar  moliyaviy 

hisobotlarda tan olinmaydi. 

Tashkilot  uchun  o’z  ulushli  instrumentlarini  pul  mablag’i  yoki  boshqa 

moliyaviy  aktivga  sotib  olish  majburiyatini  qamrab  oladigan  shartnoma  so’ndirish 

summasining  keltirilgan  qiymatiga  teng  bo’lgan  (masalan,  forvardni  qayta  sotib  olish 

qiymatining,  optsionni  bajarish  qiymatining  yoki  boshqa  so’ndirish  summasining 

keltirilgan  qiymatiga  teng)  moliyaviy  majburiyat  yuzaga  kelishiga  sabab  bo’ladi. 

Hattoki  shartnomaning  o’zi  ulushli  instrument  bo’lsa  ham  bu  holat  sodir  bo’ladi. 

Bunga  misol  sifatida,  forvard  shartnomasi  bo’yicha  tashkilotning  o’z  ulushli 

instrumentlarini pul mablag’iga sotib olish majburiyatni keltirishi mumkin. Moliyaviy 

majburiyat  dastlab  so’ndirish  summasining  keltirilgan  qiymatida  tan  olinadi  va  u 

kapital tarkibidan  majburiyatlarga o’tkaziladi (qayta tasniflanadi). So’ngra,  moliyaviy 

majburiyat  MHXS  9  ga  muvofiq  baholanadi.  Agar  shartnomaning  muddati  ushbu 

majburiyat  bajarilmasdan  tugasa,  moliyaviy  majburiyatning  balans  qiymati  kapital 

tarkibiga  qayta  tasniflanadi.  Tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlarini  sotib  olish 

bo’yicha shartnomaviy majburiyati so’ndirish summasining keltirilgan qiymatiga teng 

moliyaviy  majburiyat  yuzaga  kelishiga  sabab  bo’ladi,  agarda  sotib  olish  bo’yicha 

majburiyat  kontragent  tomonidan  so’ndirish  huquqi  amalga  oshirilishiga  shartli 

ravishda  bog’liq  bo’lsa  ham  (masalan,  kontragentga  tashkilotning  o’z  ulushli 

instrumentlarini  belgilangan  narxda  tashkilotga  sotish  huquqini  beradigan  chiqarilgan 

“put” optsioni). 

Tashkilot  tomonidan  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivning 

o’zgaruvchan  qiymati  evaziga  o’z  ulushli  instrumentlarining  qat’iy  belgilangan 

miqdorini  yetkazib  berish  yoki  olish  orqali  bajariladigan  shartnoma  moliyaviy  aktiv 

yoki moliyaviy majburiyat bo’lib hisoblanadi. Misol tariqasida, tashkilot uchun 100 ta 

o’z ulushli instrumentlarini 100 untsiya oltin qiymatiga teng qiymatdagi pul mablag’i 

evaziga yetkazib berish shartnomasini keltirish mumkin. 

Moliyaviy  instrument  tashkilotdan  emitent  bilan  instrument  egasining 

nazoratidan  tashqarida  bo’lgan  noaniq  kelgusi  hodisalarning,  masalan  fond  birjasi 

indeksi,  iste’mol  narx  indeksi,  foiz  stavkasi  yoki  soliq  talablari  yoki  emitentning 

kelgusi daromadlari, sof  foyda yoki qarzni-kapitalga koeffitsientidagi o’zgarish, sodir 

bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi paytida (yoki noaniq holatlar oqibatida) pul mablag’lari 

yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berish  bilan  hisoblashish    yoki  ushbu 

moliyaviy  instrument  moliyaviy  majburiyat  sifatida  tan  olinishiga  olib  keladigan 

boshqa yo’l bilan hisoblashishni  talab etishi mumkin. Bunday instrumentning emitenti 

pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib  berishdan  (yoki  moliyaviy 

instrumentni  moliyaviy  majburiyat  sifatida  tan  olinishiga  olib  keladigan  boshqa  yo’l 

bilan hisoblashishdan ) qochish bo’yicha shartsiz huquqqa ega emas. Shuning uchun u 

moliyaviy majburiyat bo’lib hisoblanadi, bundan   quyidagi holatlar istisno:  

(a) 

pul  mablag’lari  yoki  boshqa  moliyaviy  aktiv  bilan  hisoblashish  (yoki 



moliyaviy  majburiyatga olib keladigan boshqa yo’l bilan hisoblashish)ni  talab qilishi 

mumkin bo’lgan shartli hisoblashish sharti sharnomaning yagona qismi emas; 

(b) 

faqat  emitentning  likvidatsiya  holatida  emitentdan  majburiyatni  pul 




 

 

191 



 

mablag’lari  to’lanishi  yoki  boshqa  moliyaviy  aktiv  berililishi  (yoki  moliyaviy 

instrumentni  moliyaviy  majburiyat  sifatida  tan  olinishiga  olib  keladigan  boshqa  yo’l 

bilan hisoblashish) orqali bajarish talab qilinishi mumkin. 

Qachonki derivativ tusidagi moliyaviy instrument shartnomaning bir tomoniga u 

bo’yicha  hisob-kitoblar  qanday  tarzda  amalga  oshirilishi  yuzasidan  tanlash  imkonini 

bersa  (masalan,  emitent  yoki  instrument  egasi  hisob-kitobdagi  farqni  sof  asosda  pul 

mablag’lari  bilan  to’lashni  yoki  aktsiyalarni  pul  mablag’lariga  ayirboshlash  orqali 

hisob-kitob  qilishni  tanlashi  mumkin),  barcha  hisob-kitob  muqobillari  ushbu 

instrumentni  ulushli  instrument  bo’lishiga  olib  kelmaguncha,  u  moliyaviy  aktiv  yoki 

moliyaviy majburiyat bo’lib hisoblanadi. 

Moliyaviy  majburiyat  bo’lgan  hisob-kitob  imkoniga  ega  derivativ  moliyaviy 

instrumentga misol sifatida, emitent hisob-kitobdagi farqni sof asosda pul mablag’lari 

bilan  to’lashni  yoki  o’zining  aktsiyalarini  pul  mablag’iga  ayirboshlash  orqali  hisob-

kitob qilishni tanlay oladigan aktsiya optsionini keltirish  mumkin. Xuddi shuningdek, 

nomoliyaviy  moddani  tashkilotning  ulushli  instrumentlari  evaziga  sotib  olish  yoki 

sotish  bo’yicha  ba’zi  shartnomalar  mazkur  Standartning  qo’llash  doirasidadir,  chunki 

ular  nomoliyaviy  moddani  yetkazib  berish  orqali  yoki  pul  mablag’larida  sof  asosda 

hisoblashish    yoki  boshqa  moliyaviy  instrumentni  berish  orqali  hisob-kitob  qilinishi 

mumkin.  Bunday  shartnomalar  moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlar 

hisoblanadi va ulushli instrument hisoblanmaydi. 

Noderivativ  moliyaviy  instrument  emitenti  moliyaviy  instrument  ham 

majburiyat  ham  kapital  tarkibiy  qismini  qamrab  olishini  aniqlash  uchun  uning 

shartlarini baholashi  lozim. Bunday tarkibiy qismlar alohida  moliyaviy  majburiyatlar, 

moliyaviy aktivlar yoki ulushli instrumentlar sifatida tasniflanish lozim. 

Tashkilot  moliyaviy  instrumentning  shunday  tarkibiy  qismlarini  alohida  tan 

oladiki,  qaysiki    (a)  tashkilotning  moliyaviy  majburiyatini  vujudga  keltiradi  va  (b) 

instrument egasiga uni tashkilotning ulushli instrumentiga aylantirish imkonini beradi. 

Maasalan,  egasi  tomonidan  tashkilotning  oddiy  aktsiyalarining  qat’iy  belgilangan 

miqdoriga  aylantiriladigan  obligatsiya  yoki  shunga  o’xshash  instrument  murakkab 

moliyaviy  instrument  hisoblanadi.  Tashkilot  nuqtai  nazaridan,  bunday  instrument 

ikkita tarkibiy  qismni qamrab oladi:  moliyaviy  majburiyat  (pul  mablag’i  yoki boshqa 

moliyaviy  instrumentni  yetkazib  berish  bo’yicha  shartnomaviy  kelishuv)    va  ulushli 

instrument  (egasiga  uni,  belgilangan  davr  mobaynida,  tashkilotning  oddiy 

aktsiyalarining  qat’iy  belgilangan  miqdoriga  aylantirish  huquqini  beradigan  “koll” 

optsioni). Bunday instrument chiqarishning  iqtisodiy  natijasi  muddatidan oldin  hisob-

kitob  qilinish  mumkin  bo’lgan  qarz  instrumenti  hamda  oddiy  aktsiyalarni  sotib  olish 

varrantlarini  bir  vaqtni  o’zida  chiqarish,  yoki  ajraladigan  aktsiya  sotib  olish 

varrantlariga  ega  qarz  instrumentini  chiqarish  bilan  sezilarli  tarzda  bir  xildir.  Demak, 

barcha  holatlarda,  tashkilot  o’zining  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotida 

majburiyat va kapital tarkibiy qismlarini alohida taqdim etadi. 

Konvertatsiya  qilinadigan  instrumentning  majburiyat  va  kapital  tarkibiy 

qismlarining  tasniflanishi  konvertatsiya  optsioni  amalga  oshirilishining  ehtimolidagi 

o’zgarish natijasida qayta ko’rib chiqilmaydi, bunda hattoki optsionni amalga oshirish 

ba’zi  instrument  egalariga  iqtisodiy  jihatdan  afzalroq  bo’lib  ko’rinishi  mumkin 

bo’lganda  ham.  Instrument  egalari  doimo  kutilishi  mumkin  bo’lgan  yo’nalishda 




 

 

192 



 

harakat  qilmasliklari  mumkin,  chunki,  masalan,  konvertatsiyadan  yuzaga  keladigan 

soliq  oqibatlari  instrument egalari orasida  turlicha bo’lishi  mumkin.  Bundan tashqari, 

konvertatsiya  ehtimoli  vaqtdan  vaqtga  o’zgarib  turadi.  Tashkilotning  kelgusi 

to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha shartnomaviy  majburiyati, u konvertatsiya orqali 

so’ndirilmaguncha,  instrumentning  muddati  kelmaguncha,  yoki  ayrim  boshqa 

operatsiya amalga oshirilmaguncha, amalda qolaveradi. 

MHXS  9  da  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy  majburiyatlarning  baholanishi 

ko’rib  chiqiladi.  Ulushli  instrumentlar  tashkilotning  barcha  majburiyatlari 

chegirilgandan  so’ng  uning  aktividagi  qoldiq  ulushni  tasdiqlovchi  instrumentlardir. 

Shu  tufayli,  qachon  murakkab  moliyaviy  instrumentning  dastlabki  balans  qiymati 

uning kapital bilan majburiyat tarkibiy qismlarga taqsimlanayotganda, kapital tarkibiy 

qism  butun  instrumentning  haqqoniy  qiymatidan  majburiyat  tarkibiy  qism  uchun 

alohida  aniqlangan  qiymatni  chegirilgandan  so’nggi  qoldiq  qiymatga  teng  bo’ladi. 

Kapital tarkibiy qismdan (masalan, kapital konvertatsiyasi optsioni) tashqari murakkab 

moliyaviy instrumentga singdirilgan har qanday derivativ jihatlarning (masalan, “koll” 

optsioni)  qiymati  majburiyat  tarkibiy  qismga  kiritiladi.  Majburiyat  va  kapital  tarkibiy 

qismlarga  tegishli  dastlabki  tan  olishdagi  balans  qiymatlarining  yig’indisi  doimo 

instrument  butun  bir  instrument  bo’lgandagi  haqqoniy  qiymatga  teng  bo’ladi. 

Instrumentning  tarkibiy  qismlarini  alohida  dastlabki  tan  olishda  hech  qanday  foyda 

yoki zarar vujudga kelmaydi. 

Oddiy  aktsiyalarga  konvertatsiya  bo’ladigan  obligatsiya  emitenti  avval 

majburiyat  tarkibiy  qismning  balans  qiymatini  birlashgan  kapital  tarkibiy  qismga  ega 

bo’lmagan  o’xshash  majburiyatning  (jumladan  har  qanday  singdirilgan  no-kapital 

derivativ  jihattlar)  haqqoniy  qiymatini  baholash  orqali  aniqlaydi.  So’ngra, 

instrumentni  oddiy  aktsiyalarga  konvertatsiya  qilish  optsioni  ko’rinishidagi  ulushli 

instrumentning  balans  qiymati  butun  bir  murakkab  moliyaviy  instrumentning 

haqqoniy  qiymatidan  moliyaviy  majburiyatning  haqqoniy  qiymatini  chegirgan  holda 

aniqlanadi. 

Agar tashkilot o’z ulushli instrumentlarini qayta sotib olsa, ushbu instrumentlar 

(“qayta sotib olingan o’z aktsiyalari”) kapitaldan chegirilishi lozim. Tashkilotning o’z 

ulushli  instrumentlarini  sotib  olishda,  sotishda,  chiqarishda  yoki  bekor  qilishda  foyda 

yoki zarar tarkibida hech qanday foyda yoki zarar tan olinmasligi lozim. Bunday qayta 

sotib  olingan  o’z  aktsiyalari  tashkilot  yoki  jamlangan  guruhning  boshqa  a’zolari 

tomonidan  sotib  olinishi  va  egalik  qilinishi  mumkin.  To’langan  yoki  olingan  tovon 

(qoplash qiymati) bevosita kapitalda tan olinishi lozim.  

Saqlanayotgan qayta sotib olingan o’z aktsiyalari  miqdori  BHXS 1 “Moliyaviy 

hisobotlarni taqdim etish” ga muvofiq alohida  moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda 

yoki izohlarda ochib beriladi. Agar tashkilot o’z ulushli instrumentlarini o’zaro bog’liq 

shaxslardan  qayta  sotib  olsa,  u    BHXS  24  “O’zaro  bog’liq  shaxslarga  tegishli 

ma’lumotlarni ochib berish”ga muvofiq  ma’lumotlar ochib berilishini ta’minlaydi.  

Moliyaviy  instrumentga  yoki  moliyaviy  majburiyat  bo’lgan  tarkibiy  qismga 

tegishli  foiz,  dividendlar,  foyda  va  zararlar  daromad  yoki  xarajat  sifatida  foyda  yoki 

zarar  tarkibida  tan  olinishi  lozim.  Ulushli  instrument  egalariga  taqsimlanadigan 

summalar tashkilot tomonidan bevosita kapitalda tan olinishi lozim. Kapitalga tegishli 

operatsiya  bo’yicha  bitimga  oid  xarajatlar  kapitaldan  kamayish  sifatida  hisobga 




 

 

193 



 

olinishi lozim. 

Ulushli  instrument egalariga taqsimlanadigan summalarga  va kapital operatsiya 

bo’yicha bitimga oid xarajatlariga tegishli foyda solig’i BHXS 12 “Foyda soliqlari”



 

ga 


muvofiq hisobga olinishi lozim.  

Moliyaviy instrumentning moliyaviy majburiyat yoki ulushli instrument sifatida 

tasniflanishi  ushbu  instrumentga  tegishli  foiz,  dividendlar,  foyda  va  zararlar  daromad 

yoki xarajat sifatida foyda yoki zarar tarkibida tan olinishini belgilaydi. Shunday ekan, 

butunligicha  majburiyat  sifatida  tan  olingan  aktsiyalar  bo’yicha  dividend  to’lovlari 

obligatsiya bo’yicha foiz to’lovlaridek xarajat sifatida tan olinadi. Shuningdek, ulushli 

instrumentlarning  so’ndirilishlari  yoki  qayta  moliyalashtirilishlari  kapitaldagi 

o’zgarishlar sifatida tan olinsa, moliyaviy majburiyatlarning so’ndirilishlari yoki qayta 

moliyalashtirilishlari  bilan  bog’liq  foyda  yoki  zararlar  foyda  yoki  zarar  tarkibida  tan 

olinadi.  Ulushli  instrumentning  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishlar  moliyaviy 

hisobotlarda tan olinmaydi. 

Tashkilot odatda o’z ulushli instrumentlarini chiqarishda yoki sotib olishda turli 

xil  xarajatlarni  amalga  oshiradi.  Ushbu  xarajatlar  ro’yxatga  olish  va  boshqa  majburiy 

yig’imlari,  yuridik,  buxgalteriya  va  boshqa  professional  maslahatchilarga  to’langan 

to’lovlar, chop etish xarajatlari va muhr yig’imlarini qamrab olishi mumkin. Kapitalga 

tegishli  operatsiya  bo’yicha  bitimga  oid  xarajatlar  kapitaldan  kamayish  sifatida 

shunday  darajada  hisobga  olinadiki,  bunda  ular  kapital  operatsiyaga  bevosita  tegishli 

qo’shimcha  xarajatlar  bo’lib,  agarda  bunday  operatsiya  bo’lmaganda  vujudga 

kelmaydigan  xarajatlar  hisoblanadi.  Natijasiz  tugatilgan  kapitalga  tegishli  operatsiya 

bo’yicha xarajatlar xarajat sifatida tan olinadi. 

Murakkab moliyaviy instrumentni chiqarish bilan bog’liq bitimga oid xarajatlar 

tushumlarning  taqsimlanishiga  proportsional  ravishda  instrumentning  majburiyat  va 

kapital  tarkibiy  qismlariga  taqsimlanadi.  Bittadan  ortiq  bo’lgan  operatsiyalarga 

(masalan,  bir  vaqtni  o’zida  ayrim  aktsiyalarni  chiqarish  xarajatlari  va  boshqa 

aktsiyalarning birja listingi xarajatlari) tegishli birlashgan bitimga oid xarajatlar ushbu 

operatsiyalarga  oqilona  va  ularga  o’xshash  operatsiyalarga  mutanosib  tarzda  bo’lgan 

taqsimot asosida taqsimlanadi.  

Davr  mobaynida  kapitaldan  kamayish  sifatida  hisobga  olingan  bitimga  oid 

xarajatlarining qiymati BHXS 1 ga muvofiq alohida ochib beriladi. 

Xarajatlar  sifatida  tasniflangan  dividendlar  foyda  yoki  zarar  va  boshqa 

umumlashgan  daromad  to’g’risidagi  hisobot(lar)ida  boshqa  majburiyatlar  bo’yicha 

foizli xarajatlar bilan birga yoki alohida modda sifatida aks ettirilishi mumkin. Mazkur 

Standartning  talablariga  qo’shimcha  tarzda,  foizli  xarajatlar  va  dividendlarning  ochib 

berilishiga  nisbatan BHXS 1 va MHXS 7 ning talablari qo’llaniladi. Ba’zi  holatlarda, 

soliq  chegirmalari  kabi  masalalarga  nisbatan  foizli  xarajatlar  bilan  dividendlar 

o’rtasidagi  farq  tufayli,  ularni  foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromad 

to’g’risidagi  hisobot(lar)ida  alohida  ochib  berish  ma’quldir.  Soliq  oqibatlarini  ochib 

berish BHXS 12 ga muvofiq amalga oshiriladi. 

Moliyaviy  majburiyatning  balans  qiymatidagi  o’zgarishlarga  tegishli  foyda  va 

zararlar  foyda  yoki  zarar  tarkibida  daromad  yoki  xarajat  sifatida  tan  olinadi,  bunda 

hattoki  ular  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktiv  evaziga  tashkilotning 

aktivlaridagi  qoldiq  ulushga  nisbatan  huquqni  o’z  ichiga  olgan  instrumentga  tegishli 




 

 

194 



 

bo’lsa  ham.  BHXS  1  ga  asosan  tashkilot  bunday  instrumentni  qayta  baholashdan 

vujudga keladigan har qanday foyda yoki zararni umumlashgan daromad to’g’risidagi 

hisobotda  alohida  taqdim  etadi,  qachonki  u  tashkilotning  faoliyat  natijasini 

tushuntirishda o’rinli bo’lsa.  

Moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat o’zaro hisob-kitob qilinishi va buning 

natijasida  sof  farq  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotda  aks  ettirilishi  lozim, 

faqatgina qachonki tashkilot:  

(a) 

joriy  paytda  tan  olingan  qiymatlarni  hisobga  olish  uchun  yuridik 



biriktirgan huquqqa ega bo’lganda; va 

(b) 


yoki  netto  asosda  hisob-kitobni  amalga  oshirishni  yoki  aktivni  sotish  va 

bir vaqtni o’zida majburiyatni hisob-kitob qilishni ko’zlaganda. 

Hisobdan  chiqarish  mezoniga  to’g’ri  kelmaydigan  moliyaviy  aktivning 

o’tkazilishini  hisobga  olishda,  tashkilot  o’tkazilgan  aktiv  va  unga  bog’langan 

majburiyatni o’zaro hisob-kitob qilmasligi lozim. 

Mazkur  Standart  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy  majburiyatlarni  netto  (sof) 

asosda  aks  ettirishni  talab  etadi,  qachonki  ushbu  hisob-kitobni  amalga  oshirish 

tashkilot  tomonidan  ikki  yoki  undan  ortiq  alohida  moliyaviy  instrumentlarni  hisob-

kitob qilishdan kutilgan kelgusi pul  oqimlarini aks ettirsa. Qachonki tashkilot  yagona 

sof  qiymatni  olish  yoki  to’lash  huquqiga  ega  bo’lsa  va  buni  amalga  oshirishni 

ko’zlasa,  tashkilot  mohiyatan  faqat  yagona  moliyaviy  aktivga  yoki  moliyaviy 

majburiyatga  ega  bo’ladi.  Boshqa  holatlarda,  moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy 

majburiyatlar  bir  biridan  alohida  tarzda  tashkilotning  resurslari  yoki  majburiyatlari 

sifatidagi  ularning  xususiyatlariga  muvofiq  taqdim  etiladi.  Tan  olingan  moliyaviy 

aktiv  bilan  tan  olingan  moliyaviy  majburiyatni  o’zaro  hisob-kitob  qilish  va  sof 

qiymatni  aks  ettirish  moliyaviy  aktivni  yoki  moliyaviy  majburiyatni  hisobdan 

chiqarishdan  farq  qiladi.  O’zaro  hisob-kitob  foyda  yoki  zararni  tan  olishga  olib 

kelmasa ham, moliyaviy instrumentning hisobdan chiqarilishi nafaqat moliyaviy holat 

to’g’risidagi  hisobotdan  oldin  tan  olingan  moddani  chiqarib  tashlashga,  balki  foyda 

yoki zararni tan olinishiga ham olib kelishi mumkin. 

O’zaro  hisob-kitob  qilish  huquqi  –  shartnoma  asosida  yoki  boshqa  o’rnatilgan 

tartibda,  kreditorga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  qiymatning  bir  qismiga  yoki  barchasiga 

nisbatan  kreditordan  olinishi  lozim  bo’lgan  qiymat  orqali  qoplash  yoki  boshqa 

hollarda  bekor  qilish  bo’yicha  qarzdorning  yuridik  huquqi  hisoblanadi.  Odatdan 

tashqari  holatlarda,  qarzdor  kreditorga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  qiymatga  nisbatan 

uchinchi  tomondan  olinishi  lozim  bo’lgan  qiymatdan  foydalanish  bo’yicha  yuridik 

huquqqa  ega  bo’lishi  mumkin,  agarda  uchchala  tomon  o’rtasida  qarzdorning  o’zaro 

hisob-kitob  qilish  huquqini  belgilaydigan  kelishuv  mavjud  bo’lsa.  O’zaro  hisob-kitob 

qilish  huquqini  yuridik  huquq  bo’lganligi  tufayli,  huquqni  tasdiqlovchi  shartlar  bir 

yuridik  yurisdiktsiyadan boshqasiga qarab o’zgarishi  mumkin  va tomonlar o’rtasidagi 

munosabatlarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar e’tiborga olinishi zarur. 

Moliyaviy  aktiv  bilan  moliyaviy  majburiyatning  o’zaro  hisob-kitobi  bo’yicha 

yuridik  huquqning  mavjudligi  moliyaviy  aktiv  va  moliyaviy  majburiyat  bilan  bog’liq 

huquqlar  va  majburiyatlarga  ta’sir  qiladi  hamda  tashkilotning  kredit  va  likvidlilik 

riskiga  duchorligiga  ta’sir  etishi  mumkin.  Biroq,    huquq  mavjudligining  o’zi  hisobga 

olish  uchun  yetarli  asos  emas.  Huquqdan  foylanish  va  ayni  paytda  hisob-kitobni 




 

 

195 



 

amalga  oshirish  ko’zda  tutilmasa,  tashkilotning  kelgusi  pul  oqimlarining  qiymati  va 

muddatiga  ta’sir  etilmagan  bo’ladi.  Qachonki  tashkilot  huquqdan  foylanish  va  ayni 

paytda  hisob-kitobni  amalga  oshirishni  ko’zda  tutsa,  aktiv  va  majburiyatning  netto 

asosda  taqdim  etilishi  kutilgan  kelgusi  pul  oqimlarining  qiymati  va  muddatini  hamda 

ushbu  pul  oqimlari  duchor  bo’lgan  risklarni  aniqroq  aks  ettiradi.  Netto  asosda  hisob-

kitob  qilishning  yuridik  huquqisiz  bir  yoki  ikkala  tomonning  buni  amalga  oshirish 

hohishi  o’zaro  hisob-kitob  qilishni  tasdiqlash  uchun  yetarli  emas,  chunki  alohida 

moliyaviy  aktiv  va  moliyaviy  majburiyat  bilan  bog’liq  huquqlar  va  majburiyatlar 

o’zgarmasdan qoladi. 

Ma’lum  aktivlar  va  majburiyatlarni  hisob-kitob  qilishga  nisbatan  tashkilotning 

hohishi uning odatiy biznes amaliyoti, moliyaviy bozorlar talablari hamda netto hisob-

kitob  qilish  yoki  bir  vaqtni  o’zida  hisob-kitob  qilish  imkoniyatini  chegaralaydigan 

boshqa holatlar ta’siri ostida bo’lishi mumkin. 

Ikkita  moliyaviy  instrumentlarning  bir  vaqtni  o’zida  hisob-kitob  qilinishi, 

masalan, tartibli moliyaviy bozorda kliring markazining faoliyat ko’rsatishi orqali yoki 

yuzma-yuz ayirboshlash orqali sodir bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda, pul oqimlari 

natijada  yagona  sof  qiymatga  teng  bo’ladi  va  bunda  kredit  yoki  likvidlilik  riskiga 

duchorlik mavjud bo’lmaydi. Boshqa holatlarda, aktivning to’liq qiymati uchun kredit 

riskiga  yoki  majburiyatning  to’liq  qiymati  uchun  likvidlilik  riskiga  duchor  bo’lgan 

holda,  tashkilot  ikkita  moliyaviy  instrumentlarni  alohida  miqdorlarni  olish  va  to’lash 

orqali  hisob-kitob  qilishi  mumkin.  Bunday  risk  duchorlari  nisbatan  qisqa  muddatli 

bo’lishiga  qaramasdan  sezilarli  bo’lishi  mumkin.  Demak,  faqatgina  qachon 

operatsiyalar  bir  paytda  sodir  bo’lganda,  moliyaviy  aktivning  sotilishi  va  moliyaviy 

majburiyatning hisob-kitob qilinishi bir vaqtda amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 

Bir qancha moliyaviy instrumentlarni bitta kontragent bilan amalga oshiradigan 

tashkilot  ushbu  kontragent  bilan  “bosh  hisob-kitob  kelishuvi”  ni  tuzishi  mumkin. 

Bunday  kelishuv,  har  qanday  bir  shartnomaning  defolt  holatida  yoki  to’xtatilganida,  

kelishuvda  qamrab  olingan  barcha  moliyaviy  instrumentlarning  yagona  netto  hisob-

kitobini  ta’minlaydi.  Ushbu  kelishuvlar  odatda  moliyaviy  institutlar  tomonidan  kasod 

holatidagi  zararga  qarshi  yoki  kontragentning  o’z  majburiyatlarini  bajara  olmaslikka 

olib  keladigan  boshqa  holatlardan  himoyani  ta’minlash  uchun  foydalaniladi.  Bosh 

hisob-kitob  kelishuvi  odatda  hisobga  olish  huquqini  yuzaga  keltiradi,  qaysiki  yuridik 

kuchga  ega  bo’ladi  hamda  faqat  defoltning  belgilangan  holati  yoki  oddiy  biznes 

faoliyatida  sodir  bo’lishi  kutilmagan  boshqa  holatlar  sodir  bo’lgandan  so’ng  alohida 

moliyaviy  aktivlar  va  moliyaviy  majburiyatlarning  sotilishiga  yoki  hisob-kitob 

qilinishiga ta’sir ko’rsatadi. 

Valyuta  (pul  mablag’i)  moliyaviy  aktivdir,  chunki  u  o’zida  ayirboshlash 

vositasini  aks  ettiradi  va  shu  tufayli  moliyaviy  hisobotlarda  barcha  operatsiyalar 

baholanishi  va  tan  olinishi  uchun  asos  hisoblanadi.  Bankdagi  yoki  shunga  o’xshash 

moliyaviy  tashkilotdagi  pul  mablag’i  depoziti  moliyaviy  aktiv  hisoblanadi,  chunki  u 

depozitorning  tashkilotdan  pul  mablag’i  olishi  yoki  chek  yozib  berishi  bo’yicha 

shartnomaviy huquqini yoki shunga o’xshash moliyaviy instrumentni, ya’ni moliyaviy 

majburiyatni  to’lashda  kreditor  manfaati  uchun  hisobdagi  mablag’ga  nisbatan 

moliyaviy instrumentni, aks ettiradi. 

Kelgusida  pul  mablag’i  olish  bo’yicha  shartnomaviy  huquqni  aks  ettiradigan 




 

 

196 



 

moliyaviy aktivlarga va mos ravishda kelgusida pul mablag’i yetkazib berish bo’yicha 

shartnomaviy  majburiyatni  aks  ettiradigan  moliyaviy  majburiyatlarga  quyidagilar 

oddiy misol bo’ladi:  

(a) 

savdo bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari; 



(b) 

olinishi yoki to’lanishi lozim bo’lgan veksellar; 

(v) 

olinishi yoki to’lanishi lozim bo’lgan kreditlar; va 



(g) 

olinishi yoki to’lanishi lozim bo’lgan obligatsilar. 

Har  bir  holatda,  bir  tomonning  pul  mablag’ini  olish  bo’yicha  shartnomaviy 

huquqi  (yoki  to’lash  bo’yicha  majburiyati)  boshqa  tomonning  pul  mablag’ini  to’lash 

bo’yicha  mos  shartnomaviy  majburiyatiga  (yoki  olish  bo’yicha  huquqiga)  to’g’ri 

keladi. 


Moliyaviy  instrumentning  boshqa  turi  shundayki,  u  uchun  olinadigan  yoki 

taqdim  etiladigan  iqtisodiy  manfaat  puldan  tashqari  moliyaviy  aktiv  hisoblanadi. 

Masalan, davlat obligatsiyalarida to’lanadigan veksel o’z egasiga pul mablag’ini emas, 

balki  davlat  obligatsiyalarini  olish  bo’yicha  shartnomaviy  huquqni,  emitentga  esa 

ularni  yetkazib  berish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatni  taqdim  etadi. 

Obligatsiyalar  moliyaviy  aktivlar  hisoblanadi,  chunki  ular  emitent  hukumatning  pul 

mablag’ini  to’lash  majburiyatlarini  aks  ettiradi.  Shu  tufayli,  veksel  egalik  qiluvchi 

tashkilot  uchun  moliyaviy  aktiv  va  veksel  emitenti  uchun  moliyaviy  majburiyat 

hisoblanadi. 

“Muddatsiz”  qarz  instrumentlari  (masalan,  muddatsiz  obligatsiyalar, 

ta’minlanmagan  qarz  majburiyatlari  va  kapital  veksellari)  odatda  noaniq  kelajakka 

cho’zilgan  holda  belgilangan  sanalarda  foiz  hisobida  to’lovlarni  olish  bo’yicha 

shartnomaviy  huquqni  beradi,  bunda  u  asosiy  (nominal)  qarzni  qaytarib  olish 

huquqisiz  yoki  kelajakda  asosiy  (nominal)  qarzni  qaytarib  olish  ehtimoli  juda  kam 

yoki  uzoq  kelajakka  cho’ziladigan  shartlar  asosidagi  huquq  bilan  birga  bo’lishi 

mumkin.  Masalan,  tashkilot  muddatsiz  davrda  1000VB  nominal  qiymatidagi  asosiy 

qarzga  nisbatan  oldindan  belgilangan  8  foizlik  yillik  to’lovni  ta’minlaydigan 

moliyaviy  instrument  chiqarishi  mumkin.

15

  Instrument  chiqarilgan  paytda  bozor  foiz 



stavkasi  8  foiz  deb  faraz  qilib,  emitent  dastlabki  tan  olishda  haqqoniy  qiymati 

(keltirilgan qiymati) 1000VB ga teng bo’lgan bir qator kelgusi foiz to’lovlarini amalga 

oshirish  bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatni  qabul  qiladi.  Instrument  egasi  va 

emitenti muvofiq tarzda moliyaviy aktivga va moliyaviy majburiyatga ega bo’ladi. 

Moliyaviy  instrumentlarni  olish,  yetkazib  berish  yoki  ayirboshlash  bo’yicha 

shartnomaviy  huquq  yoki  shartnomaviy  majburiyatning  o’zi  moliyaviy  instrumentdir. 

Shartnomaviy huquqlar yoki shartnomaviy majburiyatlar zanjiri moliyaviy instrument 

ta’rifini qanoatlantiradi, agarda  u oxirgi  natijada pul  mablag’i olish  yoki to’lash  yoki 

ulushli instrument sotib olish yoki chiqarishga olib kelsa. 

Shartnomaviy 

huquqdan 

foydalanish 

imkoniyati 

yoki 


shartnomaviy 

majburiyatni  bajarish  talabi  aniq  bo’lishi  mumkin  yoki  shartli  ravishda  kelgusi 

hodisaning  sodir  bo’lishiga  bog’liq  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  agar  qarzdor  qarzni 

to’lay  olmasa,  moliyaviy  kafolat  kreditorning  kafolatchidan  pul  mablag’i  olish 

bo’yicha  shartnomaviy  huquqini  va  mos  ravishda  kafolatchining  kreditorga  to’lash 

                                            

15

Мазкур Стандартда монетар суммалар “валюта бирликлари (ВБ)” да белгиланган.



 


 

 

197 



 

bo’yicha  shartnomaviy  majburiyatini  anglatadi.  Kreditorning  huquqdan  foydalanish 

imkoniyati yoki kafolatchining o’z majburiyatini bajarishiga talab, ikkalasi ham shartli 

ravishda  qarzdorning  kelgusida  qarzni  to’lay  olmasligiga  bog’liq  bo’lishiga 

qaramasdan,  oldingi  operatsiya  yoki  hodisa  (kafolat  farazida)  tufayli  shartnomaviy 

huquq va majburiyat mavjud. Moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar har doim 

ham  moliyaviy  hisobotlarda  tan  olinmasligidan  qat’iy  nazar,  shartli  huquq  va 

majburiyat  moliyaviy  aktiv  va  moliyaviy  majburiyat  ta’rifini  qanoatlantiradi.  Ushbu 

shartli  huquqlar  va  majburiyatlarning  ayrimlari  MHXS  4  ning  qo’llash  doirasidagi 

sug’urta shartnomalari bo’lishi mumkin. 

BHXS 17 

“Ijara”

 asosidagi moliyaviy ijara, avvalo, bir qator to’lovlar bo’yicha 

ijaraga  beruvchining  olish  huquqi  va  ijaraga  oluvchining  to’lash  majburiyati 

hisoblanadi,  bunda  ushbu  to’lovlar  kredit  shartnomasidagi  asosiy  qarz  va  foizlarning 

birlashgan  to’lovlari  bilan  deyarli  bir  xildir.  Ijaraga  beruvchi  o’z  investitsiyasini, 

ijaraga  berilgan  aktivni  o’zini  emas,  balki  ijara  shartnomasi  asosida  olinishi  lozim 

bo’lgan  to’lovlar  qiymatida  hisobga  oladi.  Operatsion  ijara  esa,  xizmatlarga 

to’lanadigan  haqqa  o’xshash  to’lovlar  evaziga  ijaraga  beruvchi  tomonidan  aktivni 

kelusi 

davrlar 


uchun 

foydalanishga 

topshirish 

majburiyatini 

yuklaydigan  

tugallanmagan  shartnoma  hisoblanadi.  Ijaraga  beruvchi  o’z  investitsiyasini,  ijara 

shartnomasi  asosida  kelgusida  olinadigan  har  qanday  qiymatda  emas,  balki  ijaraga 

berilgan  aktivni  hisobga  oladi.  Demak,  moliyaviy  ijara  moliyaviy  instrument 

hisoblanadi  va  operatsion  ijara  moliyaviy  instrument  hisoblanmaydi  (joriy  va 

kelgusida to’lanadigan alohida to’lovlardan tashqari). 

Moddiy  aktivlar  (masalan,  asosiy  vositalar),  ijaraga  berilgan  aktivlar  va 

nomoddiy  aktivlar  (masalan,  patentlar  va  savdo  belgilari)  moliyaviy  aktiv 

hisoblanmaydi.  Bunday  moddiy  va  nomoddiy  aktivlarni  nazorat  qilish  pul  oqimini 

yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yuzaga  keltirish  imkoniyatini  yaratadi,  ammo  u  pul 

mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  olishning  joriy  paytdagi  huquqini  yuzaga 

keltirmaydi. 

Kelgusi  iqtisodiy  manfaati  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  olish 

emas,  balki  tovarlar  yoki  xizmatlarni  qabul  qilish  hisoblangan  aktivlar  (masalan, 

oldindan to’langan xarajatlar) moliyaviy aktivlar hisoblanmaydi. Shuningdek, muddati 

uzaytirilgan  daromad  va  ko’pgina  varrant  majburiyatlariga  o’xshash  moddalar 

moliyaviy  majburiyat  hisoblanmaydi,  chunki  ular  bilan  bog’liq  iqtisodiy 

manfaatlarning  chiqimi  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  to’lash  bo’yicha 

shartnomaviy  majburiyat  emas,  balki  tovarlar  yoki  xizmatlarni  yetkazib  berish 

hisoblanadi. 

Shartnomaviy  bo’lmagan  majburiyatlar  yoki  aktivlar  (  masalan,  hukumat 

tomonidan  o’rnatiladigan  qonuniy  talablar  natijasida  yuzaga  keladigan  daromad 

soliqlari)  moliyaviy  majburiyatlar  yoki  moliyaviy  aktivlar  hisoblanmaydi.  Daromad 

soliqlarini  hisobga  olish  BHXS  12  orqali  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  BHXS  37 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə