Standartlari


 BHXS (IAS) 39 “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash”



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

7.2. BHXS (IAS) 39 “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” 

Mazkur  Standart  barcha  tadbirkorlik  sub’ektlari  tomonidan  moliyaviy 

instrumentlarning  barcha  turlariga  nisbatan  qo’llanilishi  lozim,  quyidagilar  bundan 

mustasno:  

(a) 

BHXS  10  “Jamlangan  moliyaviy  hisobotlar”,  BHXS  27  “Alohida 



moliyaviy hisobotlar” yoki BHXS 28 “Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma 

korxonalardagi  investitsiyalar”  ga  muvofiq  hisobga  olinadigan  shu’ba  tadbirkorlik 

sub’ektlaridagi,  qaram  tadbirkorlik  sub’ektlaridagi  va  qo’shma  korxonalardagi 

ulushlar. Biroq, tadbirkorlik sub’ektlari BHXS 27 yoki



 

BHXS 28 ga muvofiq mazkur 

Standart  bo’yicha  hisobga  olinadigan  shu’ba  tadbirkorlik  sub’ektidagi,  qaram 

tadbirkorlik  sub’ektidagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  ulushga  nisbatan  ushbu 

Standartni  qo’llashi  lozim.  Tadbirkorlik  sub’ektlari  shu’ba  tadbirkorlik  sub’ektidagi, 

qaram  tadbirkorlik  sub’ektidagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  ulush  bo’yicha 

derivativlarga  nisbatan  ham  ushbu  Standartni  qo’llashi  lozim,  bunda  derivativlar 

BHXS  32  “Moliyaviy  instrumentlar:  taqdim  etish”  dagi  tadbirkorlik  sub’ektining 

ulushli instrumenti ta’rifini qanoatlantirmaguncha. 

(b) 


BHXS  17  “Ijara”  qo’llaniladigan  ijara  kelishuvlari  bo’yicha  huquqlar  va 

majburiyatlar. Biroq: 

ijaraga  beruvchi  tomonidan  tan  olingan  ijara  bo’yicha  debitorlik 



qarzlariga  nisbatan  mazkur  Standartning  hisobdan  chiqarish  va  qadrsizlanishga 

tegishli shartlari qo’llaniladi; 

ijaraga  oluvchi  tomonidan  tan  olingan  moliyaviy  ijara  bo’yicha 



majburiyatlarga  nisbatan  mazkur  Standartning  hisobdan  chiqarishga  tegishli  shartlari 

qo’llaniladi; va 

ijaralarga  singdirilgan  derivativlarga  nisbatan  mazkur  Standartning 



singdirilgan derivativlar shartlari qo’llaniladi. 

(v) 


BHXS  19  “Xodimlarning  daromadlari”  qo’llaniladigan  xodimlarga  haq 

(va nafaqa) to’lash tizimlariga asosan xodimlar huquqlari va majburiyatlari. 

(g) 

tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  chiqarilgan  moliyaviy  instrumentlar, 



qaysiki  BHXS  32  dagi  ulushli  instrumentning  ta’rifini  qanoatlantiradi.  Biroq,  bunday 

ulushli  instrumentlarning  egasi  ushbu  instrumentlarga  nisbatan  ushbu  Standartni 

qo’llashi 

lozim, 


bunda 

ular 


yuqoridagi 

(a) 


da 

keltirilgan 

istisnoni 

qanoatlantirmaguncha.  

(d) 

huquqlar  va  majburiyatlar,  qaysiki  -  MHXS  4  “Sug’urta  shartnomalari” 



da  ta’riflangan  sug’urta  shartnomasi  asosida  yuzaga  keladi,  bunda  MHXS  9 

“Moliyaviy instrumentlar” ning A-ilovasida keltirilgan moliyaviy kafolat shartnomasi 

ta’rifini qanoatlantiradigan sug’urta shartnomasi asosida yuzaga keladigan huquqlar va 

majburiyatlardan  tashqari,  yoki  -  MHXS  4  qo’llash  doirasidagi  shartnoma  asosida 

yuzaga  keladi,  chunki  u  ixtiyoriy  ishtirok  etish  imkoniyatini  o’z  ichiga  oladi.  Biroq, 

mazkur  Standart  MHXS  4  qo’llash  doirasidagi  shartnomaga  singdirilgan  derivativga 

nisbatan  qo’llaniladi,  agarda  derivativning  o’zi  MHXS  4  qo’llash  doirasida  alohida 

shartnoma  bo’lmasa.  Bundan  tashqari,  agarda  moliyaviy  kafolat  shartnomalarining 

emitenti  bunday  shartnomalarni  sug’urta  shartnomalari  sifatida  inobatga  olganini  va 

sug’urta  shartnomalariga  xos  ravishda  hisobga  olganini  oldinroq  aniq  tarzda 

tasdiqlagan  bo’lsa,    emitent  bunday  moliyaviy  kafolat  shartnomalariga  nisbatan 



 

 

206 



 

mazkur  Standartni  yoki  MHXS  4  ni  qo’llashni  tanlashi  mumkin.  Emitent  ushbu 

tanlovni shartnomaga qarab amalga oshirishi mumkin, ammo har bir shartnoma uchun 

tanlangan yondashuv keyinchalik o’zgartirilmaydi. 

(e) 

sotib  oluvchi  va  sotuvchi  aktsiyador  o’rtasidagi  sotib  olinuvchini  sotib 



olish  yoki  sotish  bo’yicha  har  qanday  forvard  shartnomasi,  qaysiki  kelgusi  xarid 

sanasida  biznes  birlashuviga  olib  keladi.  Forvard  shartnomasining  muddati  odatda 

talab  etilgan  har  qanday  tasdiqlashlar  va  operatsiyani  tugatish  uchun  zarur  bo’lgan 

o’rinli muddatdan oshmasligi kerak. 

(j) 

Kredit  majburiyatlarning  emitenti  ushbu  Standartning  qo’llash  doirasida 



bo’lmagan kredit  majburiyatlari  uchun  BHXS 37 “Rezervlar, shartli  majburiyatlar  va 

shartli  aktivlar”  ni  qo’llashi  lozim.  Biroq,  barcha  kredit  majburiyatlariga  nisbatan 

mazkur Standartning hisobdan chiqarishga tegishli  shartlari qo’llaniladi.  

(z) 


MHXS  2  “Aktsiyaga  asoslangan  to’lov”  qo’llaniladigan  aktsiyaga 

asoslangan  to’lov  operatsiyalaridagi  moliyaviy  instrumentlar,  shartnomalar  va 

majburiyatlar. 

(i) 


shunday  majburiyatni  hisob-kitob  qilishni  amalga  oshirish  uchun 

tadbirkorlik  sub’ektidan  talab  etilgan  sarflarni  qoplash  bo’yicha  to’lovlarni  olish 

huquqlariki,  bunda  tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  majburiyatni  BHXS  37  ga  muvofiq 

rezerv  sifatida  tan  oladi  yoki  ushbu  majburiyat  uchun  oldingi  davrda  BHXS  37  ga 

muvofiq rezervni tan olgan.  

Quyidagi kredit majburiyatlari ushbu Standartning qo’llash doirasidadir:  

(a) 

Tadbirkorlik  sub’ekti  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishlar  foyda  yoki 



zararda  hisobga  olinadigan    moliyaviy  majburiyatlar  sifatida  belgilaydigan  kredit 

majburiyatlari.  Kredit  majburiyatlaridan  yuzaga  keladigan  aktivlarni  ularni 

shakllantirishdan  qisqa  muddatdan  so’ng  sotish  bo’yicha  oldingi  amaliyotlarga  ega 

bo’lgan  tadbirkorlik  sub’ekti  aynan  shu  turkumdagi  o’zining  barcha  kredit 

majburiyatlariga nisbatan ushbu Standartni qo’llashi lozim.  

(b) 


Hisoblashishdagi  farqi  sof  asosda  pul  mablag’lari  bilan  to’lanishi  yoki 

boshqa moliyaviy instrumentni yetkazib berish yoki emissiya qilish orqali hisob-kitob 

qilinishi  mumkin  bo’lgan  kredit  mujburiyatlari.  Ushbu  kredit  mujburiyatlari 

derivativlardir.  Kredit  majburiyati  kredit  bo’lib-bo’lib  to’langanligi  tufayligina  sof 

holda  hisob-kitob  qilindi  deb  hisoblanmaydi  (masalan,  qurilishni  amalga  oshirish 

davomida qismlarga bo’lib-bo’lib to’lab boriladigan qurilish ipoteka krediti). 

(v) 

Bozor  foiz  stavkasidan  past  darajada  kredit  ajratish  bo’yicha 



majburiyatlari.  

Mazkur  Standart  pul  mablag’lari  yoki  boshqa  moliyaviy  instrument  bilan  sof 

asosda,  yoki  moliyaviy  instrumentlarni  ayirboshlash  orqali,  xuddiki  shartnomalar 

moliyaviy  instrumentlar  bo’lganidek,  hisob-kitob  qilinishi  mumkin  bo’lgan 

nomoliyaviy  moddani  sotib  olish  yoki  sotish  shartnomalari  uchun  qo’llanilishi  lozim, 

bundan  tadbirkorlik  sub’ekti  ko’zda  tutgan  xarid,  sotuv  yoki  foydalanish  talablariga 

muvofiq  nomoliyaviy  moddani  qabul  qilish  yoki  yetkazib  berish  maqsadida  tuzilgan 

va saqlanayotgan shartnomalar mustasno. 

Bir necha usullar mavjudki, bunda nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish 

shartnomasi pul  mablag’lari  yoki  boshqa  moliyaviy  instrument bilan sof asosda,  yoki 

moliyaviy  instrumentlarni  ayirboshlash  orqali,  hisob-kitob  qilinishi  mumkin.  Ular 



 

 

207 



 

quyidagilarni o’z ichiga oladi:  

(a) 

qachonki  shartnoma  shartlari  biror  tomonga  pul  mablag’lari  yoki  boshqa 



moliyaviy  instrument  bilan  sof  asosda,  yoki  moliyaviy  instrumentlarni  ayirboshlash 

orqali, hisob-kitob qilishga imkon berganida; 

(b) 

qachonki  pul  mablag’lari  yoki  boshqa  moliyaviy  instrument  bilan  sof 



asosda,  yoki  moliyaviy  instrumentlarni  ayirboshlash  orqali  hisob-kitob  qilish 

imkoniyati  shartnoma  shartlarida  aniq  belgilanmagan,  ammo  tadbirkorlik  sub’ekti 

shunga  o’xshash  shartnomalarni  pul  mablag’lari  yoki  boshqa  moliyaviy  instrument 

bilan sof asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish 

amaliyotiga ega bo’lganida (kontragent bilan o’zaro hisob-kitob shartnomalarini tuzish 

orqali  yoki  shartnomaning  hisob-kitob  qilinishidan  yoki  muddati  tugashidan  oldin 

shartnomani sotish orqali); 

(v) 


o’xshash  shartnomalar  bo’yicha,  qachonki  tadbirkorlik  sub’ekti  asosdagi 

aktivning yetkazib berilishini qabul qilish va yetkazib berilgandan so’ng qisqa muddat 

ichida  narxdagi  qisqa  muddatli  tebranishlar  yoki  diler  marjasidan  foydaga  erishish 

maqsadida uni sotish tajribasiga ega bo’lganda; va 

(g) 

qachonki shartnoma predmeti bo’lgan nomoliyaviy modda pul mablag’iga 



tezda aylantirilganda. 

(b)  yoki  (v)  qo’llaniladigan  shartnomalar  tadbirkorlik  sub’ekti  ko’zda  tutgan 

xarid,  sotuv  yoki  foydalanish  talablariga  muvofiq  nomoliyaviy  moddani  qabul  qilish 

yoki  yetkazib berish  maqsadida tuzilgan shartnomalar emas, va shu tufayli,  u  mazkur 

Standartning qo’llash doirasidadir.  

(a) yoki (g) bandga  muvofiq pul  mablag’lari yoki boshqa  moliyaviy  instrument 

bilan sof asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish 

mumkin  bo’lgan  nomoliyaviy  moddani  sotib  olish  yoki  sotish  bo’yicha  chiqarilgan 

optsion  mazkur  Standartning  qo’llash  doirasidadir.  Bunday  shartnoma  tadbirkorlik 

sub’ekti ko’zda tutgan xarid, sotuv yoki foydalanish talablariga muvofiq nomoliyaviy 

moddani qabul qilish yoki yetkazib berish maqsadida tuzilmaydi.  

MHXS  9  va  BHXS  32  da  ta’riflangan  atamalar  ushbu  standartda  MHXS  9da 

belgilangan  ma’nolarda  foydalaniladi:  MHXS  9  va  BHXS  32  quyidagi  atamalarni 

ta’riflaydi:  

• 

hisobdan chiqarish 



• 

derivativ 

• 

ulushli instrument 



• 

haqqoniy qiymat 

• 

moliyaviy aktiv 



• 

moliyaviy kafolat shartnomasi 

• 

moliyaviy instrument 



• 

moliyaviy majburiyat 

va ushbu ta’riflarni qo’llash bo’yicha qo’llanmani ta’minlaydi. 

Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma’nodagi atamalardan foydalaniladi: 

Moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  majburiyatning  amortizatsiyalangan  qiymati  - 

bu  moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  majburiyatning  dastlab  tan  olinganda  baholangan 

qiymati  minus  asosiy  qarz  to’lovlari,  plyus  yoki  minus  effektiv  foiz  stavkasini 

qo’llagan holda boshlang’ich qiymat bilan so’ndirish qiymati orasidagi aniqlangan har 




 

 

208 



 

qanday  farqning  yig’ilgan  amortizatsiyasi  hamda  minus  qadrsizlanish  yoki  umidsiz 

qarzlar  bo’yicha  har  qanday  kamayish  summasi  (bevosita  yoki  rezerv  schyotidan 

foydalangan holda). 

Effektiv  foiz  usuli  -  bu  moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  majburiyatning  (yoki 

moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlar  guruhining)  amortizatsiyalangan 

qiymatini  hisoblash  va  foizli  daromad  yoki  foizli  xarajatni  tegishli  davrda  taqsimlash 

usulidir.  

Effektiv  foiz  stavkasi  -  bu  moliyaviy  instrumentning  kutilgan  xizmat  muddati, 

yoki  o’rinli  bo’lganda,  qisqaroq  muddat  davomida  baholangan  kelgusi  pul  to’lovlari 

yoki  tushumlarini  moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  majburiyatning  sof  balans 

qiymatigacha mutlaqo to’g’ri diskontlaydigan foiz stavkasidir. Effektiv foiz stavkasini 

hisoblashda,  tadbirkorlik  sub’ekti  moliyaviy  instrument  shartnomasining  barcha 

shartlarini (masalan, oldindan to’lov, “koll” va shunga o’xshash optsioplarni) inobatga 

olgan  holda  pul  oqimlarini  baholashi  lozim,  ammo  kelgusi  kreditzararlarini  e’tiborga 

olmasligi  lozim.  Hisoblash  shartnoma  tomonlari  o’rtasida  to’langan  yoki  olingan 

hamda  effektiv  foiz  stavkasining  ajralmas  qismi  hisoblanadigan  barcha  haqlar  va 

yig’imlarni  (BHXS  18  “Daromad”  ga  qarang),  bitimga  doir  xarajatlarni  va  boshqa 

barcha mukofotlar yoki diskontlarni qamrab oladi. Bunda shunday faraz mavjudki, pul 

oqimlari  va  o’xshash  moliyaviy  instrumentlar  guruhining  kutilgan  xizmat  muddati 

ishonchli baholanadi. Biroq, pul oqimlarini yoki moliyaviy instrumentning (moliyaviy 

instrumentlar  guruhining)  kutilgan  xizmat  muddatini  ishonchli  baholash  imkoni 

bo’lmagan  ayrim  holatlarda,  tadbirkorlik  sub’ekti  moliyaviy  instrumentning 

(moliyaviy  instrumentlar  guruhining)  to’liq  shartnomaviy  muddati  davomidagi 

shartnomaviy pul oqimlaridan foydalanishi lozim. 

Bitimga  oid  xarajatlar  -  bu  moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  majburiyatning 

xaridi,  emissiyasi  yoki  chiqib  ketishi  bilan  bevosita  bog’liq  qo’shimcha  xarajatlardir. 

Qo’shimcha  xarajat  bu  shunday  xarajatki,  qaysiki  sarflanmagan  bo’lar  edi,  agarda 

tadbirkorlik  sub’ekti  moliyaviy  instrumentni  sotib  olmaganda,  emissiya  qilmaganda 

yoki chiqib ketishini amalga oshirmaganda edi. 

Qat’iy kelishuv - bu belgilangan kelgusi sana yoki sanalarda belgilangan narxda 

resurslarning  belgilangan  miqdorining  almashinuvi  bo’yicha  majburiyat  yuklaydigan 

kelishuvdir.  

Rejalashtirilgan  operatsiya  -  bu  majburiy  bo’lmagan,  ammo  kutilgan  kelgusi 

operatsiyadir.  

Xejlash  instrumenti  -  bu  belgilangan  derivativ  yoki  (faqat  xorijiy  valyuta 

kursidagi  o’zgarish  riskining  xedji  uchun)  belgilangan  no-derivativ  moliyaviy  aktiv 

yoki belgilangan no-derivativ moliyaviy majburiyat bo’lib, ularning haqqoniy qiymati 

va  pul  oqimlari  belgilangan  xejlangan  moddaning  haqqoniy  qiymatidagi  yoki  pul 

oqimlaridagi o’zgarishlarni qoplashi kutiladi.  

Xejlangan  modda  -  bu  aktiv,  majburiyat,  qat’iy  kelishuv,  yuqori  ehtimolli 

rejalashtirilgan  operatsiya  yoki  xorijdagi  bo’linmaga  sof  investitsiya  bo’lib,  bunda  u 

(a)  tadbirkorlik  sub’ektini  hakqoniy  qiymatdagi  yoki  pul  oqimlaridagi  o’zgarishlar 

riskiga duchor etadi va (b) xejlanadigan sifatida belgilanadi. 

Xej  samaradorligi  -  bu  xejlangan  riskga  tegishli  bo’lgan  xejlangan  moddaning 

haqqoniy  qiymatidagi  yoki  pul  oqimlaridagi  o’zgarishlarning  xejlash  instrumentining 




 

 

209 



 

haqqoniy qiymatidagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlar bilan qoplanish darajasidir.  

Amortizatsiyalangan  qiymatda  baholangan  moliyaviy  aktivlar  bo’yicha 

qadrsizlanish va umidsiz qarzlar. 

Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida amortizatsiyalangan qiymatda 

baholangan 

moliyaviy 

aktivning 

yoki 

moliyaviy 



aktivlar 

guruhining 

qadrsizlanganligini  tasdiqlovchi  har  qanday  ob’ektiv  dalil  mavjud  yoki  mavjud 

emasligini baholashi lozim. Agar bunday dalil mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti har 

qanday qadrsizlanish zarari summasini aniqlash uchun qo’llashi lozim.  

Moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  aktivlar  guruhi  qadrsizlangan  bo’ladi  va 

qadrsizlanish  zararlari  hisobga  olinadi,  faqatgina  agarda  aktiv  dastlab  tan  olingandan 

so’ng  sodir  bo’lgan  bir  yoki  bir  necha  hodisalar  (“zararli  hodisa”)  natijasida 

qadrsizlanishning  ob’ektiv  dalili  mavjud  bo’lsa  va  zararli  hodisa  (yoki  hodisalar) 

ishonchli  baholanishi  mumkin  bo’lgan  moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  aktivlar 

guruhining  baholangan  kelgusi  pul  oqimlariga  nisbatan  ta’sirga  ega  bo’lsa. 

Qadrsizlanishga  sabab  bo’lgan  yagona,  aniq  bir  hodisani  aniqlash  imkoni  bo’lmasligi 

mumkin.  Balki  bir  necha  hodisalarning  umumlashgan  ta’siri  qadrsizlanishga  sabab 

bo’lishi mumkin. Kelgusi hodisalar natijasida kutilayotgan zararlar, ehtimoli qanchalik 

bo’lishidan  qat’iy  nazar,  tan  olinmaydi.  Moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  aktivlar 

guruhi  qadrsizlanganligini  bildiradigan  ob’ektiv  dalil  quyidagi  zararli  hodisalar 

to’g’risida aktiv egasining e’tiboridagi kuzatiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:  

(a) 


emitent yoki kredidorning sezilarli moliyaviy qiyinchiligi; 

(b) 


shartnomaning  buzilishi,  masalan,  asosiy  qarz  yoki  foiz  bo’yicha  defolt 

yoki to’lash muddatining chuzilishi; 

(v) 

qarzdorning  moliyaviy  qiyinchiligiga  bog’liq  iqtisodiy  yoki  yuridik 



sabablar  tufayli,  kreditor  tomondan  qarzdorga  boshqa  holatlarda  taqdim  etilmaydigan 

imtiyoz taqdim etilishi; 

(g) 

qarzdorning  bankrot  bo’lishi  yoki  moliyaviy  qayta  tashkil  etilishining 



ehtimoli yuzaga kelishi; 

(d) 


moliyaviy  qiyinchiliklar  tufayli  ushbu  moliyaviy  aktiv  bo’yicha  faol 

bozorning yo’q bo’lishi; yoki 

(e) 

moliyaviy  aktivlar  guruhining  baholangan  kelgusi  pul  oqimlarida,  ular 



dastlab  tan  olingandan  buyon,  sezilarli  kamayish  mavjudligini  namoyon  etayotgan 

kuzatiladigan  ma’lumot, bunda kamayish  guruhdagi alohida  moliyaviy aktivlar orqali 

aniqlanmasa ham, jumladan: 

guruhdagi qarzdorlarning to’lov qobiliyatida salbiy o’zgarishlar (masalan, 



kechiktirilgan  to’lovlarning  ko’paygan  miqdori  yoki  o’zlarining  kredit  limitiga 

erishgan  va  oylik  minimum  summasini  to’layotgan  kredit  karta  qarzdorlarining 

ko’paygan miqdori); yoki 

guruhdagi  aktivlar  bo’yicha  defoltlar  bilan  bog’liq  milliy  yoki  mahalliy 



iqtisodiy  holatlar  (masalan,  qarzdorlarning  geografik  joyida  ishsizlik  darajasining 

o’sishi,  tegishli  joydagi  ipotekalar  uchun  ko’chmas  mulk  narxlarida  kamayish,  neft 

qazib  chiqaruvchilarga  berilgan  kredit  aktivlar  uchun  neft  narxlarida  kamayish  yoki 

guruhdagi qarzdorlarga ta’sir etadigan soha holatlaridagi salbiy o’zgarishlar). 

Tadbirkorlik  sub’ektining  moliyaviy  instrumentlarining  bundan  buyon  ochiq 

bozorda savdo qilinmasligi tufayli faol bozorning yo’q bo’lishi qadrsizlanishning dalili 




 

 

210 



 

hisoblanmaydi.  Tadbirkorlik  sub’ektining  kredit  reytingining  pasayishi,  boshqa 

mavjud  ma’lumotlar  bilan  ko’rilganda  qadrsizlanish  dalili  bo’lsa  ham,  o’zi  alohida 

qadrsizlanishning  dalili  bo’lib  hisoblanmaydi.  Moliyaviy  aktivning  haqqoniy  qiymati 

uning  tannarxidan  yoki  amortizatsiyalangan  qiymatidan  past  darajada  kamayishi 

qadrsizlanish  dalili  bo’lishi  shart  emas  (masalan,  riskdan-holi  foiz  stavkasining 

ko’tarilishi  natijasida  qarz  instrumentidagi  investitsiyaning  haqqoniy  qiymatida 

kamayish). 

 Ayrim  holatlarda,  moliyaviy  aktiv  bo’yicha  qadrsizlanish  zarari  summasini 

baholashda  talab  etilgan  kuzatiladigan  ma’lumotlar  cheklangan  bo’lishi  yoki  bundan 

buyon joriy shart-sharoitlar uchun to’liq o’rinli bo’lmasligi mumkin. Masalan, bunday 

holat  qarzdor  moliyaviy  qiyinchiliklarda  bo’lganda  va  o’xshash  qarzdorlarga  tegishli 

kam tarixiy ma’lumotlar mavjud bo’lganda sodir bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda, 

tadbirkorlik  sub’ekti  qadrsizlanish  zarari  summasini  baholashda  o’zining  tajribasi 

asosida mulohaza qilib hukm chiqaradi. Xuddi shuningdek, tadbirkorlik sub’ekti joriy 

shart-sharoitlarni  aks  ettirish  uchun  moliyaviy  aktivlar  bo’yicha  kuzatiladigan 

ma’lumotlarni to’g’rilashda o’zining tajribasi asosida mulohaza qilib hukm chiqaradi. 

O’rinli  taxminiy  baholashlardan  foydalanish  moliyaviy  hisobotlarning  asosiy  qismi 

bo’lib, ularning ishonchliligiga putur yetkazmaydi. 

Agarda  amortizatsiyalangan  qiymatda  baholangan  moliyaviy  aktivlar  bo’yicha 

qadrsizlanish  zarari  yetkazilganligi  to’g’risida  ob’ektiv  dalil  mavjud  bo’lsa,  zarar 

summasi  aktivning  balans  qiymati  bilan  moliyaviy  aktivning  dastlabki  effektiv  foiz 

stavkasida  (ya’ni  dastlab  tan  olishda  hisoblangan  effektiv  foiz  stavkasida) 

diskontlangan  holda  baholangan  kelgusi  pul  oqimlarining  keltirilgan  qiymati 

o’rtasidagi  farq  sifatida  baholanadi.  Aktivning  balans  qiymati  bevosita  yoki  rezerv 

schyotidan foydalangan holda kamaytirilishi lozim. Zarar summasi foyda yoki zararda 

tan olinishi lozim. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  dastlab  qadrsizlanishning  ob’ektiv  dalili  alohida  muhim 

bo’lgan  moliyaviy  aktivlar  uchun  alohida  tarzda  mavjudligini  va  alohida  muhim 

bo’lmagan  moliyaviy  aktivlar  uchun  alohida  yoki  birlashgan  tarzda  mavjudligini 

baholaydi. Agarda tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanishning  hech qanday ob’ektiv dalili 

alohida baholangan moliyaviy aktiv uchun, aktiv muhim yoki muhim emas bo’lishidan 

qat’iy  nazar,  mavjud  emasligini  aniqlasa,  u  aktivni  o’xshash  kredit  riskining 

xususiyatlariga  ega  moliyaviy  aktivlar  guruhiga  kiritadi  va  ularning  qadrsizlanishini 

birlashgan tarzda baholaydi. Qadrsizlanishi alohida baholangan va qadrsizlanish zarari 

tan  olingan  yoki  tan  olinishi  davom  etadigan  aktivlar  qadrsizlanishning  birlashgan 

tarzda baholanishiga kiritilmaydi.  

Keyingi davrda, agarda qadrsizlanish zararining summasi kamaysa va kamayish 

qadrsizlanish  tan  olingandan  so’ng  sodir  bo’ladigan  hodisaga  ob’ektiv  tarzda  tegishli  

bo’lishi  mumkin  bo’lsa  (masalan,  qarzdor  kredit  reytingida  yaxshilanish),  oldin  tan 

olingan  qadrsizlanish  zarari  bevosita  yoki  rezerv  schyotini  to’g’rilash  orqali  qayta 

tiklanishi  lozim.  Qayta  tiklanish  natijasida  moliyaviy  aktivning  balans  qiymatiagarda 

qadrsizlanish  u  qayta  tiklangan  sanada  tan  olinmaganda  bo’lishi  mumkin  bo’lgan 

amortizatsiyalangan  qiymatdan  oshmasligi  kerak.  Qayta  tiklash  qiymati  foyda  yoki 

zararda tan olinishi lozim. 

Mazkur  Standart  derivativ  xejlash  instrumenti  sifatida  belgilanishi  mumkin 




 

 

211 



 

bo’lgan  holatlarni  cheklamaydi.  Biroq,  noderivativ  moliyaviy  aktiv  yoki  noderivativ 

moliyaviy  majburiyat  faqatgina  xorijiy  valyuta  riskining  xejida  xejlash  instrumenti 

sifatida belgilanishi mumkin.  

Xej  hisobi  maqsadlarida,  faqatgina  hisobot  beradigan  tadbirkorlik  sub’ektiga 

(ya’ni,  guruhga  yoki  faoliyati  bo’yicha  hisobot  beriladigan  alohida  tadbirkorlik 

sub’ektiga)  nisbatan  tashqi  tomonni  o’z  ichiga  oladigan  instrumentlar  xejlash 

instrumentlari  sifatida  belgilanishi  mumkin.  Jamlangan  guruh  ichidagi  alohida 

tadbirkorlik  sub’ektlari  yoki  tadbirkorlik  sub’ekti  ichidagi  bo’linmalar  boshqa  guruh 

ichidagi  tadbirkorlik  sub’ektlari  yoki  tadbirkorlik  sub’ekti  ichidagi  bo’linmalar  bilan 

xejlash  operatsiyalarni  amalga  oshirishi  mumkin  bo’lsada,  bunday  guruh  ichidagi 

operatsiyalar jamlashda chiqarib tashlanadi. Shu tufayli, bunday xejlash operatsiyalari 

guruhning  jamlangan  moliyaviy  hisobotlaridagi  xej  hisobi  sifatida  tasniflanmaydi. 

Biroq,  ular  guruh  ichidagi  alohida  tadbirkorlik  sub’ektlarining  alohida  yoki  ajratilgan 

moliyaviy  hisobotlaridagi  xej  hisobi  sifatida  tasniflanishi  mumkin,  agarda  ular 

faoliyati  bo’yicha  hisobot  beriladigan  alohida  tadbirkorlik  sub’ektiga  nisbatan  tashqi 

tomon bo’lsa. 

Odatda  butun  xejlash  instrumenti  uchun  yagona  haqqoniy  qiymat  mavjud 

bo’ladi  va  haqqoniy  qiymatdagi  o’zgarishlarga  sabab  bo’ladigan  omillar  bir  biriga 

bog’liqdir.  Shu  tufayli,  xejlash  aloqasi  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  butun  xejlash 

instrumenti uchun belgilanadi. Bunda ruxsat etilgan istisnolar quyidagilardir:  

(a) 


optsion shartnomasining ichki qiymatini va muddatdagi qiymatini ajratish 

va  xejlash  instrumenti  sifatida  faqatgina  optsionning  ichki  qiymatidagi  o’zgarishni 

belgilash va uning muddatdagi qiymatidagi o’zgarishni istisno etish; va 

(b) 


forvard shartnomasining foiz jihati bilan spot narxini ajratish. 

Optsionning  ichki  qiymati  va  forvard  bo’yicha  mukofot  umuman  olganda 

alohida  baholanishi  mumkinligi  sababli,  ushbu  istisnolarga  ruxsat  etiladi.  Optsion 

shartnomasining  ham  ichki  qiymatini  ham  muddatdagi  qiymatini  baholaydigan 

dinamik xejlash strategiyasi xej hisobi sifatida tasniflanishi mumkin. 

Butun  xejlash  instrumentining  qismi,  masalan  nominal  qiymatning  50  foizi, 

xejlash  aloqasida  xejlash  instrumenti  sifatida  belgilanishi  mumkin.  Biroq,  xejlash 

aloqasi xejlash instrumenti amalda bo’lgan muddatning faqatgina ma’lum qismi uchun 

belgilanishi mumkin emas.  

Yagona  xejlash  instrumenti  birdan  ortiq  risk  turining  xeji  sifatida  belgilanishi 

mumkin,  agarda  (a)  xejlangan  risklar  aniq  aniqlanishi  mumkin  bo’lsa;  (b)  xej 

samaradorligini namoyon etishi mumkin bo’lsa; va (v) xejlash instrumentining va turli 

risk holatlarining muayyan belgilanishi mavjud bo’lishini ta’minlash imkoni bo’lsa. 

Ikki  yoki  undan  ortiq  derivativlar,  yoki  ularning  qismlarlari  (yoki  valyuta 

riskining  xeji  holatida,  ikki  yoki  undan  ortiq  noderivativlar  yoki  ularning  qismlarlari, 

yoki  derivativlar  va  noderivtivlar  birlashmasi  yoki  ularning  qismlari),  birgalikda 

inobatga  olinishi  va  xejlash  instrumenti  sifatida  birgalikda  belgilanishi  mumkin, 

masalan  ayrim  derivativlardan  yuzaga  keladigan  risk(lar)  boshqa  derivativlardan 

yuzaga  keladigan  risk(lar)ni  o’zaro  qoplaydigan  holat  shu  jumladandir.  Biroq,  foiz 

stavkasi  «kollar»i  yoki  chiqarilgan  optsion  bilan  sotib  olingan  optsionni 

birlashtiradigan 

boshqa 


derivativ 

instrument 

xejlash 

instrumenti 

sifatida 

tasniflanmaydi,  agarda  u  haqiqatda  sof  chiqarilgan  optsion  (sof  mukofot  olinadigan 




 

 

212 



 

optsion) bo’lsa. Xuddi shuningdek, ikki yoki undan ortiq instrumentlar (yoki ularning 

qismlarlari)  xejlash  instrumenti  sifatida  birgalikda  belgilanishi  mumkin,  faqatgina 

agarda ularning hech biri chiqarilgan optsion yoki sof chiqarilgan optsion bo’lmasa. 

Xejlangan  modda  tan  olingan  aktiv  yoki  majburiyat,  tan  olinmagan  qat’iy 

kelishuv,  yuqori  ehtimolli  rejalashtirilgan  operatsiya  yoki  xorijdagi  bo’linmaga  sof 

investitsiya  bo’lishi  mumkin.  Xejlangan  modda  (a)  yagona  aktiv,  majburiyat,  qat’iy 

kelishuv,  yuqori  ehtimolli  rejalashtirilgan  operatsiya  yoki  xorijdagi  bo’linmaga  sof 

investitsiya,  (b)  o’xshash  risk  xususiyatlariga  ega  aktivlar,  majburiyatlar,  qat’iy 

kelishuvlar,  yuqori  ehtimolli  rejalashtirilgan  operatsiyalar  yoki  xorijdagi  bo’linmaga 

sof  investitsiyalar  guruhi  yoki  (s)  faqat  foiz  stavkasi  riski  bo’yicha  portfel  xejida, 

xejlanadigan  risk  taqsimlangan  moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlar 

portfelining qismi bo’lishi mumkin. 

Xej  hisobi  maqsadlarida,  faqatgina  tadbirkorlik  sub’ektiga  nisbatan  tashqi 

tomonni  o’z  ichiga  oladigan  aktivlar,  majburiyatlar,  qat’iy  kelishuvlar  yoki  yuqori 

ehtimolli  rejalashtirilgan  operatsiyalar  xejlangan  moddalar  sifatida  belgilanishi 

mumkin.  Bundan  kelib  chiqadiki,  xej  hisobi  aynan  bir  guruhdagi  tadbirkorlik 

sub’ektlari  o’rtasidagi  operatsiyalarga  nisbatan  guruhning  jamlangan  moliyaviy 

hisobotlarida  emas,  balki  faqatgina  ushbu  tadbirkorlik  sub’ektlarining  alohida  yoki 

ajratilgan  moliyaviy  hisobotlarida  qo’llaniladi,  bundan  BHXS  10  da  ta’riflangan 

investitsion  tadbirkorlik  sub’ektining  jamlangan  moliyaviy  hisobotlari  mustasno 

bo’lib,  BHXS  10  ga  muvofiq  investitsion  tadbirkorlik  sub’ekti  bilan  haqqoniy 

qiymatidagi  o’zgarishlar  foyda  yoki  zararda  hisobga  olinadigan  uning  shu’balari 

o’rtasidagi  operatsiyalar  jamlangan  moliyaviy  hisobotlardan  chiqarib  tashlanmaydi. 

Istisno  tariqasida,  guruh  ichidagi  monetar  moddaga  tegishli  (masalan,  ikkita  shu’ba 

tadbirkorlik  sub’ektlari  o’rtasidagi  debitorlik/kreditorlik  qarzi)  xorijiy  valyuta  riski 

jamlangan  moliyaviy  hisobotlarda  xejlangan  modda  sifatida  tasniflanishi  mumkin, 

agarda  u  hisobotlarni  jamlashda  BHXS  21  «




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə